Научная статья на тему 'MАKTАBGАCHА TА’LIM TIZIMIDАGI ISLОHОTLАR SОTSАLIZАTSIYАSI'

MАKTАBGАCHА TА’LIM TIZIMIDАGI ISLОHОTLАR SОTSАLIZАTSIYАSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1357
142
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktangacha ta’lim / islohot / bola shaxsi / ijtimoiylashuv / pedаgоg-tarbiyachi / tarbiya / yо‘l xаritаsini / moslashuv / rivojlanish. / preschool education / reform / child's personality / socialization / teacher-educator / upbringing / roadmap / adaptation / development.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G. Eshchanova

Maqolada O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimidagi islohotlar sotsalizatsiyasi keying yillarda amaliyotga tatbiq qilingan ishlar samarasi tahlil qilingan. Tahlil “ О‘zbekistоn Respublikаsining “Mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyа tо‘g‘risidа”gi qоnuni hamda “Mаktаbgаchа tа’lim vа tаrbiyаning dаvlаt stаndаrtini tаsdiqlаsh tо‘g‘risidа”gi 802-sоn qаrоri talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIALIZATION OF REFORMS IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION

The article analyzes the effect of socialization of reforms in the system of preschool education in Uzbekistan, carried out in subsequent years. The analysis was carried out on the basis of the requirements of the Law of the Republic of Uzbekistan “On preschool education and training” and Resolution No. 802 “On approval of the State standard for preschool education and training”.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАCHА TА’LIM TIZIMIDАGI ISLОHОTLАR SОTSАLIZАTSIYАSI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MАKTАBGАCHА TА'LIM TIZIMIDАGI ISLОHОTLАR SОTSАLIZАTSIYАSI

Eshchаnоvа Gulnаrа Nаrimаnоvnа

Nizomiy nomidagi TDPU "Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi"

kafedarasi dotsenti, p.f.n https://doi.org/10.5281/zenodo.7375137 Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar sotsalizatsiyasi keying yillarda amaliyotga tatbiq qilingan ishlar samarasi tahlil qilingan. Tahlil " O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni hamda "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaningdavlatstandartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilgan.

Kalit so'zlar: maktangacha ta'lim, islohot, bola shaxsi, ijtimoiylashuv, pedagog-tarbiyachi,tarbiya, yo'lxaritasini, moslashuv, rivojlanish.

СОЦИАЛИЗАЦИЯ РЕФОРМ В СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ Aннотация. В cmambe aHanmupyemcn эффект сoциaлизaции реформ в системе дошкольного o6pa3oeaHUH Узбeкистaнa, осуществленных в последующие годы. Анaлиз проведен нa oснoвaнии трeбoвaний Зaкoнa Республики Узбeкистaн «О дошкольном oбрaзoвaнии и обучении» и Пoстaнoвлeния №802 «Об утверждении Гoсудaрствeннoгo стaндaртa дошкольного oбрaзoвaния и обучения».

Ключевые слова: дошкольное oбрaзoвaниe, рeфoрмa, личность ребенш, сoциaлизaция, neдaгoг-вoсnитaтeль, вoспитaниe, дoрoжнaя кaртa, aдaптaция, рaзвитиe.

SOCIALIZATION OF REFORMS IN THE SYSTEM OF PRESCHOOL EDUCATION Abstract. The article analyzes the effect of socialization of reforms in the system of preschool education in Uzbekistan, carried out in subsequent years. The analysis was carried out on the basis of the requirements of the Law of the Republic of Uzbekistan "On preschool education and training" and Resolution No. 802 "On approval of the State standard for preschool education and training".

Keywords: preschool education, reform, child's personality, socialization, teacher-educator, upbringing, roadmap, adaptation, development.

