Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’lim tizimining isloh qilinishi'

Maktabgacha ta’lim tizimining isloh qilinishi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
259
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / uzviylik / standart / davlat tizimi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Laylo Amatovna Abdiraxmanova

Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo’g’ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog’lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’lim tizimining isloh qilinishi»

Maktabgacha ta'lim tizimining isloh qilinishi

Laylo Amatovna Abdiraxmanova

UrDU

Annotatsiya: Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, uzviylik, standart, davlat tizimi

Reform of the preschool education system

Layla Amatovna Abdirakhmanova

UrSU

Abstract: This field, which is considered the primary link of the continuous education system, is extremely important in raising a healthy and well-rounded child and preparing him for school.

Keywords: preschool education, unity, standard, state system

Tahlillar shuni ko'rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta'sirida maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash borasida rivojlanish o'rniga, orqaga ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichlari o'sishi tendensiyasi kuzatilmadi. Aksincha, so'nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda respublika bo'yicha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni maktabga tayyorlash bo'yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o'rganilmaganligi, faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma'lumotli emasligi, ta'lim sifati monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo'ldi.Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi. Darhaqiqat, o'tgan qisqa vaqt mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 998

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi, «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek,

"Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Dasturi hamda respublikada maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» asosida misli ko'rilmagan ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalar qatori tizimda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi boshqa sohalar qatori Davlatimiz rahbarining doimiy e'tiborida bo'layotganligini guvohi bo'lmoqdamiz. Qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning hayotga tatbiq etilishi natijasida yil yakuni bo'yicha maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarning qamrovi 10 foizga oshishi, 2018 yilda esa maktabgacha ta'lim muassasalarini saqlash harajatlari joriy yilga nisbatan 32 foizga o'sishi kutilmoqda. Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, istiqboldagi vazifalar belgilab berildi. Jumladan, ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta 'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, maktabgacha ta'lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo'yildi.

Ayniqsa, maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati uchun yetarli sharoit yaratilmaganligi bois, binolar qarovsiz holga kelib, bo'shab yotganligi, ulardan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilinib, 2018 yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo'lgan yettita yo'nalishdagi strategik vazifalar belgilab berildi.Ular doirasida 2018 yil davlat budjetidan 427 bog'chada qurilish-ta'mirlash ishlarini bajarish uchun 771 milliard so'm mablag' ajratish, jumladan, 14 tasini yangidan qurish, 256 tasini rekonstruksiya qilish va 157 tasini kapital ta'mirlash rejalashtirilayotganligi, davlat-xususiy sherikchilik asosida yangi turdagi maktabgacha ta'lim muassasalarining tashkil etilishi, 2018 yil 1 yanvardan boshlab, 5 yil davomida xususiy bog'chalar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun sarflanadigan mablag'ning yarmi davlat budjeti hisobidan qoplanishi, bog'chalarda bolalarni sog'lom ovqatlantirish va ularga berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta'minlash maqsadida 2018 yildan boshlab har bir maktabgacha ta'lim muassasasiga 10-15 nafar fermerni sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda yetkazib berish uchun biriktirilishi, bolalar bog'chalariga tayyor sifatli issiq ovqat yetkazib beradigan davlat korxonasi tashkil etilib, "Ketring" xizmatini yo'lga qo'yish mexanizmining ishlab chiqilishi,

WWW.OPENSCIENCE.UZ / issn 2181-0842 999

maktabgacha ta'lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti faoliyatining takomillashtirilishi, maktabgacha ta'lim uchun kadrlar tayyorlaydigan institutlarning qabul kvotalarini real ehtiyojdan kelib chiqib belgilash hamda maktabgacha ta'lim pedagoglariga qo'yiladigan talablarning qayta ko'rib chiqilishi tom ma'noda sohani dunyo standartlari darajasiga olib chiqilishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi. Shu bois, ilg'or xorijiy tajriba asosida "Maktabgacha ta'lim to'g'risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqishdan iborat o'ta dolzarb vazifa yuklatildi.

E'tirof etish kerakki, mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishi o'z navbatida ta'lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga, sohaga oid barcha munosabatlarning huquqiy asoslari mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shunday ekan, tizim oldiga qo'yilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash biz Qonunchilik palatasi deputatlardan ham faollikni va mas'uliyatni talab etadi. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. T.:O'zbekiston.

1997

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, -T.:O'zbekiston. 1997 y.

3. «2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida». 2016 yil 29 dekabr PF - 2707 -sonli qaror.

4. "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish to'g'risida" gi 2017-yil 09.09 PF-3261-sonli qaror.

5. "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida" gi 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198-sonli Farmon.

6. Abdullayev Yo. Jahon oliy maktabi: qiyosiy tahlil. T.,2001

7. Isaqulova N.J, Qosimova Z.H. Xorijiy mamlakatlarda ta'lim(ma'ruza) T., 2011

www.openscience.uz / ISSN 2181-0842

1000

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.