Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
342
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta'lim / pedagogik yondashuv / ta'lim muhiti / rivojlanish muhiti / ta'lim / maktabga tayyorgarlik / integratsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rizayeva M.M

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni ,rivojlanish markazlarini tashkil etish tamoyillari , maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturida jarayonni metodik asoslari aks etgan.Maktabgacha ta’limni rivojlantirishda integratsiyalashgan rivojlantiruvchi muhitning o‘rni ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISH

Rizayeva M.M.

Katta o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11234653

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi muhitni ,rivojlanish markazlarini tashkil etish tamoyillari , maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida jarayonni metodik asoslari aks etgan.Maktabgacha ta'limni rivojlantirishda integratsiyalashgan rivojlantiruvchi muhitningo'rni ochib berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, pedagogik yondashuv, ta'lim muhiti, rivojlanish muhiti, ta'lim, maktabga tayyorgarlik, integratsiya.

Аннотация. В данной стате описаны принципы организации интегрированной развивающей среды и центров развития в дошколных образователных организациях, методологическая основа процесса в государственной программе «Илк цадам» для дошколных образователных организаций .Рол интегрированной развивающей среды в развитии дошкольного образования.

Ключевые слова: дошкольное образование, педагогический подход, образователная среда,средаразвития, образование, подготовка к школе, интеграция.

Abstract. This article describes the principles of organizing an integrated developmental environment and development centers in preschool educational organizations, the methodological basis of the process in the state program "Ilk кadam" for preschool educational organizations. The role of an integrated developmental environment in the development ofpreschool education.

Keywords: preschool education, pedagogical approach, educational environment, development environment, education, preparation for school, integration.

Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilgan modernizasiyaviy o'zgarishlar maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning shakl va usullarini erkin tanlash imkoniyatini yaratdi. Bugungi zamonaviy ta'lim sohasidagi asosiy natija berilayotgan ma'lumotlarning bola tomonidan qay darajada o'zlashtirib olingani va uning rivojlanishiga, shaxsga oid sifatlarning shakllanishiga qanchalik xizmat qilayotgani bilan belgilanadi. Pedagoglar tomonidan tanlab olingan ta'lim uslublari intellektual jarayonlarning shakllanishiga, masalaning yechimiga ijodiy yondoshishga, tashabbuskorlikka, mustaqillikka va bolalarni amaliy jarayonlar orqali o'z faoliyatini boshqarishga o'rgatadi.

Ta'limning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti rivojlanishning turli shakllaridan iborat ta'lim jarayonini amalga oshirishning ko'p funksiyaliligi, ya'ni bolalarni faoliyatning turli shakllariga jalb etilishini ta'minlanishini xamda material va qo'llanmalar yetarli bo'lishini talab etadi. Bu bolalarning mazmunli va mustaqil faoliyati uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

"Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlanish markazlarini loyihalash va metodik ta'minlash" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishini olib borishda hamda tadqiqot yechimini topishda asosiy e'tiborimizni muammoning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganishga qaratdik. Buning asosiy sababi mavzu doirasida ilgari surilayotgan g'oyalarning amaliyotda qay darajada qo'llanilayotganini aniqlashdan iboratdir.

Mavzu doirasida belgilab olingan maqsadning natijalanganligi o'rganilgan nazariy g'oyalarning amaliyotdagi isboti, qo'llaniladigan metodlarning to'g'ri tanlanganligi, qo'yilgan

vazifalarning aniqligi, ilmiy tadqiqot faoliyatining puxta rejalashtirilganligi, tajriba-sinov ishlarining uzluksiz, izchil, va tizimli tarzda tashkil etilganligi bilan belgilanadi. Shu sababli mavzu doirasida mavjud nazariy manbalar bilan tanishib chiqish asosida mavzu doirasida "Tajriba-sinov ishlari dasturi"ni ishlab chiqildi. Tajriba- sinov ishlari dasturi mavzu doirasida olib boriladigan tadqiqot ishining umumiy mohiyatini ochib beradi.