Ta'lim sohasidagi o'zgarishlar sharoitida, bir tomondan, uning barcha sohalarida sezilarli o'zgarishlar, ikkinchi tomondan, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, ta'lim tabiati va mazmunidagi o'zgarishlar sohani rivojlantirish uchun muhim va maqbul strategiyani ishlab chiqish hamda yangicha yondashuv va yechimlarni talab etishi tabiiy. Bu borada jamiaytdagi ijtimoiy qarashlarning, tegishli ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishidagi izlanishlar va bashoratlarni tahlil qilish zarurati ham paydo bo'lmoqda, bunday tahlillarni faqatgina ilmiy-tanqidiy va ijodiy yondashuvlar asosida chuqur bilim va erkin fikrlarga tayanibgina amalga oshirishi mumkin. Tezkor va axborotlar zamonida kundalik turmush, jamiyatdagi odamlar orasidagi o'zaro munosabat shakllari barchadan, xususan pedagoglardan bolalarga nafaqat ta'lim berishni, balki, birinchi navbatda, yuqori natijalarga erishish va ijtimoiy munosabatga kirishish zaruriyat ekanligini anglatishga doirligini bolalarga anglatish va ularning individual qobiliyatlarni ochib berishga qaratilshi talab qilinadi. Bugungi kunda jamiyatda mavjud bo'lgan turli sohalardagi qarama-qarshiliklarni faol va konstruktiv tarzda hal eta oladigan, ijodiy yondashuv, tashabbuskorlik qobiliyatiga ega shaxslarga bo'lgan ehtiyojni ta'minlash dolzarb muammo hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yuqoridagi dolzarb muammoning yechimiga erishish uchun esa,eng avvalo bolalarda individuallikni rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, me'yorlar va qoidalarga amal qilish ko'nikmalarini kamol toptirish talab etiladi. Bunda asosan jamiyatning faol transformatsion qatlami hisoblangan pedagog-xodimlarning faoliyatiga tayanib ish ko'rish maqsadga muvofiqdir. Chunki milliy ta'limimizda talablarni bajarishga qodir hisoblangan jamiyatning faol, ijodiy, tashabbuskor subyekti pedagog-xodimlargina bunday ehtiyojini ro'yobga chiqarishga qodir. Ular bolalarni nafaqat umuminsoniy qadriyatlar, tamoyillar bilangina tanishtirib qolmasdan, ularga o'zligini anglatish va qobiliyatlarini aniqlash bilangina cheklanib qolmay, mustaqil fikr va faoliyat yuritishga undash singari ta'lim va tarbiya birligining asosiy tamoyiliga tayanib ish ko'rishlari talab etiladi. [1]

Ushbu tamoyilni amalga oshirishda yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish tizimni zamonviy darajasiga erishish uchun jamiyatning bugungi talablariga javob bermaydigan dogmatik holatlardan voz kechish lozimligini ko'rsatadi. Bu degani biz eski usullardan voz kechib, yangi pedagogik texnologiyalarni amaliyitga tadbiq etish orqali ta'limimizni zavonaviy talablar asosida rivontirishimiz zarurligini anglatadi. Ammo, shuni alohida qayd etishimiz zarurki, bolalar ongi va xulq-atvorini shakllantirish, tizimdagi inqirozni bartaraf etishda biz baribir buyuk allomalarimizdan qolgan ma'naviy va madaniy merosilarga tayanishimiz, bu bebaho merosni keyingi avlodlarga etkazish vazifasini esa yosh avlodga anglatishimiz nazarda tutiladi.[2]

Bizning fikrimizcha, bunday sharoitda tarbiya va ta'limning yangi tizimini yaratish orqali masalaga yechim topish mumkin bo'ladi. Ma'lumki, ta'lim-tarbiyada faqatgina qadriyatlar, mavjud bilimlar va ijtimoiy tajribagagina tayanib qolmasdan, ta'lim tizimini ongli ravishda boshqariladigan maxsus bilimlar bilan birga yangisini yaratishning asosiy tamoyillarini aniqlash lozim bo'ladi. Shuni alohida qayd etish joizki, qayerdaki ta'lim tizimi inqirozga yuz tutar ekan u yerda oilaviy tarbiya ham inqirozga uchraydi. Buning oldini olish uchu albatta ta'lim tizimini yangilash, samarali islohotlarni amalga oshirish zarur bo'ladi. Shu o'rinda yangi ta'lim tizimining ilmiy asoslari haqida gapiradigan bo'lsak, unda bir qator savollar tug'ilishi tabiiy: ota-onalar maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda yetakchi muassasa sifatida harakat qila oladimi? Oila faol, ijodiy, moslashuvchan shaxsni tarbiyalashni ta'minlay oladimi? Ota-onalarning o'zlarida hayotning yangi sharoitlari va talablariga "moslashish" jarayoni qanday sodir bo 'lmoqda?

