Научная статья на тему 'UCHINCHI RENESSANS DAVRIDA MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI'

UCHINCHI RENESSANS DAVRIDA MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shermuhammadov B.Sh

Bugungi kunda dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizda ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinib yangilanmoqda. Bu ishlarning barchasidan davlatimizning yagona maqsadi – maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy xalqasiga, bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professoro‘qituvchilar va ilmiy – ijodiy ziyolilarimizni esa Yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuniga aylantirishga harakat qilinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UCHINCHI RENESSANS DAVRIDA MAKTABGACHA TA’LIM TARAQQIYOTI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

UCHINCHI RENESSANS DAVRIDA MAKTABGACHA TA'LIM TARAQQIYOTI

Shermuhammadov B.Sh

Farg'ona davlat universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.11043011

Bugungi kunda dunyo miqyosida raqobat keskinlashib borayotgan hozirgi murakkab davrda mamlakatimizda ilm-fan yutuqlari, yuqori texnologiyalar asosida modernizatsiya qilinib yangilanmoqda. Bu ishlarning barchasidan davlatimizning yagona maqsadi - maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni Uchinchi Renessansning to'rt uzviy xalqasiga, bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o'qituvchilar va ilmiy - ijodiy ziyolilarimizni esa Yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuniga aylantirishga harakat qilinmoqda.

O'tgan davr mobaynida mamlakatimisda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama etuk voyaga etkazish, ta'lim - tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limnung samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida turli shakldagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini barpo etish, ularni yuqori malakali, zamonaviy fikrlaydigan tarbiyachilar va mutaxassislar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga ilg'or xorijiy tajribalarni joriy etishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, «Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi». Ushbu ishlardan ko'zda tutilgan asosiy maqsadga erishishning eng zarur shartlaridan biri esa pedagog kadrlarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lishlarini ta'minlash va maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini modernizasiya qilish bilan bog'liqdir.

Shu o'rinda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, sohani tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish, maktabgacha ta'lim sohasidagi istiqbolli maqsadlarga intellektual salohiyatni safarbar qilish orqali erishish imkonini berdi.

Узбекистан Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг мактабгача таълим тизимини такомиллаштиришга багишланган йигилишдаги маърузаси. Ёшлар пресс - клуби. - «Маърифат» газетаси. 2017 йил 1 ноябрь. - № 87 (9048).

Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish, bu sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, malakali pedagog va tarbiyachilar bilan ta'minlash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari, metod hamda texnologiyalarni tadbiq etish, bu sohada o'quv va o'quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish orqali bolalarni har tomonlama intellektual rivojlantirish muhim kasb etadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining 1-ilovasida "...bolalarning har

tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash" kabi muhim vazifalar belgilangan. Ushbu vazifani takomillashtirish ijrosi bo'yicha maktabgacha ta'limda bolalarni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, uning ilmiy-metodik ta'minotini yaratish masalalari maqsad qilib olindi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida keng ko'lamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tizimni tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish choralari tufayli bugungi kunda ijobiy natijalar ko'zga tashlanmoqda.

Shuningdek, soha mutaxassislari oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi.

Maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, umumiy o'rta ta'limga har jihatdan tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Zero, Yangi O'zbekistonning "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasi"da maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish inson qadri uchun belgilangan 100 ta maqsadning 39-chisi hisoblanadi.

Ta'kidlash joizki, olib borilayotgan islohotlar samarasi o'laroq mamlakatimizda oxirgi olti yilda maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 5200 tadan 29400 taga yetdi. Qamrab olingan bolalarning 66 % davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga, 5% davlat xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga, 26% oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga, 3% xususiy maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qatnaydi. Bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi esa ikki barobar ortib, 74 foizga yetdi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash asosiy vazifalardan hisoblanadi.

Islohotlarning samarali natijalaridan biri sifatida Farg'ona davlat universitetida maktabgacha ta'lim yonalishining ochilishi bo'lib, maktabgacha ta'lim tashkilotida uyg'un rivojlangan shaxsni tarbiyalash, bolani butun kelajagini belgilab beradigan bilim va qadriyatlarni yosh avlod qalbiga singdirish, kadrlar salohiyatini oshirish, xorij tajribasidan foydalanib, milliy maktabgacha ta'lim tizimini yanada rivojlantirishga doir amaliy ishlarni bajarish bugungi kundagi dolzarb vazifa sanaladi.

Maktabgacha ta'lim tizimidagi dolzarb vazifalardan biri hisoblangan kadr yetishmasligi muammosini hal qilish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda tizimidagi pedagoglarning 34,5 foizi oliy ma'lumotga ega ekanligi ta'lim sifatiga salbiy ta'sir qilmoqda. Bu vazifalar maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun mutaxassislarni tayyorlash oliy ta'lim tashkilotlari oldiga bir qancha vazifalarni belgilab beradi.

Ayni paytda bu borada davlatimiz rahbarining topshirig'iga asosan 2022-2023 o'quv yilidan boshlab pedagogika sohasida tahsil olayotgan talabalarning 4+2 sxemasi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lishini nazarda tutgan o'quv rejalari ta'lim jarayoniga tatbiq etib kelinmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Ushbu tashkiliy ishlarning o'quv-uslubiy jihatdan zamonaviy talablarga javob berishi uchun Farg'ona davlat universitetida pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanmoqda. Bu bosqichda albatta, zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitish metodikalari o'rganilib ta'lim-tarbiya jarayoniga yangicha ruh, yangicha yondashuv, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish esa soha pedagoglaridan puxta tayyorgarlik, mahorat va bilim talab etayotgani jarayonda ma'lum bo'ldi.

Farg'ona davlat universiteti Nizomiy nomidagi TDPUning Maktabgacha ta'lim fakulteti, Koreyaning Toshkent shahridagi Puchon universiteti, Abay nomidagi Qozog'iston milliy universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti hamda Farg'ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan.

Hozir biz maktabgacha ta'lim tizimi uchun raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishga mas'ulmiz. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, xalqimizning ulug'vor qudrati jo'sh urgan hozirgi zamonda yangi O'zbekiston yangidan-yangi yuksak marralarga erishishi, insoniyat baxt-saodati, farovonligi va ravnaqi uchun o'rnak bo'lishiga shubha yo'q.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3261-son qarori.// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 37-son, 984-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312-sonli "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. 391-sonli qarori T.:2019-y

5. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari. T., 2020-y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.