Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA‟LIMDA INGLIZ TILINI O„QITISH METODIKASI'

MAKTABGACHA TA‟LIMDA INGLIZ TILINI O„QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA‟LIMDA INGLIZ TILINI O„QITISH METODIKASI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

MAKTABGACHA TA'LIMDA INGLIZ TILINI O'QITISH METODIKASI

A. E. Sadaddinov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi

A. M. Mirislomova

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi, O'zbekiston

XXI asr rivojlanish davri bo'lib, so'nggi yillarda chet tillariga bo'lgan qiziqish keskin oshib borganligi sabab, har bir davlat tashkilotlari, ta'lim muassasalari hamda maktabgacha ta'lim tizimida mazkur yo'nalish bo'yicha yetuk kadr bolish uchun ma'lum bir darajaga erishish talab etilmoqda. Ilgari chet tilini o'qitish yuqori sinflardagina joriy etilgan bolsa endilikda maktabgacha ta'limdan yuqori ta'lim muassalarigacha fan sifatida ta'lim tizimiga olib kirish yo'lga qo'yildi. Hozirgi zamon talabi ommaviy axborot va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi oqibatida maktabgacha ta'limda tahsil olayotgan bolalarning ingliz tiliga bo'lgan qiziqishi ijtimoiy tarmoqlar negizida filmlar, multfilm yoki ko'rsatuvlari orqali paydo bo'lmoqda. Ota-onalar endilikda bolalarga ingliz tilini o'rganishlari uchun erta talim tarbiyani boshlashmoqdalar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.05.2019-yildagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash togrisida"gi PQ-4312 sonli qaroriga muvoffiq "O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi[1:13-14]. Maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yinlar rasmlar va turli jihozlar vositasida diqqatni, xotirasini va idrokini shakllantirish orqali bolalar bu jarayonlar vaqtida o'zlarini erkin his etadilar. Jarayon vaqtida bola o'yinga qiziqib ketganligi tufayli turli ma'lumotlarni qabul qilishi oson boladi.

O'zbekistonning turli hududlarida ko'plab maktabgacha ta'lim dargohlari mavjud bolib, ammo ularning barchasida ham bolalarning til bilish darajasini oshirib bera oladigan kadrlar yo'qligi afsuski topiladi. Maktabgacha ta'limda faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim darajasi yetarli emasligi, hamda bolalarga ta'lim berish uchun yetarli malakasi yo'qligi, sababli ko'pgina tuman va shaharlarning maktabgacha ta'lim tizimida bir qator o'zgarishlar kuzatilmoqda.

371

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko'rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo'ldi.

F.A.Ismatovaning "Maktabgacha ta'limda bolalar uchun chet tillarini o'qitish metodlari hamda ulardan foydalanish usullari" nomli maqolasida ushbu fikrlar bildirib o'tilgan: "Yana bir samarali metodlardan biri bu ularning o'zlari yoqtirgan va sevib o'ynaydigan narsalaridan foydalangan holda o'rgatishdir. Ma'lumki, ota-ona farzandi uchun kerakli birinchi raqamli shaxslardir. Shu uchun ham ularning ta'lim-tarbiyasi hamda bilim olishlari uchun avvalo ular javobgar hisoblanishadi. Shuningdek, ularda ilk qiziqishni uyg'otish, ma'lum bir yo'nalish tomoga boshlash uchun ham ularning ahamiyati kattadir. Bunda biz ko'rishimiz mumkinki, bola o'zning sevimli o'yinchog'iga yoki kitobiga qiziqishi boshqa narsalardan ko'ra ko'proq biladi. Bu orqali esa bola yangi so'z yoki terminni o'rganyotgan vaqtda, o'sha yoqtirgan narsasini o'rganadi[2:6].

Maktabgacha yoshdagi bolalarni chet tiliga o'qitishning asosiy vazifalari:

Bolalarda chet tilidagi boshlangich muloqatlarga bo'lgan qobiliyatini yaratish.

O'z darajasiga erishish hayotiy aloqalarda fikrlarini va hissiyotlarini erkin ifoda etish uchun ingliz tilida foydalama olish qobiliyatini yaratish.

Ingliz tilini chuqur organishga ijodiy munosabatni shakillantirish.

Chet davlarlar uruf-odati madaniyatiga bo'lgan qiziqishini oshirish.

Shu bilan birga, olib borilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrovini ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to'ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarur ekanligi yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Z. Shukurova va ShJuramurodovaning "Teaching English Language to PreSchool Children With Special Educational Needs And Demands" maqolasida maktabgacha ta'limda ingliz tilini o'qitishga o'z fikrlarini quyidagicha bayon etishgan: "Firstly, users are able to realize the meaning of "Special educational needs and demands'' in teaching very young learners in the duration of studying them deeply. Special educational needs are covered with video materials, visualized aids, pictures, pictures-book, pictures-dictionary and flashcards. [3:169-170]

Maktabgacha yoshdagi bolalarning aksariyatini 3 yoshdan to 6 yoshgacha bo'lgan bolalar tashkil etadi. Bu yoshdagi bolalarnin nutq faoliyati rivojlangani sababli ularga ingliz tilini o'rgatish qiyin bo'lmaydi. Buning uchun kichik yoshdagi bolalarga rangli, ko'rgazmali o'yinlar o'ynatish tavsiya etiladi. Bunga misol

372

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

tariqasida har bir bolaning oldiga turli mevalar qo'yilsa va bolalar bu mevalarni qo'llar orqali ushlab ko'rib uning nomini ingliz tilida aytishi kerak bo'ladi va rag'batlantirish maqsadida qaysi bola mevani nomini ingliz tilida to'g'ri ayta olsa o' sha bolani turli mevalar bilan rag'batlantirishni keltira olamiz.

Chet tilini o'rgatish har qanday kichik yoshdagi bola uchun juda ham yosh davrlardan boshlash ma'qul hisoblanadi. Kichik yoshdagi bolalarning miyya faoliyati to'xtovsiz o'sish rivojlanishda davom etayotgani uchun ular miyya faoliyati to'liq shakllanib bo'lgan, katta shaxslarga nisbatan yangi ma'lumotni ancha tezroq qabul qilish qobiliyatiga egadirlar. Ushbu o'ziga xosliklarni inobatga olgan holda darsni rejalashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki maktabgacha ta'limda ingliz tilini o qitish juda muhim hisoblanadi. Chunki bolalarda tilga bo'lgan qiziqish qancha erta boshlansa yosh avlod vakillarining kelgusi hayotida o'sib borishlari uchun poydevor bo'ladi hamda maktabgacha ta'limning ingliz tilini o'rganishga qiziqish oshadi.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PQ-4312-sonli qarori, b.13-14.

2. F.A.Ismatova, D.O.Xakimova, D.X.Qodirova. Maktabgacha ta'limda bolalar uchun chet tillarini o'qitish metodlari hamda ulardan foydalanish usullari;.2022. b.6

3. Zumratkhon Shukurova. 2019. Teaching English Language To Pre-School

4. Children With Special Educational Needs And Demands, Journal of Foreign

5. Language Teaching and Applied Linguisticsp.169-170.

373

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.