Научная статья на тему 'BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / tarbiyachi shaxsi / kasbiy sifatlar / kreativlik / kasbiy faoliyat / kreativ qobiliyatlar / talablar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdumalikova Nilufar Zakirovna, Yusupovna Zaynab Xakimjon Qizi

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo‘yiladigan talablar, Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan o‘rni,Tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari, Tarbiyachining faoliyatlar jarayonidagi kreativligi, Bo‘lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o’rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

1Abdumalikova Nilufar Zakirovna, 2Yusupovna Zaynab Xakimjon qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11193083

Anotatsiya. Ushbu maqolada Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi shaxsiga qo'yiladigan talablar, Tarbiyachi va pedagoglarning jamiyatda tutgan o'rni,Tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari, Tarbiyachining faoliyatlar jarayonidagi kreativligi, Bo'lajak maktabgacha ta'limpedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni shakllantirish masalasining ilmiy nazariy ahamiyati, uni o'rganilganlik darajasi va xozirgi vaqtdagi ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya, tarbiyachi shaxsi, kasbiy sifatlar, kreativlik, kasbiy faoliyat, kreativ qobiliyatlar, talablar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены требования к воспитателю дошкольной организации образования, роль воспитателей и педагогов в обществе, личностные и профессиональные качества воспитателя, творческие способности воспитателя в процессе деятельности, научная теория вопроса. Формирования содержания развития творческих способностей будущих педагогов дошкольного образования выделены ее значение, уровень ее обучения и ее значимость в настоящее время.

Ключевые слова: образование, личность педагога, профессиональные качества, творчество, профессиональная деятельность, творческие способности, потребности.

Abstract. In this article, the requirements for the educator of the preschool education organization, the role of educators and pedagogues in society, the personal and professional qualities of the educator, the creativity of the educator in the process of activities, the scientific theory of the issue of the formation of the content of the development of the creative abilities of future preschool education pedagogues its importance, its level of study and its importance at the present time are highlighted.

Keywords: education, educator's personality, professional qualities, creativity, professional activity, creative abilities, requirements.

Tarbiya - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo'lib, tarbiyalanuvchini ma'lum bir maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta'sir etish, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondoshib shaxsni xar tomonlama shakllantirish, uning xulq atvori va dunyo qarashini, ijtimoiy ongini tarkib topditishda xalqning boy mafkuralariga yo'naltirilgan qizg'in faoliyat jarayonidir.

Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jamiyat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdoshlari va kattalar bilan madaniyatli munosabatda bo'lish odatlarini singdiradi, yaxshilik, xaqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kamtarlik kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalarni mehnat natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlarni tarbiyalaydi.

Eng muhimi-tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnat sevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlash va mustaqil faoliyat qilishlar uchun imkoniyat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

• Tarbiyachining shaxsiy va kasbiy sifatlari.

• Tarbiyachining pedagogik faoliyati yuqori darajada bo'lishligi kerak.

Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma'lumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, oz ishiga tadbiq eta oladigan bolishi;

- Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti-harakati sabablarini togri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi;

- Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, konikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, konikmalarni yaxshi ozlashtirib olishlari uchun ularni faollashtirib savollardan foydalanishi;

- Tarbiyachi oziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;

- Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;

- Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;

- Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi;

- Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar otkazib, axborot almashtirib turishi;

- Pedagog bolalarga nisbatan hayrihoxlik munosabatda bolishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, hafa bo'lsa ovuntara olishi;

- Kun tartibida olib borgan ta'lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.

Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni uyg'otadi, tarbiyachiga bolalarni chinakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.

• Tarbiyachining faoliyatlar jarayonidagi kreativligi.

Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog'liqdir. Pedagogik qobiliyat - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyat tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat -bu yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir.

Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir kozgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli — yozma va ogzaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz tarbiyachilardan emas, balki har bir fuharodan ongli ravishda ozlashtirish talab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me'yordir. Tarbiyachining nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u

pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajribali ustozlar o giti natijasida yillar davomida takomillashib, sayqallanib boraveradi.

Pedagogik-tarbiyachining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vositalar

Nutq madaniyati tarbiyachining ma'naviy axloqiy kamoloti tarikibiy qismidir. Nutq madaniyatini egallashning yana bir ko'rinishi nutq taqlididir. Nutq madaniyati tarbiyachilarning madaniy va manaviy saviyasi bilan, hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma'lum ma'noda ajratib turadi.

Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishidan qat'iy nazar ma'naviy jihatdan tarbiyalash.

Nutq madaniyati-bu avvalo tarbiyachilarda mutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi va nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi.

• Bo'lajak maktabgacha ta'lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni.

Pedagogning maktabgacha ta'limda shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirishga tayyorgarlik ko'rsatkichlarini belgilashda 3ta sohani inobatga olish lozim: shaxs, faoliyat bo'yicha va refleksiv.

