Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHDA MDX DAVLATLARI TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHDA MDX DAVLATLARI TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tajriba / boshqaruv / memejment / mentalitet / hudud / korreksiya / tizim / islohot / nodavlat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xakimova Sevara Shavkat Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda MDX davlatlari tajribalaridan foydalanish mexanizmlari yoritilgan. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilish kabi tajribalari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birgalikda zamonaviy bilimlar asosida boshqaruv koeffsentini oshirish yuzasidan turli qarashlar, o‘rganilgan tajribalarni amaliyotga joriy qilish, mentalitetimizni inobatga olgan holda yangi bilimlarni korreksiyalash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHDA MDX DAVLATLARI TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHDA MDX DAVLATLARI TAJRIBALARIDAN

FOYDALANISH

Xakimova Sevara Shavkat qizi

MTTDMQTUMOI stajor tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11350763 Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarini boshqarishda MDX davlatlari tajribalaridan foydalanish mexanizmlari yoritilgan. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirish, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilish kabi tajribalari o'rganib chiqildi. Shu bilan birgalikda zamonaviy bilimlar asosida boshqaruv koeffsentini oshirish yuzasidan turli qarashlar, o'rganilgan tajribalarni amaliyotga joriy qilish, mentalitetimizni inobatga olgan holda yangi bilimlarni korreksiyalash kabilarni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.

Kalit so'zlar: tajriba, boshqaruv, memejment, mentalitet, hudud, korreksiya, tizim, islohot, nodavlat.

Kirish

Maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955 qarorida ham qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan:

maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun o'quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o'tkazish, shuningdek, ularni nashr qilishni takomillashtirish bo'yicha mexanizmlarni joriy etish;

ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini ishlab chiqish;

davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy rag'batlantirish uchun ularni qo'shimcha pullik xizmatlar ko'rsatishga rag'batlantirish tartibini ishlab chiqish;

davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni ta'minlash;

maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish; maktabgacha ta'lim tizimi pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan ta'minlash; Asosiy qism.

Maktabgacha ta'lim har qanday mamlakatda ta'lim tizimining tarkibiy qismlaridan biridir. Uning maqsadi nafaqat bolaning aqliy va jismoniy rivojlanishi, balki umuminsoniy madaniyatda shaxsiyatni shakllantirishdir. Shu maqsadda har bir davlatda davlat normalari va qonunchiligiga

muvofiq maktabgacha ta'lim standartlari va dasturlari ishlab chiqiladi. Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini zamonaviy talablar asosida shakllantirishda va bolalalarni bugungi zamon ruhiga mos qilib tarbiyalashda xorij tajribasining jumladan MDX davlatlari, qo'shni respublikalarning o'rni ham katta hisoblanadi. Ushbu tizimda samarali ishlarni olib borgan va muvaffaqqiyatga erishgan MDX davlatlari ham yetarli. Shunday davlatlardan biri qo'shni Respublika Qozog'iston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi va uni boshqarish tajribalari haqida to'xtalamiz.

Qozog'iston Respublikasida hozirgi kunda 11 308 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat ko'rsatmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jami 923 ming nafardan ortiq bola tarbiyalanmoqda. Shundan, 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab olish - 89,3%, shu jumladan. 3-6 yoshli bolalar - 97,8%. Pedagoglar soni esa, 97,7 ming nafarni tashkil etadi. Bolalar bog'chalarida navbatlarga talab katta. Hududiy miqyosda navbatda turish uchun 44 ta axborot tizimidan foydalaniladi. Agar ilgari maktabgacha yoshdagi bolalar darslarni 20 daqiqa davomida o'rgangan bo'lsa, endi xalqaro tajribani hisobga olgan holda, ta'lim jarayoni va ta'lim o'yin orqali amalga oshiriladi.Shuningdek, bugungi kunda Qozog'istonda maktabgacha ta'limni rivojlantirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu sohadagi davlat siyosati turli ijtimoiy guruhlarga mansub bolalarning sifatli ta'lim olishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan. Qozog'stonda bolalarning tashkilotda bo'lish muddati bo'yicha: bolalar bog'chalari kunduzi, tunu-kun bo'lishi mumkin, moslashuvchan ish soatlari bilan. Mamlakatda 2010-2014-yillarda bolalarni maktabgacha ta'lim va tarbiya bilan ta'minlash bo'yicha "Balapan" dasturining qabul qilinishi maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiya qilishning muhim bosqichi bo'lgan. Maktabgacha ta'lim tizimining asosiy hujjati Qozog'iston Respublikasining Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat majburiy standarti bo'lib, u Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiya va Qozog'iston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonuni normalarini amalga oshiradi.

