Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
MAKTABGACHA TA'LIMGA QO'YILADIGAN DAVLAT TALABLARI
Ma'mura Fayzirahmon qizi Tojimurodova Dilso'z Komiljon qizi Juraeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til (ingliz tili) yo'nalishi 2- kurs talabalari Ilmiy rahbar Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi o'qituvchisi Artikova Nargiz Shuxratovna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarini kelib chiqish tarixi,tarqalishi va rivojlanish asoslari to'g'risida batafsil ma'lumotlar berib o'tilgan.Shuningdek davlatimiz rahbarini Maktabgacha ta'lim sohasi bilan bog'liq imzolagan qarorlari ko'rsatilgan.Ushbu sohaga kiritilgan o'zgarishlar va davlat tomonida berilayotkan e'tibor yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim muassasasi, davlat ,"Yo'l xaritasi".
Kirish. Insonni har tomonlama barkamol trabiya etish,jamiyat oldidagi eng dolzarb masala sifatida qaralib,xalqimizning azaliy orzusi bo'lib,ajdodlarimiz ma'rifat,ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o„rgatish,ularni komillikka yetaklash yo'llari,qonun-qoidalarini mutassil izlaganlar.Yosh avlodni barkamol va yetuk bilimli bo'lib ulg'ayishida maktabgacha ta'lim muassasalari katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha ta'lim muassasasi, shuningdek, bolalar bog'chasi, boshlang'ich maktab yoki o'yin maktabi sifatida ham tanilgan, bolalarga boshlang'ich maktabda majburiy ta'limni boshlashdan oldin erta bolalik davridagi ta'limni taklif qiladigan ta'lim muassasasi. U davlat yoki xususiy bo'lishi mumkin va davlat mablag'lari hisobidan subsidiyalanadi.maktabgacha ta'lim muassasalarini o'z paydo bo'lish tarixi bor, Maktab uyda o'qish va yozishni o'rgangan bolalar uchun cheklangan davrda yetim bolalar yoki fabrikalarda ishlaydigan ayollarning bolalari uchun o'quv maskanini ochishga urinishlar ko'p bo'lgan.
1779-yilda Iogann Fridrix Oberlin va Luiza Scheppler Strassburgda ota-onalari kun davomida bo'lmagan maktabgacha yoshdagi bolalarga g'amxo'rlik qilish va o'qitish uchun dastlabki muassasaga asos solishdi. Taxminan bir vaqtning o'zida, 1780-yilda, xuddi shunday chaqaloqlar muassasalari Bavariyada tashkil etilgan 1802-yilda Pauline zur Lippe Detmoldda maktabgacha ta'lim markazini tashkil etdi.1816-yilda faylasuf va pedagog Robert Ouen Shotlandiyaning Nyu-Lanark shahrida
395
^23-2V2024_ International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
birinchi ingliz va ehtimol global miqyosda birinchi chaqaloqlar maktabini ochdi. Ouen tegirmon kooperativlari bilan birgalikda bolalaring har qanday mehnatga layoqatli bo'lishlari uchun bolalarga yaxshi axloqiy ta'lim berishni xohladi. Uning tizimi asosan savodxonlik va hisob-kitoblarga ega bo'lgan itoatkor bolalarni voyaga yetkazishda muvaffaqiyat qozondi. Samuel Uilderspin 1819-yilda Londonda o'zining birinchi bolalar maktabini ochdi va yana yuzlab maktablarni tashkil etdi. U ushbu mavzu bo'yicha ko'plab asarlar nashr etdi va uning ishi butun Angliya va undan uzoqdagi bolalar maktablari uchun namuna bo'ldi.
Maktabgacha ta'limga davlat tomonidan katta ahamiyat berilmoqda. maktabgacha ta'lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish tizimi isloh qilindi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim tizimi qayta ko'rib chiqildi, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limning ikki pog'onali tizimi joriy etildi. Maktabgacha ta'lim. Uzluksiz ta'lim tizimining birlamchi bo'g'ini hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog'lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g'oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlatimiz rahbari O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Maqsadimiz kelgusi 3-4 yilda mamlakatimizdagi bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga to'liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz", - deb ta'kidlagan edi.
Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko'rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo'ldi.
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko'rsatmoqda.
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish,bolalarning sifatli matabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash,maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida,shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq:
1. Quyidagilar:
396
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
• O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o'rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda:
• maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
• bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
Boshlang'ich maktabga rasmiy kirishdan bir yil oldin maktabgacha ta'lim muassasalarida ishtirok etish darajasi ta'sirchan 72% ni tashkil etadi, bunda mintaqaviy va gender nomutanosibligi past. Bu yaqinda qabul qilingan "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonun (2019-yil) bilan mustahkamlangan, davlatning majburiy bepul maktabgacha ta'limni ta'minlashga bo'lgan qat'iy intilishidan dalolatdir. Shu bilan birga, davlatning namunali majburiyatidan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim muassasalariga davomatni besh yoshga yetkazish bo'yicha keyingi ishlarni amalga oshirish talab etiladi.Ushbu sohaga e'tiborni kuchaytirish lozim,chunki davlatning kelajagi yoshlar qo'lida.
REFERENCES
l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi
3.Lex.uz
397
April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference