Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA‘LIMDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI'

MAKTABGACHA TA‘LIMDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta‘lim / kadrlar yetishmovchiligi / qog‘ozbozlik / ta‘lim tizimi / islohotlar / muammolar / yechimlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Odina Abdujalol Qizi Jalilova, Durdona Komil Qizi Karimjonova, Nargiz Shuxratovna Artikova

Ushbu maqola maktabgacha ta‘lim muammolari va ularning yechimlariga bag’ishlanadi. Maqolada maktabgacha ta’limga qaratilayotgan e’tibor va berilayotgan imkoniyatlar ham yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA‘LIMDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

MAKTABGACHA TA'LIMDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING

YECHIMLARI

Odina Abdujalol qizi Jalilova, Durdona Komil qizi Karimjonova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti, Maktabgacha va boshlang'ich ta'imda xori-

jiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari

Nargiz Shuxratovna Artikova

Ilmiy rahbar Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi E-mail: nargizartikova1982@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola maktabgacha ta'lim muammolari va ularning yechimlariga bag'ishlanadi. Maqolada maktabgacha ta'limga qaratilayotgan e'tibor va berilayotgan imkoniyatlar ham yoritiladi.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, kadrlar yetishmovchiligi, qog'ozbozlik, ta'lim tizimi, islohotlar, muammolar, yechimlar.

ABSTRACT

This article is devoted to the problems of preschool education and their solutions. The article highlights the attention paid to preschool education and the opportunities provided.

Keywords: preschool education, lack of personnel, paperwork, education system, reforms, problems, solutions.

KIRISH

Hozirgi kunga kelib "Maktabgacha ta'lim tizimi" da turli islohotlar olib borilmoqda. Sohadagi yangiliklar va islohotlarni turli jabhalarda kuzatishimiz mum-kin. Masalan, 2018-yilning sentabr oyidan joriy etilgan maktabgacha ta'lim dasturi davlat talablariga asoslangan bo'lib, respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muas-sasalari yangi dastur bilan tanishtirildi. Dastur talablari o'zida jamlagan hujjatlar barcha maktabgacha ta'lim muassasalariga yetkazildi. Bundan tashqari, shu yillarda yur-timizda maktabgacha ta'lim sohasiga avvalgiga qaraganda juda katta e'tibor qaratilmoqda.

Asosiy qism

Muhtaram Prezidentimizning "Vatanimizning ertangi kuni, faravonligi far-zandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazi-

April 23-24, 2024

644

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiii

famiz- yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratishlardan iborat" - degan so'zlari har bir pedagoglarga bo'lgan ishonchni va mas'uliyatni yuklaydi. Balki yosh avlodlarni ham ilhomlantiradi. Hozigi kunda mu-htaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan maktabgacha ta'lim muassasalari binolarini qurish va qayta rekonstruksiya qilish borasida juda katta sa'y-harakatlar yo'lga qo'yilmoqda. Bu esa bolalarning erkin ta'lim olishlari uchun qulay sharoit yarat-ishdir. Shunga qaramay, maktabgacha ta'limda bir qator muammolarga duch kel-moqdamiz, masalan:

Kadrlar yetishmovchiligi:

Shu kunga qadar bir qator tajribali va yaxshi kadrlar past ish haqi sabab bu kasbni tark etishgan. Shu sababdan Prezidentning pedagoglarning maoshini oshirish-ga doir qarori chiqqan. Agrippina Shinning so'zlariga ko'ra, o'tgan 27 yil mobaynida maktabgacha ta'lim tizimidagi tarbiyachilar va xodimlarining ta'rif stavkasi biror marta oshirilmagan. 2018 yilning mart oyida "Maktabgacha ta'lim vazirligi" birinchi marta pedagoglarning bazaviy tarif stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu maqsadda chekka hududlarda maktabgacha ta'limda malakali kadrlar bilan ta'minlash, ta'lim sifatini yaxshilash bo'yicha alohida dasturlar amalga oshirilmoqda. Shu o'rinda malakali kadrlar yetishmovchiligi mavjud bo'lgan chekka qishloqlarning hududlaridagi maktabgacha ta'limning tarbiyachilarini jalb qilish va shu orqali ulardagi ta'lim sifatini oshirish yo'lidagi qadamlaridan biridir.

