Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING XORIJIY TAJRIBALARI'

TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING XORIJIY TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
63
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
mamlakat / ta’lim / xorijiy tajriba / ta’lim inspeksiyasi / tuzilma / xalqaro baholash.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ahmedov Dilshod Ubaydulla O‘G‘Li, Isakova Nodira Azzamovna

Maqolada bugungi kunda dolzarb mavzuga aylanib ulgurgan xorijiy va zamonaviy talablarni O‘zbekiston ta’lim va madaniyat sohasida qo‘llash bo‘yicha choratadbirlar haqida so‘z brogan, qolavera Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSH kabi ilg'or xorijiy ta’lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta’lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING XORIJIY TAJRIBALARI»

TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK HAMKORLIKNING XORIJIY TAJRIBALARI 1Ahmedov Dilshod Ubaydulla o'g'li 2Isakova Nodira Azzamovna

1O'zbekiston - Finlandiya pedagogika instituti talabasi 2Samarqand Davlat Universiteti "Ingliz

tili " kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.1011289 7

Annotatsiya. Maqolada bugungi kunda dolzarb mavzuga aylanib ulgurgan xorijiy va zamonaviy talablarni O'zbekiston ta'lim va madaniyat sohasida qo'llash bo'yicha chora-tadbirlar haqida so'z brogan, qolavera Yaponiya, Germaniya, Fransiya, AQSH kabi ilg'or xorijiy ta'lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta'lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: mamlakat, ta'lim, xorijiy tajriba, ta'lim inspeksiyasi, tuzilma, xalqaro baholash.

Аннотация. В статье говорится о мерах по применению зарубежных и современных требований в сфере образования и культуры Узбекистана, ставших актуальной темой сегодня, а также передовых зарубежных стран, таких как Япония, Германия, Франция, США, анализируются структура системы, опыт и современные образовательные программы.

Ключевые слова: страна, образование, зарубежный опыт, образовательная инспекция, структура, международная оценка.

Vatanimiz ta'limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan ko'zda tutilgan maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirish uning, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish, shu asosida o'quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Yangilangan ta'lim to'la ma'noda yangicha tafakkur, sog'lom fikr demakdir. Hozirgi davrda ta'limning qadr-qimmati, obro va nufuziga teng darajada unnig ijrochilarida tashabbuskorlik, fidoyilik va ishbilarmonlik ham bo'lmogi zarur. Ta'limdagi muvvafaqiyat, aksariyat dadil harakat qiluvchilar tarafida bo'ladi. Dadil harakat, shijoat tufaylidir. Shijoatni esa insonga, o'zbek milliy pedagogikasining mumtoz namoyondasi Abdulla Avloniy takidlaganlaridek maktab ilm-ma'rifat baxsh eta oladi.

Qadimdan bizda bilim olish qadrlangan.Bilimdon kishilar esa el- yurt ardog'ida bo'lganlar. Shuning uchun ham bilim olish va olingan bilimni mamlakatimiz xizmati yo'lida xizmat qildirish oliy insoniylik burchimizdir. Bu vazifalarni muvvafaqiyatli hal etishni muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajribalari o'rganishdir. Xalqaro tajribalarini sinchkovlik va qunt bilan o'rganish orqali ta'lim tarbiyada qotib qolgan, o'z dolzarbligini yo'qotb borayotgan ish shakllari, uslublaridan xalos bo'lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbalarga ega bo'lamiz. Davlatimiz rahbari mamlakatda kadrlar muammosi mavjudligini barcha sohalarga islohotlar sur'atiga mos zamonaviy mutaxassislar kerakligini aytgan edi. Shu maqsadda butun ta'lim tizimi takomillashtirilmoqda. Maktabgacha ta'lim rivojlantirilayotganini maktab saboqlariga puxta zamin bo'lmoqda. Umumiy o'rta ta'lim sifati ilg'or xalqaro tajriba va zamon talablari asosida yuksaltirilmoqda. Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion ta'lim maskanlari tashkil etildi. Ularda xalqaro tajribalar yo'lga qo'yilganligi kelajakda yetuk kadrlar yetishib chiqishidan dalolat beradi. 2019-yil 26-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining, Zamonaviy maktab" larni tashkil etish chora tadbirlari togrisida"gi

qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2021-yilgacha maktablarnng kamida 3 foizi, 2025-yilgacha 20 foizi 2030-yilga qadar esa 50 foizini, zamonaviy maktab" larga aylantirishning asosiy parametrlari belgilandi. Prezidentimiz shu yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomada maktab o'quv dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o'quv yuklamalari va fanlarni qayta ko'rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligini ta'kidladi.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan bir qancha tadbir-choralar yoshlarimiz va ta'lim mutasaddilari tomonidan jadallik bilan qo'llab-quvvatlab kelinmoqda. Bugungi kunda chet elda qo'llanilayotgan ta'lim tizimini keng qamrovli mukammal tizim deb ayta olamiz. Shu o'rinda bir qancha xorij davlatlarining ta'lim tizimi haqida ma'lumot berib o'tmoqchimiz.

