Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING BO’SH VAQTINI SAMARALI TASHKILLASHTIRISH USULLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING BO’SH VAQTINI SAMARALI TASHKILLASHTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim / islohot / bo’sh vaqt / o’quvchi / bo’sh o’zlashtiruvchi / psixologik / faollikni oshirish / jismonan rivojlantirish / texnologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Navbahor Jomurod Qizi Xolboyeva, Ro’Zimurodova E’Zoza Qulmamat Qizi, Artikova Nargiz Shuxratovna

Maqolada hozirgi kunda boshlang’ich ta’lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar , o’quvchilarining bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil etish va ularning faolligini oshirish ,bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning o’z tengdoshlari qatoriga yetib olishiga imkon yaratish va ularni qiziqishlarini hisobga olgan holda to’garaklarga jalb etish , o’quvchini psixologik va jismonan rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni amaliyotga qo’llash tajribalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING BO’SH VAQTINI SAMARALI TASHKILLASHTIRISH USULLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING BO'SH VAQTINI SAMA-RALI TASHKILLASHTIRISH USULLARI

Navbahor Jomurod qizi Xolboyeva, Ro'zimurodova E'zoza Qulmamat qizi

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'imda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi talabalari Ilmiy rahbar Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Artikova Nargiz Shuxratovna

ANNOTATSIYA

Maqolada hozirgi kunda boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar , o'quvchilarining bo'sh vaqtini to'g'ri tashkil etish va ularning faolligini oshirish ,bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarning o'z tengdoshlari qatoriga yetib olish-iga imkon yaratish va ularni qiziqishlarini hisobga olgan holda to'garaklarga jalb etish , o'quvchini psixologik va jismonan rivojlantirishga qaratilgan texnologiyalarni amaliyotga qo'llash tajribalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, islohot, bo'sh vaqt, o'quvchi, bo'sh o'zlashtiruvchi, psixologik, faollikni oshirish, jismonan rivojlantirish, texnologiya.

ABSTRACT

In this article, the reforms implemented in the process of primary education today, the proper organization of pupils' leisure time and increasing their activity,the opportunity for poorly performing pupils to catch up with their peers experiences of creating and involving them in circles taking into account their interests,applying technologies aimed at psychological and physical development of the pupil are presented.

Keywords: primary education, reformation, leisure time, pupil, poorly performing, psychological,increased activity,physical progress,technology.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tarbiya tizimining sifati va samaradorlig-ini oshirish,maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'limda zamonaviy bilim va mala-kalarni shakllantirish,ta'lim tizimi hamda ilm-fan sohasida yangi texnologiyalardan foydalangan holda o'quvchilarga bilim va ko'nikmalar berishga alohida e'tibor qaratilmoqda.PF-6108 "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" farmoniga ko'ra:

-zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan xolda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish,

April 23-24, 2024

174

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

elektron resurslar va masofaviy ta'limni yanada rivojlantirish, ta'lim oluvchilar o'rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;

-ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

-ta'lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta'lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.

Ushbu farmonga muvofiq amalga oshirilgan islohotlardan yana biri shuki, Xalq ta'limi vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda 2022/2023 o'quv yilida o'quvchilar bilimini baholash jarayonini raqamlashtirish va shaffofligini ta'minlash maqsadida barcha umumta'lim muassasalari "Elektron kundalik" dasturi-ga o'tdi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashab-busi va rahbarligida "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning tar-aqqiyot strategiyasi to'g'risida" farmoni "Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo'nalish asosida yoshlarning faolligini,tashabbusini qo'llab-quvvatlash, respublikan-ing olis hududlaridagi uyushmagan yoshlar orasidan iqtidorlilarni aniqlash, ularning bo'sh vaqtini samarali va tizimli tashkil etish yuzasidan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha qabul qilingan "Besh tashabbus", Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi, 2019-yil 31-dekabrda qabul qilingan "Uzluksiz ma'naviy tarbiya" konsepsiyasi - bu-larning barchasi yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va milliy ongni shakllantirish uchun qilinayotgan ishlardir. Bu islohotlar fuqarolarning ijtimoiy faol bo'lishlari hamda ularning jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etishlariga erishish ertangi taraqqiyotni ta'minlovchi muhim omil deya baholandi.Shu sababli,inson bo'sh vaqtini unumli va oqilona fodalanishi muhimdir. Bunda san'at,texnika,sport,tabiat bi-lan,shuningdek boshqa odamlar bilan muloqot qilish kabi ijodiy bajarishlar ko'zda tutiladi. Zamonaviy pedagogika nazariyasida insonning ma'naviy dunyo qarashini kengaytirishga alohida e'tibor berilib,uning asosiy tamoillari qiziqish tamoili va bir-galikdagi faoliyat tamoili hisoblanadi.

"Bo'sh vaqt" so'zi erkin yoki qulay vaqt ma'nosi bilan Rossiyada XV asrning o'rtalarida ishlatilgan. Slavyan etimologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda, shuningdek, bir qator izohli lug'atlarda "bo'sh vaqt" so'zi juda keng talqin etiladi va maqsadga

April 23-24, 2024

175

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

ichirchiaäavlaLBSdägogika-anivsrsitei^—^^^^ai^i^^ioioi^is^akiikääiäg^^iämäss^^

erishish uchun yetarli vaqtni anglatadi.

