Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH. MULTIMEDIA TUSHUNCHNASI VA UNING MOHIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH. MULTIMEDIA TUSHUNCHNASI VA UNING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
multimedia / ta'lim / tarbiya / kompyuter / tarbiyalanuvchi / texnalogiya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saidova N.O, Yoqubjonova H.A

Ushbu maqolada multimediyaning inson hayotidagi o‘rni, bola tarbiyasidagi axamiyati, maktab va maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning mashg’ulotlar jarayonida kompyuterdan foydalanish tafakkuri rivojlanishi, bilim olishga qiziqishi ortishi, dunyoqarash kengayishi, multimedia texnalogiyasining talim-tarbiya samaradorligi oshirish haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH. MULTIMEDIA TUSHUNCHNASI VA UNING MOHIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISH. MULTIMEDIA TUSHUNCHNASI VA UNING MOHIYATI

1Saidova N.O., 2Yoqubjonova H.A.

1FarDU, kata o'qituvchi, p.f.f.d.(PhD) 2FarDU, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11049385

Annotatsiya. Ushbu maqolada multimediyaning inson hayotidagi o'rni, bola tarbiyasidagi axamiyati, maktab va maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarning mashg'ulotlar jarayonida kompyuterdan foydalanish tafakkuri rivojlanishi, bilim olishga qiziqishi ortishi, dunyoqarash kengayishi, multimedia texnalogiyasining talim-tarbiya samaradorligi oshirish haqida bayon etilgan.

Kalitso'zlar: multimedia, ta'lim, tarbiya, kompyuter, tarbiyalanuvchi,texnalogiya

Аннотация. В данной статье излагается роль мультимедиа в жизни человека, важность воспитания детей, развитие использования компьютера на уроках, повышение интереса к обучению, расширение кругозора, повышение образовательной эффективности мультимедийных технологий.

Ключевые слова: мультимедиа, образование, воспитание, компьютер, ученик, технология.

Abstract. This article outlines the role of multimedia in human life, the importance of raising children, the development of computer use in the classroom, increased interest in learning, expanded the worldview, and improved the educational efficiency of multimedia technology.

Keywords: multimedia, education, education, computer, pupil, technology

Inson tarbiyasida maktab ta'limining ahamiyati kattadir. Prezidentimiz ma'ruzasida ta'kidlaganidek, "Mamlakatni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustuvor maqsadimiz", degan mulohazalaridan barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish boshlang'ich ta'limning asosiy vazifalaridan biri ekanligini unutmasligimiz kerak. Shu sababli maktab degan ulug' dargohning inson va jamiyat taraqqyotidagi hissasi va ta'sirini nafaqat yoshlarimiz balki butun xalqimiz kelajagani ham hal qiladigan o'qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o'lchab qiyoslab bo'lmaydi. Ma'lumki, har bir shaxsning ma'naviy kamoloti unda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuni shakl va metodlariga bog'liqdir. Shu boisdan ta'lim-tarbiya jarayonini pedagogik talqin qilish, uning samarali kechishini ta'minlash zarurati yuzaga keldi. Prezidentimiz tomonidan milliy, o'ziga xos yondashuv tarzi belgilab berildi. "Ta'lim - O'zbekiston xalqi ma'naviyatiga yaratuvchanlik, faollikni baxsh etadi. O'sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo'ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o'tadi. Yoshlar, ularning iqtidorligi va bilim olishga chanqoqligidan ta'lim va ma'naviyatni tushunib yetish boshlanadi". Buning uchun kichik maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilarni tarbiyalashda ta'limning zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham unumli foydalanish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, internet bo'yicha ilk elementar tushunchalar berish lozim bo'ladi. Anashunday texnologiyalaridan biri multimedia vositalaridir. Multimedia vositasini ta'lim sohasiga tatbiq etish uchun uning elektron manbalarini ishlab chiqish zarurati tug'iladi. Bunday ta'lim manbalariga elektron darsliklar, qo'llanmalar, metodik ishlanmalar, taqdimotlar, slaydlar, internet materiallari, axborot-resurs markazlari kiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

