Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA RAHBAR FAOLIYATI VA KREATIV TARBIYACHILAR MUHITINI YARATISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA RAHBAR FAOLIYATI VA KREATIV TARBIYACHILAR MUHITINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiyachi / kompetentlik / kompetensiya / individ / ijtimoiy zamonaviy tarbiyachi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdurazzoqova Zebuniso Isoqulovna

Ushbu maqolada”Maktabgacha ta’lim tashkilotida rahbar faoliyati va kreativ tarbiyachilar muhitini yaratish”haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA RAHBAR FAOLIYATI VA KREATIV TARBIYACHILAR MUHITINI YARATISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA RAHBAR FAOLIYATI VA KREATIV TARBIYACHILAR MUHITINI

YARATISH

Abdurazzoqova Zebuniso Isoqulovna

Samarqand viloyati Qo'shirabot tumani 7-DMTT uslubchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11209117 Annotatsiya. Ushbu maqolada"Maktabgacha ta'lim tashkilotida rahbar faoliyati va kreativ tarbiyachilar muhitiniyaratish"haqidafikryuritiladi.

Kalit so'zlar: Tarbiyachi,kompetentlik,kompetensiya,individ,ijtimoiy zamonaviy tarbiyachi.

Maktabgacha ta'lim bolaga ijtimoiy muhit tomonidan tasir ko'rsatadigan, malakali shaxslar tomonidan talim-tarbiya faoliyatni samarali tashkil etadigan ilk bilim dargohi hisoblanadi. Har bir bola ruhiyati oziga xos bo'lgan murakkab konfiguratsiyaga ega, shu bilan unga ta'sir etuvchi omillar va ularning tasiri ham juda xilma-xildir. Yoshlarning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi.

Yosh avlodni shaxs sifatida shakllanishida oiladan tashqari, uzluksiz talimning ham o'z o rni hamda vazifalari bor. Tarbiyachi yosh avlodni halqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim va fahrli shu bilan birga ma'suliyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarning tarbiyalash sifati uchun halq va jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini anglashga ta'lim - tarbiya ishlarini hal etishga ijodiy yondoshishga o'z maxoratini doimo faollashtirib bori shva hamkasblarning ishdagi o'sishga ko'maklashuviga yordam beradi. Tarbiyachi o'zi yashab turgan o'lka xayotini bilishi tabiat va jamiyat omillarini tushunishi ijtimoiy faol bo'lishi kerak. Avvalo rahbar qanday bo'lish kerak rahbarning vazifalari, rahbar tashkil etadigan jamoani shakllantirishdagi yo'l-yo'riqlarni batafsil bilmog'i kerak.Quyida biz rahbar faoliyati bilan tanishmiz.

Ta'lim tashkilotining pedagogik faoliyatini boshqarish ta'lim tashkilotining faoliyat xususiyatiga kora pedagogik jarayonni rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.

Rahbar kompetensiyasining shakllanishi besh bosqichdan iborat bo'lib, ular quyidagilarni tashkil etadi:

Rahbar kompetensiyasining shakllanish bosqichlari:

• Qobiliyatni aniqlash;

• Tarbiyalash va shakllantirish;

• Chiniqtirish (kichik hajmdagi topshiriqlar berish);

• Ishonch (mustaqil rahbarlik lavozimiga tayinlanish);

• Rahbarlik cho'qqisi.

Pedagog - tarbiyachi shaxsiga qo'yilgan talablar: Bolalar bog'chasida bolalar bilan olib boriladigan ta'lim va tarbiya ishning butun mazmunini tarbiya vazifalari bilan belgilanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim tarbiya berishning maqsad va vazifalari:

1)bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish

2)ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilishi va ehtiyojlarini qondirish:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

3) milliy va umuminsoniy qadiryatlarga, mustaqillik g'oyalariga sodiq holda voyaga etib borishini ta'minlash:

4)ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yilgan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta'limiga tayyorlashdan iborat.

Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, bigalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta'sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, goyaviy e'tikodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqat o'kituvchi

- tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turiladi. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi kerak.Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi kerak.Kun tartibini to'g'i tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish.Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi lozim.

Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi kerak.Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo'lsa ovuntara olishi kerak.Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.Pedagog

- tarbiyachi shaxsiga quyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikkasini chuqur o'zlashtirgan bo'lishi zarur. Predmetni va uning nazariyasi chuqur bilishi bolalarni bilishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.Bu pedagog

- tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muxim fazilatlaridan talablaridan biri bolalarni sevish ularning xayoti bilan qiziqish har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar kilaoladigan odamgina hakiqiy tarbiyachi pedagog bo'la oladi. Bolaga befarq uning kelajagi va qiziqmaydigan tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog

- tarbiyachi bo'la olmaydi. Bolalarni sevish

- pedagogning murakkab mehnatini jozibali va engil qiladi. O'qituvchi tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga xurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagoga nisbatan ishonchni uyg'otadi, o'qituvchiga bolalarga chinakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Zaxarash, T. O'qituvchilar malakasini oshirish mazmunining zamonaviy yangilanishi / T. Zaxarash // Maktabgacha ta'lim - 2011.-№ 12. S.74

2. Svatalova, T. O'qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasini baholash bo'yicha qo'llanma / T. Svatalova // Maktabgacha ta'lim - 2011.-№1. S.95.

3. Xoxlova, O.A. O'qituvchilarning kasbiy vakolatlarini shakllantirish / O.A. Xoxlova // Katta o'qituvchining qo'llanmasi - 2010. - № 3.- B.4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.