Shaxs sifatida tayyorgarlik - bu pedagogik tafakkur (gnostik, ya'ni aqliy qobiliyatlar - ilmiy ma'lumotlarni farqlash malakalari, amaliy faoliyatda ilmiy bilimlarni to'g'ri qo'llash, pedagogik vazifalarni malakali xal etish); pedagogik maqsadni belgilash (tashkilotchilik qobiliyatlari - o'qitish va takrorlash uchun optimal sharoit yaratish malakalari, mashg'ulotning kerakli shakllarini tanlash, vaqtni to'g'ri taqsimlash, o'quv jarayonini kerakli inventar jihozlari bilan ta'minlash; o'z mehnatini tashkil etish, har qanday tadbirlarni rejalashtirish va o'tkazish (ertaliklar, adabiy kechalar va boshqalar); pedagogik yo'naltirilganlik (kommunikativ qobiliyatlar: ma'lum bir ta'lim olayotganlar kategoriyasi uchun hammabop shaklda ma'lumotni taqdim etish qobiliyati, vaziyatga qarab ma'lumotni berish usul va uslublarini to'g'rilash, birovni ishontira olish qobiliyati, "pedagog-pedagog", "pedagog-ota-ona", "pedagog-menedjer", "pedagog-bola" darajalarida kasbiy muloqotni savodli tuzish; bolalar jamoasida ijobiy psixologik mikroiqlimni yaratish va boshqalar).

Kasbiy tayyorgarlik: pedagogik takt (intellektual mehnat bo'yicha loyihaviy qobiliyatlar: oddiy standartlar va qaror uslublarini olib tashlab, yangi, ajoyiblarini izlash; ushbu va o'z o'zidan ma'lum narsadan yuqorilarini ko'ra bilish; odatdagi muammolarni asosiy bog'liqliklarini qamrab olish; qaror qabul qilishning bir nechta turli yo'llarini aniq ko'ra bilish va hayolan eng samaraligini tanlash; barcha masalalar xal etilib bo'lingan joyda muammoni sezish va mavjudligi; g'oyaviy hosildorlik; bolaning individual rivojlanish o'quv jarayonini, innovatsion o'quv rejasini, dasturni, o'z faoliyatini loyihalashtirish va boshqalar).

Refleksiv tayyorgarlik: pedagogik refleksiya (refleksiv qobiliyatlar sezgirlikning 3 turini o'z ichiga oladi: ob'ektni his etish: real haqiqat bolalarda qanday aks-sado berayotganiga, bunda qay darajada bolalarning qiziqish va ehtiyojlari namoyon bo'lishiga, "ularni pedagogik tizimning talablariga mos kelishiga" pedagogning alohida sezgirligi; me'yorni his etish va takt turli pedagogik ta'sir ko'rsatish vositalari ta'sirida bola shaxsida va faoliyatida sodir bo'layotgan o'zgarishlar o'lchoviga alohida sezgirlikda namoyon bo'ladi, umuman qanday o'zgarishlar ro'y bermoqda, ular ijobiymi yoki salbiymi, qaysi belgilarga ko'ra ular haqida so'zlash mumkin; dahldorlik hissi pedagogning shaxsiy faoliyati kamchiliklariga, tanqidiyligi va o'quv jarayoniga javobgarlik sezgirligi bilan ta'riflanadi).

Yuqoridagilar shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni tadbiq etishda bola va pedagog shaxsining

alohida rivojlanishi emas, balki ta'lim jarayoni yaxlit sub'ektining rivojlanishi amalga oshirilishi

lozimligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O'zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Qodirova F.R, Toshpo'latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N. "Maktabgacha pedagogika" T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3. D.R. Babaeva. "Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi" T.: "Barkamol avlod fayz" 2018 y. Darslik.

4. Takomllashgan"Ilk qadam" davlat o'quv dasturi, T- 2022 y.

5. Мирзиёев Ш.М. ^онун устуворлиги - инсон манфаатларини таъминлаш тараккиёти ва халк фаровонлигининг гарови. "Узбекистан"

6. Abdumalikova N.Z. "Педагогические и психологATORS OF PRESCHOOLические стороны решения Гарантии прав и защиты ребенка в Узбекистане" «Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 2022 06.07 71-75 ttps://doi.org/ 10.5281/zenodo.6621878

7. Abdumalikova N.Z TEATP-KAK СРЕДСТВА ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O'RNI7-S https://academics.uz/index.php/Konferensiya15.12.2023

8. N.G.Malikovna CONTENT AND PEDAGOGIKAL CONDITIONS FOR THE DEVELEOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENSE OF TEACHERS AND EDUCATIONAL ORGANIZATIONS International journal of socials cience interdisciplinary research ISSN 2022

9. N.G.Malikovna Formation of a sense of national pride amonig in oider preschool children through oral foik art-as a socio-pedagogical necessity Science and Innavation 1 (8) 20672077,2022

10. Baxodirovna, Azizova Ziroat. "INTERNATIONAL TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF THE PRESCHOOL EDUCATION SYSTEM." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.11 (2022): 458-461.

11. Азизова Зироат. "CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION" Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-410, 2022

12. Azizova Ziroat Bahodirovna "THE IMPORTANCE OF ORGANIZING CHILDREN'S ACTIVITIES IN PREPARATION FOR SCHOOLING." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE 2022 Boston, USA 53

13. Z.Azizova , Z.Abdurazakova "Legal and Pedagogical Bazes of Preparetion of Children for the Implementation of Socal Protection" Yosh Tadqiqotchi Jurnal 1(5) 395-403.2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.