Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH'

TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4472
449
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / multimedia / axborot tizimlari / muammo va kamchiliklar / imkoniyatlar / interfaollik. / information technologies / multimedia / information systems / problems and shortcomings / opportunities / interactivity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Ikromova

Multimediali taqdimoq-bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llashning muammo va kamchiliklari hamda ularning samaradorligi haqida kerakli ma’lumot va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF MULTIMEDIA TOOLS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Multimedia presentation is today the only and most modern form of information presentation. This article provides the necessary information and recommendations about the problems and disadvantages of using multimedia tools in the educational process, as well as their effectiveness.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO’LLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TA'LIM JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARINI QO'LLASH Ikromova Ominaxon Elmurod qizi

Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7309531

Annotatsiya. Multimediali taqdimoq-bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida multimedia vositalarini qo'llashning muammo va kamchiliklari hamda ularning samaradorligi haqida kerakli ma'lumot va tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari , multimedia , axborot tizimlari , muammo va kamchiliklar, imkoniyatlar, interfaollik.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ

Аннотация. Мультимедийная презентация на сегодняшний день является единственной и самой современной формой представления информации. В данной статье представлена необходимая информация и рекомендации о проблемах и недостатках использования мультимедийных средств в образовательном процессе, а также их эффективности.

Ключевые слова: информационные технологии, мультимедиа, информационные системы, проблемы и недостатки, возможности, интерактивность.

USE OF MULTIMEDIA TOOLS IN THE EDUCATIONAL PROCESS

Abstract. Multimedia presentation is today the only and most modern form of information presentation. This article provides the necessary information and recommendations about the problems and disadvantages of using multimedia tools in the educational process, as well as their effectiveness.

Key words: information technologies, multimedia, information systems, problems and shortcomings, opportunities, interactivity.

KIRISH

O'zbekiston milliy ta'lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini qo'llash tajribasi shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon talabidir. Taraqqiy etib borayotgan information vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an'anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligini ishga ijodiy yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma'lumotni saqlash , uzatish , qabul qilish bilan bog'liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida komyuter texnologiyalarini rivojlantirishlarini ko'zda tutadi.

Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki , bunda texnikalashtirish va komyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari , balki madaniyat va ta'lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta'lim jarayonini yangi bosqichga ko'tardi. Bu o'z o'rnida ta'lim mazmunini , metod va shakllarini qayta ko'rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko'nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug'dirdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

METOD VA METODOLOGIYA

Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida , ya'ni ta'lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak.

Hozirgi vaqtda ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish , ularni tasniflash , metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar deganda , an'anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta'limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu ma'noda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi , fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson informatsion koinot bilan o'zaro muloqotga kirishadi. Telekomunikatsiya (telefon , televideniya , radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi internet tarmog'i ayniqsa uning giper-media xizmatlari (Vorld-Vide Veb) , gipermediapochta , videokonferensiyalardir.

Multimedia (''ko'p muhitlik'' degan ma'noni bildiradi) - zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo'lib kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko'rinishlari-matn , jadval , grafika , nutq , animatsiya , multiplikatsiya) , video tasvir , musiqa yordamida axborotni yig'ish , saqlash , qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia ''inson kompyuter'' interaktiv (dialogig) muloqotning yangi , takomillashgan pog'onasi bo'lib , unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan xordiq chiqarish , ta'lim olish va reclama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga ta'lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.

Ta'lim jarayonida multimedia vositalarini qo'llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahamiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o'zlashtiriladi , vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi , olingan ma'lumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi , kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning passiv tiglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib , izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi , ta'lim jarayoniga badiiylik kiritiladi. Boshqacha qilib aytganda , multimedia ta'limning emotsional-estetik ta'sirlanish , maqsadga intilish , tadqiqotchilik kabi motivlarni faollashtiradi. Ma'lumki , ta'lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to'rtdan bir qismini , ko'rgan materialining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko'rib , ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalarida foydalanganda esa bu ko'rsatkich 75% tashkil etadi.

