Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA HORIJIY TAJRIBALARNI QO‘LLASHNING ZARURATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA HORIJIY TAJRIBALARNI QO‘LLASHNING ZARURATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
155
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Xorijiy tajribalar / ta’lim-tarbiya / samaradorlik / faol intizom / individuallashtirish.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Gulbaxor Abdullayevna Gaynazarova, Zaxro Yo‘Doshevna Shonasirova

Maktabgacha ta’lim tizimi bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan ta’lim tizimi bo’lib, bunda tizimga xorijiy tajribalarni o’rinli tatbiq qilish ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada tizimga xorijiy tajribalarni tatbiq qilishning zarurati xhaqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA HORIJIY TAJRIBALARNI QO‘LLASHNING ZARURATI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIGA HORIJIY TAJRIBALARNI QO'LLASHNING

ZARURATI

1Gulbaxor Abdullayevna Gaynazarova, 2Zaxro Yo'doshevna Shonasirova

1Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim fakul'teti v.b.dotsenti p.f.f.d (PhD) 2ChDPU Maktabgacha ta'lim fakul'teti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7998738

Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim tizimi bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan ta'lim tizimi bo'lib, bunda tizimga xorijiy tajribalarni o'rinli tatbiq qilish ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolada tizimga xorijiy tajribalarni tatbiq qilishning zarurati xhaqida so'z boradi

Kalit so'zlar: Xorijiy tajribalar, ta'lim-tarbiya, samaradorlik, faol intizom, individuallashtirish.

Har qanday mamlakatning taraqqiyotida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosati, ta'limning yangi, zamonaviy usullarini, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish sohasidagi ishlarning ahvoli muhim o'rinni egallaydi. Bu o'ta dolzarb vazifa bo'lib, uni amaliyotga tadbiqi yoshlarimiz, jamiyat kelajagi uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo'lganligi bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, maktabgacha ta'lim sohasiga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish davrning muhim vazifasi hisoblanadi.

Mazkur vazifani bajarish borasida so'ngi yillar mobaynida maktabgacha ta'limni uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas, bo'g'ini sifatida takomillashtirish bo'yicha qator muhim ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda ta'lim sifati bevosita maktabgacha ta'limdagi o'zgarishlar bilan bog'liqligi ayon bo'ldi. Shuning uchun ham dunyoning ko'pgina davlatlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ko'pgina mamlakatlarning qonunlarida o'z ifodasini topgan. Shuningdek, ko'pgina mamlakatlarda maktabgacha ta'lim tizimi uchun kadrlarni tayyorlashga e'tibor kuchaydi. Shu maqsadda ko'plab o'quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatlarini yaxshilash ishlariga doimiy ravishda YUNESKO homiylik qilib kelmoqda. Amerikalik pedagog va tarixchi P.Mossning fikriga ko'ra, maktabgacha ta'lim sifati sohaga qiziquvchilarning qadriyatlari, e'tiqodlari va ehtiyojlariga ko'ra o'zgarishi mumkin. Ko'pgina mutaxassislar bolalarning ijobiy rivojlanishida quyidagilarga e'tibor qaratish lozim deb biladilar:

> bolaning yoshi va qobiliyatini hisobga olgan holda uning xavsizligini ta'minlash, jihozlash, o'yinchoqlar bilan ta'minlash;

> bolalar bilan faol mashg'ulotlar o'tkazish, dam olishini, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish ko'nikmalarini rivojlantirish va bolalarning to'g'ri ovqatlanishini ta'minlash;

> bolalarning qiziqishlarini inobatga olgan holda turli xil yo'nalishlar: nutq, san'at, musiqa, matematika, tabiatshunoslik, dramaturgiya va boshqa yo'nalishlarni tanlash imkoniyatini berish va ularni rag'batlantirish;

> bolaning shaxsiy, emotsional rivojlanishini ta'minlash, uning mustaqilligi va guruhdagi bolalar bilan hamkorlik malakalarini qo'llab-quvvatlash;

> boshqa bolalar bilan bo'ladigan ijobiy munosabatlarini saqlash.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Diqqat bilan e'tibor beradigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim sifati asosan bolaning quvonchi bilan bog'liq bo'lishi lozim. Bunda shubhasiz bolaning rivojlanishi va pedagog-tarbiyachining kasbiy mahorati bilan birga ijobiy xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog-tarbiyachilar bolalar bilan faol va foydali muloqotni amalga oshirgan holda bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilaydigan aloqalarni o'rnatishlari bolaning ijtimoiy ko'nikmalarini kamol toptiradi. Natijada bola o'ziga topshirilgan har bir topshiriqni bajarishda tengdoshlari bilan muloqotga kirishsa, ishlarni hamkorlikda bajarsa uning ijtimoiylashuvi faollashadi. Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra bolaning dastlabki uch yoshidagi rivojlanishi qanchalik yuqori bo'lsa, uning keyingi faoliyatlari ham shunchalik samarali kechib, kognitiv rivojlanishi yuqori bo'lishi Amerikalik va Germaniyalik olimlar tomonidan aniqlangan. Nemis pedagog olimi R. Shtaynerning so'zlariga ko'ra maktabgacha yoshdagi bolalarning mashg'ulotlar va o'yinlarini bir-birlari bilan tez-tez almashtirib turish lozim. Chunki bir xillik bolani tez charchatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'zini-o'zi rivojlanishiga erishishda italiyalik pedagog M.Montesorri ta'limoti muhim ahamiyat kasb etadi. Montesorri pedagogikasidagi asosiy g'oya - ta'lim faoliyatini maksimal darajada individuallashtirishga qaratilgan bo'lib, har bir bola uchun har tomonlama puxta o'ylangan va mohirlik bilan ishlab chiqilgan rivojlan ish dasturidan foydalanish ilgari surilgan.