Yechimi

Hozirda maktabgacha ta'limni moddiy rag'batlantirish masalalari ko'rib chi-qilmoqda. Masalan, eng yaxshi tarbiyachi, eng yaxshi mudira, eng yaxshi defektolog kabi tanlovlar g'oliblariga 5-15 minimal oklad shaklida rag'batlantirish re-jalashtirilmoqda.Bundan tashqari, 6 yoshli bolalarni ta'limga qamrab olish bo'yicha qaror loyihasi mavjud. Maktabgacha ta'lim vazirligi 6 yoshli bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga o'qituvchi maqomini berish taklifi bilan chiqmoqda. Shunday ekan, tabiiyki, ayni damda Xalq ta'limi vazirligida tatbiq etilayotgan imtiyozlar kelgusida ularga ham tegishli bo'lishi ko'zda tutilmoqda.Shuningdek, qo'shimcha xizmatlarga talabgor bo'lgan kishilar uchun to'lov asosidagi qo'imcha xizmatlar yo'lga qo'yiladi. Zero 414-sonli qarorda nafaqat davlat, balki byudjyetdan tashqari faoliyatni ham rivojlantirish kerakligi haqida so'z yuritiladi. Mablag'lar maktabgacha ta'lim muassasalari hisobiga tushadi, bu ularning mustaqil faoliyati, ularning huquqi, pedagogik tarkib ularni nimaga sarflashni o'zi hal qiladi.

Qog'ozbozlik:

Sir emaski, yaqin kunlargacha Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi peda-goglar ko'plab hujjat turlarini to'ldirishlariga to'g'ri kelgan. Vaqti kelganda,

April 23-24, 2024

645

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

qog'ozbozlik sabab bolalarga yetarlicha e'tibor qaratilmagan. Chunki rahbariyat talabini o'z vaqtida bajarmaslik yaxshilikka olib kelmasligini yaxshi bilishgan. Ko'plab yaxshi kadrlar aynan shu qog'ozbozlik sabab ham sevimli kasblaridan voz kechishgan.

Yechimi

Va nihoyat, 2018-yilning 15-iyulida maktabgacha ta'lim muassasalarida qog'ozbozlikni qisqartirishga oid qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, ilgari pedagoglar 9 ta hujjat turini yuritgan bo'lsa, endi ularning soni 4 tagacha qisqartirildi.Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar amalda o'z ifodasini topishi maqsadga mu-vofiqdir.Bularning barchasi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari si-fatli ta'lim olishi va barkamol voyaga yetishlaridagi ilk poydevor mustahkam bo'lishi uchundir.

Shuni aytishimiz joizki, maktabgacha ta'lim tizimida qilganimizdan ko'ra, qi-lishimiz zarur bo'lgan ustuvor vazifalar turibdi. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlarini kengaytirish masalasini olg'a surishimiz joiz. Ushbu tashkilotlarda malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash va bolalarni har tomonlama intelektual, ma'naviy va jismoniy rivojlanishi uchun zamonaviy ta'lim dasturlarini yaratish lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, kundan-kunga maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilash uchun olib borilayotgan islohotlar ko'zni quvontiradi.Biroq, yuzaga ke-layotgan ayrim muammolarni hal qilish orqali ta'lim tizimi yanada yaxshilanadi. Shunday ekan, vatanimizning kelajagi biz yoshlar va bolalarning qo'lida ekan, ke-lajagimiz uchun befarq bo'lmaslik lozim.

REFERENCES:

1. Maktabgacha talim muammolar va ularning yecimlari. Lola Raxmonboyeva

2. Maktabgacha ta'limdagi muammolar yechimi. Shaxlo Mingboyeva

3. http: //marifat.uz/marifat/ruknlar/maktab gacha/3143. htm

4. https: //www.oqdaryo .uz/oz/node/1994

646

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.