Научная статья на тему 'YURTIMIZDA NEMIS TILIGA BO'LGAN TALAB VA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI'

YURTIMIZDA NEMIS TILIGA BO'LGAN TALAB VA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nemis tili va unga bo’lgan talab / ta’lim muassasalarida Germaniya bilan hamkorlik va kadrlar almashuvi / pedagogika sohasi va pedagogiklar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ruxshona Bekzod Qizi Isoqulova, Ziyoda Zaripova

Ushbu maqola davlatimizda nemis tiliga bo’lgan talabni yanada oshirish, rivojlantirish, Oliy ta’lim muassasalari va maktablarda keng targ’ib qilishga oid ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA NEMIS TILIGA BO'LGAN TALAB VA GERMANIYA BILAN HAMKORLIK ALOQALARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

YURTIMIZDA NEMIS TILIGA BO'LGAN TALAB VA GERMANIYA BILAN

HAMKORLIK ALOQALARI

Ruxshona Bekzod qizi Isoqulova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti XTA: nemis 23/1-guruh talabasi Ilmiy rahbar : Ziyoda Zaripova Email: isaqulovaruhshona@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola davlatimizda nemis tiliga bo'lgan talabni yanada oshirish, rivojlantirish, Oliy ta'lim muassasalari va maktablarda keng targ'ib qilishga oid ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: nemis tili va unga bo'lgan talab, ta'lim muassasalarida Germaniya bilan hamkorlik va kadrlar almashuvi, pedagogika sohasi va pedagogiklar.

Yurtimizda hozirgi kunlarda chet tillariga bo'lgan talab yanada ortib bormoqda, bu, albatta, o'z navbatida yoshlarimiz orasida ti1 o'rganishga bo'1gan ishtiyoqni orttirmoqda. Masalan, hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalari va maktablarda ingliz tili, italyan tili, fransuz tili, xitoy tili va boshqa tillar, shuningdek, nemis tili ham ommalashmoqda. Bundan xulosa chiqaradigan bo'1sak, yoshlarimiz faqat bitta tili bilan cheklanib qolishmayapti, kun sayin boshqa tillarga bo'1gan qiziqishlari ortiq bormoqda. Talab bo'lgan joyda, albatta, yuksalish bo'ladi. Demak, nemis tilga bo'lgan talab ham kundan kunga ortib bormoqda, buning natijasida, dunyo tillari qatoriga kiritilyapti. Shuning uchun ham bu ti1 yurtimizda keng targ'ib etilyapti va yoshlarimiz qiziqish bildirishyapti. Misol uchun, men hozirgi kunda Hongkong akademiyasida nemis tilidan sertifikatga tayyorlanmoqdaman va guruhimizda boshqa ta'1im yo'nalishlarida o'qiydigan talaba-yoshlar, maktab o'quvchilari bu tilni katta qiziqish bilan o'rganishmoqda, hamda kelajakda Germaniyaga borib — ishlash, o'qish, sayohat qilish, shuningdek, yashash uchun qulay davlat ekanligini ta'kidlamoqdalar. Bundan ko'rinib turibdi-ki, bu tilning ijobiy tomonlari ko'p.

O'zbekiston va Germaniya aloqalari juda yaxshi. Bunga misol qilib, 2024-yil 3-aprel kuni O'zbekiston elchisi Dilshod Ahatov Germaniyaning Bonn shahrida qator uchrashuvlar o'tkazdi va bu uchrashuvda turizm sohasini rivojlantirish, ayollarni ko'proq tadbirkorlikka jalb etish, madaniyat, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, SES ijrochi direktori Mixael Blank va uning ekspertlar bilan ishlash bo'yicha o'rinbosari Bettina Xartmann bilan kechgan muloqot chog'ida SES tashkiloti

April 23-24, 2024

15

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

orqali malakali nemis tili o'qituvchilarini yurtimiz maktablari va til o'rgatish o'quv markazlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi. DAD jamg'armasining ushbu shaharda joylashgan Markaziy ofisiga tashrif chog'ida stipendiyalar ajratish bo yicha direktor Birgit Klyuzener va Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz mamlakatlari uchun stipendiyalar dasturi rahbari Hayko Shmidt bilan muloqot bo'lib o'tdi. Suhbat chog'ida O'zbekistonga ajratilayotgan grantlar sonini oshirish, ikki mamlakat universitetlari o'rtasida ilmiy va akademik uchrashuvlar sohasida hamkorlikni kengaytirish asosida mulohazalar yuritildi. Tomonlar professional ta'lim, mutaxassislar malakasini oshirish borasida Germaniya bilan tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, bu yo'nalishlarda muayyan loyihalarini amalga oshirish kabi masalalarni muhokama qilishdilar.

Maxsus chet tili maktablari va Oliy ta'lim muassasalarida to'rtta nutq faoliyati: gapirish, tinglab tushunish, o'qish va yozuv — amaliy maqsad maqomini olgan tushunchalar bor. .