Bolalarga yo'naltirilgan guruhda puxta o'ylangan va havfsiz tashkil etilgan rivojlanish muhiti eng muhim rol o'ynaydi, bu pedagoglarga davlat o'quv dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarini qo'llash imkonini beradi. Guruh xonasini rivojlanish markazlari deb ataladigan kichik-kichik joylarga ajratish tavsiya etiladi. MTT pedagoglariga jadvalda guruhdagi rivojlanish markazlarining minimal soni ko'rsatilganligini tushunishlari tavsiya etiladi; hududning va MTTdagi ta'lim va tarbiya jarayoni mazmunining imkoniyatlari va xususiyatlarini inobatga olgan holda guruhdagi boshqa rivojlanish markazlari tashkil etilishi mumkin.

Turli guruhlarda markazlar to'plami har xil bo'lishi mumkin, ammo davlat o'quv dasturi guruhdagi beshta asosiy rivojlanish markazlarini tavsiya qiladi: fan va tabiat; til va nutq; syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish; san'at; qurish, konstruksiyalash va matematika. Guruhda boshqa rivojlantiruvchi burchaklarni ham tashkil etish mumkin, ularni tashkil etish bolalarning manfaatlariga, guruhning bo'sh makoniga va maktabgacha ta'lim tashkilotining moddiy-texnik imkoniyatlariga bog'liq. Bunday markazlar vaqtinchalik yoki faqat bolalar faoliyatining maxsus turlari (qum va suv markazi; pazandachilik markazi; musiqa markazi) uchun tashkil etilishi mumkin. Ta'lim muhitini yaratishda pedagoglar bolalar faol bo'lishi mumkin bo'lgan joylar mavjudligini ta'minlashi kerak.

Rivojlanish uchun mos jismoniy faollik uchun joylar. Bolalar jismoniy faollik orqali yanada samaraliroq o'rganadilar va kun davomida yuqori darajadagi jismoniy faollik, turfa xillik va stimulning o'zgarishiga extiyoj sezadilar.

Bolalar faoliyatining muayyan amaliy turlari uchun imkoniyat. Yosh bolalar suvda o'ynash, loydan pirog yasash, yog'ochdan narsalar yasash, qo'g'irchoqlarni yotqizish va hokazo kabi amaliy mashg'ulotlarga muhtoj. Shuningdek, ularga syujetli-rolli o'yin, rasm chizish, rasmga olish, tildan foydalanish va qurilish bloklari kabi yangi tajribalarni mavjud aqliy tuzilmalarga integratsiya qilish va amalda qo'llash uchun turli usullar kerak.

O'zgarish va xilma-xillik. Bolalar doimo ularni qiziqtirishning turfa yo'llarini izlaydilar: manzara, tekstura, ranglar, ijtimoiy guruhlar, faoliyat, muhit, tovushlar va hidlar. Bolalar ta'lim jarayonida MTTda qancha ko'p vaqt sarflasa, ularga ko'proq xilma-xillik va rag'batlantirish kerak bo'ladi.

O'quv muhiti xavfsiz bo'lishi kerak. Bolalar xavfsizligi pedagogning asosiy mas'uliyati bo'lib, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va nazorat qilishni talab qiladi. Guruh xonasining maydoni qanday rejalashtirilganligi, rivojlanish markazlari qanday joylashganligi pedagogning bolalar salomatligi va xavfsizligini qanday ta'minlashi va ularning ta'limini yaxshilashiga ta'sir qiladi. Pedagog barcha bolalarni uyda ham, tashqarida ham ko'rishi va xona jihozlarining "ko'rinmas joylar" yaratadigan tarzda joylashtirilmasligini ta'minlashi kerak. Davlat o'quv dasturini amalga oshirish SanPiNda mustahkamlangan xavfsizlik qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy rivojlanishni maqsadli yo'naltirilganligi bilan belgilanib, bolalar hatti-harakatini rivojlanishiga zamin yaratadi. Bolalar xulq-atvoriga, ularning tengdoshlari bilan o'zaro munsabatlariga qo'yiladigan talablar murakkablashadi. Shu bilan birga irodaviy sifatlar shakllana boradi, xarakter xislatlari

barqarorlashadi, unda mustaqillika intilish tuyg'usi paydo bo'ladi. Bolaning rivojlantiruvchi muhitdagi faoliyati ijtimoiy munosabatlarga kirishishida uning dunyoqarashini shakllanishida ham muhim rol o'ynaydi. Rivojlantiruvchi muhitdagi faoliyat bolada shaxs sifatlarining shakllanishi uning tirishqoqligi va qiyinchiliklarni yenga olish, o'zgalarga bo'lgan ijobiy munosabatning paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi.