Jumladan, multimedia - (inglizcha-yunoncha multimedia - o'rta vositalar) bu -axborot informasiya uzatishning xilma-xil vositalarini qamrab oluvchi texnologiya bo'lib, unda muayyan dasturlar va vositalar mavjud bo'ladi. Multimediaga ega kompyuterlar odatda kuchli videotizimga, vadeomagnitafon va videokameralarni ko'rish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va axborotlarni rangli grafika, ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar kabi turli ko'rinishlari bilan ishlash imkoniyatidir. Multimedia texnologiyasi - informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (obyektlarning fazodagi harakati) samaralari asosida o'quv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishga mo'ljallangan ko'rinishidagi texnologiyasidir. Multimedia - bu maxsus texnologiya bo'lib, dasturiy va texnik moddiy ta'minot asosida kompyuterda bir vaqtning o'zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir.

Multimedia - kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli animatsiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Multimedia vositalariga multimedia vositalarini yaratishda foydalanadigan audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Veb kamera, TV tuner kabi uskunalar, dasturlar va amalda foydalanishga mo'ljallangan materiallar kiradi.

Multimedia vositalari pedagogik nuqtai nazaridan maktabgacha ta'lim tarbiyachilarining mashg'ulot o'tish jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida yangicha yondashuv hisoblanadi.

Kompyuterli texnologiyalar tarbiyachilarning faolligini oshirishda, o'rganiladigan o'quv materiallarining hajmini ko'paytirishda va ta'lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita sifatida amalga oshirilmoqda. Unda kompyuter monitoriga qarab ekranda ko'rsatiladigan materiallardan foydalanib bilim olish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, ta'lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Multimediali kompyuterli texnologiyada ko'rgazmali vositadan tashqari ta'lim beradigan manba sifatida qaraladi. Chunki o'rganiladigan materiallar oldindan kompyuter xotirasiga joylashtirilgan bo'ladi.

Tarbiyachi qaysi mavzuni bolalarga o'rgatmoqchi bo'lsa, kerakli ma'lumotlarni monitor ekraniga chaqirib oladi va namoyish etiladigan materiallar bilan bolalarni tanishtiradi. Shu asosda ular mavzu yuzasidan namoyish etilgan materiallarni o'rganib boradilar. Bunda tarbiyalanuvchilarda kompyuter bilan yetarli darajada ko'nikma hosil qiladi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi tarbiyalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida tafakkuri rivojlanadi, bilim olishga qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi. Multimedia texnologiyasining ta'lim-tarbiya jarayonidagi samaradorligini quyidagi shaklda ifodalash mumkin:

Multimediadagi matn qisqa, tushunarli va aniq bo'ladi. Maktabga taayyorlov yoshidagi bolalar uni nafaqat o'qish, balki yod olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ovoz o'qish yoki turli vositalar tovushdan iborat bo'ladi. Bunda ovozning jalb qilish xususiyatiga, ya'ni intonatsiyali, musiqali yoki hayajonli bo'lishi katta ahamiyatga ega. Jonli harakat odam, narsalar yoki predmetlarning xatti-harakatidan tashkil topadi. Undagi yagona talab-jonli harakatlarning tarbiyaviy va estetik xususiyatiga ega bo'lishidir. Grafik tasvirlar muayyan mavzuni tasavvur qilish uchun hosil qilinadi. Bu hol xotirani mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Multimedia vositalaridan o'qitish jarayonida foydalanish o'qitish sifatini va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri bo'lishiga qaramasdan, unga mos dasturlar bo'lmasa yoki ulardan foydalanilmasa kutilgan samarani bermaydi. Shuning uchun har bir o'quv fanining xususiyatidan kelib chiqib, o'quv materialining asosiy va muhim elementlarining o'quvchilar o'zlashtirish jarayoniga mos

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

kelishi, dastur vositalari ekrandagi tasvirlarning rangiga, ma'lumotlarning tuzilishiga, obyektlarning ko'rinishiga, tovushlarning qulayligini e'tiborga olishni nazarda tutadi.

