Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’limda pedagog professiogrammasini tashkil etishning asosiy jarayonlari'

Maktabgacha ta’limda pedagog professiogrammasini tashkil etishning asosiy jarayonlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
77
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagog / professiogramma / kasbiy sifatlar / menatsevarlik / jamoat ishlarida faollik / mehribonlik / kommunikativ / uddaburonlik / kuzatuvchanlik / tarbiyachi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Akramjonovna Akramjonova

Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida pedagoglik kasbini to’g’ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish zarurdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’limda pedagog professiogrammasini tashkil etishning asosiy jarayonlari»

Maktabgacha ta'limda pedagog professiogrammasini tashkil

etishning asosiy jarayonlari

Feruza Akramjonovna Akramjonova Namangan davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida pedagoglik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. Professiogrammani kasbga xos ravishda o'qitishni tashkil qilishda ta'limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko'nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog'liq ekanligini albatta ko'rsatish zarurdir.

Kalit so'zlar: pedagog, professiogramma, kasbiy sifatlar, menatsevarlik, jamoat ishlarida faollik, mehribonlik, kommunikativ, uddaburonlik, kuzatuvchanlik, tarbiyachi

The main processes of organizing a pedagogue's professional

program in preschool education

Feruza Akramjonovna Akramjonova Namangan State Pedagogical Institute

Abstract: The professional profile helps young people to correctly and consciously choose their future pedagogic profession. It is necessary to show that the effectiveness of education and its success depends on what knowledge and skills, especially the abilities and personal qualities of a person, when organizing professional training.

Key words: pedagogue, professionogram, professional qualities, managerialism, activity in public works, kindness, communicative, perseverance, observation, educator

Maktabgacha ta'limda pedagog professiogrammasini ko'rib chiqadigan bo'lsak professiogrammasida pedagogning quyidagi xislatlarini ko'rish mumkin. Tarbiyachining

1. Shaxsiy xislatlari:

> amaliy -psixologik aql farosatlilik,

> menatsevarlik, jamoat ishlarida faollik, mehribonlik,

> kamtarlik, odamiylik, dilkashlik

> uddaburonlik,

> mustahkam xarakterga egallik,

> o'z bilimini oshirishga intilish.

2. Kasbiy xos bilimi: ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunish, psixologiya asoslari,yosh psixologiyasi va pedagogika psixologiya asoslarini egallanganligi, etnopsixologik bilimlarni egallashi, hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi, o'quv maskani yoshida bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi, o'z fanini o'qitish metodikasini bilishi, ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni mazmunini bilishi.

3. O'z kasbiga xos xislatlari: milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunib yetishi, pedagogigning kuzatuvchanligi, o'z diqqat e'tiborini taqsimlay olishi, pedagogik fantaziyaning rivojlanishi, o'ziga tanqidiy munosabatda bo'lishi, o'zini qo'lga olishi o'zini tuta olishi pedagogik fakt, nutqning emotsional rivojlanishi.

4) Shaxsiy - pedagogik uddaburonligi:

- dars mashg'ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

- o'quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

- ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

- pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;

- bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o'z faoliyatini rejalashtirishni bilishi;

- o'quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

- o'zining ta'lim-tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.

5) Tashkilotchilik malakalari:

- bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

- turli sharoitlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;

- bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

- amaliy masalalarni hal etishda o'zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo'llay olishi.

6) Kommunikativ malakalari:

- bolalarni o'ziga jalb etishni bilishi;

- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o'zaro munosabatlarni tartibga solishni bilishi;

- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog'lashni bilishi.

7) Gnostik malakalari:

- bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;

- o'zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;

- boshqa pedagoglarning tajribalarini o'rganib, undan (nazariy va amaliy tomondan) to'g'ri xulosa chiqara olishi;

- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

- o'quvchilarni to'g'ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni bilishi.

8) Ijodiy xislatlari:

- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;

- o'quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;

- o'zini o'quvchi o'rniga qo'yib, bo'lib o'tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;

- avvallgi voqealar, hodisalar va tarbiyalanuvchi shaxsiga yangicha qaray olish qobiliyati;

- o'zining o'quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko'ra bilishga intilishi.

Shunday qilib, ko'rsatib o'tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi;

- shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo'nalishi;

- pedagogik mahorat va qobiliyati;

- xarakterining psixologik xususiyatlari;

- bilish faoliyati;

- pedagog shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.

Professiogramma yoshlarga o'zlarining kelgusida pedagoglik kasbini to'g'ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. Professiogrammani kasbga xos ravishda o'qitishni tashkil qilishda ta'limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko'nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog'liq ekanligini albatta ko'rsatish zarurdir. Mana shu professiogrammaga asosan bo'lajak mutaxassis - pedagoglarning sifat jihatidan o'z kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.