Shu o'rinda rivojlanish markazidagi faoliyat mazmuni quyidagilarni o'z ichiga olishi

zarur:

□ Bilim olish uchun-rivojlanish markazi qo'shimcha asosiy faoliyat ekanligi haqida bolalarda tasavvur hosil qilishga erishish;

□ Bu tasavvur asosida bolaning mashg'ulotga bo'lgan munosabatini ijobiy o'zgartirish va faolligini ortishiga turtki berish;

□ Bola faoliyatida tirishqoqlik, ma'suliyatlilik, mustaqillik, harakatchanlikni rivojlanishiga e'tibor qaratish;

□ Bolalarni jamoaviy faoliyatga ko'niktirish va tengdoshlariga ijobiy munosabatlarni yuzaga keltirish (o'zaro yordam berish, tengdoshlari ishini adolatli baholash, ularning kamchiliklarini do'stona tushuntira olish);

□ O'quv faoliyati jarayonida bolada tashkilotchilik qobiliyatining shakllantirish.

Ma'lumki, maktabgacha yosh davri bola shaxsining rivojlanishida muhim davr bo'lib

hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya ishini keng dasturi amalga oshiriladi va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlanadi. Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashda ularning individual hususiyatlari aqliy, ruhiy va jismoniy tomondan nechog'li rivojlanganliklari inobatga olinadi.

Ta'limning rivojlantiruvchi tamoyilini amalga oshirishda tarbiyachining bolalar faoliyatiga rahbarligi va uni to'g'ri baholab borishi muhim ahamiyatga ega. Chunki, bunda faqat ishning natijasigina baholanmay, balki bu ishni bajarishda bolalarning aqliy faoliyati, mustaqilligi, ishtiyoq bilan, jon-dildan harakat qilganliklari ham e'tiborga olinadi. Bolalikning rivojlantiruvchi pedagogik muhiti yosh navqiron avlodni shakllanuvi uchun zarur bo'lgan barcha axborot va ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi, bola va uning shaxsini to'laqonli rivojlantirishni ta'minlovchi yaxlit bir tizim bo'lib, unda bola hozirgi zamon talablari darajasida jismoniy, estetik, aqliy va ijtimoiy tarzda to'liq rivojlanadi. Bunda bola faoliyat olib boradigan rivojlantiruvchi pedagogik muhit undagi bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llash uchun bitmas-tuganmas axborot manbai bo'lishi, bola ehtiyojini qondiruvchi, yangilikka intiluvchi, undagi malakani takomillashtiruvchi manbaga aylanishi zarur. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan tarbiyachilarning rivojlantiruvchi muhit negizida rivojlanish markazlarini tashkil etish borasidagi bilimlarini aniqlash, ularga amaliy yordam ko'rsatish, rivojlanish markazlarida tashkil etilgan mashg'ulotlar hamda bolalarning mustaqil faoliyatini baholash, topshiriqlar berishda bolalarning yosh va fiziologik imkoniyatlarini inobatga olish masalalariga alohida ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqligi asoslandi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi pedagogik muhitni tashkil etish tizimli ravishda turli texnologiyalardan foydalangan holda olib borish ijobiy samaralar beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi Qonuni 2019 yil 16 dekabr, O'RQ-595-son.

2. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi- T.:2022

3. Grosheva I.V., Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., Ismailova M.A., Kenjabaeva D.A., Gulyamova N.B., Miftaeva N.A "O'yin orqali ta'lim berish" Uslubiy qo'llanmasi, T - 2020

4. Xushnazarova, M. N. (2020). Maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiyalash va uni zamonaviy talablar asosida boshqarishning o'ziga xos jihatlari. sovremennoe obrazovanie (Uzbekistan), (3 (88)), 63-69

5. Visangirieva Ye.D. Proektirovanie sotsiokulturnoy predmetno-prostranstvennoy sredbi razvitiya rebenka v usloviyax doshkolnogo obrazovatelnogo uchrejdeniya: avtoref. dis. ... kandidata pedagogicheskix nauk: 13.00.07. Rostov-na-Donu, 2003. - 23 s.

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.