Shuningdek yana bir MDX davlatlaridan biri Moldovada maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish darajasi, taxminan 86,5%, mintaqaning boshqa mamlakatlariga nisbatan nisbatan yuqori. UNICEFning makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olgan holda mahalliy darajada maktabgacha ta'lim sifati va boshqaruvi xizmatlarini tahlil qiluvchi yangi tadqiqotiga ko'ra, bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga to'liq qamrab olish uchun Moldovaga yana besh yil kerak bo'ladi. 2022 yil oxirida Moldovada bola parvarishining muqobil variantlari to'g'risidagi qonun qabul qilindi. Shunday qilib, uchta yangi xizmat turi tartibga solindi: individuallashtirilgan (bolaning uyiga keladigan enaga), ish beruvchilar tomonidan ish joyida ochilgan va oilaviy (o'qituvchining uyida). 2024 yilda Moldovada birinchi marta uydagi oilaviy bolalar bog'chalari ochildi. Moldovadagi barcha bolalar bog'chalari 10 soatlik dastur bo'yicha ishlaydi. Maktabgacha ta'limning mazmuni turli xil dastur va usullar bilan ajralib turadi, bu bolalarni yuqori darajada rivojlantirish va tarbiyalash imkonini beradi. Respublikada 7 ta kompleks maktabgacha ta'lim dasturlari va 13 dan ortiq qisman ta'lim dasturlari tasdiqlangan.

Xorij tajribasi jumladan MDX davlatlari tajribasiga yuzlanganimizda asosan uning amalga oshirilgan mexanizmlariga o'z e'tiborimizni qaratamiz. Rivojlanish prinsipi. Ushbu prinsip har qanday obyektni paydo bo'lish, shakllanish va o'zgarish jarayonida ko'rib chiqishni; uning ziddiyatli xususiyatini ochib tashlashni, miqdor va sifat o'zgarishlarini hisobga olishni, bir holatdan boshqa holatlarga o'tish imkoniyatini talab etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligiga tatbiqan bu prinsip quyidagilarni taqozo qiladi:

boshqarish obyektidagi miqdor va sifat o'zgarishlarini ko'rishga, bu o'zgarishlarning xarakterini (progressiv yoki regressiv) aniqlashga imkon beruvchi ta'lim sifatining tizimli monitoringini o'tkazish;

boshqariladigan obyektning real sifatdan potensial sifatga o'tishining sabablarini va vositalarini aniqlash;

boshqaruvni nafaqat boshqaruv jarayonining belgilangan doirada faoliyat ko'rsatishiga, balki uning rivojlanishiga ham yo'naltirish, buning natijasida u yangi sifat holatiga erishadi;

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvida xorij tajribasini o'rganish va mavjud muammolarga bag'ishlangan tadqiqot natijalarini o'rganish shuni aniqlashga imkon berdiki, maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim jarayoni sifati va samaradorligini takomillashtirish borasida hali ko'plab amaliy izlanishlar olib borish zarur. Shu munosabat bilan maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim, zamonaviy boshqaruv prinsiplarini joriy etish jarayoni, sifati va samaradorligini takomillashtirishning pedagogik tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bunday tizim fanlararo asosda, falsafa, sotsiologiya, pedagogika, sistemologiya, boshqaruv nazariyasi, psixologiya, kabi fanlar sohasidagi bilimlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi kerak. Boshqaruv obyekti sifatida maktabgacha ta'lim muassasasi sifatining mohiyati va maktabgacha ta'lim muassasani uni shakllantirishning alohida sohasi haqidagi bilimlarsiz sifatga yo'naltirilgan boshqaruv tizimini yaratish mumkin emas.

Shu sababli, eng avvalo, maktabgacha ta'lim jarayoni sifatini tahlil qilish va sifatni ta'minlaydigan ta'lim tashkiloti sifatida maktabgacha ta'lim muassasasining o'zigaxosliklarini o'rganish kerak. Buning uchun "sifat" kategoriyasi kontekstida maktabgacha ta'limning metodologik va nazariy asoslarini aniqlash hamda ularning asosida o'rganiladigan boshqaruvning dastlabki asosi bo'luvchi integral modelni ishlab chiqish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 2018-yil 30-sentabr PQ-3944 son qaror lex.uz

2. B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova. "Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari". Uslubiy qo'llanma. T: 2015

3. G.Anorqulkova, A. Karimov.Xorijiy mamlakatlar ta"lim tizimining oziga xos yo"nalishi uslub va tahlili. Xalq ta"limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son

1. 4.Ибрагимова, Г.К., ЧесноковаН.П., Мирза, Н.В., Шкутина, Л.А. Возможности оценки качества дошкольного образования с помощью методики ECERS-R в Казахстане // Вестник Новосибирского государственного педагогического университета. - 2018. -Том 8. - № 5. - http://sciforedu.ru/article/2965

4. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

5. F.R. Valiyeva, D.B.Atajonova Professional va oliy ta'lim tizimida uzviylikni ta'minlashning pedagogik shartlari //O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi peshku tumani 2-son kasb-hunar maktabi 2021-yil.

6. www.edu.gov.md

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.