Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xorijiy tajribalar / ta’lim-tarbiya / samaradorlik / tarbiyalanuvchi / ta’limiy faoliyat / individuallashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kalendarova Z

Maktabgacha ta’lim tizimi bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan ta’lim tizimi bo’lib, bunda tizimga xorijiy tajribalarni o’rinli tatbiq qilish ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada tizimga xorijiy tajribalarni tatbiq qilishning zarurati xhaqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO'LLASHNING AHAMIYATI

Kalendarova Z

QDPI

https://doi.org/10.5281/zenodo.11201866

Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tizimi bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan ta'lim tizimi bo'lib, bunda tizimga xorijiy tajribalarni o'rinli tatbiq qilish ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada tizimga xorijiy tajribalarni tatbiq qilishning zarurati xhaqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: xorijiy tajribalar, ta'lim-tarbiya, samaradorlik, tarbiyalanuvchi, ta'limiy faoliyat, individuallashtirish.

Аннотация. Сегодня система дошкольного образования представляет собой быстро развивающуюся образовательную систему, в которой соответствующее применение зарубежного опыта в системе является важным фактором повышения качества и эффективности образования. В статье говорится о необходимости применения в системе зарубежного опыта.

Ключевые слова: зарубежный опыт, образование, эффективность, ученик, учебная деятельность, индивидуализация.

Abstract. Today, the preschool education system is a rapidly developing educational system, in which the appropriate application of foreign experiences to the system is an important factor in improving the quality and efficiency of education. The article talks about the need to apply foreign experiences to the system.

Keywords: foreign experiences, education, efficiency, pupil, educational activity, individualization.

Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida keng ko'lamli o'zgarishlar, yangilanishlar jarayoni boshlandi. Uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirildi. Shu jumladan ta'lim tizimining eng quyi bo'g'ini maktabgacha ta'lim tizimida ham qator o'zgarishlar yuz berdi.

Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi tizimining birinchi va muhim bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'limni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqda. O'zbekistonda hozirda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama, to'laqonli tarbiyalash, o'qitish va rivojlantirishni ta'minlaydigan o'ziga xos maktabgacha ta'lim tizimi shakllandi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabda o'qishga maqsadli va tizimli tayyorlash, bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste'dodlarini rivojlantirish, bolalarni milliy, umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish, bolalarda yuqori ma'naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini mustahkamlash kabi maqsadlar ko'zga tutiladi.

Shu o'rinda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash hozirgi kunda dolzarb vazifalarning biri xisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli, 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017- yil 9-sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018-yil 18-iyundagi 1-mh sonli "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari" hamda "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturini amalda joriy etish, shu asosda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.

Bugungi kunda xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda joriy etish, zamon talabiga mos ravishda me'yoriy hujjatlar, o'quv-metodik adabiyotlar, o'quv metodik majmualarniishlab chiqish, ilg'or xorijiy tajriba asosida maktabgacha ta'lim muassasalarining rahbar va mutaxassislarida zamonaviy menejment va pedagogik texnologiyalar bo'yicha sohaga oid bilimlar va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari dolzarb masalalar sirasiga kiritilmoqda.

Rivojlangan davlatlar ichida Yaponiyada maktabgacha ta'lim tizimiga katta e'tibor beriladi, chunki psixologlarning ta'kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70% ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida o'zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o'rinda turadi. Ko'pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi - ularning hayotlarining maqsadlaridir. Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg'u beradi. Masalan, 1 yoshda -o'ziga ishonch hissini uyg'otish, 2 yoshda - amaliy san'at qo'l mehnatini ko'rsatish, 3 yoshda -burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda - yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o'rgatish, 5 yoshda -liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o'rgatish.

Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlardan (viloyatlar) iborat bo'lib, har biri shakliga ko'ra turlicha bo'lgan ta'lim tizimiga ega. Ta'lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo'lib, ular uchun ta'lim dasturiga tegishli bo'lgan davlat ko'rsatmalari mavjud. Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta'limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin: - birorta Federal Yerlar davlat umumta'lim, kasbiy o'quv yurtlarida o'qish uchun pul barcha Federal yerlarda o'quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o'z hisobidan beradi; - deyarli barcha o'quvchilarga darslik va o'quv qo'llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beriladi; - ma'lum toifadagi o'quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko'ra davlat moddiy yordam ko'rsatadi. Janubiy Koreya Respublikasi ko'plab tadqiqotchilarning diqqatini o'ziga tortmoqda, sababi bu davlat postindustrial sivilizatsiya yutuqlarini egallagan Osiyo - Tinch okeani regionining noyob davlatlaridan biridir. Koreyaliklar bajarilishi shart bo'lgan asosiy vazifa - o'z an'anaviy madaniyatini saqlash, siyosiy va ijtimoiy - iqtisodiy islohotlarni o'z madaniy-siyosiy identivlik, Sharqning an'anaviy qadriyatlari va orientirlari bilan bog'lashga intilish deb hisoblaydilar.