Yaponiya ta'lim tizimi: Yaponiya ta'limida '' iqtidorli o'quvchi ' tushunchasi yo'q. chunki har bir o' quvchi alohida iqtidor sohibidir. Ilg'or mamlakatlar ichida Yaponiya ta'limi o'ziga xos yo'nalishi yetakchi o'rinni egallaydi. Jumladan, Yaponiya ta'lim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha ta'lim, boshlang'ich maktab , kichik o'rta maktab, yuqori o'rta maktab, oiliy ta'lim tizimlariga kiruvchi oliy o'quv yurtlari. Boshlang'ich maktabda o'qituvchilar bolalarni tanqidga, ya'ni o'z xulqining yomon jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga o'rgatishadi. Bundan ko'rinib turibdiki, o'qituvchi faqat ta'lim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga tasir etadi. Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida o'qituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham yuqori bo'lgan yagona davlat. Ta'limning bu pog'onasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni o'z ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam ko'rsatiladi. Yuqori o'rta maktab 10-11-12-sinflarni o'z ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, sirtqi, kechki bo'limlari mavjud. Yuqori bosqich o'rta maktablarda butun o'quv jarayonida o'quvchilar 80 ta sinov topshirishadi. O'quvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari o'z xohishlariga ko'ra ingliz tili, texnik ta'lim va maxsus sinovlarga jalb etiladi.

Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko'plab metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko'plab pedagogik maslahatlar berib boriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan muhofazalangan qurilma bo'llib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qog'oz, mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak bo'lib qolgan taqdirda ota-onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha o'rnatilgan.

Yaponiya o'rta maktablarining saviyasi AQSH o'rta maktablari saviyasidan bir muncha yuqori turadi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki yaponiyada ta'lim tizimi ham shaklan, ham mazmunan yuksak uyg'unlik kasb etgan. Ibrat olsa, o'rgansa arziydigan jihatlari ko'p. E'tiborli yana bir tomoni - Yaponiyada faqat milliy an'analar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilg'or pedagogik ish tajribalari ham ijodiy o'zlashtirilgan. Bunday tajribalar Respublikamiz ta'lim tizimini yanada yuqori pog'onaga ko'tarishda qo'l kelishi shubhasiz.

AQSH ta'lim tizimi: Amerikada o'rta ta'lim 12 yil bo'lib boshlang'ich o'rta va quyi maktablarga bo'linadi. Aksariyat qismi davlat maktablaridan iborat va ularda o'quvchilarning 88 foizi o'qiydi.Ta'lim muassasalarini davlat va shahar buyudjetlari moliyalashtiradi, Qoshma shtatlarda yalpi ichki mahsulotning 7.5 foizi har yili ta'limga sarflanadi. 12foiz o'quvchilar xususiy maktablarga boradi, ularning moddiy resurslari ota-onalar, turli mablag'lar va xayriya mablag'lari hisobidan shakllantiriladi. Amerika maktablaridagi o'ziga xos usullaridan biri har bir o'quvchining "Hisobot kartasi" yuritilishidir. Unda o'quvchi 10 xil xatti-harakati bo'yicha

baholanadi. Ota-onalar ushbu karta bilan tanishib borar ekan, farzandlariga oqsayotgan tomonlarini aniqlab, uni tuzatishga harakat qilishadi. Amerika pedagoglari haftasiga bir marta l-3-sinf o'quvchilari uchun "Sevimli o'yinchoq" metodini qo'llashadi. Bu metodda bolalar o'yinchogini tariflaydi. Mazkur metodni qo'llashdan maqsad bolani uyatchanlikdan xalos bolishga, sinfdoshlari orasida erkin gapirishga o'rgatishdir.

