MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA FAOL RIVOJLANTIRUVCHI MUHITNI TASHKIL ETISHDA STEAM TA'LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Baxrillayeva Moxichexra Raxmatillayevna
Assistent, Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti Urgut
filiali
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 05th January 2024 Accepted: 12th January 2024 Online: 13th January 2024
KEY WORDS Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish tamoyillari,
rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishga qo^yiladigan talablar, dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish
markazlari bolalardagi muhim xususiyatlarning tarkib topishi.
Bolaning rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan markazlar faoliyati nafaqat bolani mustaqil hayotga tayyorlaydi balki bugungi kunni samarali o'tishi, o'sish va rivojlanish jarayoni tabiiy holda kechishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishni ko'zda tutadi. Buyuk olimlar Jan Piaje, Erikson, Lev Vigotskiy nazariyalari bo'yicha bolani o'rab turgan rivojlantiruvchi muhitni faollik markazlariga bo'lishni tavsiya etadi. Buning uchun guruhdagi barcha materiallar va jihozlar sohalar bo'yicha tartibga solinishi lozim. Bu bolalar o"yinlari va ishlarining yanada qulay uyushtirilishiga yordam beradi. Bu sohalar faollik markazlari deb ataladi. Bugungi kunda rivojlantiruvchi markazlar deb yuritilmoqda.
Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish tamoyillari, rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishga qoyiladigan talablar:
1. Eng avvalo markazlarda toza havo, toza joy, normal harorat va yorug" xonalarda tashkil etilishi lozim.
2. Har bir markaz bolani noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joyda bo'lishini ta'minlash.
3. Markazlarda bolalarning harakat, tajriba, va kashf qilishlarini rag"batlantirish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, masalan, jihozlarning yetarli bo"lishi, kichik tadqiqot va tajribalar uchun ham.
4. Markazlardagi barcha jihoz va qo"llanmalar bolaning bo"yi yetadigan balandlikda bo"lishi hamda bola ulardan bemalol foydalana oladigan bo"lishi kerak.
www.in-academy.uz
5. Markazlardagi faoliyat davomida bolalar o'rtasida hamkorlik va muloqotni rag'batlantirish (kichik guruhlar, juft bo'lib va o'yin o'ynashlariga sharoit yaratilgan bo'lishi kerak.)
6. Bolalarda muassasaga tegishlilik, markazlarda jihozlarni o'z joyida turishi, mavzular bo'yicha taqsimlanishi zarur.
7. Markazlar mazmunli qismlarga bo'linishi va u yerda bola uchun kerakli va qiziqarli ashyolar, jihozlar, o'yinchoqlar, tarqatma materiallar bo'lishi zarur.
8. Markazga tegishli mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga to'siq bo'lmaydigan qilib joylashtirilgan bo'lishi, bola o'ziga tegishli jihozlarni bemalol harakatlantira olishi, nogironlarga mos mebel ham bo'lishi kerak.
9. Markazlardagi rivojlantiruvchi muhit tarbiyachilarga ham, bolalarga ham qulay bo'lishi kerak.
10. Bolaga erkin tanlash imkoniyatini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash muhim.
11. Bolaning o'z tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish zarur.
12. Markazlardagi bolalar faoliyati samarasi kundalik qilinadigan ishlarni biror jadvalda bola ko'ra oladigan va tushunadigan holatda ilib qo'yish.
"Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" va "Ilk qadam" o'quv dasturining ishlab chiqilishi uzluksiz ta'lim tizimida maktabgacha ta'limni samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Maktabgacha ta'lim muassasalari guruhlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
Dastur asosida tashkil etiladigan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagilarni tarkib toptiradi:
- o'zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;
- tanqidiy fikrlash;
- tanlashni amalga oshirish;
- muammolarni eta olish;
- ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;
- odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to'gMsida g'amxo'rlik qilish.
Oqilona tashkil etilgan sog'lom ijtimoiy-ma'naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko'rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag'bat uyg'otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lishlari, buning uchun esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur bo'ladi.
