Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING XORIJ DAVLATLARDAGI ILG‘OR TAJRIBALARI'

MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING XORIJ DAVLATLARDAGI ILG‘OR TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

9090
731
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta‘lim va tarbiya / me‘yoriy-huquqiy asoslar / islohot / xorijiy davlatlar / O‗zbekiston / Germaniya / Yaponiya / Xitoy / Buyuk Britaniya / Singapur / Italiya / ilg‗or tajribalar / bola / avlod / yetuk kadr / istiqbol / Renesans / inson kapitali / tadqiqotlar / elektron resurslar. / preschool education and training / regulatory framework / reform / foreign countries / Uzbekistan / Germany / Japan / China / UK / Singapore / Italy / advanced experience / child / generation / mature personnel / perspective / Renaissance / Human Capital / Research / electronic resources.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Marhabo Xudoyqulovna Qilichova

Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning xorij davlatlardagi ilg‗or tajribalari qiyosiy tahlil asosida o‗rganilgan. Asosan rivojlangan G‗arb va Sharq mamlakatlaridagi maktabgacha ta‘lim shakllari va sharoitlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Hamda mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va uning natijaviyligiga doir fikrlar yoritilgan. Shuningdek maktabgacha ta‘lim va tarbiyaga oid xorijiy tajribalarni o‗rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlarga alohida e‘tibor qaratilgan. Uning metodologik asoslari haqida aniq fikrlar bayon etilgan. Ta‘lim tizimidagi ilg‗or tajribalar davlatlarning rivojlanishini ta‘minlashdagi o‗rni va ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANCED EXPERIENCE OF PRESCHOOL EDUCATION AND EDUCATION IN FOREIGN COUNTRIES

In this article, the advanced experience of preschool education and education in foreign countries is studied on the basis of a comparative analysis. Data on the forms and conditions of preschool education in mainly developed Western and Eastern countries are presented. The content of the reforms carried out in the field of preschool education and training in our country and the views on its effectiveness are also reflected.Also, special attention is paid to the research carried out on the study of foreign experience in preschool education and education. On its methodological basis, specific opinions are expressed. The role and importance of advanced experience in the education system in ensuring the development of States has been revealed.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING XORIJ DAVLATLARDAGI ILG‘OR TAJRIBALARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

MAKTABGACHA TA'LIM VA TARBIYANING XORIJ DAVLATLARDAGI

ILG'OR TAJRIBALARI

Marhabo Xudoyqulovna Qilichova

Jizzax davlat pedagogika instituti "Maktabgacha ta'lim" fakulteti, "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi marhabo75@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiyaning xorij davlatlardagi ilg'or tajribalari qiyosiy tahlil asosida o'rganilgan. Asosan rivojlangan G'arb va Sharq mamlakatlaridagi maktabgacha ta'lim shakllari va sharoitlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Hamda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va uning natijaviyligiga doir fikrlar yoritilgan. Shuningdek maktabgacha ta'lim va tarbiyaga oid xorijiy tajribalarni o'rganish yuzasidan olib borilayotgan tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilgan. Uning metodologik asoslari haqida aniq fikrlar bayon etilgan. Ta'lim tizimidagi ilg'or tajribalar davlatlarning rivojlanishini ta'minlashdagi o'rni va ahamiyati ochib berilgan.

Kalit so'zlar:maktabgacha ta'lim va tarbiya, me'yoriy-huquqiy asoslar, islohot, xorijiy davlatlar, O'zbekiston, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Singapur, Italiya, ilg'or tajribalar, bola, avlod, yetuk kadr, istiqbol, Renesans, inson kapitali, tadqiqotlar, elektron resurslar.

