Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH (HARAKATLAR STRATEGIYASI MISOLIDA)'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH (HARAKATLAR STRATEGIYASI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
17
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ne’matov Sh U.

Mustaqillik yillarida yurtimizda ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Uzluksiz ta’lim tizimining ajralmasi qismi bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimi bolalarning sog’lom, yetuk, har tomonlama kamol topib shakllantiradigan, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini uyg’otadigan bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda ham yosh avlodni sog’lom, bilimli va zukko qilib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yahshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish belgilandi [1, B.71].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASH (HARAKATLAR STRATEGIYASI MISOLIDA)»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMINI

MODERNIZATSIYALASH (HARAKATLAR STRATEGIYASI MISOLIDA)

Ne'matov Sh.U.

tayanch doktorant,

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174893 Mustaqillik yillarida yurtimizda ta'lim tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Uzluksiz ta'lim tizimining ajralmasi qismi bo'lgan maktabgacha ta'lim tizimi bolalarning sog'lom, yetuk, har tomonlama kamol topib shakllantiradigan, bilim olishga bo'lgan qiziqishini uyg'otadigan bosqichga ko'tarildi. So'nggi yillarda ham yosh avlodni sog'lom, bilimli va zukko qilib tarbiyalash maqsadida maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yahshilash, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish belgilandi [1, B.71].

Ushbu sohadagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish borasida dadil qadamlar tashlandi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 -yil 29-dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilinganligi bolalarning har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berdi. Ushbu qaror orqali maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini kengaytirish, xususan, nodavlat MTM lar faoliyatini yahshilash, ularga metodik ko'mak berish kabi keng ko'lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish belgilandi [2].

Shuningdek, "2017-2021 yillarda Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror asosida Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takimillashtirish bo'yicha 2017-2021-yillarga mo'ljallangan dastur (keyingi o'rinlarda Dastur deb yuritiladi) tasdiqlandi. Dasturning asosiy maqsadli vazifalari va yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

- ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish;

- maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yahshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish;

- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 5-6 yoshdagi bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash bo'yicha 6100 ta qisqa muddatli guruhni tashkil etish;

- zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o'quv reja va dasturlarini takomillashtirish;

- 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventor, jihoz, o'quv-metodik qo'llanmalar va multimediali vositalar bilan ta'minlash [3, B.29].

Ushbu davrda maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to'liq amalga oshirishga to'sqinlik qiladigan ayrim kamchilik va muammolar mavjud edi. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, maktabgacha ta'limni boshqarishning amaldagi tizimi mavjud muammolarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etishni, mazkur sohani yanada rivojlantirish uchun innovatsion qarorlarni ishlab chiqish va amaliyotga jorish etish imkonini bermas edi. Maktabgacha ta'lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining holati bolalarni maktabgacha ta'lim bilan to'liq qamrab olish imkoniyatini taqdim etmas edi. Shuningdek, Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini har tomonlama moddiy rag'batlantirishning past darajada ekanligi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada amalga oshirishga va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta'minlashga imkon bermadi. Shu munosabat bilan, davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yil 9-sentabrda "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'grisida"gi qarori qabul qilindi [4]. Ushbu qaror bilan Xalq ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta'lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi. Maktabgacha ta'limni boshqarishning zamonaviy mehanizmlarini joriy etish, tarbiya va o'quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim muassasalarining infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini yaxshilash bo'yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. Bundan tashqari, sohadagi dolzarb muammolarni hal qilish bo'yicha ishlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. Shu asosda, 2017-yil Investitsiya dasturi bo'yicha mamlakatimizda 107 ta makatbgacha ta'lim muassasasi kapital rekonstruksiya qilindi, 195 ta bog'cha kapital ta'mirlanib, zarur jihozlar bilan

ta'minlandi [5]. Shuningdek, davlat byudjeti va xalqaro grantlar mablag'lari hisobiga 1200 ta bolalar bog'chasi zamonaviy mebel, rivojlantiruvchi o'yinlar va jihozlar bilan ta'minlandi [6, B. 68].

