Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO ME’YORLAR VA STANDARTLARNI IMPLEMENTATSIYA QILISH MEXANIZMLARI'

MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO ME’YORLAR VA STANDARTLARNI IMPLEMENTATSIYA QILISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
implementatsiya / standart / intellectual / integratsiyalashgan / didaktika.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Murodava Aziza Baxtiyorovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini xorij davlatlardagi ilg'or tajribalari Fransiya va Turkiya davlatlari misolida o‘rganib, o‘rganilgan ma’lumotlardan tavsiya va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO ME’YORLAR VA STANDARTLARNI IMPLEMENTATSIYA QILISH MEXANIZMLARI»

MAKTABGACHA TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO ME'YORLAR VA STANDARTLARNI IMPLEMENTATSIYA

QILISH MEXANIZMLARI

Murodava Aziza Baxtiyorovna

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti "Pedagogika va

psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11273606

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini xorij davlatlardagi ilg'or tajribalari Fransiya va Turkiya davlatlari misolida o'rganib, o'rganilgan ma'lumotlardan tavsiya va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: implementatsiya, standart, intellectual, integratsiyalashgan, didaktika.

Аннотация. В данной статье рассматривается передовой опыт системы дошкольного образования в зарубежных странах на примере Франции и Турция а также даются рекомендации и выводы на основе полученной информации.

Ключевые слова: имплементатция, стандартный, интеллектуальный, интегрированный, дидактика.

Abstract. This article examines the best practices of the preschool education system in foreign countries using the example of France and Turkey also provides recommendations and conclusions based on the information received.

Keywords: implementation, standart, intellectual, integrated, didactics.

Bugungi kunda maktabgacha tizimini tubdan takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga moslash, mehnat bozoridagi talablarga mos malakali tarbiyachilarni tayyorlash hamda Uchinchi Renessans g'oyasini ro'yobga chiqaradigan yangi avlodning yoshlarini kamol topishida katta islohotlarni inobatga olgan holda maktab va maktabgacha ta'limdagi ilsohatlarga muxtojmiz bugun.

Aynan, Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan, "Maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarini rivojlantirish: amaliyot va xorijiy tajriba" mavzusidagi masalalar muhokamasi, maktabgacha ta'lim tizimidagi xorij tajribasini o'rganish va bu tizimdagi zamonaviy yondashuvlar masalasida fikr almashinishi jihatidan dolzarbdir.

Jumladan maktabgacha ta'limni rivojlantirish va ularni faoliyatini yaxshilashda boshqaruv tizimini takomillashrishda xalqaro mingtalik reytinga kirish, ayniqsa bolalarimiz maktabga (o'yin faoliyatidan, o'qish faoliyatiga o'tishda) chiqqanlarida ta'limga tezroq moslashishlarini, maktabgacha ta'lim tashkilotida o'yin faoliyati bilan o'rgatish maqsadga muvofiq sanaladi. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun dasturi amal sifatida "Ilk qadam" davlat dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr)ga tayanilgan bo'lib, u o'z samaradorligini ko'rsatib kelayotganligi sir emas. Dastur Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi Xalqaro bolalar jamg'armasi (UNICEF)ga, xususan, dasturning takomillashtirilgan ikkinchi nashriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritishda ko'p ijobiy masalalar ko'zda tutilgan.

Bugungi kunda mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, rus, o'zbek, tojik, qirg'iz, qozoq va turkman tillarida faoliyat olib borib unda jismoniy, ma'naviy va ruhiy tarbiya masalalari bilan birgalikda bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayyorlash,

bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va istedodlarini rivojlantirish, bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish hamda bolalarda yuqori manaviy va odob axloq asoslarini shakllantirishda asosiy urg'uni berib kelmoqda.

Yangi O'zbekiston maktabgacha ta'lim tizimini rivojiga, ayniqsa, uning dunyo standartlari darajasiga chiqishiga bugungi kunda oqsab qolayotgan omillar ham yo'q emas. Bu kechiktirib bo'lmaydigan jiddiy masalalar nimalardan iborat va ularni yechish yo'llari qanday?

