Научная статья на тему '6-7 YOSHLI BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGI XUSUSYATLARI'

6-7 YOSHLI BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGI XUSUSYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bola / rivojlanish xaritasi / jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi / ijtimoiy-hissiy rivojlanish / nutq / muloqot / o‘qish va yozish malakalari / bilish jarayonining rivojlanishi / ijodiy rivojlanish / maktabgacha ta’lim / boshlang‘ich ta’lim / davlat standarti / o‘quv dastur / tarbiyachi pedagog / ota-ona

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ashurova Mohigul Sodiq Qizi

Ushbu maqola 6-7 yoshli bolaning rivojlanish xususyatlari haqida bayon qilingan. Bolaning jismoniy,ijtimoiy-hissiy,nutq,muloqot,o‘qish va yozish malakalarining rivolanishi,bilish jarayonining rivojlanishi,ijodiy rivojlanishi ko‘rsatib berilgan. Jumladan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Hamda bolaning rivojlanishi,maktabga qay darajada tayyor bo‘lishi kerakligi borasidagi fikirlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «6-7 YOSHLI BOLANING MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLIGI XUSUSYATLARI»

6-7 YOSHLI BOLANING MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLIGI

XUSUSYATLARI

Ashurova Mohigul Sodiq qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning

malakasini oshirish instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11239269

Annotatsiya. Ushbu maqola 6-7 yoshli bolaning rivojlanish xususyatlari haqida bayon qilingan. Bolaning jismoniy,ijtimoiy-hissiy,nutq,muloqot,o'qish va yozish malakalarining rivolanishi,bilish jarayonining rivojlanishi,ijodiy rivojlanishi ko'rsatib berilgan. Jumladan, maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasiga oid me 'yoriy-huquqiy hujjatlarga alohida to'xtalib o'tilgan. Hamda bolaning rivojlanishi,maktabga qay darajada tayyor bo'lishi kerakligi borasidagi fikirlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: bola, rivojlanish xaritasi, jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish, maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, davlat standarti, o'quv dastur, tarbiyachi pedagog, ota-ona.

Kirish

Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'lim turi hisoblanib, bolaning ilk rivojlanish yoshidan to 7 yoshgacha bo'lgan davrigacha bolaning miyyasi atrof-muhit ta'siriga yaxshi qabul qiladigan yillar hisoblanadi. Bu davrda bolaning aqliy rivojlanishi, bolaning til rivojlanishi, ijtimoiy rivojlanishi, ijodkorligi, ijtimoiy-emotsional moslashuvi va kelajakda akademik bilim olishining asosini tashkil qiladi va bolaning o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishiga yo'l ochadi.

Darhaqiqat, bugungi avlod istiqbolda yangi O'zbekistonning taraqqiyotini ta'minlashi uchun ham jismoniy va ma'naviy sog'lom, intellektual salohiyatli bo'lishi talab etiladi. Bu talab maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlarida voyaga yetayotgan yosh avlodning talimi va tarbiyasiga bo'lgan e'tiborni oshirishni taqozo etadi. Shu maqsadda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarni tadbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo'yicha muhim ishlar amalga oshirildi.

2020-yil 22-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g 'risida"gi VMQ 802-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga binoan bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari belgilab berildi.

Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishida amalga oshiriladigan vazifalarning huquqiy asosi sifatida "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni xizmat qiladi. Bunda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta'lim va tarbiya tashkilotlari hamda tarbiyachi pedagoglar, ota-onalarning huquq va majburiyatlari mustahkamlangan. Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirishning mavjud

shart-sharoitlari va imkoniyatlari, kamchiliklari o'rganilgan hamda 2030 yilgacha bu jarayonda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berilgan. Maktabgacha ta'lim-tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlashni nazarda tutadi deb ko'rsatilgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalar hisobga olinib, 6-7 yoshli bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ularga ta'lim-tarbiya berish va maktab ta'limiga tayyorlash maqsadida "Ilm yo'li" variativ dasturi ishlab chiqildi. Ushbu dastur 6-7 yoshli bolalar uchun mo'ljallangan majburiy boshlang'ich ta'limga bir yillik tayyorlash guruhlari maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq, bolaning rivojlanishidagi 5 muhim soha : bolalarning jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish sohalarini har tomonlama uyg'un rivojlanishini ta'minlashga mo'ljallangan bo'lib, bunda bola ta'limiy faoliyatning yetakchi ishtirokchisi sifatida namoyon bo'ladi. Dastur talablari bolani har tomonlama rivojlantirib, maktab ta'limiga tayyorlaydi, unda turli xil ko'nikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi. Bu yoshda bolani savodxonligi bo'yicha olib boriladigan ta'limiy jarayonlar bolalarda nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalarini rivojlantirish sohasi va bola rivojlanishining barcha sohalari bilan chambarchas bog'liq holda amalga oshiriladi. Bolaning so'z boyligi oshadi, nutqqa nisbatan qiziqish uyg'onadi, unda mazmunli gapirish, boshlang'ich til bo'yicha ma'lumotga ega bo'lish, badiiy adabiyotga muhabbat shakllanadi. Jamoada o'zini tutish, savollarga javob berish, kattalar bilan muloqotga kirishish va ular oldida so'zlash, shaxsiy qarorlarini qabul qilish, boshqalarga namuna bo'lish, qiyin vaziyatlarda amaliy yechim topish uchun intilish ko'nikmalari rivojlanadi. Bolada qo'l barmoqlari mayda motorikasi rivojlantirilib, yozuv malakalari shakllanadi. Ular qog'ozda to'g'ri chiziqlar, so'zlar va qisqa gaplarni yozadi, yozuv qatorini aniqlay oladi, qo'lni uzmasdan nuqta chiziqlarni birlashtirib rasm chizish malakalari shakllanadi.

