Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI AMALGA OSHIRISHDA TARBIYACHINING ROLI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI AMALGA OSHIRISHDA TARBIYACHINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
692
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiyachi / tarbiyalanuvchi / psixologik-pedagogik diagnostika / metod / faoliyat / test / jarayon / o’quv material / texnologiya. / Educator / student / psychological-pedagogical diagnosis / method / activity / test / process / educational material / technology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Niyozova, Maftuna Normaxmat Qizi

Ushbu maqola maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik diagnostika ishlarini amalga oshirishda tarbiyachining vazifalari, bolalar bilan ishlashda diagnostikaning o’rni, ahamiyati haqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE TEACHER IN IMPLEMENTING PEDAGOGICAL DIAGNOSTICS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article describes the tasks of educators in the implementation of pedagogical diagnostics in preschool educational organizations, the role and importance of diagnostics in working with children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI AMALGA OSHIRISHDA TARBIYACHINING ROLI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANI AMALGA OSHIRISHDA TARBIYACHINING ROLI

Niyozova Maftuna Normaxmat qizi

Termiz davlat universiteti, Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi maftuuun93@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik diagnostika ishlarini amalga oshirishda tarbiyachining vazifalari, bolalar bilan ishlashda diagnostikaning o'rni, ahamiyati haqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, psixologik-pedagogik diagnostika, metod, faoliyat, test, jarayon, o'quv material, texnologiya.

This article describes the tasks of educators in the implementation of pedagogical diagnostics in preschool educational organizations, the role and importance of diagnostics in working with children.

Key words: Educator, student, psychological-pedagogical diagnosis, method, activity, test, process, educational material, technology.

Maktabgacha ta'lim sohasi uzluksiz ta'lim tizimining dastlabki bo'g'ini bo'lishi bilan birga keyingi ta'lim tizimida, bolani maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda aynan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas bo'lagiga, ta'bir joiz bo'lsa, uning debochasiga aylangan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o'zlashtirishi, maktabga moslashuvining yengil o'tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta'lim tashkilotiga jalb etilganligi, ta'limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir.

Muxtasar aytganda, maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg'otadi, tizimli o'qitishga tayyorlab boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharotlar yaratish, ularga maktabgacha yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs bo'lib shakllanishida muhim o'rin tutadi.

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Bugungi kunda psixologik pedagogik diagnostikaning o'rni, ahamiyati qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi. Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo'ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo'sh yoki muvaffaqiyatli o'rinlarni belgilab olish - faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish pedagogik diagnostika deyiladi.

Pedagogik diagnostika ta'lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo'lib, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar mustahkamlanib, yo'l qo'yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh strategik yo'nalishlar belgilab olinmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'lumki, bolaning bilimi, malaka va ko'nikmalarini o'lchash va tashxislash pedagogik diagnostikaning vazifasidir. Mana shu maqsadni ro'yobga chiqarish yo'l-yo'riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim masalalardan biridir. Diagnostika maktabgacha ta'limga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofiq, o'quv yilining o'rtasida va oxirida amalga oshiriladi.

Tarbiyachi - pedagoglar dasturning barcha bo'lim va yo'nalishlarida olib borilgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan musiqa xodimlari, jismoniy tarbiya yo'riqchisi, defektolog, psixolog va boshqa mutaxasisslar o'z yo'nalishlari bo'yicha diagnostik tadqiqot olib boradilar.

Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o'z tarbiyachilarini yaxshi bilishga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo'llashga bog'liq harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida shaxs aksentuatsiyasining turli ko'rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to'g'ri keladi.

Zamonaviy pedagogik diagnostika bolalarning atrof-muhitga munosabatini baholash uchun bir qator metodikalardan foydalanishni, shu jumladan, guruhdagi o'rtoqlariga nisbatan emotsional xayrixohlikni, bolalar jamoasining yetukligini va shular asosida mazkur guruhda tarbiya dasturlari tuzishni ko'zda tutadi. Shunday qilib, tarbiyachi tomonidan mavjud metodikalar asosida bolalarni o'rganish va metodik apparatning keyingi rivoji yagona maqsad emas, balki jamoa rivojlanishining omili hisoblanadi. Hozirgi sharoitda bolalar jamoasidagi o'quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishning muhim yo'li uni pedagogik diagnostika

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

asosiga qurish hisoblanadi. Pedagoglar bolalami bilishi, rejalashtirilgan o'quv-tarbiyaviy jarayonga diagnostik komponentni kiritishi bilan amalga oshiradi.

Diagnostika bolalarning boshqa bolalarga nisbatan munosabatlarni aniqlash uchun metodika asosida test olishni ko'zda tutadi.

Demak, diagnostika - bu o'sib kelayotgan odamning mikromuhit bilan munosabatlaridagi muammolarni aniqlash. Diagnostika pedagogik jarayonni gumanizatsiyalash dasturiga kiritilgan. Diagnostik faoliyatning maqsadi tarbiyachiga pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish va baholash mezonlarini belgilashga, muammolarni oson hal qilish yo'llarini aniqlashga, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga faoliyatini boshqarishga va o'zining kasbiy faoliyatini tuzatishga, pedagogik o'zaro ta'sir samaradorligini baholashga imkon beruvchi yaxlit axborotni aniqlashdan iborat.

Pedagogik diagnostika - pedagog shaxsi va u bilan muloqotga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini tahlil qilish va tavsiyalar berish jarayoni. O'zining ish faoliyatida integral pedagogik diagnostikadan foydalangan tarbiyachi zudlik bilan hal etilishni talab qilayotgan va ayni paytda bir necha muddatga ortga surilgan o'quv-tarbiyaviy vazifalarni uddalash imkoniga ega bo'ladi. O'zi ishlayotgan guruhni to'liq o'rganish tarbiyachi uchun muhim hisoblanadi.

Bolalar jamoasini o'rganayotgan tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etadi: Jamoaning o'sib borishi haqida to'liq ma'lumot olish, jamoaning o'sish darajasi o'zgarib borishiga mos holda pedagog tomonidan o'z ishining mazmuni, shakli, metodi va uslubini pedagogik asoslangan holda tuzatib borish, jamoaning rivojlanish darajasini baholash uchun integral diagnostika metodini egallash zarur.

Har qanday psixologik-pedagogik diagnostika shaxsning kechagi yoki bugungi kundagi rivojlanish darajasini, o'quv jarayonining tashkil qilinganlik darajasini ko'rsatib berish bilan cheklanib qolmasligi lozim. Diagnostik jarayonida o'rganilayotgan ob'ektning kelajagi, ertangi kuni ham taraqqiyot tendensiyalari, ham ma'lum omillar ta'sirining oqibatlari ochib berilishi kerak. Shu holdagina prognoz mohiyatidan kelib chiqqan holda ta'lim-tarbiya jarayonida yo'l qo'yilayotgan xatolar, shaxs taraqqiyotidagi ko'zga tashlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, to'g'ri yo'lga solish imkoniga ega bo'lamiz. Shu sababli psixologik-pedagogik diagnostika metodlarining prognostik bo'lishi eng muhim talablardan biridir.

Tarbiyachi bilimlarni tekshirish orqali tarbiyalanuvchining o'quv materialini qanday idrok etib tushunganligini qanday fikr yuritayotganligini, dasturda belgilangan o'quv materiallarini qay darajada umumlashtirib olganligini aniqlaydi hamda keyingi o'quv materiallarini o'rganish ta'lim sifatini yaxshilash yo'llarini belgilaydi. Shu bilan birga tarbiyalanuvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini o'rganish

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

va tekshirish ulaming o'qishga bo'lgan munosabatini, tirishqoqligini, o'ziga talabchanligini, bilimga, ega bo'lgan qiziqishini bilishga imkon beradi.

Shuningdek, bolalarning xotirasi, bilish qobiliyatining qay darajada o'sganligi, ularning mustaqil ishlashga ko'nikma va malakalarni qay darajada egallaganliklari aniqlanadi. Tekshirish vaqtida o'quv materiallari esga olinadi va tarbiyalanuvchilarning sezish, idrok qilish, fikrlash qobiliyatlari ham o'sib boradi. Bu jarayonda tarbiyalanuvchilar keng fikr yuritishga, o'quv materiallarini asoslashga, mulohaza yuritish, isbotlashga o'rganadilar. Tarbiyalanuvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirishning yana bir muhim tomoni shundaki, ana shu jarayonda bolalarning bilimlari va bajargan ishlaridagi kamchiliklar sezilib qoladi va nihoyat mazkur kamchiliklarning sabablari aniqlanadi, kamchiliklarni bartaraf etish choralari belgilanadi.