ADVANCED EXPERIENCE OF PRESCHOOL EDUCATION AND EDUCATION IN FOREIGN COUNTRIES

ABSTRACT

In this article, the advanced experience of preschool education and education in foreign countries is studied on the basis of a comparative analysis. Data on the forms and conditions of preschool education in mainly developed Western and Eastern countries are presented. The content of the reforms carried out in the field of preschool education and training in our country and the views on its effectiveness are also reflected.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

Also, special attention is paid to the research carried out on the study of foreign experience in preschool education and education. On its methodological basis, specific opinions are expressed. The role and importance of advanced experience in the education system in ensuring the development of States has been revealed.

Keywords: preschool education and training, regulatory framework, reform, foreign countries, Uzbekistan, Germany, Japan, China, UK, Singapore, Italy, advanced experience, child, generation, mature personnel, perspective, Renaissance, Human Capital, Research, electronic resources.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Ko'p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson o'z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrida olar ekan.[1, 33-bet] Demak, bolalarning sog'lom va bilimli, yetuk kadr bo'lib voyaga yetishida maktabgacha ta'lim va tarbiya muhim o'rin egallaydi. Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish borasida bir qancha me'yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Davlatimizdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish qamrovi yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ko'rsatkich 2016 yilda 27,7 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilga kelib 60 foizga yetdi.[2, 325-bet]

Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar istiqbolda o'z mevasini berishi nazarda tutilgan. Shu maqsadda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Ayni paytda islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog'cha ta'limining barcha bo'g'inlarini izchil isloh qilmoqdamiz"[3, 23-bet]-degan edilar. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar berilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda prezidentimiz tomonidan 1 ta Farmon, 2 ta Qaror imzolandi. Hamda alohida maktabgacha ta'lim va tarbiyaning huquqiy asoslarini yanada mustahkaslash uchun "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonun hujjati qabul qilindi. Shuningdek maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning birinchi turi sifatida "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ham o'z aksini topdi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

Qabul qilingan bu me'yoriy-huquqiy hujjatlar faqatgina maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasi faoliyatini huquqiy asoslash yoki himoyalash bilan cheklanmaydi. Bu asoslar uzluksiz ta'limning eng asosiy tayanch bo'g'inini isloh qilishni, rivojlantirishni ta'minlashga ham xizmat qiladi. Shu nuqtai-nazardan ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda xorijiy tajribalarni o'rganish, ularning ilg'or tajribalarini milliy ta'lim va tarbiya bilan taqqoslash hamda ularning yutuqlarini sohaga moslashtirish orqali joriy etish davr talabi hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini isloh qilishni prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston strategiyasi" kitobida "inson kapitali" tushunchasi bilan bog'laydi. Ya'ni "...rivojlangan mamlakatlarda ta'limning to'liq sikliga investitsiya kiritishga, ya'ni, bola 3 yoshdan 22 yoshgacha bo'lgan davrda uning tarbiyasiga sarmoya sarflashga katta e'tibor beriladi. Chunki ana shu sarmoya jamiyatga 15-17 barobar miqdorda foyda keltiradi. Bizda esa bu ko'rsatkich atigi 4 barobarni tashkil etadi. Binobarin, inson kapitaliga e'tiborni kuchaytirishimiz, buning uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz shart"[3, 224-bet]-deb, yozadi davlatimiz rahbari.

Demak, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishda prezidentimiz asarlari va ma'ruzalari hamda Farmonlari va Qarorlarida belgilangan vazifalar metodologik asos sifatida xizmat qiladi.

Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimida xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganish yuzasidan alohida adabiyotlar, tadqiqot ishlari juda kam, bu boradagi manbalarning faqatgina elektron resurslari mavjud bo'lib, ularni ham internetning turli veb saytlaridan topib, tarjima qilib o'rganish mumkin.

Masalan, bu mavzuda B.E.Parmonov,[4] I.G'.Mamajonov, R.Mamatovlar, [5], M.X.Qilichova[2]lar ilmiy izlanishlar olib borgan.