Bolani bu yosh davrida og'zaki nutq asosiy o'rinni egallaydi. Nutq rang-barang ifodali tovushlar yig'indisidir. U bolani ertaga maktabda muvaffaqiyatli o'qishi uchun zamin yaratadi. "So'z boyligi - deb ta'kidlagan edi Q.Shodiyeva - bolaga barcha mashg'ulotlarda beriladigan bilimlarni tez va puxta o'zlashtirib olish va bu bilim, tushunchalarni nutq orqali ifodalash imkonini beradi". Bola nutqining rivojlanishi bevosita uning lug'atiga bog'liq. Albatta shuni ta'kidlash lozimki, bolaning lug'at boyligi bola dunyoni anglashi orqali ifodalanadi. Bola ma'lumotlarni atrof-muhitni kuzatish, ota-onalar, kattalar, tarbiyachilar, o'rtoqlari, kitoblar, filmlar, mashg'ulot va o'yinlar orqali oladi. Bularning barchasida bolaga ma'lumotlar og'zaki nutq orqali beriladi. Buning natijasida bolaning lug'at boyligi oshib borishi, u so'zlar, ularning ma'nosi, ularni qo'llab, gaplarni grammatik jihatdan to'g'ri tuzishni, to'g'ri tovush talaffuzini amalga oshirishi zarur. Bolaga bu ma'lum qiyinchiliklarni tug'diradi. Bu jarayon boladan aqliy faollikni talab etadi. Bunda tarbiyachilar tomonidan bolani nutqini rivojlantirish va uni savodxonligini amalga oshirish bo'yicha tizimli ta'lim-tarbiyaviy ishlar amalga oshirilishi zarur. Bu jarayonlar "Ilk qadam" o'quv dasturi va "Ilm yo'li" variativ o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida va majburiy tayyorlov guruhlarida nutq o'stirish mashg'ulotlari, rivojlanish markazlari, sayr, ekskursiyalar orqali mustahkamlanadi. Tarbiyachilar tomonidan bolalarni o'qish va yozish malakalarini shakllantirish maktabgacha yoshga doir maxsus metodikalar orqali olib boriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta'limiga tayyorlash hamda unda savodxonligini rivojlantirish quyidagi talablarga bo'ysunadi.

- bolani rivojlantirishga qaratilgan qulay, do'stona, xavfsiz muhitni yaratish. Bolalar jamoasida do'stona munosabatni qadrlash. Bolaga yo'naltirilgan ta'limga yondashuv asosida ta'lim-tarbiya berish, uzoq davom etadigan mashg'ulotlar bilan emas, balki bolada qiziqishni uyg'otadigan, uni hayratlantiradigan o'yinlardan iborat ta'limiy jarayonlarni tashkil etish. O'yindan asosiy ta'limiy faoliyat sifatida foydalanish. Didaktik vositalarni keng qo'llash.

-bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkurini inobatga olish. Bolada o'qishga nisbatan xohish, istak, qiziqish uyg'otish. Kattalar tomonidan bolaga bosim o'tkazish, uning erishgan natijalaridan qoniqmaganlikni bildirish man etiladi.

- olib boriladigan ta'lim va tarbiyaviy jarayonlar ketma-ketlikda, oddiydan murakkablashib borishi zarur.

- tizimli ravishda bolada kichik yosh davridan boshlab so'zlarni to'g'ri talaffuzini rivojlantirish. Tarbiyachi o'z nutqiga nisbatan talabchan bo'lishi.

- bolalarda o'z nutqida to'g'ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap

konstruksiyalaridan va yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalana olishga

bo'lgan ishonchni hosil qilish.

Xulosa

Umuman xulosa qilib shuni aytishimiz kerakki, bolalarni 6-7 yoshda maktab ta'limiga tayyorlash, ularda ertaga maktab dasturlarini yaxshi o'zlashtirishlari, shuningdek ularning intilishlari, qobiliyatlarini namoyon qilishga imkoniyat yaratadi. Bolalarni maktabga tayyorlashda, maktabgacha yoshdagi bolalik inson tafakkuri va umuman inson shaxsini shakllantirish jarayonida alohida rol o'ynaydi, jamiyatimizning ongli avlodini tarbiyalashga xizmat qiladi.Chunki , har tomonlama sog'lom bola davlatimiz kelajagi demakdir.

REFERENCES

1. l.O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni. 2019 yil 16 dekabr. https://lex.uz.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi VMQ 802-sonli qarori. 2020 yil 22 dekabr. https://lex.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-sonli qarori. https://lex.uz.

4. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va xalqiga murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. https://president.uz.

5. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va YUNESKO hamkorligida. (2022) I.V. Grosheva, L.G. Evstafeva, D.T. Maxmudova, Sh.BNabixanova, S.V. Pak, M.R. Isxakova. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi. Toshkent.

6. Q. Shodiyeva "Nutq o'stirish qobilyati" O'qituvchi nashiryoti, Toshkent 2008

7. Kalmuratov T.N. Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta'lim sifatini boshqarishning o'ziga xos jihatlari. Ilim hám jámiyet. №4.2021. Bet 30-33. 3-bet

8. Kalmuratov T.N. Evaluation of the Effectiveness of Management of the Activities of NonState Pre-School Educational Organizations on the Basis of Public-Private Partnership. http://ijmmu.com editor@ijmmu.com ISSN 2364-5369 Volume 9, Issue 9 September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.