M.Montesorri g'oyalaridagi asosiy nuqta - har bir bola uchun har tomonlama puxta o'ylangan va mohirlik bilan ishlab chiqilgan rivojlanish dasturidan foydalanish, 4 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun pedagogik jarayonning o'ziga xos qurilishga egaligidir.

M.Montesorri bolalarda faol intizomni rivojlantirish va bola o'rganishi kerak bo'lgan yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi farqdir, deydi. U o'zining "Bolaning aqli" kitobida "Tarbiyachining vazifasi - bolani yaxshilikni harakatsizlik bilan, yomonlikni esa eski tarbiya ko'pincha gunoh qilgan faoliyat bilan aralashtirib yubormaslikdir. Bizning maqsadimiz harakatsizlik, passivlik va itoatkorlik uchun emas, balki faollik, mehnat va yaxshilik uchun intizom berishdir... Tarbiyaning asosiy vazifasi - bu bolaning ehtiyojlarini qondiradigan sharoitlarni yaratish, uning ehtiyojlarini aniqlashga yordam berish va o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalashga hissa qo'shishdir",-deb yozadi.

Davr talabidan kelib chiqqan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash, maktabgacha yoshdagi bolalar qamrovini oshirish, ilg'or xorijiy tajribani o'rgangan holda, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish lozim. Maktabgacha ta'lim ti zimini isloh qilishdagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida keng ko'lamli tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan, bunda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan, xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribasidan foydalanish, ta'lim tashkilotlarini yuqori malakali, zamonaviy bilimga ega kadrlar bilan ta'minlash lozim. Bu borada bir qator xorijiy davlatlar tajribasini o'ganish talab etiladi.

Yaponiya-juda tez rivojlanayotgan davlat bo'lib, bu hol asosan yaponlarning tabiatan mehgatsevarlik va ishbilarmonligi bilan bog'liqdir. Dunyodagi barcha yangiliklar va yuksalishlar sari intilish, eng so'nggi yutuqlardan foydalanish va ularni yanada rivojlantirish - bu yapon xalqining azaliy milliy odatlariga aylanib qolgan.

Ta'lim tizimining, shu jumladan maktabgacha ta'lim rivojlanishi tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Yaponiyada 1876 yilda boy xonadon farzandlari uchun birinchi maktabgacha ta'lim tashkiloti ochilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ochilishidan maqsad bolalarning aqlan va jismonan rivojlanishiga yordam beradigan o'zaro munosabatda bo'lish muhitini

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

yaratishdan iborat bo'lgan. Albatta bola tarbiyasida onaning roli turlicha, lekin bolalarning o'z tengdoshlari, tarbiyachi bilan muloqoti, birga o'ynashi va birgalikda mehnat qilishi uy sharoitida erishib bo'lmaydigan natijalarga, ya'ni uning sog'lom va garmonik rivojlanishiga imkoniyat beradi.

Davlat darajasidagi maktabgacha tarbiya tizimi faqat 1961 yildan keyin keng tarqala boshladi. Bugungi kunga kelib, amalda har bir yapon bolasi maktabgacha ta'lim tashkiloti yoki bolalarga qarash markaziga qatnaydi.

Bolalarga nisbatan mehribonlik va muhabbat yapon jamiyati uchun muhim jihatlardan biri bo'lib bunday muhabbatning asosiy va muhim manbai ayoldir. Yaqin davrlargacha yapon oilalarida ayollar o'z oilasini asrovchi, g'amxo'r xotin, mehribon ona bo'lib bolaga barkamol tarbiya berish uning vazifasi hisoblanar edi. Oxirgi vaqtda vaziyat o'zgarib, yaponlar kech turmush quryaptilar va ko'p ayollar ishlashni xohlayaptilar yoki ishlashga majburlar. Shunga qaramay yapon onalarining aksariyati bolalarni 3 yoshgacha uy sharoitida tarbiyalab, keyin ijtimoylashish uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlariga joylashtiradilar.

Bu mamlakatda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish oila bilan birga maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, ta'lim berish va rivojlantirishning ko'p qirrali maqsadli vazifalari o'zaro hamkorlikda olib boriladi. Mamlakatdagi zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlarining maqsadi shaxsni erta ijtimoiylashuvi va rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan. Shaxsni shakllantirish an'anasi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatining asosidir. Shuning uchun ham ulardagi maktabgacha ta'lim tizimining asosini shaxsni erta ijtimoiylashuvi nazariyasiga tayangan holda bolani erta rivojlantirish modeli turadi. Chunki, ular jamiyatni shakllantiruvchi asosiy kuch maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyati deb qarashadi.