B.E.Parmonov "Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning psixologik jihatlari" maqolasida xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini yoritgan. Jumladan, Buyuk Britaniya, Rossiya federatsiyasi, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlarining ilg'or tajriblarini tahliliy o'rgangan. I.G' Mamajonov, R.Mamatovlar esa "Germaniya davlati ta'lim tizimi"ni o'rganishda qisman maktabgacha ta'lim tizimiga oid ma'lumotlarni kiritib o'tgan. M.X.Qilichova maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

mohiyatini hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning o'ziga xos jihatlari[6]ni o'rgangan.

NATIJALAR

Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim standartlariga ko'ra maktabgacha ta'lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma'naviy me'yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko'zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon[7] hisoblanadi. Mana shu jarayonda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul turli davlatlarda turlicha ekan. (1-jadval)

Maktabgacha ta'lim tashkilotiga qabul yoshi

O'zbekiston Germaniya Yaponiya Italiya Xitoy

1 yosh 4 oylik 3 yosh 3 yosh 3 yosh

O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonunning 34-moddasiga binaoan bolalar yoshlariga qarab guruhlarga ajratilgan. Jumladan, ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha), kichik guruh (uch yoshdan to'rt yoshgacha), o'rta guruh (to'rt yoshdan besh yoshgacha), katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha), maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha). Germaniyada esa bolalarga "nafaqa chiqqan bobo, buvilar nabiralarga qarashi kerak"-degan tushuncha mavjud emas. Shuning uchun ota-onalar farzandlarini 4 oylikdan boshlab bog'chaga berishga majburdirlar. Ko'pgina nemis oilalari farzandlarini ancha erta bog'chaga beradilar. Germaniyada maktabgacha ta'limning 6 xil turi mavjud bo'lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi va rang-barangligi bilan boshqa davlatlarnikidan ajralib turadi.

Yaponiya, Italiya va Xitoy davlatida bolalar asosan 3 yoshdan bog'chaga qabul qilinadi. Faqatgina juda majbur bo'lgan oilalar farzandlarini bolalarga qarash markazlariga berishlari mumkin. Masalan, Yaponiyada bolalar yaslisiga (bolaga qarash markazi) bolani uch oyligidan berish mumkin, lekin bunday holat yaponlar orasida keng tarqalgan emas, chunki bunday yoshda bolani yasliga joylashtirish uchun onada juda jiddiy sabab bo'lishi kerak. Shuningdek bunday ayol jamiyat tomonidan yaxshi ona deb baholanmaydi. Atrofdagilarning fíkri esa yaponlar uchun "eng asosiy" deb hisoblanadi. Yaponiyada bolalar yaslisiga faqat ota-onasi ishlaydigan bolalar qabul qilinadi. Buning uchun munitsipalitetga ota-ona ish joyidan ma'lumotnoma va oilada

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

boshqa bolaga qarab turuvchi oila a'zosi yo'qligi haqida hujjatlar taqdim etilishi kerak bo'ladi.[8]

Mamlakatimizda esa bolalar bog'chaga bir yoshdan qabul qilinadi. Farzandi uch yoshga to'lmagan onalarga mehnat qonunchiligida imtiyozlar belgilangan. Davlatimiz maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrov masalasini oshirish hamda maktabgacha tayyorlovni to'liq amalga oshirish maqsadida yangi tahrirdagi qonun hujjatlariga tegishli normalar kiritildi. Jumladan, O'zbeksiton Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq maktabgacha ta'lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni boshlang'ich ta'limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.[9, 8-modda] Endilikda respublikamizdagi 6 yoshdan-7 yoshgacha bo'lgan barcha ta'lim olishga layoqati bo'lgan bolalar davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 1 yillik maktabgacha tayyorlov guruhida boshlang'ich sinflarga tayyorlanadi va ularga sertifikat beriladi.

