Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
musiqa / qobiliyat / ritm / musiqiy xotira / san’at / o‘yinchoq cholg‘ular.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mo‘Minova.Z.I

Musiqa san’ati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bastakorning fikr va tuyg‘ulari tovushlar yordamida badiiy bezak berish orqali boyitib boriladi. Uning sirli ohanglari maktabgacha yoshdagi bolalarning murg‘ak qalbini bevosita va bilvosita o‘ziga asir etish bilan birgalikda, umummilliy qadriyatlarga asoslangan madaniyatimizni shakllantirishga zamin yaratadi. Musiqiy faoliyat turlari bolalar uchun eng qiziqarli va maroqli mashg‘ulotlardan biri bo‘lib, nafaqat harflar va so‘zlarning talaffuzini, balki bolalarning jismoniy faolligini, nafas olish tizimini, yurak-qon tomirlarini mustahkamlaydi, eshitish qobiliyatini rivojlantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI

Mo'minova.Z.I

MTTRMQTMOI "Maktabgacha va musiqiy ta'lim" kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11295515

Annotatsiya. Musiqa san'ati o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, bastakorning fikr va tuyg'ulari tovushlar yordamida badiiy bezak berish orqali boyitib boriladi. Uning sirli ohanglari maktabgachayoshdagi bolalarning murg'ak qalbini bevosita va bilvosita o'ziga asir etish bilan birgalikda, umummilliy qadriyatlarga asoslangan madaniyatimizni shakllantirishga zamin yaratadi. Musiqiy faoliyat turlari bolalar uchun eng qiziqarli va maroqli mashg'ulotlardan biri bo'lib, nafaqat harflar va so'zlarning talaffuzini, balki bolalarningjismoniy faolligini, nafas olish tizimini, yurak-qon tomirlarini mustahkamlaydi, eshitish qobiliyatini rivojlantiradi.

Kalit so'zlar: musiqa, qobiliyat, ritm, musiqiy xotira, san'at, o'yinchoq cholg'ular.

Аннотатсия. Музыкалное искусство имеет свои особенности, а мысли и чувства композитора обогащаются художественным оформлением с помощю звуков. Его загадочные мелодии прямо и косвенно пленяют сердса дошколников и создают основу для формирования нашей културы, основанной на натсионалных сенностях. Музыкалная деятелност - одно из самых интересных и приятных занятий для детей, вед не толко произношение букв и слов, но и двигателная активност детей, дыхателная система, сердсе и сосуды, развиваются слуховые способности.

Ключевые слова: музыка, способности, ритм, музыкалная памят, искусство, игрушечные инструменты.

Abstract. Musical art has its own characteristics, and the thoughts and feelings of the composer are enriched by artistic design with the help of sounds. Its mysterious melodies directly and indirectly captivate the hearts ofpreschool children and create the basis for the formation of our culture based on national values. Musical activity is one of the most interesting and enjoyable activities for children, because not only the pronunciation of letters and words, but also the motor activity of children, the respiratory system, heart and blood vessels, and auditory abilities develop.

Keywords: music, abilities, rhythm, musical memory, art, toy instruments.

Ma'lumki, bugungi kunga qadar bu jarayonning falsafiy, estetik, psixologik va pedagogik tomonlari, musiqiy ta'lim jihatidan mazmun - mohiyatlari, mezonlari ilmiy-tadqiqot ishlari sifatida o'rganilgan. Jamiyatimiz taraqqiyotining yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan kelib chiqqan holda, bolalarning musiqiy iqtidori va qobiliyatini rivojlantirish borasida musiqaning pedagogika, san'atshunoslik va folkloshunoslik sohalarida mutaxassis-kadrlar tomonidan tajriba-sinovlar amalga oshirilgan bo'lib, ijobiy natijalar amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ma'naviyati, estetik dunyoqarashi, tuyg'ulari musiqa mashg'ulotlarining negizida shakllanib, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqotlarning tahliliy natijalari va mutaxassislarning ta'kidlashicha, XX asrda iste'dod aqliy jihatdan yetuklik sifatida talqin etilgan bo'lsada, keyinchalik, u insonning ajralmas shaxsiy xarakteriga xos hislat deb hisoblangan. Shu boisdan, pedagogik amaliyot jarayonida musiqiy qobiliyatlar uch xil ko'rinishda namoyon bo'ladi:

• Musiqiy tinglash; • Ritm hissi; • Musiqiy xotira.

