Научная статья на тему 'Yaponiya ta’lim tizimi'

Yaponiya ta’lim tizimi Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9805
362
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim tizimi / majburiy ta’lim / ekspansiya / konsolidatsiya / boshlang’ich maktab

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bekzod Oybek O’g’li Sanaqulov, Shahriyor Suvon Oʻgʻli Shavqiyev

Ushbu maqolada Yaponiyadagi ta’lim tizimi, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida olib boriladigan pedagogik mahorat hamda yapon ta’lim tizimining yutuqlari oʻzbek taʼlimi bilan bogʻlab oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yaponiya ta’lim tizimi»

Yaponiya ta'lim tizimi

Sanaqulov Bekzod Oybek o'g'li Shahriyor Suvon o'g'li Shavqiyev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Yaponiyadagi ta'lim tizimi, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan pedagogik mahorat hamda yapon ta'lim tizimining yutuqlari o'zbek ta'limi bilan bog'lab o'rganilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, majburiy ta'lim, ekspansiya, konsolidatsiya, boshlang'ich maktab

Japanese education system

Sanakulov Bekzod Oybek oglu Shahriyor Suvon ogfr Shavqiyev Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Abstract: In this article, the educational system in Japan, pedagogical skills in schools and preschools, and the achievements of the Japanese educational system are studied in connection with Uzbek education.

Keywords: education system, compulsory education, expansion, consolidation, primary school

Yaponiya - rivojlanayotgan davlatlar orasida eng oldi o'rinlarda turadi. Har qanday sohada ham boshqa davlatlarga o'rnak bo'la oladigan, tajriba ulasha oladigan mamlakatdir. Jumladan, ta'lim sohasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bugungi kunda ko'pchilik davlatlar yapon ta'limidan qiyos olib o'z ta'lim tizimini yaratishmoqda. Yaponiya ta'limining ustun tarafi shundaki, Yaponiyada tartib birinch o'rinda turadi. Albatta, tartib bo'lmagan joyda ta'lim ham tarbiya ham bo'lmaydi. Biz ham o'z ta'lim tizimimizda shunga alohida e'tibor berishimiz kerak. Yoshlarning tartib-intizomi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning ta'limi, bilim olish darajasi, aqliy salohiyati shu darajada mukammal hamda yuqori bo'ladi. Shuning uchun ham yapon ta'limi dunyo tomonidan tan olingan. Yaponiya ta'lim tizimining yana bir ahamiyatli jihati shundan iboratki, bu yerda o'quvchilar nihoyatda mustaqil hamda o'z fikrlariga ega. Ular o'zlari ta'lim olishga qiziqqan holda har xil kreativ metodlar yordamida darslarda o'z imkoniyatlarini ko'rsatishadi.

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1212

Yaponiyada 1945-yildan hozirgi davrgacha ta'lim islohotlari olib borilmoqda. Mamlakatda 1872-yili "Ta'lim haqida" qonun qabul qilindi. Qonunda yapon ta'limi g'arb ta'limi bilan uyg'unlashtirilgan. Yaponiya konstitutsiyada barcha bolalar bepul umumiy ta'lim olishi shart ekanligi belgilab qo'yilgan. Hozirda yapon ta'lim tizimining tarkibi bog'chalar, boshlang'ich maktab, kichik o'rta maktab, yuqori o'rta maktab, oliy ta'lim tizimlariga kiruvchi oliy o'quv yurtlaridan iborat. Bolalar yoshlariga qarab 1, 2, 3 yillik ta'lim kurslariga jalb qilinadi. Yaponiyada 59, 9% xususiy maktabgacha ta'lim muassasalari mavjud bo'lib, qolgan 40, 8% i davlatnikidir.

Yaponiya ta'limining ustun jihatlari bisyor. Ulardan yana biri o'qituvchilarning maoshi yuqoriligidadir. Bu esa o'qituvchilarga bo'lgan hurmat- e'tiborning bir ko'rinishidir. Darhaqiqat, o'qituvchilarga qancha etibor berilsa ular ham yoshlarga shu darajada e'tiborli hamda o'z ishlariga mas'uliyatli bo'lishadi.

O'zbekiston ta'lim tizimi xorij tajribalariga asoslangan holda amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida Koreya, Yaponiya ta'lim tizimlarini keltirishimiz mumkin. Yangilanayotgan O'zbekistonda ta'lim tizimi yuqori bosqichlarga ko'tarilishiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan "Taraqqiyot" strategiyasi yordam bermoqda.

"Taraqqiyot" strategiyasining 4-bosqichida ta'lim tizimini yanada isloh qilish borasida bir qancha faktlar mavjud. Shu jumlasiga 2025-yilga borib o'qituvchilarning oyligi 1 ming dollarga yetishi ko'zda tutiladi.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 8-oktayabrdagi "O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi" Farmoni imzolandi. Shuningdek 2030-yilga qadar Respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasasi (OTM)ning 85% i jumladan 33 ta oliy ta'lim dargohini kredit-modul tizimiga o'tkazish ko'rsatib o'tildi. Bu kabi ta'lim tizimini yuqori bosqichga ko'tarmay qolmaydi.