Zamonaviy nazariya va amaliyotda "bo'sh vaqt" atamasi ko'pincha quyidagi ma'nolarda qo'llaniladi:

1) madaniyat va aql yuqori daraja bilan bog'liq tafakkur sifatida dam olish. Ush-bu konsepsiyada dam olish odatda insonning biror narsa qiladigan samaradorligi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladi;

2) faoliyat sifatida dam olish. Odatda ishlamaydigan faoliyat sifatida tavsifla-nadi. Bo'sh vaqtning bu ta'rifi o'z-o'zini dolzarb qadriyatlarini o'z ichiga oladi;

3) bo'sh vaqtni tanlov vaqti sifatida tushunish. Bu vaqtdan turli yo'llar bilan foydalanish mumkin va u ish bilan bog'liq yoki unga bog'liq bo'lmagan faoliyatlar uchun foydalanish mumkin, ya'ni bo'sh vaqt inson o'z mas'uliyati bo'lmagan narsa bilan mashg'ul bo'lgan vaqt deb hisoblan

Bugungi kunda oilada ota ham ona ham o'z yumushlari bilan band bo'lib far-zand tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajratishmayapdi. Bu esa yoshlarning telefon va onlayn o'yinlarga bog'lanib qolishiga sabab bo'lmoqda.Bu yoshlarning bo'sh vaqtini behuda sarflashiga olib kelmoqda.Zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir vaq-tda ota-ona va o'qituvchidan ham bolalarning vaqtini to'g'ri taqsimlash va ularni komil inson bo'lib yetishishiga alohida etibor qaratishni talab etadi.Har bir o'qituvchidan boshlang'ich sinfdanoq o'quvchilarning qiziqishlarini to'g'ri aniqlay olishi, ularning qobilyatlarini hisobga olib to'g'ri yo'nalish berishi talab etiladi.Ularni san'at, ta'biat, mehnat,sport kabi mashg'ulotlarga qiziqtirib kitobsevarlik ruhida tarbiyalash muhim hisoblanadi. Bilamizki har bir sinfda ilg'or va bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bo'ladi.Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan sinfdan tashqari qo'shimcha darslar olib borilishi maqsadga muvofiqdir.Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni faolligini oshirish va ularni aniqlash uchun o'qituvchi muntazam monitoring qilib borishi,o'quvchilarga qiynalayotgan fanidan qo'shimcha daftar tutdiri-shi,shuningdek o'quvchilarda bo'layotgan ijobiy o'zgarishlarni rag'batlantirib borishi muhimdir.

Ta'lim-tarbiya jarayoni markazida o'quvchi shaxsi turar ekan, o'qituvchi bolaning aqliy imkoniyati, qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olishi zarur. -

40-45 daqiqalik dars faqat faol o'quvchilarni qondira oladi. Har bir o'quvchining in-dividual-psixik taraqqiyot yo'llarini chuqur bilish, bola qalbiga yo'l topa olish uchun boshlang'ich sinf fanlariga fanga oid qo'shimcha darslar tashkil qilish samarali natija beradi.

Fanga oid qo'shimcha dars o'quvchilar uchun quyidagicha tashkil

qilinadi:

1. O'quvchining qiziqishiga qarab.

April 23-24, 2024

176

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

2. Bo'shliqlarni to'ldirish maqsadida

3. Bo'sh o'zlashtiruvchi bolalar uchun.

4. Iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash maqsadida.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohot-larning barchasi samarali ta'lim tizimini tashkil etishga hamda yoshlarning bo'sh vaq-tini samarali tashkil etishga qaratilgan.Boshlang'ich sinf o'quvchilarida esa bo'sh vaqtni shakllantirishda o'qituvchi va ota ona hamkorligi ustundir.Chunki bola makta-bga chiqqanda o'yin bilan bog'liq faoliyati va qiziqishlari o'qishga va boshqa turli fanlarga o'zgarib boradi.Bolada konkret fikr va qiziqish orta boshlaydi.O'qituvchi o'z vaqtida bolaning qiziqishlarini aniqlay olishi uni qay darajada o'zlashtira olayotgani-dan habardor bo'lishi kerak.O'sish bilan birga boshlang'ich sinf o'quvchilarida rivojlanish va ilg'ab olish ham yuqori bo'ladi.Shu sababli ularni jismonan va psixik zo'riqtirmagan holda sport ya'ni suzish,gimnastika,shaxmat yoki san'at,turli xil cholg'u asboblarini chalish,rasm chizish, ingliz tili, mental arifmetika kabi to'garaklarga jalb etish ularning bo'sh vaqtini foydali va unumli o'tishiga olib ke-ladi.Asosan,bunday to'garaklarni ko'pchiligida ilg'or o'quvchilar tashkil etadi.

O'zlashtirishi orqada bo'lgan yoki oilaviy sharoiti yomon bo'lgan o'quvchilar bilan o'qituvchining o'zi shug'ullanishi foydaliroqdir.Masalan,o'qish tezligida muammo bo'lgan o'quvchiga vaqtga qo'yib o'qitishlar orqali yoki ertakni aytib ber-ishini so'rab rivojlantirish hamda uni o'z tengdoshlari qatoriga yetkazish mum-kin.Shu tariqa o'quvchidagi bo'shliqlar to'ldirilib boriladi. Bunday o'quvchilarni kamchiligi uchun hammani oldida urushish yoki kamsitish umuman to'g'ri emas.Ularni tez-tez rag'batlantirilib turilishi o'zlariga bo'lgan ishonchni ortishiga olib keladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.11.2020 yildagi PF-6108-son

2. Intizor Jumaniyozova. "Boshlangich ta'lim jurnali.2022-yil 8-apreldagi soni. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". 1997. - 31-60-betlar.

3. Suvonov O.va boshqalar. «Pedagogik texnologiyalarni qo'llash davr taqozosi». «Xalq ta'limi», 2004 yil, № 5.

4. Mavlonova. A.R."Umumiy pedagogika".166-bet

177

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.