Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TARBIYACHI-PEDAGOG OBRAZI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TARBIYACHI-PEDAGOG OBRAZI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / tarbiya / fasilitator / pedagogik jarayon / pedagogik mahorat / kuzatish / ta’lim sifati.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qalandarova Anorxon Soliyevna, Akramova Nodira Farxadovna, Sulaymonova Mashhura G’Ulomovna

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini oshirishda tarbiyachi-pedagogning o’rni, bolalarni rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, bola faoliyatini tashkil etish borasida fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA TARBIYACHI-PEDAGOG OBRAZI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA TARBIYACHI-PEDAGOG OBRAZI

1Qalandarova Anorxon Soliyevna, 2Akramova Nodira Farxadovna, 3Sulaymonova

Mashhura G'ulomovna

1Farg'ona viloyati, Furqat tumani, 28-DMTT direktori, 2Toshkent viloyati, Bekobod tumani, 1-DMTT direktori, 3Jizzax viloyati, Baxmal tumani, 12-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11274718

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini oshirishda tarbiyachi-pedagogning o'rni, bolalarni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari, bola faoliyatini tashkil etish borasida fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, tarbiya, fasilitator, pedagogik jarayon, pedagogik mahorat, kuzatish, ta'lim sifati.

Dunyoda juda ko'p kasblar mavjud va ular orasida bir kasb borki, bu eng murakkab va qiziqarli kasblardan biri - tarbiyachilik kasbidir. Tarbiyachilik nafaqat kasb, balki maxsus mahoratdir. Yaxshi tarbiyachi bo'lish nimani anglatadi? Bu juda murakkab masala bo'lib, u batafsil ko'rib chiqiqshni talab qiladi. Pedagogik mahorat insonning shaxsiy fazilatlariga bog'liq. Bolalarning sevgisi tarbiyachining eng muhim professional xususiyati hisoblanadi bu tarbiyachi bilishi kerak bo'lgan eng muhim sifatdir.

Tarbiyachi-pedagog bolalar va ularning ota-onalari uchun katta ahamiyatga ega shaxs. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bola tarbiyachiga himoyachi, yordamchi, har doim qanday harakat qilish yoki qilmaslik haqida yo'naltiradigan kishi sifatida qaraydi. Shuning uchun, tarbiyachi bolalarga bo'lgan muhabbatdan tashqari, bir nechta fazilatlarga ega bo'lishi kerak: intizom, ma'suliyat, mehnatsevarlik, samaradorlik, qat'iyatlilik, o'zinga va bolalarga maqsad qo'yish qobiliyati. Maktabgacha ta'lim va tarbiya bu mas'uliyatli jarayon. Tarbiyachining bolalar bilan o'zaro munosabatlarida bolaning shaxsiyati rivojlanadi bu yerda ko'p narsa tarbiyachiga bog'liq. Chunki, maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar hayotining muhim qismini o'tkazadilar. Bolalar bilan ishlashda tarbiyachi ko'plab rollarga ega masalan tarbiyachi-maslahatchi, tarbiyachi-yordamchi, tarbiyachi-do'st, tarbiyachi-ikkinchi ona vazifasida bo'lmog'I maqsadga muvofiq. Tarbiyachi har qanday holatda muammoni bartaraf etishda yordamchi obrazida: mashg'ulot paytida yoki o'yin davomida, sayr davomida bolada muammo bo'lishi mumkin. Misol uchun: bola topa olmaydi yoki tuflisini ipini bog'lay olmaydi, ismni qog'ozga yopishtira olmaydi. Yoki biror bir o'yinchoq qayerda ekanligini bilmasa tarbiyachi bolaning murojaat qiladigan birinchi shaxsidir. Faqat tarbiyachi sabr-toqati va sevgisi bolaga bu kichik mo'jiza uchun juda zarur bo'lgan o'ziga ishonch, xotirjamlilik va quvonch keltiradi. Tarbiyachi bolaga do'stdir, u bola bilan bir xil darajada muloqot qiladi, unga ishonch va hurmat bag'ishlaydi, bola bilan do'stlashadi.

