Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OILA BILAN HAMKORLIK FAOLIYATINI MAZMUN MOHIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OILA BILAN HAMKORLIK FAOLIYATINI MAZMUN MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila va maktabgacha taʼlim tashkiloti / tarbiyaviy fenomen / kommunikativ muloqot / hamkorlik / metodik imkoniyatlar / hissiy-emotsional munosabat / bolaning individual xususiyatlari / pedagogik jarayon / ijtimoiy-madaniy mavqeyi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xudoyberganov Farruh Quvondiqovich

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oila bilan hamkorlik faoliyatini mazmun mohiyati yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OILA BILAN HAMKORLIK FAOLIYATINI MAZMUN MOHIYATI»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OILA BILAN HAMKORLIK FAOLIYATINI MAZMUN MOHIYATI

Xudoyberganov Farruh Quvondiqovich

Xorazm viloyati Xanqa tuman 32-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11229682

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida oila bilan hamkorlik faoliyatini mazmun mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: oila va maktabgacha ta'lim tashkiloti, tarbiyaviy fenomen, kommunikativ muloqot, hamkorlik, metodik imkoniyatlar, hissiy-emotsional munosabat, bolaning individual xususiyatlari, pedagogik jarayon, ijtimoiy-madaniy mavqeyi.

Ma'rifatparvar olim Abdurauf Fitrat bola tarbiyasida oila eng asosiy rol o'ynashiga e'tibor qaratadi va quyidagi fikrni keltiradi: "Bolalar suvga o'xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo'lsa, o'sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo'lsalar, o'sha muhitning ham shunday odat va axloqini qabul qiladilar".

Oila va maktabgacha ta'lim tashkiloti - ikki tarbiyaviy fenomen ularning har biri bolaga ijtimoiy-madaniy tajribani beradi, lekin ular bir-biri bilan birga bo'lgandagina kichkina insonni katta olamga kirib borishi uchun optimal pedagogik shart-sharoitlar yaratib beradi. Buning uchun bu kuchlarni birlashtirish va o'zaro hamkorlikni samarali tashkil etish muhim sanaladi.

Oila jamiyatning boshlang'ich bo'g'ini hisoblanadi. Bola tarbiyasida oilaning mas'uliyati yuqori sanaladi. Bolalarni aqlan yetuk, jismonan sog'lom etib tarbiyalash hamda mustaqil fikrlash ko'nikmaga ega bo'lishida tarbiyachi va ota-onalarga muhim vazifalar yuklatiladi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasida "Ota-onalar va ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta'lim olishi, sog'lom, to'laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g'amxo'rlik qilishga majbur" ekanligi ota-onalarning qonuniy vazifasi etib belgilangan. Mazkur modda ham ota-onalarning farzand ta'lim-tarbiyasi uchun javobgarligini asoslaydi. Shunday ekan, maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilalar o'rtasida o'zaro hamkorlik munosabatlari ustuvor vazifa sanaladi.

Ota-onalar va oilaning boshqa a'zolari bilan mazmunli kommunikativ muloqotni tashkil qilishda maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagoglari yetakchi rol o'ynaydi. Ammo bu rol zamonaviy oilaning xususiyatlari, xislatlari va unda bolalarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlarini yaxshi bilgan holdagina muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.

Bundan tashqari bolalarda mas'uliyat hissini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tashkilotining quyidagi vazifalari ham alohida o'rin egallaydi.

Ya'ni:

- ta'lim-tarbiya berish jarayonida bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limning ustuvorligi;

- ota-onalarga pedagogik-metodik maslahatlar uyushtirish;

- oiladagi ta'lim va tarbiyaning eng yaxshi ekskursiv tajribalarini o'rganish;

- ota-onalarni maktabgacha ta'lim tashkiloti ijtimoiy hayoti bilan tanishtirish.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etilgan ta'lim-tarbiya jarayoni, tarbiyachi-

pedagoglarning xatti-harakatlari bolalar manfaatlari va ehtiyojlariga asoslangan bo'lishi kerak. Pedagog nafaqat bolalar tarbiyachisi, balki ota-onalarning hamkori ham hisoblanadi.

Hamkorlik jarayonida tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar bolalarda mas'uliyat hissini shakllantirishga oid tadbir, uchrashuv, ochiq mashg'ulotlar tashkil etishi lozim.

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

Maktabgacha ta'lim tshkilotlarida ota-ona hamkorligini tashkil etishning metodik imkoniyatlari aniqlandi.

Birinchidan, tarbiyachi va ota-onalarning ijobiy hissiy-emotsional munosabati. Tarbiyachi va ota-onalar o'rtasida bola bilan muloqot qilishning samarali yo'llari, mas'uliyatni shakllantirish bo'yicha ma'lumotlar birgalikda muhokama qilinadi. Tarbiyachilar bolada mas'uliyat hissini shakllantirishga oid metodik tavsiyalarni beradi.

Ikkinchidan, o'zaro hamkorlikda bolaning individual xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi oila bilan doimiy aloqada bo'lib, o'z tarbiyalanuvchisining o'ziga xos xususiyatlari, odatlarini biladi va mas'uliyat hissini shakllantirishda ularni hisobga oladi, bu esa, o'z navbatida, pedagogik jarayon samaradorligining oshishiga olib keladi.

Uchinchidan, ota-onalar mustaqil ravishda bolalarga ta'lim- tarbiya berishning kerakli yo'nalishini tanlashi va shakllantirishi mumkin. Shunday qilib, kattalar farzand tarbiyasi uchun mas'uliyat hissini o'z zimmalariga oladilar.

To'rtinchidan, maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilada bolada mas'uliyat hissini shakllantirishda ma'naviy tadbirlar tashkil etish. Dastur mazmunida mas'uliyat tushunchasi to'la ifodalanadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda mas'uliyat hissini shakllantirishda ularni vijdonli bo'lish, va'da va uni bajarish, burchni his qilishga o'rgatiladi. Mas'uliyat inson hayot va faoliyatini to'g'ri yo'naltirishga yordam beruvchi muhim omillardan biri ekanligi haqida ma'lumot beriladi. Mas'uliyat haqida bolalarda ilk tushunchalarni shakllantirishda jamiyatda qabul qilingan qoida va me'yorlarga amal qilish mas'uliyat ekanligi uqtiriladi.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi ilg'or xorijiy tajribalar natijalariga ko'ra, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari bilan ishlashda ijtimoiy-madaniy mavqeyi, oila mikroiqlimi, maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyatiga qiziqish darajasini hisobga olgan holda differensial yondashuvga ega bo'lishi kerak. Tarbiyachi-pedagoglarning maqsadi bolani mas'uliyat hissini oilada va maktabgacha ta'lim tashkilotida shakllantirish uchun qulay muhit yaratish, ota-onalarni to'la-to'kis ta'lim jarayonining ishtirokchisiga aylantirishdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.T.: Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son.

2. Zunnunov A. Pedagogika tarixi // Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: 2004. -335 b. B.55

3. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

4. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

5. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.