Научная статья на тему 'GERMANIYANING TAʼLIM SOHASI'

GERMANIYANING TAʼLIM SOHASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

36
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Grundchule / Gesamptchule / Hauptchule / Realchule / Gymnasium

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Oʻgʻiloy Usmonjon Qizi Xoshimova

Ushbu maqola Germaniyaning taʼlim tizimi yaʼni ilm-fan haqidadir. Gemaniyaning taʼlim tizimi maktabgacha taʼlimdan boshlanadi va keyingi bosqichlarga bilim darajasiga,qiziqishiga koʻra oʻqishni davom ettirishadi.Ular Grundchule,Gesamptchule ,Hauptschule , Realschule, Gymnasium kabi turli bosqichlarni oʻz ichiga oladi.Olmonlarga xos temir intizom, birso‘zlilik xislatlari ham aynan taʼlim dargohlarida shakllanishi alohida oʻrinni egallaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GERMANIYANING TAʼLIM SOHASI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

GERMANIYANING TA'LIM SOHASI

O'g'iloy Usmonjon qizi Xoshimova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi

talabasi

ANOTATSIYA:

Ushbu maqola Germaniyaning ta'lim tizimi ya'ni ilm-fan haqidadir. Gema-niyaning ta'lim tizimi maktabgacha ta'limdan boshlanadi va keyingi bosqichlarga bilim darajasiga,qiziqishiga ko'ra o'qishni davom ettirishadi.Ular Grundchu-le,Gesamptchule ,Hauptschule , Realschule, Gymnasium kabi turli bosqichlarni o'z ichiga oladi.Olmonlarga xos temir intizom, birso'zlilik xislatlari ham aynan ta'lim dargohlarida shakllanishi alohida o'rinni egallaydi.

Kalit so'zlar: Grundchule,Gesamptchule,Hauptchule,Realchule,Gymnasium

KIRISH

Germaniya -Germaniya jahonga ilm fan o'choqlaridan biri bo'lib tanilgan. Bu mamlakat ildizi asrlarga borib taqaluvchi ilmiy maktablarni o'z ichiga oladi.Shuning Germaniya Gyote, Gegel, Betxoven, Nitshe, Eynshteyn singari olim va ijodkorlari bilan dunyoga ma'lum va mashhurdir. Xalqaro doirada e'tirof etilgan olmon ta'lim maktab va universitetlarda o'quvchilarning mustaqil fikri hamda keng dunyoqarash shakllanishiga alohida e'tibor beriladi. Ta'lim tizimiga tatbiq etilayotgan yangi usullar, so'nggi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmaganlarga esa juda qiyin. Dunyo bilan hamnafas bo'lishga oshiqayotgan jamiyatda bilimsiz o'z o'rniga ega bo'lish amri mahol. Olmonlarga xos temir intizom, birso'zlilik xislatlari ham aynan ta'lim dargohlarida shakllanadi. Ayni ta'lim sohasi dunyoga mashhur olimlar va shoirlarni jahonga yetishtirib berishda juda katta muhim rol o'ynaydi. Germa-niyadagi maktab tizimi boshlang'ich va o'rta ta'limni, ya'ni boshlang'ich maktablarni (1-4/6-sinflar) va birinchi va ikkinchi o'rta maktablarni o'z ichiga oladi. Ikkinchisida turli qobiliyat darajasidagi o'quvchilar bir guruh bo'lib (Gesamtschule, 5-12-sinflar) yoki alohida (Hauptschule, 5-9-sinflar; Realschule, 5-10; Gymnasium, 5-12/13) o'qitiladi.

Maktabgacha ta'lim tizimi

Maktabgacha ta'lim ya'ni, bog'cha atamasi jahon ta'lim tizimida ham alohida o'rin egallaydi. Butun dunyo xalqlari orasida —bog'cha bu bolalarga o'yin va boshqa mashg'ulot turlari bilan qiziqtirib , ularni parvarishlaydigan va maktabga tayyorlay-

April 23-24, 2024

258

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

digan maskan deb hisoblanadi. Bog'cha tizimini dunyoda har xil tuzilishga ega.Shuningdek Germaniyada ham bog'cha tizimi o'z shakl - shamoyiliga ega .Germaniya davlatida ilk maktabgacha ta'lim muassasalari XVIII asrning oxirlarida Bavariya va Stasburg shaharlarida ota-onalarining har ikkisi ham ishlaydigan oilalarga yordam berish va bolalarni qarovsiz qoldirmaslik maqsadida tuzilgan. Bu jamoa nemis olimi Friedrix Frobel tomonidan 1840-yilda tuzilgan. Ushbu olim dunyo miqyosidagi kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashda o'z hissasini qo'shgan olimlar-dan biridir. Germaniya bog'chalarining ish soati ertalabki soat 7-00 dan kechki 17-00gacha.Bugungi kunda Germaniya ushbu tizimni eng yaxshi olib boradigan mam-lakatlar qatorida yuqori o'rinni egallagan.Germaniyada maktabgacha ta'lim tizimi-ning faoliyati va ularning rivojlanishini to'liq davlat o'z javobgarligiga olgan.Davlat eng birinchi o'rinda pedagog xodimlarning bilimi va mahoratiga asosiy e'tiborni qa-ratadi va har bir tarbiyachi-pedagog kamida 3 yil mutaxassislik bo'yicha ta'lim olgan bo'lishi talab etiladi