Bolalar uch yoshda maktabgacha ta'lim tashkilotiga kelishadi. Bu bola uchun butunlay boshqacha, yangi dunyoda o'zini topishi kerak, u yerda hamma narsa bola uchun noma'lum. Tarbiyachining faqat o'tkir ko'zlari bu vaziyatni tushunishga yordam beradi. Tarbiyachi juda ko'p rollarga ega shuning uchun, har bir bolaning hayotida tarbiyachining roli muhim va bebahodir. Bolani to'g'ri tarbiyalash uchun har bir bolaning psixologik va individual xususiyatlarini hisobga olish kerak. Tarbiyachi guruhda fasilitator bo'lishi kerak. Fasilitator so'zi-yo'l boshlovchi degan ma'noni anglatadi. Fasilitator bilimli, iqtidorli psixolog, rassom, aktyor bo'lishi lozim. Boladagi muammolarni o'z vaqtida aniqlab bu muammolarning yechimini topishi lozim. Bolani subyekt

o'rnida ko'ra olib bolani fikrini uyg'ota bilishi kerak. Fasilitator bolaning ko'ziga ko'proq qarab turishi kerak shunda bolada ishonch uyg'onadi. Bolaning o'zida bo'lgan bilimini ishtiyoqini, qiziqishlarini uyg'ota bilishi kerak ekan. Chunki bola mustaqil ravishda o'z bilimini kashf eta oladi va bu narsaga qodir. Bola o'zini muvaffaqiyatli his eta olishida fasilitatorning roli muhim ahamiyatga ega. Fasilitator mahoratli, ma'naviyatli, madaniyatli, nutqi ravon, bolaga to'g'ri savol tuzishni, to'g'ri maqsad qo'yishni bilishi kerak. Bola bilan ko'proq muloqotda bo'lishi kerak. Muammoli savol tashlab bolalarni fikrlash qobiliyatini rivojlantira olishi kerak. Bolani o'z istagiga ko'ra beshta markazga to'g'ri yo'naltira olishi kerak. Masalan: musiqaga qiziqadigan bola matematikaga qiziqmaydi tarbiyachi ijodkorlik qobiliyatini ishga solib bolani musiqa markazidan matematika markaziga qiziqtira olishi kerak. Yoki matematika markazi orqali, fan va tabiatga qiziqtira olishni bilishi kerak. Tarbiyachi-pedagog, bolani kichik yoshidanoq o'zini analiz qilishga o'rgata olishi kerak.

Pedagogik tadqiqotlar tizimida ta'lim sifatini oshirish jarayonida tarbiyachi-pedagogning o'rni nihoyatda muhim. Tarbiyachi-pedagog ta'lim va tarbiya jarayonida samaradorlikni oshirishda bir qancha usullardan foydalanadi:

1) Kuzatish usuli bolaning turli xil faoliyatlarda ta'lim olishi va o'zini tutishi haqida aniq va obyektiv ma'lumot yig'ishga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, mazkur jarayon maqsadli yo'naltirilgan, doimiy, obyektiv, integrallashgan, refleksiv, tavsifiy va ishonchli bo'lishi lozim. Bolalarni kuzatishda bola shaxsi noyobligi va yaxlitligini hurmat qilish, uning individual o'ziga xos xususiyatlarini tushunish, mustaqil harakat qilishga, xatolikka yo'l qo'yish ehtimoli bo'lgan taqdirda ham bolaning bunga haqli ekanligini tan olish muhim ahamiyatga ega. Kuzatish har doim aniq maqsadga ega va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun maxsus reja bo'lishi zarur. Pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatishni tashkil etishda kuzatuvchidan tartiblilik, ehtiyotkorlik va aniqlik talab etiladi. Mazkur usul orqali eng kam vaqt sarflagan holda bola haqida katta miqdordagi ma'lumotlarni olish mumkin.