B.M.Teplov o'z tadqiqotida musiqiy eshitishni ikkitaga, ya'ni, tovush balandligi va tembr tushunchasiga ajratadi. Haqiqatdan ham, musiqada har bir tovushning balandligi va tembri bo'lib, o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu haqida R.Qodirov "Musiqa psixologiyasi" deb nomlangan qo'llanmasida quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tgan: - "Musiqiy eshitish qobiliyati tushunchasini tovushlarning past-balandligini eshitish va tembrini his qilish tushunchasiga ajratish zarur. Negaki, musiqada tovushlar past-balandligi va ritmik harakatlar asosiy ma'no tashuvchi bo'lib hisoblanadi. Tembrli unsur juda muhim, biroq yordamchi ahamiyatga ega. Biz musiqa negizini tashkil etgan asosiy musiqiy qobiliyatlar sifatida tovushlar past-balandligini va ritmik harakatlarni idrok etish va yaratishni tushunishimiz kerak". Aslida, musiqani anglab olish jarayonlari ko'plab tahliliy natijalarga asoslanib, kuyning shakli va garmonik tuzilishi bilan o'zaro bog'liqdir. Lekin, maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi bolalar dastlab musiqani sezgi organi orqali idrok etib, keyin asar haqidagi tasavvurini boyitib boradi. Natijada, musiqiy tovushlarning past-balandligini his etish va emotsional munosabat bildirish, ritmga mos harakatlarni bajarish, kuyni eshitish, kuylash kabi qobiliyatlar maktabgacha yoshdagi bolalarda shakllanadi. Musiqiy qobiliyatga ega bolalar asarning mazmun-mohiyatini anglagan holda, unga nisbatan individual munosabatini bildiradi. Tadqiqotchi-olimlarning fikriga ko'ra, musiqiy qobiliyat bolalarda erta paydo bo'ladi. Jumladan, chaqaloq misolida oladigan bo'lsak, ona allasini eshitishi bilan tinchlanib, uxlaydi. Bir yoshida ovozlarni ajratadi, uch yoshida kuy eshitib, ritmni his etadi. Bu esa, biz yuqorida aytib o'tgan musiqiy qobiliyatning dastlabki belgilaridan biridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy qobiliyati turli yosh davrlarida namoyon bo'ladi. Bu o'z navbatida, musiqa rahbarining mashg'ulot jarayonida amaliyotga tadbiq etayotgan pedagogik metodlari orqali amalga oshiriladi va bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Ularda tovushlarni eshitish bo'yicha amaliy va nazariy bilim, ko'nikmalar hosil bo'ladi. Buning natijasida musiqiy iqtidor va qobiliyat tarbiyalanadi. Shu o'rinda A.I.Savenkovning quyidagi fikrini ta'kidlab o'tish joizdir: - "Boladagi muayyan faoliyat turining yorqin namoyon bo'lishi va o'zlashtirilmagan bilimlarsiz ichki his-tuyg'ular orqali ijobiy yutuqlarga erishish bu - iqtidordir".

Haqiqatdan ham, ba'zida insonning o'zlashtirilmagan bilim va ko'nikmalarisiz ichki his-tuyg'ulari va ruhiyatni aks ettiruvchi vositalar san'atning barcha turlarida iqtidor hamda qobiliyatning negizida namoyon bo'ladi. Odatda, musiqa mashg'uloti faoliyat turlarining xususiyatlariga qarab jamoaviy, guruhli va yakka tartibda tashkil etiladi. Lekin, o'zlashtirishi sust yoki musiqiy cholg'ularida ijrochilikning ilk ko'nikmalarini shakllantirish nafaqat jamoaviy, guruhli balki, yakka mashg'ulot sifatida ham olib boriladi. Musiqa rahbari yoki xodimi ushbu shakldagi mashg'ulot uchun ish rejasini avgust oyida tuzib, asosiy maqsadini bolalarni musiqa mashg'ulotlari jarayonidagi o'zlashtirish faoliyati, ularga qiyinchilik tug'dirayotgan mashqlar va vazifalarni mustahkamlashga qaratiladi.

Ma'lumki, o'quv yili oxirida guruh tarbiyachisi yakuniy pedagogik kengashga bolalarning o'quv dasturi bo'yicha o'zlashtirish darajasi to'g'risida hisobot taqdim etiladi. Ushbu natijalarga asoslanib, keyingi o'quv yili uchun tavsiyalar, metodik ishlanmalar, mashg'ulotlar rejalashtirib, mazkur guruhga tegishli bo'lgan vazifalar belgilaydi.

Xususan, musiqa rahbari va xodimi yakka mashg'ulotni to'g'ri tashkil etish uchun tarbiyalanuvchilarning o'zlashtirish darajasiga asoslangan holda o'z faoliyatini tashkil etish va ish rejasini tuzishi lozim. Chunki, musiqa tushunchasi keng ma'noda bo'lsada, ta'lim berish bosqichlari, yo'nalishlari bo'yicha yondashuvlar yosh xususiyatiga qarab belgilanadi. Ayniqsa, mavzularni yoritib berishda kasbiy malakaga tayanib, mustahkamlovchi bir nechta didaktik

o'yinlar va ta'limiy vositalardan foydalanish tavsiya etiladi. Mustahkamlovchi mashqlarni

qo'llash bolalarning o'zlashtirish darajasini aniq belgilab beradi.

REFERENCE

1. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat dasturi. - T. - 2018.

2. Qodirov R.F. Musiqa pedagogikasi. -T.: - 2013.

3. Yusupova N. Musiqa savodi metodikasi va ritmika. - T.: - 2010.

4. Ibroximov O.A., Xudoyev G'.M. Musiqa tarixi. - T.: - 2018.

5. Vaxromeev V.A. Musiqaning elementar nazariyasi. - T.: - 1965.

6. Apraksina O.A.Metodika muzikalnogo vospitaniya v shkole. Uchebn. posobiye. - M.: -1983.

7. Britva. Posobiye po teorii muziki i solfedjio. 2-e izd. - 1997.

8. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

9. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

10. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.