Boshlangich ta'lim

Boshlang'ich ta'lim Grundshule deb yuritiladi. Bolalar 5-6 yoshdan bos-hlang'ich maktabga qatnaydi. Boshlang'ich maktabda o'qish davri 4 yildan 6 yilgacha. Maktablarda birinchi, ikkinchi sinf davomida o'quvchilarga baho qo'yilmaydi. O'qituvchilar baho o'rniga bolaning individual, psixologik rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi. O'quvchilarga 3-sinfdan baho qo'yila boshlaydi. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Shu baholash tizimi bo'yicha boshqa maktab tizimlaridan farq qiladi. Bunga ko'ra,

1 - a'lo;

2 - yaxshi;

3 - qoniqarli;

4 - yetarli;

5 - yetarli emas;

6 - qoniqarsiz.

O'quvchilar fanlarni eng kamida "4"ga o'zlashtirishi kerak. Boshlang'ich bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika fanlari o'tiladig. Germaniyada kamroq raqobatbardosh tizim mavjud, buning natijasida tala-balar o'rtasida qo'rqitish darajasi past va muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqmaydi, lekin Janubiy Koreya kabi OECD mamlakatlariga nisbatan o'ziga ishonch va umumiy baxt darajasi yuqori.

Maktablarning bir biridan farq qilishi

Germaniya ta'lim tizimining o'ziga xos xususiyati shundaki, o'quvchilar bos-hlang'ichni tugatgandayoq kelajak yo'lini aniqlab olishi zarur. Ana shunga asoslanib,

April 23-24, 2024

259

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

u bir necha turdagi maktabdan birida o'qishni davom ettiradi.

Boshlang'ich maktabdan keyin bolalar quyidagilardan biriga ajratiladi: Agar o'quvchilarning kelajakdagi maqsadlari kasb o'rganish bo'lsa ,ular kasb -hunar kollejlarini tanlashlari kerak bo'ladi . Bu tizimning nomi Germaniyada Hauptschule deb nomlanadi . Hauptschule - bu hunar o'rganishga qaratilgan kasbiy yo'l. Odatda 10-sinfgacha boradi.

Realschule o'rta yo'nalish bo'lib, u yanada ilg'or texnik kasblarga qaratilgan bo'lib, odatda 10-sinfda tugaydi va kasb-hunar maktabida davom etadi. Bundan tashqari, qo'shimcha uch yil yoki undan ko'proq vaqt talab qilingan Fachabitur (kollej imtihoniga) o'tish imkoniyati mavjud.

Gimnaziya - bu kollejga tayyorgarlik bosqichi. Bolalar odatda Abitur, kollejga tayyorgarlik imtihonlari va diplom bilan bitiradilar. Ba'zi shtatlarda u 12-sinfga, boshqalari 13-sinfga boradi. Muayyan universitet dasturlariga tayyorgarlik ko'rish uchun ma'lum akademik yo'nalishlarda ixtisoslashish imkoniyati bilan, aka-demik natijalarga ko'proq e'tibor beriladi. Talabalar odatda Abitur uchun kamida uchta fanni tanlaydilar, lekin bular shtatlarga qarab farq qiladi. XULOSA

Germaniya maktab tizimi oziga xos shakl-shamoyiliga ega.Ulardagi talim so-hasi dunyo miqyosi bo'yicha tan olinadi .O'quvchilarning shaxsiy fikrini bildirishi va keng dunyo qarashini oshirishga qaratilgan tizimi o'quvchilarni o'ziga ishonchini va bilimga chanqoqligini oshiradi.Har bir o'quvchi o'z bilimi va qiziqishiga qarab turli xil tizimlarga bo'linishi ham diqqatga sazovordir.

REFERENCES

1.PISA Results in Focus. „PISA Results in Focus". PISA (2018).

2.Germaniya Federativ Respublikasidagi maktab inspektsiyasi konferensiyasi e. V. Schulstruktur in den Bundesländern. Schulstruktur in den Bundesländern . 2010-yil aprel, Internet arxivida )

3.Germaniya Federativ Respublikasidagi maktab inspektsiyasi konferensiyasi e. V. Schulstruktur in den Bundesländern. Schulstruktur in den Bundesländern . 2010 -yil aprel, Internet arxivida )

4.Organisation für wirtschaftliche Zusammenarbeit und Entwicklung: "PISA 2006 -Schulleistungen im internationalen Vergleich - Naturwissenschaftliche Kompetenzen für die Welt von Morgen". 2007. Bertelsmann Verlag, p. 268 - 270

260

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.