2) Maktabgacha ta'limda ta'lim sifatini baholashda maktabgacha yoshdagi bola portfoliosi usulidan ham foydalaniladi. Portfolio - bu materiallar yig'indisi bo'lib: rasmlar, hikoyalar, bajarilgan topshiriq natijalari, fotolavhalar, ibora, so'z birikmalari, fikr, mulohaza yozilgan qaydnomalarni o'z ichiga oladi. Bu yig'ma materiallar bola tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va malakalarning hayotiy sharoitlarda qo'llay olinishi haqida tasavvur beradi. Portfolio bola rivojlanish istiqbolini tahlil qilish va baholash uchun qo'shimcha ma'lumotlar manbasi sifatida qo'llaniladi. Bola portfoliosini yaratishda kuzatuv va qaydnomaga tegishli yozuv va belgilar kiritiladi. Portfolio texnologiyasini qo'llash pedagog uchun oila bilan maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligini tashkil qilish imkoniyatini yaratadi. Aniq o'yinli mashq, ijodiy topshiriqlardan foydalanib, bolaning mustaqil faoliyatini kuzatish asosida pedagog har bir bola rivojlanishining individual ta'lim yo'nalishini belgilaydi hamda ota-onalarga ta'limiy va tarbiyaviy jarayonning to'laqonli ishtirokchisi bo'lishi mumkinligini yetkazib beradi. Portfolio bo'limlari asta-sekinlik bilan, maktabgacha yoshdagi bolaning imkoniyatlari va erishgan yutuqlariga muvofiq to'ldirib boriladi.

3) Pedagogik hodisa to'g'risida ma'lumot olish, ta'lim-tarbiya jarayonining dolzarb muammolarini hal qilish usullari to'g'risida xulosalar chiqarishga yordam beradigan vositalardan biri bu ekspert usulidir. Ekspert usuli - bu murakkab pedagogik muammolarni har tomonlama o'rganish, tahlil qilishga imkon beradigan yondoshuvlardan biri bo'lib, u to'g'ri boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yordam beradi. Mazkur usulda pedagogik jarayon mutaxassislar tomonidan sifat va miqdoriy jihatdan baholash orqali tahlil qilinadi va natijalar qayta ishlanadi.

Ekspert baholash usuli asosan murakkab pedagogik jarayonlar, hodisalar yoki vaziyatlarni tahlil qilishga imkon beradi.

O'zbekistonning kelajak taraqqiyoti, salohiyati, bolalarga maktabgacha ta'lim yoshidanoq maqsadli ravishda ta'lim-tarbiya berish, rivojlantirish va maktabga tayyorlashga ko'p jihatdan bog'liqdir. Hozirgi kunda bolalarning maktabga tayyorgarlik darajalariga qo'yilayotgan jiddiy talablar bu borada zaruriy, nazariy va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Xulosa qilib aytsak, maktabgacha ta'limda ta'lim va tarbiya sifatini oshirish, pedagogik jarayonlarni samarali tashkil etish va olib borish tarbiyachi-pedagog mahoratiga bog'liq. U bolaga samimiy muhitni yaratib bera olishi bilan birga tarbiyachi-pedagogning yuz ifodasi muloyim, samimiy, bolalarga doim tabassum qila olishni bilishi kerak, ovoz ohangi baland bo'lmasligi kerak. Bolalarga soyabon kabi bo'lib issiq-sovuqdan asray olsa, oltin qoidalarga amal qilib ishlasa, bunday bolalardan kelgusida buyuk allomalar Alisher Navoiylar, Ibn Sinolar, Zamaxshariylar, Zulfiyaxonimlar yetishib chiqadi.

REFERENCES

1. Djurayev R.X., Tolipov O'.Q. va boshq. Pedagogik atamalar lug'ati. Toshkent, Fan, 2008. 198 b.

2. Крулехт М.В., Тельнюк И.В. Экспертные оценки в образовании: / Учебное пособие. -М.: Академия, 2002. - 112 с.

3. Bolotina.L.R., Komarova.T.S., Baranov S.P. Maktabgacha pedagogika. 2001 y.

4. Davletshin M.G., To'ychiyeva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002 y.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.