Bilimdagi notekisliklarni aniqlash ularni to'ldirib va navbatdagi o'zlashtirish bosqichiga ko'tarish maqsadida diagnostikalash amalga oshiriladi. Diagnostikalash quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:

- tarbiyalanuvchilar o'zlashtirish darajasini diagnostikalash;

- bilimlardagi yetishmovchiliklarning oldini olish;

- aniqlangan yetishmovchiliklarni to'ldirish maqsadida maxsus topshiriqlar ishlab chiqish;

- maxsus topshiriqlar bajarish soatlarini belgilash;

- yakuniy diagnostik tahlil qilish;

Diagnostika ta'lim texnologiyasining navbatdagi bosqichi bo'lib, uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Asosiy o'zlashtirishdagi kamchiliklar soatini aniqlash, har bir tarbiyalanuvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishiga tuzatishlar kiritish yo'li bilan ta'lim jarayonining natijasi kafolatganligini ta'minlaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik diagnostikani tashkil etishning nazariy asoslari haqida yoritilganda pedagogik diagnostika - pedagog shaxsi va u bilan muloqotga kirishuvchilarning pedagogik tizim natijalarini tahlil qilish va tavsiyalar berish jarayoni hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, pedagogik diagnostika yordamida ta'lim-tarbiya jarayoni to'g'ri tahlil etiladi va uning samaradorligi to'g'ri baholanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagogik diagnostika orqali ta'lim ob'ekti, ta'limiy tushunchalar qay darajada o'zlashtirilganligi taxlil etiladi, butun o'quv kursini, o'quv dasturlarini o'zlashtirish darajasi baxolanadi.O'zining ish faoliyatida integral pedagogik diagnostikadan foydalangan tarbiyachi zudlik bilan hal etilishni talab qilayotgan va ayni paytda bir necha muddatga ortga surilgan o'quv-tarbiyaviy vazifalarni uddalash

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

imkoniga ega bo'ladi. O'zi ishlayotgan guruhni to'liq o'rganish tarbiyachi uchun muhim hisoblanadi.

Bolalar jamoasini o'rganayotgan tarbiyachi quyidagi vazifalarni hal etadi:

- Jamoasining o'sib borishi haqida to'liq ma'lumot oladi.

- jamoaning o'sish darajasi o'zgarib borishiga mos holda pedagog tomonidan o'z ishining mazmuni, shakli, metodi va uslubini pedagogik asoslangan holda tuzatib boradi.

- Jamoaning rivojlanish darajasini baholash uchun integral diagnostika metodlarini egallashi zarur bo'ladi.

Zamonaviy pedagogik diagnostika bolalarning atrof-muhitga munosabatini baholash uchun bir qator metodikalardan foydalanishni, shu jumladan, guruhdagi o'rtoqlariga nisbatan emotsional xayrixohlikni, bolalar jamoasining yetukligini va shular asosida mazkur guruhda tarbiya dasturlari tuzishni ko'zda tutadi. Shunday qilib, tarbiyachi tomonidan mavjud metodikalar asosida bolalarni o'rganish va metodik apparatning keyingi rivoji yagona maqsad emas, balki jamoa rivojlanishining omili hisoblanadi.

REFERENCES

1. Овсянникова. С.К "Педагогическая диагностика и коррекция в воспитательном процессе" Учебно-методическое пособие Издательство Нижневартовского государственного гуманитарного университета 2011

2. Qodirova .F.R, Toshpo'latova.Sh.,.Kayumova.N.M, .A'zamova.M.N "Maktabgacha pedagogika" Tafakkur" 2019.

3. Rahmatova.X "Pedagogik diagnostika" Ma'ruzalar matni "Namangan" 2014.

4. Смирнова Н.В. Диагностическая деятельность в учреждениях дополнительного образования: Методические рекомендации. СПб: ДДТ «У Вознесенского моста», 2007

5. Durdikulovich, K. A. (2022). MUSIC PEDAGOGICAL SKILLS OF A TEACHER OF MUSIC CULTURE. BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYNILMIY JURNALI, 28-31.

6. Kosimov, A. (2020, December). SCIENTIFIC FIELD-SCIENTIFIC PROCESS (ACADEMICIAN AKMAL SAIDOV'S "COMPARATIVE INTRODUCTION TO THE BOOK" INTRODUCTION TO LITERATURE". In Конференции.

7. Durdikulovich, K. A. (2022). THE ROLE OF TEACHER-STUDENT TRADITIONS IN THE DEVELOPMENT OF NATIONAL SINGING. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 112-114.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.