Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘quv-tarbiyaviy jarayon / qadriyatlar / kompetensiyaviy / individual / men tushunchasi / shaxsiy qadriyatlar / o'yin metodi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Musratova Zilola Ulugbekovna

Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotiga bugungi kunda berilayotgan e'tibor va islohotlar, shu bilan birgalikda bolalar tarbiyasida interfaol metod va yondashuvlar xususida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA RIVOJLANISH MARKAZLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Musratova Zilola Ulug'bekovna

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11239814

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotiga bugungi kunda berilayotgan e'tibor va islohotlar, shu bilan birgalikda bolalar tarbiyasida interfaol metod va yondashuvlar xususida so'zyuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quv-tarbiyaviy jarayon, qadriyatlar, kompetensiyaviy, individual, men tushunchasi, shaxsiy qadriyatlar, o'yin metodi.

Аннотация. В данной научной статье говорится о внимании и реформах, уделяемых сегодня организации дошкольного образования, а также об интерактивных методах и подходах в образовании детей.

Abstract. This scientific article talks about the attention and reforms given to the organization of preschool education today, as well as interactive methods and approaches in children's education.

Maktabgacha talimda kompetensiyaviy yondashuv deganda bolalarni ta'lim tashkilotida egallagan bilimlari orqali kundalik hayotda duch kelinadigan tanish yoki notanish vaziyatlarda foydalanishga tayyorlashdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi.

Bolalarda o'yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalanish imkoniyati yaratiladi. O'quv-tarbiyaviy jarayon uchun asos hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkillotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o'zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o'z bilimini mustaqil ravishda to'ldirib borish, bo'layotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o'rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir. Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va «Ilk qadam» davlat o'quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Markazlarda ishlash har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda eng samarali rivojlanishiga imkon beradigan tarzda, uning individual qobiliyatlari, qiziqishlari, faoliyat darajasini inobatga olgan holda tashkil etiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda rivojlanish markazlarini tashkil etishning asosiy sharti pedagogdan tayyor bilim olishdan ko'ra, bolaga rivojlanish markazlarida faoliyatni tanlash imkoniyatini berish, bunda u atrofdagi dunyo haqida bilimlarni mustaqil ravishda egallashi, ko'nikmalari va qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaga qiziquvchanlik, mustaqil izlanish, tadqiqot jarayoniga qo'shilish imkoniyatini berishdir.

Rivojlanish markazlari ta'lim, rivojlantiruvchi, o'qitish, rag'batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak. Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida

ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning shaxsga yo'naltirilgan ta'limga asoslangan bolaning tashabbusini rag'batlantirishi kerak. O'yin jarayonida bolalar hamkorlik qilishga o'rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab chiqadi, o'ziga va boshqalarga baho berish ko'nikmalari rivojlanadi, shaxsiy, jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi.

Guruh xonasidan moslashuvchan va o'zgaruvchan tarzda foydalanish talab etiladi. Rivojlanish markazlaridagi tematik, didaktik materiallarlar bolaning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishga xizmat qilishi kerak. Markazlarning dizayni estetik, bolalar uchun jozibali bo'lishi kerak, va mustaqil faoliyatga bo'lgan istakni keltirib chiqarishi kerak. Guruh xonasida rivojlanish markazlarini yaratishda o'yin faoliyatining etakchi rolini hisobga olish kerak. Rivojlanish markazlaridagi jihozlar xavfsiz va didaktik materiallarlar bolaga tegishli bo'lishi va bolalarning yoshiga mos bo'lishi kerak. Rivojlanish markazlaridagi didaktik materiallarlar tematik vazifalarni hisobga olgan holda o'zgarishi kerak. Markazlarni uskunalar bilan ortiqcha jihozlamaslik zarur. Rivojlanish markazlari bolalar va kattalar bilan aloqa qilish va birgalikdagi faoliyatni, shuningdek o'z o'zi bilan shug'ullanish imkoniyatini ta'minlashi kerak. Mavzuli rejalashtirishga ko'ra, pedagog rivojlanish markazlarini didaktik materiallarlar va o'yin uskunalari bilan ta'minlash ustida o'ylashi va to'ldirishi kerak.