Tarbiyachi o'quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalari pedagogik jamoasining o'rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo'yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo'llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o'ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma'lum bosqichlarini bosib o'tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o'xshash narsalar va
«
www.in-academy.uz
faoliyat turlari bilan ta'minlashlari uchun ularning o'ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko'rsatkichlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil yoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e'tibor bilan munosabatda bo'lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta'kidlashadi.
Bunda bola rivojlanishining o'ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya'ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma'naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o'z g'oyalarini tajribada sinab ko'rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'zlari javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e'tibor berish avtomatik tarzda faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va bolani ko'p axborot bilan chalg'itmasdan uni qoniqtiradigan javob topish yo'llarini birgalashib qidirishdan iboratdir.
Rivojlanish markazlaridagi ta'lim jarayonida bolalarning o'zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o'ylab topadiki, unda barchaga birdek ko'rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o'zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.
Individuallashtirish darajasini optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug'ilib qolsa, topshiriq va materiallarni o'zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.
"Ilk qadam" o quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim muassasalarida quyidagi rivojlanish markazlari faoliyatiyuritilishi nazarda tutiladi:
- Qurish, konstruksiyalash va matematika markazi
- Syujetli-rolli o'yinlar va sahnalashtirish markazi
- Til va nutq markazi
- Fan va tabiat markazi
- San'at markazi
Rivojlanish markazlari bolalarga o'zlarining shaxsiy ko'nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, "San'at" markazida bir bola qog'oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog'ozdan qaychi bilan mustaqil ravishda o'z xayolot dunyosidagi shaklchani kesib oladi. Stol ustida o'ynaladigan o'yinlar markazida bir bola to'rtta yog'och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo'lakli karton qog'ozli tasvirni tuzishni ma'qul ko'radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so'ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to'g'ridan to'g'ri yordam beradi. Bunday yo'l tutish tufayli bola qulay muhitda o"z-o"zini rivojlantirishi mumkin. Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini bajaradilar, mashg'ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta'min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan holda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg'ulot turlarini o'zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan mashg'ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o'rganadilar, o'z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). Bolalarning o'z
Open access journal
www.in-academy.uz
tanlovlarini amalga oshirishi, muammolarni hal etishi, atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad qo'yishi va unga erishishni bilishlari lozim.
Rivojlantiruvchi muhitni tashkil etish uchun zaruriy jihozlar
Guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi kerakki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini bersin. Har bir guruhda б ta markazlar bo'lib, ularning har birida izlanish va o'yinlar uchun yetarli miqdordagi materiallar saqlanadi.
"Qurilish va konstruksiyalash" markazida turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo'lib, bolalar ulardan o'z fantaziyasiga tayangan holda inshootlar bunyod etadilar: misol uchun ko'rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. Qurilish bilan mashg'ul bo'lgan bolalar bu yerda juda ko'p narsalarni o'zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini rivojlantirishga, ijtimoiy ko'nikmalarni egallashga yordamlashadi, muammolarni hal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni o'rganish mumkin. Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar xohish-istagiga ko'ra ko'plab turli narsalarni - O'yinchoq mashinalar, yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo'laklarini qo'shib qo'yish mumkin.
"Syujet-rolli oyinlar va dramalashtirish" markazida bolalarda haqiqiy xayotdan olingan kichik sahnalashtirishni o'ynashga xohish-istak uyg'otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar bo'lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo'layotganini anglash, ularni ajrata olish hamda hayotda o'z o'rinlarini tushunib yetishlariga yordam beradi.
"Til va nutq" markazida kitoblar, eshitish hamda yozish uchun o'quv qurollari mavjud bo'ladi. Bu tinch burchak bo'lib, unda bolalar kitoblarni qarab chiqishlari, bir-birlariga o'qib berishlari, rasmlarga qarab hikoyalar tuzishlari, rasmli tasvirlardan foydalanib, o'z xayolot dunyosidagi ertaklarni bir-birlariga so'zlab berishlari mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi yoki ko'ngilli yordamchi bolalarga kitobni ovoz chiqarib, o'qib berishi mumkin. Markazda bolalarga kitobchalarni o'z qo'llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o'ylab topish va ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi.