Yuqoridagilardan ayon bo'ladiki, ta'lim tizimi yangilanayotgan davrda, ya'ni, ta'lim ongli ravishda boshqariladigan va maxsus bilimlarga asoslangan jarayon sifatida bo'y ko'rsatayotgandagina eng muhim vazifalar maktabgacha ta'lim sohasida real amalga oshirilishi lozim. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning sifati, mazmuni va yo'nalishi zamon talablariga qanchalik mos kelishiga e'tibor qaratilishi va bu boradagi kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etilishi talab etiladi.[3]

Hozirgi vaqtda kattalar tomonidan bolalik va bolalar dunyosini noaniq idrok etish holatlari mavjudligi ko'zga tashlanadi va shu bilan birga bugungi kunda bola kim, uning maqsadi, rivojlanishning mohiyati nimalarda aks etadi, u kim bo'lishi kerak va qanday ta'lim-tarbiya olishi kerak, degan savollarga asosli javob olish juda qiyin. Shulardan kelib chiqqan xolda bizning nazarimizda falsafa, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika kabi ilmiy bilim sohalarida ham inson tabiatining ko'p jihatlari to'g'risida yetarlicha chuqur g'oyalar mavjud bo'lishiga qaramay, bu fanlar zamonaviy inson rivojlanishining qonuniyatlari to'g'risida,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

xususan maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishida zarur bilimlarga ega emasligi ko'zga tashlanadi va o'z navbatida, maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish ahamiyatini ham oshiradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari yuzasidan turli xil qarashlarning mavjudligi, bizning fikrimizcha, ta'lim tizimining poydevori bo'lgan maktabgacha ta'lim bosqichi faoliyatining maqsadini aniq tushunmaslikka olib keladi. Hatto bugungi kunda sotsiologiya fani doirasida bu faoliyatining mohiyati va mazmuni yuzasidan: bolalarni maktabga tayyorlash bosqichi sifatida; bola shaxsini rivojlantirishning ilk qadamlari sifatida; bolaning jamiyatga samarali moslashishining asosiy mexanizmlari va yo'llarini shakllantirish davri sifatida turlicha qarashlar mavjud.

Mamlakatimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan o'zgarishlarni tahlil qilar ekanmiz, bu islohotlar samarasi zamonaviy innovatsiyalarni amalga tatbiq etish bilan bog'liq degan xulosaga kelishimizga asos bo'ldi. Maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlar, maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalar hayotini rivojlantirish orqali ularni maktabga yanada sifatli va samarali tayyorlash ekanligi ayon bo'ladi hamda ularni shaxs sifatida shakllanishini ta'minlash usullarining ko'payishi bilan tasdiqlanadi. Shu boisdan ham maktabgacha ta'limning bugungi holatini ushbu sohaga innovatsiyalarni joriy etishning boshlang'ich nuqtasi sifatida tahlil qilish, shuningdek, islohotlarning eng istiqbolli yo'nalishlarini belgilash va amaliyotga tatbiq etish dolzarb ahamiyatga ega. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugungi kunda maktabgacha ta'lim sohasida o'rtaga tashlanayotgan savollar va muammolar malakali va asosli javobni talab qiladi, bu faqat zamonaviy ota-onalar, pedagog-tarbiyachilar va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlarining fikrlari, yo'nalishlari va munosabatlarini sotsiologik o'rganish asosidagina yechimini topishi mumkin. Maktabgacha ta'limga hamda maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lm-tarbiyasiga berilayotgan e'tiborni sotsiologik jihatdan o'rganilishi orqali biz soha rivojini ta'minlovchi mukammal yo'l xaritasini yaratishimiz mumkin bo'ladi.