Pedagogika sohasi va pedagogiklar haqida gap borar ekan, ko'z-o'ngimizga, albatta, o'qituvchi va murabbiylar keladi. Shunday ekan, nemis tili bo'yicha bu sohada qanday imkoniyatlar mavjud? Kadrlar yetarlichami? Oliy ta'lim muassasalarini tugatgan talabalar, keyinchalik, ish topa olishadimi? - degan bir qancha Savollar bo'lishi aniq, negaki o zim ham shu soha bo'yicha o'qiyman va bu savollarga tezroq javob topishga harakat qilmoqdaman. Yaqinda o'qib qoldim, Namangan Davlat Universitetining filologiya fakulteti, nemis tili yo'nalishini kontraktga tugatgan ayol kishi murojaat qilib yozibdi. "2016 -yil o'qishni tugatganman va o'sha yildan beri yaxshi ishga joylasha olmaganman. Sababi shundaki, hozirgi kunda maktablardan nemis tili fanini olib tashlashmoqda, bor bo'lsa ham juda oz va chekka hududlarda. Nega endi to'rt yil davlatga kontrakt to'lab, o'qishni tugatib, orzu qilgan joyimda ishlay desam, bunday muammolarga duch kelyapman", - deb yozishgan ekanlar. Bu masala bo'yicha Oliy ta'lim va maxsus ta'lim vazirligining o'rinbosari M. Inoyatov shunday javob bergan ekan : Har yilgi qabul qilish ko'rsatkichlar soni ma'lum bir hududning talab va ehtiyojlariga ko'ra taqsimlanadi va O'zbekiston Respublikasining ta'lim muassasalariga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Shuningdek, hozirgi kunda Namangan viloyati 684 ta umumiy o'rta ta'lim maktabi mavjud bo'lib, shulardan 681 tasida ingliz tili, 87 tasida nemis tili va 81 tasida fransuz tili o'qitilmoqda. Bu ko'rsatkichlar pedagogik kadrlar, o'quvxonalar, o'quv jihozlari, darsliklar hamda ota-onalarning qaysi chet tili farzandiga o'qitilishini xohlashiga ko'ra, chet tilini tanlashi mumkin... ", - deb javob berganlar. Bugungi kunda xalqimizning nemis tili bo'yicha pedagogik kadrlarga talabi keskin oshib bormoqda , shuningdek,

April 23-24, 2024

16

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

O'zbekistondan Germaniyaga shifokorlarni jalb qilish kun sayin ortmoqda, buning natijasida, katta yoshdagi shaxslar orasida ham nemis tilini o'rganishga bo'lgan talab oshdi. Shu sababli, 2024 -yil sentabr oyidan boshlab nemis tili fani barcha maktablarda o'tilishi va barcha o'quv markazlarda nemis tili kurslarining soni ortishi kerakligi haqida, - degan farmonlar ko'rib chiqilmoqda. Zamon biz pedagogik-nemislar tomon yaxshilanib borayotganini ko'rib, men bu sohani tanlab adashmaganligimga amin bo'lyapman.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston mustaqillik tantanasi tufayli ta'lim tizimida tub o'zgarishlar bo'ldi. Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar tizimida ta'lim olayotgan yoshlarni til sohasida qiziqishini kuchaytirishdi. Chet davlatlari bilan shartnomalar imzolanib, yoshlarni chet davlatlarida o'qishi uchun imkoniyatlar ochildi. Masalan : 2003-yil Germaniyaning Bonn shahri va Buxoro shahri o'rtasida aloqalar imzolandi. 2019-yil 9-mart kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Germaniyaning Berlin Universiteti o'rtasida shartnoma imzolandi. Shunday qilib, yurtimizda nemis tiliga ko'p imkoniyat eshiklari ochildi.

REFERENCES

1. Islom Abdug'aniyevich Karimov "Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori" Toshkent "Sharq" nashriyoti 1998

2. Jamol Jalolov "Chet til o'qitish metodikasi" (2-nashr) Toshkent "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi,

3. Dunyo Information Agency

4. Kun.uz

5. l-resjst.uz

6. Шабидинова, З. И. (2021). Особенности дистанционного обучения иностранным языкам. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 2), 460-465.

7. Shabidinova, Z. (2022). DIE JUGENDSPRACHE IST EIN LINGUISTISCHES PHÄNOMEN. Academic research in educational sciences, 3(11), 454-460.

8. Shabidinova, Z. I. (2023). GENETIC ANALYSIS OF NEOSEMANTISM OF GERMAN YOUTH. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 4(03), 264-270.

9. Шабидинова, З. И. (2022). МОЛОДЕЖНЫЙ ЯЗЫК И УПАДОК ЯЗЫКА. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 446-448.

10. Зера Шабидинова (2023). ОСОБЕННОСТИ СОВРЕМЕННОГО НЕМЕЦКОГО МОЛОДЁЖНОГО СЛЕНГА. "Til va adabiyot - Преподавание языка и литературе - Language and literature teaching", 6, 141-142

April 23-24, 2024

17

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.