"Fan va tabiat" markazida boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig'ishi va bo'laklarga ajratishi mumkin bo'lgan narsalar bo'lishi lozim. Bu yerda, shuningdek, bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari uchun yordam beradigan o'yinlar ham bo'lishi kerak. Ushbu markazda bolalarning tabiat hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko'chadan topilgan narsalar bilan mashg'ul bo'lishlari uchun foydalaniladi.
"San'at" markazi bolalarning o'z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o'tkazish va amalga oshirishga rag'batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini boyitadi. Bu yerda bo'yoq, qog'oz, qaychi, rangli bo'rchalar, rangli qalamlar, gazlama bo'laklari va kesish hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar - yog'och, barg, qum-tuproqni ham qo'shib qo'yish foydadan xoli emas. Ushbu markazdagi mashg'ulotlar ijodiy qobiliyat, so'z orqali va so'zsiz muloqot, umumiy va nozik harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo'naltirilgan.
Open access journal
www.in-academy.uz
References:
1. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 08.05.2019 yildagi PQ-4312-son O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2. O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi qonuni. O'zbekiston respublikasi qonuni, 23.09.2020-yildagi O'RQ-637-son.
3. "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori
4. Mahliyo, D. (2023). MEDIA DISCOURSE: MEDIA TRANSLATION AND NECESSITY OF STUDYING IT. Лучшие интеллектуальные исследования, 9(3), 211-214.
5. Doniyorova, G. S. (2023). SOME THOUGHTS ABOUT PROFITABLE PLANTS OF UZBEKISTAN: ON THE EXAMPLE OF KAVRAK. «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ».
6. Mahliyo, D. (2023). THEORETICAL ORIENTATIONS TO L2 METHODS & APPROACHES. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 1(7), 66-69.
7. Mahliyo, D. (2023). MORPHEMES: TYPES AND USAGE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(27), 530-533.
8. Mahliyo, D. (2022). THE DIFFERENCES BETWEEN ESP AND ESL FOR STUDYING LANGUAGES. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(1), 139-142.
9. Omanov, P. (2021). DEVELOPMENT OF STUDENTS'SOCIO-CULTURAL COMPETENCE IN ENGLISH TEACHING THROUGH AUTHENTIC VIDEO MATERIALS. Academic research in educational sciences, 2(9), 1085-1100.
10. Bafoyev, M. U. B., & Xabitovich, O. P. L. (2022). PROMOTION OF PUBLIC DIPLOMACY IN THE ERA OF THE CREATION OF THE 3RD RENAISSANCE THROUGH THE EYES OF YOUTH. Journal of new century innovations, 15(2), 108-110.
11. Shamaksudovna, S. L., Erkinovna, K. S., Khabitovich, O. P., Zung, T. T. K., & Adkhamovna, Z. N. (2022). MODERN TECHNOLOGIES OF FOREIGN LANGUAGE TEACHING IN UZBEKISTAN. Journal of Positive School Psychology, 5538-5550.
12. Омонов, П. Х. (2021). АЛИШЕР НАВОИ-ГОРДОСТЬ УЗБЕКСКОГО НАРОДА Бурхонова Зарина Баходир кизи. МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ, 25.
13. Rajabova, K., & Omonov, P. (2021). FACTORS OF THE LANGUAGE FUNCTIONING. In Приоритетные направления развития спорта, туризма, образования и науки (pp. 598602).
14. Omanov, P. L. X. (2021). TALABALAR IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA AUTENTIK MATERIALLARNING O 'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 820-826.
15. ОМАНОВ, П. Х. (2020). CONTENT AND FORMS OF USING AUTHENTIC VIDEO MATERIALS IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS'SOCIAL AND CULTURAL COMPETENCE. Иностранные языки в Узбекистане, (3), 118-131.
16. Дубровина, М. Э., & Мухитдинова, Х. С. (2011). Сравнительно-типологический анализ причастия с показателем-gan в узбекском языке. Российская тюркология, (2), 4147.