Birinchidan. xalqaro standartda ta'lim sohasining barcha bosqichlariga oid me'yorlar aslida qanday bo'lishi, qay tarzda bo'lsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq belgilab berilganligini hisobga olgan holda biz o'z mintalitetimiz va geografik iqlimimizga moslashtirishimiz. Misol uchun, biz ilmiy ishimizda Turkiya va Fransiya davlatlarini maktabgacha ta'lim tizimni implementatsiya qilish mexanizimlari haqida izlanish olib bormoqdamiz va bu mavzudagi ilmiy tadqiqotlar dolzarbligini ko'rsatmoqda.

Ikkinchidan. Hozirda mamalakatimizning oliygohlarida tarbiyachilar davlat ta'lim standartiga muvofiq o'qitilib kelinmoqda, bizningcha mazkur yo'nalishda ta'hsil olish istagini bildirayotgan yoshlarni individual psixologik xussusiyatlarini inobatga olgan holda jalb qilish bu maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachi lavozimiga ishqa qabul qilayotganlarida psixolog va psixiatr suhbatidan o'tishlariga jiddiyroq yondashish.

Uchunchidan. Muhim masalalardan biri "Ilk qadam" davlat dasturining uchinchi ilovasi Namunaviy o'quv rejada ko'rsatilgan Kichik (3 yoshdan 4 yoshgacha) guruhlar, O'rta (4 yoshdan 5 yoshgacha) guruhlar, Katta (5 yoshdan 6 yoshgacha) guruhlar, Maktabga tayyorlov (6 yoshdan 7 yoshgacha) guruhlardagi belgilangan faoliyatini joylardagi ijro masalasida (shaxsiy kuzatishlarim) tarbiyachilar va tashkilot rahbari tamonidan oqsoqlanish kuzatilishini inobatga olib, bizningcha joylarda oyda bir marotaba tarbiyachilarni o'zlari (tekshirmasdan) trening asosida dastur mohiyatini tushuntirib borishimiz lozimdir.

Jumladan bolalarimizni tarbiyalashda sharq allomalari Imom G'azzoliy, M.Qoshg'ariy, U.Kaykovus, A.N.Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino, A.Navoiyning ma'naviy-axloqiy tarbiya masalasida keltirilgan alla, ertak, maqol va xalq tilidan yozib olingan xalq og'zaki ijodi namunalarini avvalo tarbiyachilar o'rganishlari va bu orqali bola tarbiyasini berish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashda, jamiyatdagi voqeliklar bilan uyg'unlashtirgan holda integratsiyalashgan ta'limiy faoliyatni tashkil etish, har bir ta'limiy faoliyatni o'zaro uyg'unlik, uzviylik va mujassamlashgan holda olib borish maktabgacha ta'lim tashkilotlari didaktikasining bosh masalasidir.

Muxtasar aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo'lib shakllanishida muhim o'rin tutadi.

REFERENCES

1. A.B.Murodova., Sh.E.Ne'matov "Maktabgacha ta'limni rivojlantirishda xorijiy davlatlarning me'yoriy huquqiy xujjatlarini implementatsiya qilish mexanizmlari" Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7. April 2022. 752 b.

2. F.Norboyev "Maktabgacha ta'limda uch madaniyat tadqiqi: xitoy tajribasi", "Maktabgacha ta'lim: xalqaro tajriba va rivojlanish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya maqolalar to'plami. Toshkent: MTTDMQTMOI, 2021, 30 noyabr - 500 bet.

3. O.Jamoldinova, "Maktabgacha ta'lim tizimiga zamonaviy yondashuv", O'zLiDePning Facebook'dagi rasmiy sahifasi va Telegram'dagi kanali.

4. SH.Sodiqova "Maktabgacha pedagogika", Maktabgacha pedagogika: darslik/Sh. Sodiqova; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta 'lim vazirligi. - Toshkent: «Tafakkur Bo'stoni», 2013 - 288-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.