Multimedia vositalari yordamida olib borilgan faoliyat bolaning mashg'ulotga bo'lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Mulimedia vositalari bolaga yakka tartibda yondashish imkonini beradi. Tarbiyachining bevosita ishtirokisiz ham boalalar materialni o'zlashtirishi mumkin bo'ladi. Hozirda multimedia kundalik faoliyatimizda juda ko'p ishlatilmoqda. Ta'lim-tarbiya sohasida multimedia texnologiyalarini tatbiq etish uchun yuqorida berilgan fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta'rif berish mumkin. Multimedia-bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari yordamida axborotning an'anaviy va orginal turlari asosida o'quv materiallarini tinglovchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko'rinishidir.

REFERENCES

1. Formation of quantitative representations in the secondary groups in pre-school educational organizations, SN Olimovna, INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, VOL. 16 NO. 01 (2022): JANUARY, 58-60

2. АХБОРОТ-КОММУНИКАТИВ ТАЪЛИМ МУХДТИНИНГ ТАРКИБИЙ ^ИСМЛАРИ, НО Саидова, МШ Йигиталиева, Miasto Przyszlosci 28, 395-398

3. БОШЛАНГИЧ СИНФ У^ИТУВЧИСИНИНГ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ ТАРКИБИЙ

^ИСМЛАРИ, НО Саидова, INTERNATIONAL CONFERENCES 1 (10), 260-263.

4. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA HAR BIR YOSH GURUHIDA TEVARAK ATROFNI IDROK ETISHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, SN Olimovna, Results of National Scientific Research International Journal 1 (1), 115-119.

5. BOLAJAK BOSHLANGICH SINF OQITUVCHILARI KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING ORNI, N Saidova, Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования, Tom 1№22 (2022), 4-7.

6. MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING MATEMATIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH, NO Saidova, MS Yigitaliyeva, Results of National Scientific Research International Journal 1 (3), 53-59

7. БОШЛАНГИЧ СИНФ У^ИТУВЧИСИНИНГ АХБОРОТ-КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНТЛИГИНИ РИВОЖЛАНИШ КОМПОНЕНТЛАР, N Saidova, Science and innovation 1 (B6), 865-868

8. MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASINING HAR XIL YOSH GURUHLARIDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHGA OID ISHLARNI TASHKIL QILISH, NO Saidova, Academic research in educational sciences 2 (11), 1612-1614

9. МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ БОЛАЛАРДА МАТЕМАТИК ТУШУНЧАЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ЗАМОНАВИЙ ТЕХН0Л0ГИЯЛАРИ, НО Саидова, ШШК Рустамова, Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1, Special Issue 2, 290-293

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

10. DIFFERENT APPROACHES TO DETERMINE THE ESSENCE OF PROFESSIONAL COMPETENCES OF FUTURE TEACHERS, N Saidova, Science and innovation 2 (B2), 503-506

11. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARDA ELEMENTAR MATEMATIK TASAVVURLARNI RIVOJLANTIRISHDA TANGRAM USULIDAN FOYDALANISH, NO Saidova, TS Axmedova, Молодые ученые 1 (18), 28-30

12. BO'LAJAK BOSHLANGICH SINF O'QITUVCHILARINING AXBOROT-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISHNI MODELI, SN Olimovna, AB Sayfutdinovna, Scientific journal of the Fergana State University, 5-5

13. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» gi qonuni.

14. O'zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi».

15. "Maktabgacha pedagogika" F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova-Toshkent,Tafakkurnashriyoti,2019.

16. Булажак укитувчиларнинг компетентлигини шакллантириш муаммолари. НО Саидова/INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" Vol. 1 No. 1 (2022), 147-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.