Pedagog-tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta'sir ko'rsatadi. U har bir bolani did bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqb shi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati o'qituvchi - tar- biyachi boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.

Pedagog-tarbiya^i shaxsiga qo'yiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini ^uqur o'zlashtirgan bo'lishi zarur. Bu pedagog-tarbiyachining obro'sini ko'taradi. Tarbiya^i kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish har bir shassni hurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi- pedagog bo'la oladi.

Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. Tarbiyachining bolalarra munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talatohanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishon^ni uyg'otadi, o'qituvchiga bolalarni ^inakam ma'naviy murabbiysi bo'lishga imkon beradi.

Kreativ pedagogik texnologiyalarni loyihalashda quyidagi tamoyil taklif etilgan: pedagogik tizim hamda uning barcha tarkibiy qismlari: maqsadi, mazmuni, tashkiliy shakllari metodlari hamda ta'lim vositalari, pedagogik kadrlar hamda ^hki ta'lim muhitining shaxs kreativligini rivojlantirishga yo'naltirilganligi; kreativ pedagogik texnologiyaning yaxlit ta'lim jarayonida ham, lokal pedagogik bosq^hda ham tizimli tavsifga ega ekanligi; pedagoglar tomonidan ijodiy o'quv topshiriqlarini bajarishda e^imni ishlab chiqish traektoriyasi va mazmunining mustaqil belgilanishi; kasbiy ijodkorlikka yo'naltirish orqali pedagoglarning moslashuvchanlik, harakatchanlik, innovatsion yechimga intiluvchanlik sifatlarini tarkib toptirishga qaratilganligini e'tiborga olish.

Kreativ pedagogik texnologiyalarni joriy etish quyidagi yondashuvlar asosida amalga oshiriladi:

Аmaliy bilishga asoslangan izlanuv^anlik yondashuvi. Bunday yondashuv doirasida pedagoglar kasbiy ijodkorligini tashkil etish va rivojlantirishning kreativ pedagogik texnologiyalari yangi amaliy-tatbiqiy ma'lumotlarni yig'ish bilan tavsiflanadi. Nazariy bilishga asoslangan izlanuvchanlik yondashuvi. Ushbu yondashuvda asosiy e'tibor pedagoglar kasbiy ijodkorligiga doir yangi nazariy bilimlarni hamda bilim sohalarini qidirishga qaratiladi. Pedagogning kasbiy sifatlari.

> muammolarni ilg'ash va shakllantirish;

> yangi g'oyalarni yaratish;

> g'oyalarni uyg'unlashtirish;

> nostandart echimlar yaratish;

> ob'ektlarni takomillashtira olish

Pedagogning kreativ sifatlariga; mutaxassislik ko'nikma va malakalari, texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyati, ta'lim - fan - ishlab chiqarish integratsiyasi asosida intellektual mulk, ya'ni ijodkorlik mahsulini yaratishga qaratilgan faoliyat. Pedagogning kasbiy va kreativ sifatlari shakllangan bo'lsa ta'lim

sifatini yanada takomillashuviga ta'sir qiladi.Shaxsiy va kasbiy sifatlari uzviylikda faoliyat davomida olib borilsa, pedagog ko'zlangan natijaga ega bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kamolova, A. O. Q. (2023). Pedagoglik kasbi boshqa hamma kasblarning poydevoridir. Science and Education, 4(5), 988-992.

2. Kamolova, A., & Ergasheva, G. S. Q. (2022). Yosh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o'rganishning o 'rganishning ilmiy-nazariy asoslari. Science and Education, 3(12), 590-592.

3. Nishonova, M. Y., & Kamolova, A. O. (2021). O'SMIRLARGA HUQUQIY BILIM BERISHDA KEYS STADI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH. Экoнoмикa и шциум, (8 (87)), 42-45.

4. Kamolova, A. O. Q., & Husaynova, S. I. (2023). O'smirlar o'rtasida axloqsizlikni oldini olishda pedagogik faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari. Science and Education, 4(2), 969-972.

5. qizi Kamolova, A. O. (2023). SINFDAN TASHQARI SPORT MASHG 'ULOTLARI ORQALI O ' QUVCHILARDA MILLIY G 'URUR, QADRYATLAR, UMUM INSONIY XIS TUYG 'ULARNI RIVOJLANTIRISH. Results of National Scientific Research International Journal, 2(8), 60-66.

6. Xalimjanovna, A. M. (2022). MANIFESTATIONS OF STRESS IN PROFESSIONAL ACTIVITY AND WAYS TO ELIMINATE IT. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 841-844.

7. АСРАНБАЕВА, М. ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ И ФАКТОРЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В НЕПОЛНЫХ СЕМЬЯХ. УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА Учредители: Общeствo с oгрaничeннoй oтвeтствeннoстью Кoллoквиум, 43-45

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.