Yangilanayotgan O'zbekistonning ta'lim tizimida bo'layotgan o'zgarishlar yoshlar uchun samarali, biz uchun foydali imkoniyatlardan biri bo'lmoqda. Bundan shuni bilishimiz mumkinki Prezidentimiz O'zbekiston yoshlarini hammasii oliy ma'lumotli mutaxassislar, ilmli, vataniga foydasi tegadigan, O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga kutaradigan, ilm-fanning rivojlanishida o'zining hissasini qo'shadigan insonlar yetilib chiqishi uchun harakatdalar va jon kuydirmoqda. Bizning ta'lim tizimimizda rivojlanishlar, o'sishlar ko'p bo'lmoqda. Bu o'zgarishlardan o'qituvchilarimiz ham samarali foydalanmoqdalar. Pedagogik faoliyatni amalga oshirishda o'qituvchilar ham darsga kasbiy, malakaviy tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak. Bu davlat ta'lim tizimida belgilab qo'yilgan. Yoshlarning ilmli, yetuk mutaxassis bo'lib chiqishida ularning o'rni kattadir.

Ta'lim tizimimizni solishtiradigan bo'lsak, Yaponiya va O'zbekiston ta'limi o'rtasida juda katta farqni ko'rishimiz mumkin. Bu yerda bog'cha, maktablar bir-biriga

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1213

uzviy bog'langan. Bog'chadan so'ng 6 yillik boshlang'ich maktab, keyin 3 yillik o'rta maktabga o'tiladi. Keyin esa 3 yillik yuqori maktab, ya'ni bizdagi litseylarga to'g'ri keladi. Ularga imtihon topshirib kiriladi. O'quvchilar juda ham tirishqoq, qattiq o'qishadi, har doim fikr-u xayollari o'qishda bo'ladi. Darsdan tashqari, o'rta maktabdan boshlab, har kuni to'garak-lar ishlaydi. Hatto shanba va yakshanba kuni ham o'quvchilar to'garakka borishadi. Asosan, sport va san'at to'garaklariga qatnashadi. Maktabga kirishda o'quvchilarning alohida oyoq kiyimi bo'ladi. Bundan tashqari, Yaponiya o'quvchilari maktabni o'zlari tozalashadi. O'zlari tozalagandan keyin, albatta, toza saqlashadi. Yana bir farqli jihati shundaki, bitta sinfda o'rtacha 3540 nafar o'quvchi o'qiydi. Buncha o'quvchi bilan ishlash, ularni baholash, albatta, qiyin. Bu ham Yaponiya o'qituvchilarining mahoratidir.

Bizning Yaponiya ta'limidan o'rganadigan narsamiz juda ham ko'p. Eng asosiysi, yuqorida aytib o'tganimdek, tartib-intizomni yo'lga qo'yishimiz kerak. Bu yerda dars boshlanishidan 5 daqiqa oldin o'quvchi, albatta, sinfda bo'lishi lozim. Dars paytida, maktab hududida, yo'laklarda hech qanday o'quvchi tashqarida yurmaydi. Demak, biz eng asosiysi, yaponlardan tartib-intizomni o'rganishimiz kerak. Bundan tashqari o'qituvchilarning o'qitish metodikasi ham o'ziga xos. Yapon ustozlari doimo malaka oshirib borishadi. Ular bizga o'xshab alohida malaka oshirish institutlariga borishmaydi. Aksincha, bir-birlarining darslariga kirib yoki boshqa maktablarga borib kuzatish asosida malaka oshirishadi. Darslardan so'ng esa alohida muhokamalar bo'ladi. Bundan tashqari, Yaponiya o'qituvchilari juda ham mehnatkash, qattiq ishlashadi. Ertalab 7:00 dan ishga kelishsa, qoida bo'yicha 17:00 gacha ishlash kerak bo'lsa-da, ular 19:00 - 20:00 gacha ishlashadi. Yuqori sinf o'qituvchilari 23:00 gacha ham qolib ishlashadi. Yaponiyada o'qituvchilar uchun alohida bayram kuni yo'q. Bu yerda bir kun emas, aksincha har kuni o'qituvchini e'zozlashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

2. Аслонов И. (2022) «Бобурнома» бадиий - психологик тасвир муаммоси объекти сифатида. O'zMU xabarlari. Toshkent - 2022. №1/5.

3. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) The Problem of Artistic - Psychological Image in Boburnoma. Eurasian Scientific Herald. Volume 7| April, 2022. ISSN: 27957365.

4. Aslonov Ilhom Nizomovich. (2022) Appearance of Zahiriddin Muhammad Bobur in "Boburnoma"Central Asian journal of theoretical and applied sciences Volume: 03 Issue: 06 | Jun 2022 ISSN: 2660-5317.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1214

5. Sattorov V. N (2023). Umumiy pedagogika fani taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 710-719. (2023)

6. Sattorov V. N (2023). Umumiy pedagogika fanini o'qitishda inovatsialar. ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES, 3, 734-745 (2023).

7. Sattorov V. N (2022). Methods of shaping the culture of the teacher. Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. vol 3 no. 02. 36-41 (2022). ISSN (online): 2776-0995

8. Sattorov V. N (2023). Indicators of Pedagogical Competence and its Effectivenss. International Journal of Inclusive and Sustainable Education. vol 2 no. 02. 86-88. (2023). ISSN(e): 2833-5414

9. Arapbaeva Damegul Kurbanovna, Amirova Bibisara Aubakirovna. Personal Psychological Adaptation and its Characteristics. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION. VOL. 2. NO 2. 2023. -P. 68-70.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1215

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.