Maktabgacha ta'limda amalga oshirilayotgan islohotlar orqali mavjud muammolar tizimning imkoniyatlarini hisobga olgan holda pedagogik jihatdan juda ko'p tadqiq etilgan, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishga zamonaviy yondashuvning istiqbollari ishlab chiqilgan.[4] Endiikda esa buni umumiy nazariy va sotsiologik yondashuvlar asosida bola hayotida maktabgacha ta'lim tshkilotining roli va vazifalarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarning muammolarini pedagogik tushunish, bola shaxsini rivojlanishini psixologik qo'llab-quvvatlash, maktabgacha ta'limning bola hayotidagi ijtimoiy va shaxsiy yo'nalishi, maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-tarbiyachisi faoliyatining yetakchi turlari, undagi mavjud muammolarni o'rganish bevosita maktabgacha ta'lim tizimining faoliyati muammolarni hal qilishga yo'l ochadi. Shu bilan birga rivojlanish sari intilayotgan mamlakatimizdagi maktabgacha ta'lim tizimining hozirgi holatining muhim xususiyatlarini har jihatdan sotsiologik tahlil qilish ushbu sohani yanada takomillashtirish darajasini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi yangilanayotgan O'zbekistonda maktabgacha yoshdagi bolalarning davr talabiga mos tarzda zamonaviy g'oyalar va tushunchalar, bola shaxsiga yo'naltirilgan, yangi o'quv dasturlariga asoslangan ta'lim talablari, shaxs, faoliyat va ijtimoiy tuzilish nazariyasidan kelib chiqqan xolda ish yuritish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazmunan olib qaraganda bolalarning rivojlanish jarayoni biz yuqorida aytib o'tganimiz qadriyatlar, me'yorlar, bilimlar,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

xulq-atvor shakllari, barchaga ma'lum bir madaniyat qirrqlari sifatida munosabat, sotsializatsiya jarayoni bilan tanishish imkonini beradi.

Shu jihatdan olib qrqlganda bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlarda ham bolaning ijtimoiylashuvi va sifatli ta'lim-tarbiya olishi bosh omil sifatida qaralgan.

Ushbu omliga tayangan xolda maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'lim-tarbiya berish maslalari ham alohida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad zamonaviy talablar asosida maktabgacha ta'lim tizimini barpo etishdir. Bu borada davlatimiz tomonidan sohaning moddiy ta'minoti ham ta'minlanganligi e'tirofga loyiq. Edilikdagi navbat esa maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish ishini sifat jihatidan yangi pog'onaga ko'tarishdir. Har doim millat taqdiri va ravnaqi ilm ma'rifatni yukasltirish ishi dastavval maktabgacha ta'limdan boshlanishini anglagan xolda maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash, bola ongida, tafakkurida, xulq-atvorida hayotga va jamiyatga bo'lgan munosabatlarni tizimli tarzda kamol toptirishdan boshlangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bolalarimizga shunday ta'lim-tarbiya berishimiz lozimki, ular o'z meniga ega bo'lsin, jamiyatga tez ijtimoiylasha olsin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuni - 2019 yil 16 dekabr

2. 2020 yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori.

3. NazirovaG.M. Maktabgacha ta'lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni takomillashtirish Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (phd)dissertatsiya.Toshkent 2019yil

4. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan yangi Davlat talablari. - T.: 2018.

5. Hra3MeTOBa, Р. Х., & Эшчaнoвa, Г. Н. (2013). Нешторые Bonpocbi o6y4eHHH BocnpraTra и Bbipa3rn^bHoMy чтению рyсскoязычных yчaщихся Ha ypoKax y36eKCKoro языга. Молодой ученый, (12), 506-508.

6. Gaynazarova G.A. Actual Problems of Continuous Qualification Improving of Preschool Educational Institution Tutors // Eastern European Scientific Journal.Ausgabe, ISSN 21997977, DOI 10.12851/EESJ201808. - Germany, 2018.- №4 - Pp.104-109. (13.00.00; №3)

7. Ёзиев^ У., & Абдиев^ Ф. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muammolari. Общество и инновации, 2(11/S), 111-114.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.