Kanadaliklarning eng muhim yutuqlaridan biri - bu ularning ta'lim tizimidir. Ilg'or universitet va kollejlardagi ta'lim sifati juda yuqori va Kanada diplomlari butun dunyoda tan olinadi. Xalqaro reytingda Kanada ta'limi AQShdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Kanadaning turli provinsiyalari o'quv rejalarida o'ziga xosliklar ko'rinadi. Masalan, Kvebek, Ontario,

Manitobda maktabgacha muassasada maktabga tayyorlash 2 yil, 4 yoshdan 6 yoshgacha, Albert va Britan Kolumbiyasida 1 yil.

Belgiyada maktabgacha ta'lim (MT) 2,5 yoshdan 6 yoshgacha davom etadi. 2,5 yoshga yetganda bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasiga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida o'zgarib boradi. Maktabgacha ta'lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashg'ulotlar o'yin shaklida olib boriladi.

Amerika Qo'shma shtatlarida ta'lim tizimining tuzilishi quyidagicha: bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari; 28 - 8 - sinflargacha bo'lgan boshlang'ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o'qiydilar); - 9 - 12 -sinflardan iborat o'rta maktablar (bu maktablarda 14- 17 yoshgacha bo'lgan bolalar ta'lim oladilar).

Xulosa o'rnida aytish mumkinki xalqaro tajribalarni o'rganish orqali ichki darajada xalqaro majburiyatlarni amalda bajarish ishlari mamlakatimizda tizimli ravishda ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda bir qator davlatlarda ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar avtomatik ravishda milliy qonunchilikning bir qismiga aylanmoqda. Bularni bari ta'lim jarayonini isloh qilishda xalqaro tajribalarni almashishda va o'zaro davlat kesimida moslashtirgan holda amaliyotda qo'llashga keng sharoit yaratadi. Maktabgacha ta'lim tizimda yuz berayotgan bu kabi o'zgarishlar avvalo kelajagimiz tayanchi bo'lgan, unib-o'sib kelayotgan bolalarimizni barkamol, yetuk, milliy an'ana va qadriyatlarimizdan boxabar, sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otib, zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda ta'lim va tarbiya berish dolzarb vazifalardan hisoblanadi va bu kabi xayrli ishlar albatta bardavom bo'lib, soha rivojini yanada yuqori pog'onaga ko'tarish ko'zda tutilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. Toshkent sh.,2019 yil 8 may , PQ-4312-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2707-sonli-PQ.

3. I.V.Grosheva, L.G.Evstafeva, D.T.Maxmudova, SH.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova. // - "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi. Toshkent, 2018.-59 b.

4. Kalendarova Z.K. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonining rivojlanishi kompetentsiyalarini shakllantirish"Maktabgacha ta'lim: xalqaro tajriba va zamonaviy yondashuvlar". - Toshkent, 2021. 27-may.

5. G.Eshchanova SOCIOLOGY OF PRESCHOOL EDUCATION: DISTINCTIVE CHARACTERISTICS. Science and innovation, 2 (B3), 2023. 333-337. doi: 10.5281/zenodo.7764475. (2023).

6. Ikromjonovna, J. S. BOSHLANG'ICH SINFLARGA TA'LIM BERISH JARAYONIDA ZAMONAVIY METOD VA VOSITALARNING AHAMIYATI. QO'QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 581-583. (2023).

7. Eraliyeva, Z. MTT NING MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI MANTIQIY FIKRLASH VA BAHS MUNOZARALI VAZIYATLARDA YECHIM

TOPISHGA VA BADIIY NUTQQA O'RGATISH. Talqin Va Tadqiqotlar, 1(18). H3B^echeHO ot http://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/19. (2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.