MAKTABGACHA TALIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO'LLASHNING DOLZARBLIG VA AXAMIYATI
Aliyeva Iroda Otabek qizi
MTTDMQTMO instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11234497
Annotatsiya. Xozirgi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan tub islohotlar, ularda kutilayotgan yuqori natijalar yuqori darajada ekanligini hisobga olgan holda qonunchiligimizda bir qatoryangiliklar bo'lib o'tmoqda. Ushbu maqolada ta'lim va tarbiyajarayonlari uchun xorij tajribasining muxim ekanligi va unlardan samarali foydalanishning asosiy jihatlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: ta'lim, xalqaro tajriba, tarbiya, kadr, nodavlat, bilim, malaka, strategiya, maktabgacha, rivojlanish.
Yangi O'zbekiston ta'lim tizmi katta qamrovdagi rivojlanish shuningdek qayta tuzish, samaradorlikni oshirish, rivojlantirish, xalqaro standart talablariga moslashish kabi murakkab jarayonlardan o'tib kelmqda. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim faoliyatini demokratlashtirish, uning insosnparvarloik prinsplarini takomillashtirish, buning asosida o'quv va tarbiyaviy ishlar mazmuni, yo'nalish va uslublarini mutanosib va umumiy holatda yangilash va takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan ta'lim, yangicha dunyoqarash, yangicha rivojlanish va yangi marralar demakdir. Hozirgi kunda ta'limga qaratilgan e'tibor, uning qadri va nufuziga monanad ravishda jarayonlarning ijrochilarida ishbilarmonlik, tashabbuskorlik va albatta fidoiylik bo'lishi zarur. Xar bir soha kabi ta'limda ham yuqori natijalar va muvaffaqiyat harakat qiluvchilar tomonida bo'ladi.
Avvaldan ma'lumki ilm, ilmli kishilar qadrlangan va xalq ardog'ida bo'lganlar. Shu sababdan bilim olish, ilmda izlanish, olingan bilim va malakalarni mamlakat rivoji yo'lida safarbar etish va shu asosda o'z hissasini qo'sha olish oliy insoniylik burchimizdir. Ushbu muxim vazifalarni amalga oshirishning xoizrgi kun talablaridan biri ta'lim tizimida yuqori natijalarga erishgan xorijiy davlatlarning tajaribalarini o'rganish va O'zbekiston ta'lim tizimida qo'llash, qo'llaganda ham, to'g'ridan-to'g'ri samarali metodlarni ko'chirib o'tkazibgina qolmay, uning qay darajada bizning ta'lim tizimiga mos kelishi, milliyligimiz, ta'lim va tarbiya jarayonlarimizga munosib bo'la olishi kabi muhim jixatlarga ham e'tibr berish lozim bo'ladi.
Xorij tajribalarini chuqur o'rganish va taxlil qilish orqali ta'lim-tarbiya jarayonlarida qotib qolgan va o'z ahamiyati va dolzarbligini yo'qotib borayotgan, milliy va mintaqaviy hususiyatlarimizga birmuncha nomutanosib bo'lgan usullardan halos bo'lish bilan birga, ularni munosib ravishda yangi bosqichga olib cchiqish va katta tajriba manbasiga ega bo'lamiz.
Prezidentimiz yurtimizda malakali kadrlar muammosi mavjudligi, barcha yo'nalishlardagi islohotlar sur'atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edilar. Ayni shu maqsadda ta'lim tizimida ham chqur islohotlar olib borilmoqda. Shu o'rinda aytish joizki maktabgacha ta'lim tizimi rivojlanishi maktab ta'limiga puxta zamin bo'lmoqda. Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yangicha talqinda isloh qilinishi, nodavlat, oilaviy va xususiy-teng sherikchilikdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga asos solinishi, ular o'rtasidagi sog'lom raqobat muhiti yaratilishi, ularda xalqaro tajribalarning yo'lga qo'yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishi uchun katta maktab vazfasini bajarmoqda.