Yaponiya ta'lim standartlari ham shu maqsadga mos tarzda yaratilgan bo'lib, beshta asosiy yo'nalishni o'z ichiga oladi. Bular: maktabgacha yoshdagi bolaning ruhiy, jismoniy salomatligini ta'minlash, muloqotga kirishi ko'nikmalarini kamol toptirish, tevarak-atrof haqidagi bilimlar tizimini shakllantirish, nutqni va ijodkorlikni rivojlantirish. Qisqacha aytganda, bu ta'lim tashkilotlarining vazifasi bolalarni jamiyat haqidagi tushunchalarini shakllantirish, jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlab, ko'rsatmalarga amal qilgan holda boshqalarni bezovta qilmasdan jamoada faol ish olib boradigan insonni tarbiyalashga qaratilgan.

Yaponiyada maktabgacha tarbiya beshta yo'nalishni o'z ichiga qamrab olgan, bular: -ijtimoiy munosabatlar; - salomatlik, havfsizlik; - til; - atrof muhit; - his-tuyg'ularini ifodalash.

Janubiy Koreya ta'lim tizimi dunyodagi eng sifatli ta'lim tizimi hisoblanadi. Bunda albatta Janubiy Koreya hukumatining xizmatlarini alohida e'tirof etish zarur. CHunki hukumatning qo'llab-quvvatlashi natijasida Janubiy Koreya ta'lim tizimi olamshumul natijalarga erishmoqda.

Bugungi kunda Janubiy Koreyada savodxonlik 100% ni tashkil qiladi. Mamlakatda bolalar 2-3 yoshidan boshlab o'qishni boshlaydilar. Davlat ta'lim tizimi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

-maktabgacha ta'lim -boshlang'ich ta'lim -o'rta ta'lim -oliy ta'lim

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Janubiy Koreya maktabgacha ta'lim tizimi bolani har tomonlama sifatli rivojlantirishga qaratilgan. Bolalar 3 yoshidan boshlab nafaqat o'z ona tillarida balki ingliz tilida o'qish va yozishni ham o'rgana boshlaydilar. SHu bilan birga matematika asoslarni ham o'rgana boshlaydilar. Jismoniy tarbiya va musiqiy ta'limga katta e'tibor beriladi. Va hatto bolalar bog'chalarida ham ba'zi uy vazifalari mavjud.

Bundan tashqari, talabalar fanni o'rganadigan sinflar mavjud. Maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy maqsadi bolaning qiziqishini rivojlantirishdir. Sport mushaklarni kuchaytirish, jamoaviy o'yinlar o'ynashni o'rganishga asoslangan. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar tomonidan kuylanadigan qo'shiqlar ta'lim yo'nalishiga ega. Ular bolalarga ota-onalar va o'qituvchilarni hurmat qilishni o'rgatadilar, qanday qilib to'g'ri ovqatlanishni, tishlarini yuvishni, qanday muloqot qilishni va bir-birlariga hurmat ko'rsatishni tushuntiradilar. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari juda yosh bo'lishiga qaramay, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalar gapirishni o'rganadigan ingliz tili da rslari mavjud.

Demak, xorijiy mamlakatlarning maktabgacha ta'lim tizimlarini o'rganish, ularning ilg'or tajribasini tahlil etish va respublikamiz sharoitiga moslashtirish bo'yicha aniq chora -tadbirlarni ishlab chiqish mamlakatimiz maktabgacha ta'lim tizimi ni takomillashtirib zamonaviylashtirishga imkon yaratadi.

REFERENCES

1. Монтессори М. Впитывающий разум ребенка. /Пер. с англ./

2. СПб. : Благотворительный фонд «ВОЛОНТЕРЫ», 2009. — 320 с.

3. 3.Gaynazarova G.A. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog tarbiyachilarining kasbiy kompetentsiyasini oshirish dolzarb muammo sifatida. 2020. Innovatsii v pedagogike i psixologii. SI-2 № 3

4. Gaynazarova G.A. Social adaptation and its pedagogical factors (on the example of girls). 2022/12/16. Science and Innovation.^ 1.№8. p 2160-2164

5. Gaynazarova G.A. Causes and Pathology of lefthandedness. Eastern European Scientific Journal. Ausgabe, ISSN 21997977, 104-109

6. Rasulkhujaeva, M. A. (2019). Educator's Role in Forming Moral Qualities Senior Preschool Age Children by Introducing Animal World. Eastern European Scientific Journal, (1).

7. G. Eshchanova (2023). SOCIOLOGY OF PRESCHOOL EDUCATION: DISTINCTIVE CHARACTERISTICS. Science and innovation, 2 (B3), 333-337. doi: 10.5281/zenodo.7764475

8. Вальдорфская педагогика. https://kpfu.ru > Valdorfskaya_pedagogika

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.