Bu jarayon rivojlangan mamlakatlarda esa ancha ilgari boshlanadi. Masalan, Italiyada bolalar 3 yoshdan-6 yoshgacha maktabga tayyorlanadilar. Bu jarayon davlat bog'chalarida va xususiy katolik bog'chalarida amalga oshiriladi. Buyuk Britaniyada esa 1988 yilda «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni kuchga kirgan. Unda nafaqat ta'lim standartlari, balki bolalarni maktabga qabul qilish vaqtida ruhiy rivojlanish darajasiga bazaviy baho berish ham belgilangan. Angliya, Shotlandiya va Uelsda majburiy ta'lim 5 yoshdan, Shimoliy Irlandiyada esa 4 yoshdan boshlanadi. Shuning uchun ham majburiy ta'limda o'qitishni boshlash muddati Yevropada eng erta deb hisoblanadi. (2-jadval)

Maktabgacha tayyorlov guruhlari

O'zbekiston Angliya, Shotlandiya, Uels Shimoliy Irlandiyada Italiya Singapur

6-7 yosh 5-6 yosh 4-6 yosh 3-6 yosh 3-6 yosh

Singapurda ham maktabgacha ta'lim ta'limning boshlang'ich bo'g'ini hisoblanadi. Bog'chaga bolalar 3 yoshdan qabul qilinadi. Ikki-uch yil davomida ularga ona tili va ingliz tili, o'qish, sanash, kuylash, rasm chizish, raqs tushish kabilar o'rgatiladi. Singapurda davlatga qarashli bog'chalar yo'q. Maktabgacha ta'lim muassasalarining barchasi xususiy bo'lib, ayrimlarigina diniy tashkilot yoki jamg'armalar tomonidan boshqariladi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

MUHOKAMA

Uzluksiz ta'lim tizimida xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini o'rganar ekanmiz, har bir davlat o'ziga xos bo'lgan xususiyatlariga ega ekanligiga ishonch hosil qilamiz. Bu xosliklar qaysidir jihatdan o'sha mamlakatlarning rivojlanishiga, taraqqiy etishiga ham xizmat qilganligini ko'rishimiz mumkin. Bunga hattoki tarixning ham o'zi guvohdir. Masalan, yaponlardagi bolalar bog'chalarida ta'lim dasturlari ham inobatga olingan, yozish va o'qishdan tashqari bolalarga qo'shiq aytish o'rgatiladi, sport musobaqalari o'tkazilib, muntazam sayrlarga chiqib turiladi. Ammo bular bilan bir qatorda bu tadbirlarni o'tkazilishidan maqsad - bolada xamjihatlik, jamoada yashash hislarini rivojlantirishdan iborat. Qo'shiq aytilsa, xor (jamoada) aytilishi kerak, yakkaxon qo'shiqchi qo'llanilmaydi, musobaqa o'tkazilayotganda yoki hamma yoki guruh g'oliblikka erishiladi, mutlaqo yakka g'olib bo'lmaydi. Bu yapon jamiyatini modernizatsiya qilishda qo'lni qo'lga berishga yo'naltiradi. Davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun yapon sidqi dildan xizmat qiladi. Dunyo bozorini egallagan Xitoy ham bu natijaga ta'limni isloh qiltish bilan erishdi. Xitoy xalqi butun dunyoga o'zining mehnatsevarligi bilan mashhur. Ikkinchi jahon urishidan so'ng qisqa muddat ichida Xitoy mahsulotlari dunyo bozorini to'ldirganligi buning yaqqol isbotidir. Xitoyliklar juda ham intizomli va sportsevar xalq. Albatta, farzand tarbiyasida ham bu o'z aksini topgan. Agarda Yevropa mamlakatlarida bola tarbiyasiga asosan ota-ona mas'ul bo'lsa, Xitoyda bu narsa davlat zimmasidadir.

Uch oydan boshlab chaqaloq bog'chaga topshiriladi. Bir yarim yoshdan boshlab kichik xitoyliklar raqsga tushish, ashula aytish, rasm chizish, sanash va harflarni tanishga o'rgatila boshlanadi. Bog'chalarda tarbiya bilan birgalikda jismoniy rivojlanishga katta e'tibor beriladi. Bolaning qiziqishlari inobatga olinib, uning iqtidorini namoyish qilishga harakat qilinadi. Boshlang'ich sinfdanoq intizomli bo'lish, injiqlik qilmaslik va yaxshi o'qish talab etiladi. Itoatkorlik va «men»ni yuzaga chiqarmaslik xitoy tarbiyasining asosidir.