Germaniya ta'lim tizimi: Germaniya jahon ma'rifat va madaniyat o'choqlaridan bin. Ushbu davlatda har bir fuqaro o'z shaxsini erkin rivojlantirish, o'z iqtidori moyilligi va qobiliyatiga qarab maktab, o'qish joyi va kasb tanlash huquqiga ega. Maktab ta'lim tizimi boshlang'ich va o'rta ta'lim muassalaridan iborat. Barcha davlat maktablarida o'qish bepul. Boshlang'ich maktab ta'lim tizimining poydevori hisoblanadi. Boshlang'ich maktabdan so'ng o'quvchilar yo'nalish maktabga o'tishadi. Asosiy yoki to'liq xalq maktabi boshlang'ich maktabni bitirib, real maktab yoki gimnaziyaga bormagan barcha o'quvchilar uchun majburiydir. Asosiy maktab o'qituvchilari o'zlarini o'qituvchi emas, ijtimoiy pedagog, deb his qiladi. Lekin asosiy maktabdagi o'quvchilar yomon o'zlashtirishiga qaramasdan kasbiy ta'lim olishiga majbur bo'lishadi. Real maktablar ikkinchi bosqichga qarashli bo'lib, odatda 5-lG-sinflarni o'z ichiga oladi. Real maktab yuqori darajali kengaytirilgan umumiy ta'lim beradi va o'quvchilarni mustaqil fikrlash, mas'uliyat hissi, insonlarga rahbarlik qilish ko'nikmalariga yuqori talab qo'yadigan kasb egalari bo'lishi uchun kasbiy ta'lim kurslariga tayyorlaydi. Germaniya ta'limi o'ziga xos yo'nalishga juda murakkab tizimga ega. Germaniya davlatida taraqqiy etgan davlatlar orasidan o'rin olishda o'zini oqlab kelayotgan ta'lim tizimi mavjud.

Fransiya ta'lim tiizimi: Fransiyada ta'lim sifati ta'lim, sport va tadqiqotlar bo'yicha bosh inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu bosh inspeksiya 4 ta vazirlik uchun faoliyat ko'rsatadi.

Bosh inspeksiyada to'planadigan tajribalarning xilma -xilligi, bolalar bog'chasidan doktoranturaga qadar davlat siyosatini muvofiqlashtirish imkonini beradi.Bu esa ta'lim, fan va yoshlarni rivojlantirishga, o'quvchilarni sport, jamiyat hayoti va jamoat o'qishiga jalb etishga ta'sir qiladi. Fransiya ta'lim tizimiga ko'ra bola 6-7 yoshida tayyorlov sinfga boradi, keyin shu maktabda 4 yil boshlang'ich sinfda o'qiydi. Bu boshlang'ich sinflar odatda alohida boshlang'ich maktab sifatida faoliyat ko'rsatadi hamda ularning inspeksiyasi ham, alohida bo'ladi. Keyingi bosqich o'rta ta'lim kollej deb ataladi. U yerda bola 4 yil o'qiydi va yakunida to'liqsiz maktab bitiruvchisi deb hujjat beradi. Keyingi 3 yil davomida turli yo'nalishdagi litseylarda o'qiydi hamda yakunida bakalavr imtihonini topshirib uning natijasiga qarab OTM larga qabul qilinadi. Maktab o'qituvchilariga qo'yilgan talab Fransiyada o'ta yuqori. Ayniqsa boshlang'ich maktablarda o'qituvchi o'z kasbining ustasi, ajoyib notiq, san'atkor, musiqachi, sportchi, tashkilotchi, namunali xulq egasi bo'lmog'i lozim. Fransiya ta'lim tizimlarida maktabdan va sinfdan tashqari muassasalari ko'zda tutilmagan. Biroq maktablarda, litseylarda turli to'garaklar mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish ta'lim inspeksiyasi tashkil qilinganidan o'tgan davr mobaynida inspeksiyaga yuklatilgan vazifalar bajarish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va ularni yurtimiz talim sifatini baholash ishlarini joriy etish bo'yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Biz ayni damda chet el pedagogikasidagi ilg'or jihatlarini o'zashtirish, yangi- yangi o'quv predmetlarini ta'lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi eng ilg'or pedagogikalarinig biriga aylantirish haqida olib borilayotgan izlanish va sa'y-harakatlar guvohi bo'lmoqdamiz.

REFERENCES

1. Yo'ldoshev J.F. Xorijda ta'lim (metodik qo'llanma) - Toshkent: 1995- yil

2. Ikromov A.B., Maxmudov S.Y., Anorqulova G.M. Germaniya: Ta'lim, ilm-fan ( metodik qo'llanma. Kasb mahorati jurnali -2004-yil. 2 son.

3. _G.Anorqulova, A. Karimov.Xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimining o'ziga xos yo'nalishi uslub va tahlili. Xalq ta'limi ilmiy metodik jurnali. 2017-yil. 3-son.

4. A.Nosirov. Fransiyada talim sifati qanday nazorat qilinadi? - Boshlang'ich ta'lim" jurnali. 2019-yil. 12-son.

5. https://bestpublication.org/index.php/pedg/article/view/1157

6. R.Ilashova. Amerika maktablarida.- , , Boshlang'ich ta'lim" jurnali. 2019- yil. 3-son.

7. https://www.pedagoglar.uz/index.php/ped/article/download/2080/624

8. https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/1837

9. https://cyberleninka.rn/artide/n/talim-sifat-samaradorligini-oshirishda-xalqaro-tajribalardan-foydalanish

10. https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/6497

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.