Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINING MEHNAT UNUMDORLIGINI BAHOLASH VA RAG’BATLANTIRISH YUZASIDAN ILG’OR MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALAR'

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINING MEHNAT UNUMDORLIGINI BAHOLASH VA RAG’BATLANTIRISH YUZASIDAN ILG’OR MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / innovatsiya / boshqaruv / tajriba / mexanizm / jahon hamjamiyati / ilm-fan / taraqqiyot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xaitkulova Feruza Suleymanovna

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko’rsatish tizimi isloh qilindi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko’rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog’onali tizimi joriy etildi. Ushbu maqolada maktabgaacha ta’lim boshqaruvida xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmlari haqida tahliliy fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINING MEHNAT UNUMDORLIGINI BAHOLASH VA RAG’BATLANTIRISH YUZASIDAN ILG’OR MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALAR»

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI XODIMLARINING MEHNAT UNUMDORLIGINI BAHOLASH VA RAG'BATLANTIRISH YUZASIDAN ILG'OR MILLIY VA

XORIJIY TAJRIBALAR

Xaitkulova Feruza Suleymanovna

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani 15 DMTT direktor https://doi.org/10.5281/zenodo.11279162

Annotatsiya. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasiningyuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilindi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimi qaytako'rib chiqildi, oliy ma'lumotlimutaxassislar tayyorlashsifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy etildi. Ushbu maqolada maktabgaacha ta'lim boshqaruvida xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmlari haqida tahliliy fikr yuritilgan va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, innovatsiya, boshqaruv, tajriba, mexanizm, jahon hamjamiyati, ilm-fan, taraqqiyot.

Аннотация. Экономическая мощь каждой страны, повышение уровня социально-духовной ^жизни определяются конкурентоспособностью системы образования, развитием науки в результате реформ в системе дошкольного образования кардинально усовершенствован механизм управления, реформирована система предоставления негосударственных образовательных услуг, пересмотрена система среднего специального, профессионального образования, приняты меры по повышению качества подготовки специалистов с высшим образованием. Была усилена, введена двухуровневая система послевузовского образования. В данной статье дается аналитический обзор механизмов использования зарубежного опыта в управлении дошкольным образованием и даются рекомендации.

Ключевые слова: дошкольное образование, инновации, менеджмент, опыт, механизм, мировое сообщество, наука, прогресс.

Abstract. The economic power of each country, the increase in the level of socio-spiritual life are determined by the competitiveness of the education system, the development of science as a result of reforms in the preschool education system, the management mechanism has been radically improved, the system of providing non- state educational services has been reformed, the system of secondary specialized, vocational education has been revised, measures have been taken to improve the quality of training specialists with higher education, a two-level system of postgraduate education was strengthened and introduced. This article provides an analytical overview of the mechanisms of usingforeign experience in the management ofpreschool education and provides recommendations.

Keywords: preschool education, innovation, management, experience, mechanism, world community, science, progress.

Ta'lim-tarbiya biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o'zgarishga, farovon hayotga erisha

olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma'naviy hayot darajasining yuksalishi ta'lim tizimining raqobatbardoshligi, ilmfan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o'qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo'lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta'lim tizimni yaratish ko'zda tutildi.

Sohadagi islohotlar natijasida maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilindi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimi qayta ko'rib chiqildi, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy etildi.

Maktabgacha ta'lim. Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin, tahlillar shuni ko'rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta'sirida maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash borasida rivojlanish o'rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichlari o'sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o'rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma'lumotli emasligi, ta'lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo'ldi.

Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yaxlit uzluksiz ta'lim tizimining muhim bo'g'ini sifatida yanada takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim- tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish maqsadida ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan muhtaram prezidentimizning 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955 qarorida ham qator ustuvor vazifalar belgilab berildi. Jumladan: Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun o'quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o'tkazish, shuningdek, ularni nashr qilishni takomillashtirish bo'yicha mexanizmlarni joriy etish. Ilg'or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida maktabgacha ta'limning muqobil shakllarini ishlab chiqish. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va xodimlarni moddiy rag'batlantirish uchun

ularni qo'shimcha pullik xizmatlar ko'rsatishga rag'batlantirish tartibini ishlab chiqish. Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy shakllarini joriy etish orqali shaffoflikni ta'minlash. Maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. Maktabgacha ta'lim pedagoglarini zarur metodistik materiallar bilan ta'minlash. Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini zamonaviy talablar asosida shakllantirishda va bolalalarni bugungi zamon ruhiga mos qilib tarbiyalashda xorij tajribasining o'rni katta hisoblanadi. Ushbu tizimda samarali ishlarni olib brogan va muvaffaqqiyatga erishgan xorij davlatlari juda ko'p albatta. Mana shunday yutuqlarga erishgan davlatlardan biri bu Fransiya. Mamlakatimiz uzoq yillarda buyon ushbu davlat bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'ygan. Joriy yilning 24-fevral kuni maktabgacha ta'lim va iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash sohasida xorijiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatimizning Fransiyadagi elchixonasi delegatsiyasi Parij akademiyasining rektori Kristof Kerrero bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda O'zbekiston diplomatiya vakolatxonasi rahbari Sardor Rustambayev Fransiya tomoniga mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan.

REFERENCES

1. "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori 2018-yil 30-sentabr PQ-3944 son qaror lex.uz

2. "Fransiyada maktabgacha ta'lim sohasida Parij akademiyasi bilan hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi", dunyo.info, rasmiy sayti 2022-yil 24-fevral..

3. B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova. "Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari". Uslubiy qo'llanma. T: 2015

4. N.N.Djamilova. "Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. T: 2018.

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889.https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.