Bolaning rivojlanishi faqat o'quv faoliyatida emas, balki o'yin tarzida ham amalga oshiriladi. Markazlardagi bolalarning o'yin va kognitiv faoliyati davomida tarbiyachi bolalarning ishini kuzatib boradi, tavsiya etilgan materiallar bolalar uchun qanchalik qiziq, qulay va xavfsiz ekanligiga e'tibor qaratadi. Agar kerak bo'lsa, tarbiyachi didaktik materiallarni to'ldiradi yoki o'zgartiradi. Tarbiyachi guruhdagi barcha bolalar besh kun davomida har bir markazga tashrif buyurishini ta'minlaydi. Kuzatish va tahlil asosida kutilayotgan natija, muammolar, yechimlar tarbiyachi har hafta oxirida bolalarning o'z maqsadlariga erishgan yutuqlarini qayd etadi, agar shunday bo'lsa, muammolar pedagogning va bolalarning va uning ota-onalarining shaxsiy ishi bilan belgilanadi.

Shunday qilib, rivojlanish markazlarida to'g'ri tashkil etilgan ishlar har bir bolaga o'ziga yoqadigan narsani topishga, uning kuchli va qobiliyatiga ishonishga, kattalar va tengdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni o'rganishga, tushunishga imkon beradi va ularning his-tuyg'ularini va xatti-harakatlarini baholashga imkon beradi va aynan shu rivojlanish ta'lim asosida olib boriladi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning o'ziga xosligi shundaki, bola kimningdir istagiga ko'ra emas, o'z imkoniyatlari, salohiyati, tabiati xususiyatlariga mos ravishda shakllanadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning markazida bolaning o'z imkoniyatlarini to'la namoyon etishga intilishi, yangi tajribani qabul qilishi, turli hayotiy vaziyatlarda ongli ravishda qaror qabul qilishga qodirligi turadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi pedagogik muhitning sifatlari: bolalar yoshiga mosligi, estetik jihatdan ko'rkamligi, gigiyenik talablarga javob berishi, tinchlik va xavfsizlikni ta'minlanganligi, bolalarni barchasi foydalanishi mumkinligi, bolalar ruhiyatiga mosligi, rivojlantiruvchi ahamiyatga egaligidir. XULOSA

Maktabgacha yoshdagi bolaning to'laqonli rivojlanishi uchun rivojlantiruvchi - predmetli o'yin muhiti va kattalarning ular bilan mazmunan boy muloqoti yagonaligi ham zarur omil hisoblanadi.

Shunday ekan, maktabgacha ta'lim tashkilotida rivojlantiruvchi predmetli o'yin muhitini yaratish jarayoni psixolog, pedagog maslahatiga binoan tashkil etilishi kerak. Rivojlantiruvchi

predmetli o'yin muhitining har bir komponenti qulaylik tamoyili, bola rivojlanishining asosiy qonuniyatlariga mos kelishi kerak. Rivojlantiruvchi predmetli o'yin muhiti turli yoshdagi bolalar tarbiyasiga oid pedagogik vazifalar va faoliyatni rivojlantirish qonuniyatlariga javob berib, predmetli o'yin muhitidan iborat bo'ladi.

Tarbiyachilar barcha yosh guruhlarida rivojlanish markazlariga rahbarlik qilar ekanlar, bolalarni maqsadli yo'naltirib, ularni kuzatish va nazorat qilish talab etiladi. Rivojlantiruvchi predmetli muhit bola shaxsini qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonini tezlashtirish uchungina xizmat qilib qolmay, bolalarni ijodkorlikka, tashabbuskorlikka, mustaqil izlanishga, o'z kuchiga ishonishlariga, yangilikka intilishga, yaratuvchanlikka undaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 2019 yil 16 dekabr, O'RQ-595-son/ https://lex.uz/docs/4646908.

2. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. Toshkent-2018 yil. 8-bet

3. "Ilm yo'li" variativ dasturi. Toshkent "Sano-standart" 2020 yil. 13, 15-bet.

4. Maktabgacha pedagogika f. r. Qodirova, Sh. Q. Toshpo'latova, N.M. Kayumova, M. N. A'zamova "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent - 2019

5. Maktabgacha pedagogika Berdiyeva M.M.

6. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi P.Yusupova Toshkent "O'qituvchi" 1993 yil

7. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar. - T.: "Fan va texnologiyalar"

8. nashriyoti, 2011

9. N. Abdullaevaning "Maktabgacha ta'limni variativ yondashuv asosida takomillashtirish" Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati . -Toshkent 2019

10. D. A. Abdurahimova "Xalq og'zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati . -Toshkent 2020

11. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil, 340-341

12. F.R. Valiyeva, Sh.Kurbonov Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

13. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022 Pages: 336-340. 4-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.