Open access journal
www.in-academy.uz
17. Mukhitdinova, K., Asilova, G., Salisheva, Z., & Rakhmatullaeva, M. (2019). Current Issues of Creating Educational Material for Intensive Teaching to the Uzbek Language of Foreigners. International Journal of Engineering and Advanced Technology, 9(1), 5224-5226.
18. Madjidova, R. U., Muxitdinova, X. S., & Sultonova Sh, M. (2016). Umumiy tilshunoslik fanidan ma'ruzalar matni. Toshkent-2016.
19. Muxitdinova, X. S. (2013). Avlakulov Ya. I., Nuriddinova DA O 'zbek tili. Ta'lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 6-sinfi uchun darslik. Toshkent:«Yangiyo 'l poligraph service, 143.
20. Muxitdinova, X. S. (2011). Improving the scientific and methodological basis for ensuring the continuity of teaching the Uzbek language at the educational stage: Ped. fanl. doctors.... diss.
21. Muxitdinova, X., Xudoyberganova, D., Umirov, I., Jiyanova, N., & Yusupova, T. (2004). Hozirgi o 'zbek adabiy tili (Oliy o 'quv yurti talabalari unun o 'quv qo 'llanma). T.: Ilm Ziyo, 216.
22. Nozima, B., & Nusratovich, K. U. B. (2023). THE IMPACT OF MULTILINGUALISM ON COGNITIVE ABILITIES IN EFL LEARNERS. Новости образования: исследование в XXI веке, 2(16), 1048-1052.
23. Nozima, B., & Nusratovich, K. U. B. (2023). ADDRESSING COMMON GRAMMAR MISTAKES IN EFL WRITING. PEDAGOG, 6(11), 551-554.
24. Nusratovich, K. U. (2023). JAMES JOYCE'S WORKS AND HIS CONTRIBUTION TO THE ENGLISH LITERATURE. Научный Фокус, 1(2), 833-836.
25. Dilshod o'g'li, A. S., & Nusratovich, K. U. (2023). THE DESCRIPTION OF DIFFERENT THEMES IN "JANE EYRE". Научный Фокус, 1(2), 807-810.
26. Nusratovich, K. U. (2023). GEORGE ELIOT'S LIFE IS DEDICATED TO HIS WORK. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(6), 253-255.
27. Nusratovich, K. U. (2023). INFLUENCE OF SHAKESPEARE'S WORKS ON MODERN LITERATURE AND CULTURE. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(31), 8688.
28. Маджидова, Р. У., Мухитдинова, Х. С., & Оманов, П. Х. РОЛЬ ЛИНГВОСТРАНОВЕДЧЕСКИХ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В ПРЕПОДАВАНИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО. ''УЗБЕКИСТОН ОЛИМЛАРИ ВА ЁШЛАРИНИНГ ИННОВАЦИОН ИЛМИЙ-АМАЛИЙ ТАДК;ИК;ОТЛАРИ'7-К;ИСМ, 149.
29. Khabitovich, O. P. (2018). The Importance of Social Competence in Teaching Foreign Languages. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(5), 72-77.
30. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Языковое тестирование как способ контроля при обучении английскому языку. Вестник современной науки, (2-2), 50-54.
31. Кенжабоев, А., & Кенжабоев, Ж. (2016). Бошлангич синфларда хорижий тилларни уцитишда педагогик технологиялар. Современное образование (Узбекистан), (6), 18-25.
32. Кенжабоев, Ж. А. (2017). Новые личностно-ориентированные технологии обучения. Вестник современной науки, (3-2), 45-47.
33. Кенжабаев, Ж. (2021). Лингводидактические особенности развития устной речевой компетенции студентов физического воспитания (на примере спортивной терминологии). Общество и инновации, 2(3/S), 150-154.
www.in-academy.uz
34. Abdisalimovich, K. J. (2021). LINGUODIDACTIC FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF ORAL SPEECH COMPETENCE OF STUDENTS IN THE FIELD OF PHYSICAL CULTURE EDUCATION (IN THE EXAMPLE OF SPORTS TERMS). Conferencious Online, 47-48.