2018-yilda ham islohotlar jadal sur'atlarda amalga oshirilishi davom ettirilib, maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish davlatimiz rahbari e'tiboridagi muhim masalalardan biriga aylandi. Hududlardagi kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, maktabgacha ta'lim muassasalarini rivojlantirish maqsadida mablag' ajratishga alohida e'tibor qaratilib, 2018-yil uchun tasdiqlangan Investitsiya dasturiga muvofiq 60 ta bog'cha yangidan qurildi, 295 tasi rekonstruksiya qilindi va 176 tasi mukammal ta'mirdan chiqarildi. Bu maqsadlar uchun davlat byudjetidan 771 mlrd so'm ajratildi. Qurilish vazirligi tomonidan Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy tajribadan kelib chiqib va mamlakatning tabiiy iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, 60, 135, 160, 235 va 385 o'rinli zamonaviy maktabgacha ta'lim muassasalarining namunaviy loyihalari ishlab chiqildi [7, B. 102].

Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyani amalga oshirishni ko'zlovchi "Yo'l xaritasi"da 2019-2024 va 2025-2030-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadli va istiqbolli reja va ko'rsatkichlari belgilandi. Bunda asosan malakali pedagog kadrlar yetishmovchiligi, moddiy-texnik holatining yahshi emasligi hamda o'quv-metodik materiallar bilan yetarli darajada ta'minlanmaganligi kabi muammolarining hal etilishini ko'zda tutadi. 2030-yilgacha maktabgacha ta'lim bilan qamrab olingan bolalar miqdorini 38,1 foizdan 80,8 foizga yetkazish vazifasi qo'yildi. Xususan, Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan ta'lim tashkilotlarining quvvatlarining kuchaytirilishi davom ettirilib, 2021-yilga kelib o'rinlar miqdori 56,8 foizga (2030-yilga kelib 132,3 foizga) ortadi, hamda davlat-xususiy sherikligi va respublikaning chekka tumanlari uchun dolzarb muqobil maktabgacha ta'lim shakllari rivojlantiriladi [8]. Shu asosda 2019-yilda maktabgacha ta'limning yangi tiplari yaratilib, aralash, eksperimental tipdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati yo'lga qo'yilib, olis tumanlarda istiqomat qiluvchi maktabgacha yoshdagi 1920 nafar bolani qamrab olish maqsadida maktabgacha ta'lim mobil guruhlari tashkil etildi.

2020-yilda Investitsiya dasturi doirasida hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 1338,7 mlrd so'mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirilib, 1286,5 mlrd so'm mablag' moliyalashtirildi. Natijada, 417 ta ob'ektdan, 41 tasi yildan-yilga o'tuvchi bo'lib, 63670 o'rinli (quvvat) 376 ta maktabgacha ta'lim ob'ektlari foydalanishga topshirildi va qo'shimcha 29428 ta yangi o'rin yaratildi. Bulardan: 2460 o'rin yangi qurilish hisobiga; 15895 o'rin bo'sh turgan binolarni rekonstruksiya qilish hisobiga; 11073 ta o'rin faoliyat

ko'rsatayotgan tashkilotlar quvvatlarini kengaytirish hisobiga amalga oshirilib, umumiy moliyalashtirish hajmi 1357,5 mlrd so'mni tashkil etdi [9]. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida quvvati 42 mingdan ortiq 333 ta nodavlat MTT va 83,7 ming quvvatga ega 3529 ta oilaviy MTT o'z faoliyatini boshladi [10, B. 80].

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Janubiy Koreyaning "Chung Construction Design" va Singapurning "Modern Montessori International Group" kompaniyasi bilan quvvati 400 va 200 o'rinli hamda mos ravishda Toshkent shahrida 3,4 mln dollar va 1,5 mln dollar qiymatga teng Janubiy Koreya va Singapur modeli asosida innovatsion texnologiyalar qo'llaniladigan maktabgacha ta'lim muassasasini qurish loyihalarini amalga oshirish ko'zda tutildi [11].

2021-yilda 273 ta banddan iborat bo'lgan Davlat dasturi tadbirlarini bajarish uchun jami 29 492,7 mlrd so'm, 2 600,4 mln. AQSH dollari va 57,5 mln.yevro xarajatlarni amalga oshirildi. Jumladan, Davlat dasturida belgilangan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha 5 ta ustuvor vazifalarni bajarish uchun 1 709 mlrd so'm va 4,5 mln AQSH dollari miqdorida xarajatlarni amalga oshirish belgilandi [12].