Dunyo davlatlarining tajribalari shuningdek yurtimiz ta'lim tizimidagi o'zgarishlardan kelib chiqib, "Ta'lim to'g'risida"gi va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlariga, 2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "0'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risidagi farmoni, "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risidagi" qaroriga muvofiq ta'lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta'minlash, ta'limda zamonaviy metodologiyalarni yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish shuningdek uni rivojlantiorish chora-tadbirlarini amalga oshirish va takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich va asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Uzoq yillik izlanishlar va tadqiqodlardan shu narsa ma'lumki, inson o'z hayoti davomida olishi (o'rganishi) mumkin bo'lgan ma'lumotlarning deyarli 70% ini 5 yoshgacha bo'lgan davrda o'zlashtiradi (adabiyot). Shuning uchun ham bolaning sog'lom bo'lib ulg'ayishi, bilim va ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirishni, bir so'z bilan aytganda yetuk kadr bo'lishi uchun maktabcha yosh davri va shu davrda beriladigan ta'lim va tarbiya alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan yurtimizda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish yuzasidan bir qancha me'yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim tshkilotlariga qamrovi ko'rsatkichlari yildan-yilga oshib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev —"Ayni paytda islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shuning uchun ham bog'cha ta'limining barcha bo'g'inlarini izchil isloh qilmoqdamiz"(3, 23-bet) degan edilar.
Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq gamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar berilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda prezidentimiz tomonidan 1 ta Farmon, 2 ta Qaror imzolandi. Hamda alohida maktabgacha ta'lim va tarbiyaning huquqiy asoslarini yanada mustahkaslash uchun —"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonun hujjati qabul qilindi. Shuningdek maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning birinchi turi sifatida —"Ta'lim to'g'risida" gi qonunda ham o'z aksini topdi. Qabul qilingan bu me'yoriy-huquqiy hujjatlar faqatgina maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasi faoliyatini huquqiy asoslash yoki himoyalash bilan cheklanmaydi. Bu asoslar uzluksiz ta'limning eng asosiy tayanch bo'g'inini isloh qilishni, rivojlantirishni ta'minlashga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai-nazardan ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda xorijiy tajribalarni o'rganish, ularning ilg'or tajribalarini milliy ta'lim va tarbiya bilan taqqoslash hamda ularning yutuqlarini sohaga moslashtirish orqali joriy etish davr talabi hisoblanadi.
Maktabgacha ta'lim tizimini umumiy ta'lim tizimining asosiy, boshlang'ich qismi sifatida tubdan takomillashtirish , maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish shuningdek, moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, tashkilotni malakali kadrlar bilan boyitish, bolalarni har tomonlama intellektual, aqlan, ma'naviy, jismoniy, rivojlantiruvchi ilg'or xorijiy tajribalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish, ularning maktab ta'limiga munosib tayyorgarligini oshirish maqsadida ko'plab tadqoqod va amaliy ishlar olib borilmoqda. Yurtboshimizning 2018-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3955 qarorida ustivor vazifalar belgilab berildi. Jumladan:
- Ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini ishlab chiqish.
-Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy rag'batlantirish uchun ularni go'shimcha pullik xizmatlar ko'rsatishga rag'batlantirish tartibini ishlab chiqish.
-Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni ta'minlash.
-Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.
- Maktabgacha ta'lim pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan ta'minlash.
O'zbekiston Respublikasi Prazidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev : "Bizni hamisha
o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-aaxloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim? Albatta - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodlarimiz, degan dav'atularning qalbida qalbida aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishiga undab tursin. Bunga ninaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisoblanadi ", -deya takidlangan.
REFERENCES
1. Incheon Declaration / Education 2030: Towards inclusive and equitable quality education and lifelong learning for all [Word Education Forum, 19-22 may, 2015.
2. Анализ изменений в сфере дошкольного образования / И. В. Абанкина, Н. В. Родина, Л. М. Филатова; Национальный исследовательский университет «Высшая школа экономики», Институт образования. — М.: НИУ ВШЭ, 2017. — 78 с.
3. Djamilova N.N. "Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. T: 2018
4. Возгова З.В. Деятельностный подход к моделированию региональной системы непрерывного повышения квалификации научно-педагогических работников: Дисс... док. пед. наук. - Москва, 2014. - 388 с.
5. Kattalar ta'limi va o'qishi global dasturi (Curriculum globALE o'quv dasturi, Maja Avramovska, Tania Czerwinski, Susanne Lattke 2015, DVV International, DIE
6. Набихонова Ш.Б. Развитие профессионалной компетентности воспитателей дошколных образователных организaций. Т.: Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa konsern. Т.:2021-116 b.
7. F.R. Valiyeva, Sh.Kurbonov Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020
8. Kalmuratov T.N. ALGORITHM FOR EDUCATION QUALITY MANAGEMENT IN NONSTATE SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS ON THE BASIS OF PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP. «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnaliVolume 2 Issue