Научная статья на тему 'GERMANIYA TA’LIM TIZIMI VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

GERMANIYA TA’LIM TIZIMI VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim sifati / boshlang’ich ta’lim / ma’lumot / o’quvchilar / sinfxona / natija.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nilufarxon Xusnidin Kizi Xasanboeva

Ushbu maqolada Germaniyaning o’ziga xos ta’lim tizimi hamda mamlakatimiz ta’lim tizimi bilan o’xshash va farqli jihatlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «GERMANIYA TA’LIM TIZIMI VA UNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

GERMANIYA TA'LIM TIZIMI VA UNING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Nilufarxon Xusnidin kizi Xasanboeva

Chirchiq davlat pedgogika universiteti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabyoti yo'nalishi 22.11 guruh talabasi

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Germaniyaning o'ziga xos ta'lim tizimi hamda mamlakatimiz ta'lim tizimi bilan o'xshash va farqli jihatlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ta'lim sifati, boshlang'ich ta'lim, ma'lumot, o'quvchilar, sinfxona, natija.

Germaniyada ta'lim tizimi asosiy o'rinda turadi. Bolalar bog'chasi ixtiyoriy bo'lsa-da, rasmiy ta'lim 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan barcha bolalar uchun majburiydir[1]. Germaniya ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim, boshlang'ich, o'rta va oliy ta'limdan iborat. Germaniya hukumati maktabgacha ta'lim muassasalari uchun qayg'urishmaydi. Bog'chalar cherkovlar va homiylarning yordami orqali yuritiladi. Germaniyadagi o'rta maktablar 2 ga bo'linadi. Bular; quyi va yuqori o'rta maktablar. Odatda quyi maktablar o'quvchilarni yuqori maktabga kirishga tayyorlaydilar.

Yuqoridagi davlatdan farqli ravishta bizning yurtimizda majburiy ta'lim 11 yilni tahkil qiladi. O'quvchilar umumiy o'rta ta'lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to'ladigan yilda qabul qilinadi. Bu esa o'quvchilarga bilim berish jarayonini osonlashtiradi. Mening fikrimcha, o'zini boshqara oladigan va tashqaridan kelayotgan ma'lumotlarni ongiga singdira oladigan eng muqobil yosh 7 yosh. Chunki bizning yurtimizda Maktabgacha ta'lim Vazirligi mavjud. Bu esa yurtimizda maktabgacha bo'lgan yoshdagi bolalarning ta'lim olishiga alohida e'tibor qaratilishidan dalolat beradi. Shunday ekan, bolalar yetti yoshgacha davlat va xususiy bog'chalarda ta'lim olishib, keyin boshlang'ich maktabga qadam qo'yishadi. Bu o'sib kelayotgan yosh avlodni mustahkam bilim olishiga zamin yaratadi.

Lekin O'zbekistonda Germaniyada bo'laganidek o'rta maktablar qismlarga ajratilmaydi. Bu esa o'quvchi va o'qituvchilarga bir qancha qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Chunki barcha o'quvchilarning darajasi va qiziqishlari turlicha bo'lishiga qaramasdan ular Davlat Ta'lim Standartlarida belgilangan normalarni bajarishga va qo'yilgan fanlarni barchasini o'rganishga majbur. Bunday hollarda o'qituvchilar butun sinfning e'tiborini jalb qilishga va barchaga bir xil narsani o'rgatib, tushuntirishga qiynalishadi.

April 23-24, 2024

211

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

Shuni ta'kidlash kerakki, ta'lim tizimining markazlashtirilmaganligi sababli Germaniyaning 16 shtatida yana ko'plab qo'shimcha farqlar mavjud. Har bir shtatning o'z maktab tizimi mavjud[2].

Bizning yurtimizda esa yagona ta'lim tizimi amal qiladi. Mening fikrimcha, bu to'gri ish. Bir o'quvchi boshqa bir maktab tizimidan tahsil olgan o'quvchi bilan baxslashsa, ma'lumotlar o'rtasida farq kelib chiqadi. Bu esa o'quvchilar orasida bir qancha tushunmovchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari ta'til kunlarini belgilashda har xillik bo'lsa, ota-onalar ham norozilik bildirishlari tayin. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. Bunga ko'ra:

1 - a'lo;

2 - yaxshi;

3 - qoniqarli;

4 - yetarli;

5 - yetarli emas;

6 - qoniqarsiz[3].

O'zbekistonda 5 ballik baholash tizimi amal qiladi. Ya'ni bizda eng yuqori ball 5 ball. Bizning yurtimizdan farqli ravishda Germaniya 6 ballik ta'lim tizimiga ega bo'lib, ularda eng yuqori ball 1 ballni tashkil qiladi. Bu esa baholash tizmida o'quvchilarning yutuqlarini emas, kamchiliklari hisobga olinishidan dalolat beradi. Bizning yurtimizda esa buning aksidir. Lekin, yutuqlarni emas balki, to'g'rilash kerak bo'lga xato va kamchiliklarga qarab, ularni nazoratga olish, o'quvchilarning tezroq rivojlanishiga yordam beradi menimcha.

Boshqa davlatlardan farqli ravishda, Germaniyada o'rtacha 600-800 kishilik maktab uchun 2 ta farrosh va 1 ta kotib yollangan bo'ladi[4]. Bu esa o'quvchilarning tartibidan va o'zining sinfxonasini pokiza tutishidan dalolat beradi. Yurtimizda esa bunday holatga aslo yo'l qo'yilmaydi. Har bir maktabda kamida 5 tadan farroshlar ishlaydi. Bunda maktab o'quvchilari sinfxonalarida navbatchilik qilishadi. Lekin koridor va boshqa joylarni tozalashmaydi. Men Germaniyadagi holatni tarafdoriman. Chunki o'quvchilar o'zlarining mehnatini qadrlashadi va maktabni pokiza saqlashadi. Bizning yurtimizda ham yosh avlodga shunday tizim joriy qilinsa, ular kelajakda turli xildagi qiyinchiliklarga, masalan o'zlarining shaxsiy hayotidagi tartibsizliklarga kamroq duch kelishadi va bunday muammolarni oson hal qilishadigan bo'ladi.

Bir so'z bilan aytganda, Germaniyaning ta'lim tizimi bizning yurtimiz ta'lim tizimidan tubdan farq qiladi. Rivojlangan davlatning ham ta'lim tizimda o'ziga xos yo'li bo'lgani kabi, biz ham shunday yangicha usullardan foydalanga holda kelajak avlodga ta'lim va tarbiya berishimiz kerak. Ana o'shanda bizning ta'lim tizimimizdan boshqa mamlakatlar andoza olishadi.

April 23-24, 2024

212

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagGgika^nVej||tei|

REFERENCES:

1. https://en.wikipedia.org/wiki/Education in Germany

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Germaniyada ta%CA%BClim

3. https://abt.uz/blog/germaniya-talim-tizimi-va-uning-besh-oltin-qoidasi

4. https://en.wikipedia.org/wiki/Education in Germany

213

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.