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Investitsiya dasturi doirasida (PQ-4937-son) 2021-yilning 9 oyi davomida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 2 ta loyiha bo'yicha 8 mln AQSH dollari (LUKOIL korxonasi ishtirokidagi loyiha) va 2,2 mln AQSH dollari (Jahon banki loyihasi) o'zlashtirildi [13].

Shuningdek, AQSH dasturlarini amalga oshiruvchi "Mercy Corps" xalqaro nodavlat tashkiloti bilan qiymati 21,7 mln dollarga teng bo'lgan "ta'lim uchun oziq-ovqat" loyihasini 2021-2025 yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilishiga kelishildi hamda 2021-yilning 1-yarimyilligida hamkor tashkilotlar bilan O'zbekistonda maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha 5 ta hamkorlik loyiha hujjatlari imzolandi.

Xulosa qilib shuni ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim sohasida 2017-2021 yillarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Sohada mavjud kamchiliklar bo'lishiga qaramasdan bir qator yutuqlarga ham erishildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'rsatkichlari, xalqaro ta'lim va moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalar rivojlanib yangi bosqichga ko'tarildi.

Adabiyotlar:

1. Бекмуродов М., Куронбоев К., Тангриев Л. Харакатлар стратегияси асосида жадал тараккиёт ва янгиланиш сари. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2017. - 92 б.

2. Узбекистан Республикаси Президентининг "2017-2021 йилларда мактабгача таълим тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тугрисида"ги карори асосида "Болаларни мактаб таълимига сифатли тайёрлашда мактабгача таълим муассасаларининг урни ва янгича ёндашуви" мавзусида МЕДИА-ТУР хисоботи. 2017 йил 17 январь. https://uzedu.uz/uz/page/press reliz

3. Oxunov I.A. Maktabgacha ta'limning me'yoriy asoslari /o'quv qo'llanma/ -Toshkent: "Innovatsiya-Ziyo", 2021, 104 b.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentrabdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori. https://lex.uz/docs/-3334234

5. "Маърифат" газетаси. МТМлар янгиланиш палласида. 31.01.2018. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/maktabgacha/mtm.htm

6. 2017 йил — шиддатли ислохртлар йили. - Т.: "Адолат", 2017. - 96 б.

7. Харакатлар стратегияси билан 3 йил: кутилган натижалар, юкори самарадорлик ва юксак марралар. "Тараккиёт стратегияси" маркази: T-2020. -188 б.

8. "Ma'rifat" gazetasi. Maktabgacha ta'lim: kecha, bugun, ertaga. 24.10.2019. http : //marifat. uz/marifat/ruknlar/maktab gacha/3724. htm

9. Maktabgacha ta'lim agentligi joriy xujjatlari. Axborot xizmati materiallari. "Maktabgacha ta'lim sohasining 2017-2021 yillar davomida erishilgan yutuqlari va keyingi istiqbolli rejalari" mavzusidagi xalqaro matbuot anjumani tafsilotlari. https://mpe.uz/post-detail/posts/releases/1157

10. 2020 йил - "Илм, маърифат ва ракамли иктисодиётни ривожлантириш йили" Давлат дастури: тараккиётга элтувчи натижалар. "Тараккиёт стратегияси" маркази: - Т. 2021, - 114 б.

11. "Тараккиёт стратегияси" маркази жорий ахборот материаллари."Илм, маърифат ва ракамли иктисодиётни ривожлантириш йили" Давлат дастури доирасида 2020 йилнинг 1-ярим йиллик сархдсоби. Ижтимоий сохдни ривожлантиришнинг устувор йуналишлари.2020 йил 24 август. https://strategy.uz/index.php?news=1062

12. Мактабгача таълим агентлиги жорий хужжатлари. Ахборот хизмати материаллари. Узбекистон Республикаси Мактабгача таълим вазирлигининг 2021 йил 12 февралдаги 1-сонли Хайьат Карори. https://mpe.uz/storage/2021/11/%D2%B2aiat-%D2%9Aarori-1-1.pdf

13. Maktabgacha ta'lim agentligi joriy xujjatlari. Axborot xizmati materiallari. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2021-yil 5-oktabrdagi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.