Xitoylik bolalarda bolaligidanoq uchta asosiy fazilat: mehnat qobiliyati, intizom va kattalarga hurmat shakllantiriladi. Ularga yoshligidanoq, nima bo'lishidan qat'i nazar, ular eng yaxshi bo'lishi kerakligi o'rgatiladi. Ehtimol shuning uchun xitoyliklar fan, madaniyat va san'atning barcha sohalarida yetakchi o'rinlarni egallab kelmoqdalar. [10, 60-bet]

Buyuk Britaniyadagi maktabgacha ta'lim o'quv rejasida nafaqat umumiy ta'lim jarayoniga urg'u beriladi, balki boladagi o'qish va hisoblash kabi ko'nikmalarga alohida ahamiyat beriladi. Bunda 4-5 yoshdagi bolalar

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

rivojlanishning olti yo'nalishidagi aniq ko'nikma va bilimlari belgilandi: shaxsiyatlik; ijtimoiy-emotsional; kommunikativ; xabardorlik; matematik; jismonan; ijodiy. Maktabgacha yoshdagi bolalar ko'p o'ynashlari kerak, lekin adabiyot va matematikani bilish doirasidagi talablar shunchali yuqoriki, o'yin uchun vaqt qolmaydi.

XULOSA

Xullas, xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari ularning davlatlarini rivojlanishiga katta xizmat qilib kelmoqda. Xitoyliklarning "Bir yilni ko'zlasangiz sholi eking, ellik yilni ko'zlasangiz daraxt eking, yuz yilni ko'zlasangiz farzand tarbiyalang" degan hikmatidan bugungi kunda zamonaviy davlatlarning deyarli barchasi samarali foydalanmoqda.

Shu nuqtai-nazardan, bizning mamlakat ham unib-o'sib kelayotgan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga katta e'tibor qaratmoqda. Bu borada kerak bo'lsa, xorijiy davlatning ilg'or tajribalaridan unumli foydalanish orqali milliy ta'lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish davr talabi hisoblanadi. Zero, mamlakatimiz ezgu maqsad-uchinchi Renesans davrini barpo etishni rejalashtirgan. Ana shunday ezgu maqsadlarni esa albatta bugungi kunda voyaga yetayotgan avlod amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim va tarbiya esa ana shu avlodni ta'limning birinchi bo'g'inidan savodli va tarbiyali bo'lishini ta'minlashga xizmat qilishi kerak.

REFERENCES

1. Karimov I.A. (2018) Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.T.: "Ma'naviyat", 33-bet.

2. Qilichova M.X.(2021)Maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati./ "Ta'lim tizimida fan, innovatsiya va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Jizzax. 325-bet.

3. Mirziyoyev Sh.M.(2021) Yangi O'zbekiston strategiyasi.-T.:"O'zbekiston", 23-bet.

4. Parmonov B.E. (2018) Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni tarbiyalashda xorijiy tajribalarning psixologik jihatlari. "Science and Education" Scientific Journal. 339-351-betlar.

5. Mamajonov I.G'., Mamatov R.(2017) Germaniya davlati ta'lim tizimi. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. №6.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-739-746

6. Kilichova M.Kh.(2021) Little features of foreign experience in education of children in preschool educational institutions. Journal American. (SJIF)Impact Factor-5.714. "Current research journal of pedagogies. Pp. 241-246.

7. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi VMQ 802-sonli Qarori. 2020 yil 22 dekabr.

8. https://galitravel.ru/doshkolnoe-obrazovanie-v-yaponii.

9. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. 2020 yil 23 sentyabr.

10. Fazilova D.X. Xorijiy tajribalardan foydalanish va innovatsion texnologiyalar modulidan o'quv-uslubiy majmua. Jizzax, 2021, 60-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.