TADQIQOT NATIJASI

Multimedia vositalari asosida o'qitish jarayonini tashkil etish metodikasi an'anaviy o'qitish usulidan tubdan faqrlanib , u boshlang'ich sinf o'qituvchilari va o'quvchilari uchun:

- O'quv materialini obrazlar ko'rinishida taqdim etish;

- O'qitishning differensial va individual holatda bo'lishi;

- O'qish va o'zlashtirish jarayonini baholab borish , teskasi aloqa bog'lash;

- O'quv materialini o'zlashtirish jarayonida o'z-o'zini nazorat qilib borish va tuzatish;

- O'rganilayotgan mavzularni namoyish etish va ularning o'zaro aloqadorligini kuzatish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan va o'zlashtiriladigan fan mavzularini animatsiya , grafika , multiplikatsiya ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;

- Boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'quv fanlarini o'zlashtirish uchun ko'nikmlalar hosil qilish;

- O'quvchilarni mustaqil ishlari va mavzularni o'zlashtirish uchun yangi sharoit yaratish kabilar.

Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta'lim-tarbiya tizimidagi zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia imkoniyatlarini ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish va joriy qilish bilan bog'liqligi , ulardan maqsadli foydalanish ta'lim-tarbiya jarayoning samaradorligini oshirishga olib keladi. Bu jarayonda multimedia vositasi boshlang'ich sinfda o'rganiladigan har bir fanga tatbiq etish orqali bu fanlarning o'zlashtirish qamrovini oshiradi. Meyer bo'yicha multimedianing samaraliligi tamoyillari.

Multimedia dasturlari orqali o'qitish o'quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko'lamda tizimga keltirishga ko'maklashadi, ta'lim oluvchilarga ta'limning to'liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o'tish imkonini beradi. Ta'lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni o'zatish

uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an'anaviy ta'lim va ma'lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o'zgacha o'rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.

Pedagogika fani tajribalari va amaliyotining shaxsga yo'naltirilgan

ta'lim modeliga diqqati ko'p jihatdan ilmiy qarashlari markazida insonga urg'u beriluvchi falsafiy qarashlar taraqqiyoti bilan bog'langan. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim shunday ta'limki, u:

• Ta'lim oluvchiga yo'naltirilgan va unga ta'lim jarayonining eng asosiy qadriyati sifatida e'tibor qaratilgan;

• Ta'lim oluvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilishga va shakllantirishga, tafakkurini rivojlantirishga, uning ijodkor, faol va tashabbuskor shaxs sifatida yetilishiga, o'rganishga bo'lgan va ma'naviy ehtiyojlarini qoniqtirishga; ularning zehnini, kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini, o'zini o'zi kamol toptirish va o'z ustida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratishga ko'maklashadi;

• yangi ijtimoiy sharoitlarga moslashuvchanlik, yangi ixtisos olishga va bilimlarni mustaqil o'zlashtirishga qobiliyatli mutaxassislarga bo'lgan jamiyat ehtiyojlarini ta'minlashga yo'naltirilgan.

Multimedia vositalarini ta'limda qo'llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:

• ta'limning gumanizatsiyalashuvini ta'minlash;

• o'quv jarayonining samaradorligini oshirish;

• ta'lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish

(o'zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta'lim olish, o'zini o'zi tarbiyalash, o'zini o'zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo'llay olishi, o'rganishga bo'lgan qiziqishi, mehnatga bo'lgan munosabati);

• ta'lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

• kompyuter vositalari va axborot elektron ta'lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta'lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta'limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;

• ta'lim oluvchiga faol bilim oluvchi sub'yekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;

• ta'lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;

• mustaqil o'quv faoliyatini olib borish, bunda ta'lim oluvchi mustaqil o'qib va rivojlanib boradi;

• ta'lim oluvchilarda, o'zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmalarini hosil qilish.

Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko'ptarmoqli, predmetga yo'naltirilgan multimediali o'quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma'lumotlar bazasi, ta'lim yo'nalishi bo'yicha bilimlar bazasi, sun'iy intellekt tizimlari, ekspert-o'rgatuvchi tizimlar, o'rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo'lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.

MUHOKAMA

Ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko'maklashish imkoniyatlariga ko'ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o'quv axborotlarining uyg'unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko'ra multimedia foydali va mahsuldor ta'lim texnologiyasi hisoblanadi.

Interfaollikning ta'minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi. Interfaollik ta'lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma'lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta'lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o'zgartirishi, natijalarini o'rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so'roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e'tiborga olish muhim. Multimediada taqdim etilayotgan o'quv materiallari tushunish uchun qulay bo'lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi.

Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo'llashda ham ta'lim strategiyasi ta'lim jarayonida o'qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta'lim oluvchilarga ko'maklashish, qo'llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug'ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animatsiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko'rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to'ldirgan holda zaruriy emotsional darajani ta'minlab turishi mumkin. Multimedia vositalari har xil ta'lim yo'nalishlari (stillari) uyg'unligida qo'llanilishi va ta'lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo'lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta'lim oluvchilar bevosita o'qish orqali, ba'zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko'rish orqali ta'lim olishni va bilimlarni o'zlashtirishni xush ko'radilar.Interfaol multimedia

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo'lgan ta'lim oluvchiga noan'anaviy qulaylik tug'diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta'lim oluvchilarda fonologik malakalar va o'qish malakalari o'sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o'zlashtirishlarini ta'minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi. Multimedia vositalari ta'lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo'lib, u o'qituvchiga an'anaviy ma'lumotlar manbaidan ko'ra keng ko'lamdagi ma'lumotlar massivini taqdim etish; ko'rgazmali va uyg'unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta'lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o'rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.

Multimedia vositalarini ta'limda qo'llashning asosiy muammolari va kamchiliklari. Ta'limda multimedia vositalaridan foydalanishning umumiy bo'lgan birmuncha salbiy taraflari ham mavjud. Ular jumlasiga diqqatning bo'linishi, materiallarni yaratishdagi murakkabliklar, vaqtning ko'proq talab etilishi, dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar, axborotlarni kompyuter ekranidan o'qish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa jihatlar kiradi.

Diqqatning bo'linishi. Axborotlarni taqdim etishning murakkab usullaridan foydalanish aksariyat hollarda har xil nomutanosibliklar tufayli ta'lim oluvchilar diqqatini o'rganilayotgan asosiy mavzudan chalg'itishi mumkin. Multimedia vositalarida taqdim etilayotgan katta hajmdagi ma'lumotlar, turli havola (ssbilka) va shu kabilar dars jarayonida o'quvchi diqqatini bo'lishi mumkin

O'quv materiallarini yaratishdagi murakkabliklar. Multimedia vositalarining audio, video, grafik va boshqa elementlarini yaratish an'anaviy matn ko'rinishidagi materiallarni yaratishdan ancha murakkab. Vaqtning ko'proq talab etilishi. Multimediali materiallarni mustaqil ravishda yaratish singari multimediadan ta'lim oluvchi sifatida foydalanish ham birmuncha ko'proq vaqt sarflanishini talab etadi. Ayniqsa, multimediali ta'lim vositalarini yaratish uchun ko'p vaqt va diqqat kerak bo'ladi. Dasturiy ta'minot va texnika vositalarini sozlash va foydalanishda vujudga keladigan muammolar. Multimediali ta'lim vositalaridan samarali foydalanishni ta'minlash uchun dasturiy ta'minot va texnika vositalari talab darajasida sozlangan bo'lishi zurur. Bunda multimediali ta'lim materiallarini taqdim etish jarayoni matnlarni tahrirlash va aks ettirishning oddiy vositalariga qaraganda yanada yuqori sifat va keng imkoniyatlar talab etadi. Axborotlarni kompyuter ekranidan o'qish jarayonidagi qiyinchiliklar. Kompyuter ekranidan axborotlarni o'qish qog'ozga chop etilgan axborotlarni o'qishga qaraganda noqulayroq. To'liq o'qib chiqishni talab etadigan katta hajmdagi matnli axborotlarni, shuningdek, gazeta, kitob va jurnallarni qog'ozda chop etilgan variantda o'qish birmuncha qulay. Aksariyat hollarda multimedia vositalarida zarur axborotlarni topish va uni qog'ozga chop etib olish uchun ma'lumotlarni qidirish quroli taqdim etiladi. XULOSA

Hozirgi kunda har bir kishining ish faoliyatida doimiy ravishda multimediadan foydalanish ehtiyoji mavjud. Multimedia vositalari zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining ajralmas qismi bo'lib , hayotimizning bir bo'lagiga aylangan. Multimedia texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanish ta'lim sifatini hamda ta'lim oluvchining o'zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Multimedia texnologiyalari makro va mikroolam jarayonlarini modellashtirish va ularni tasavvur qilish , unutilmas daqiqalarni yozib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

olish , ko'ngilochar materiallarni tayyorlash imkonini beradi hamda insonlarning dam olishi va hordiq chiqarishga zamin yaratadi.

REFERENCES

1. R.X.Alimov , O'.T.Xayitmatov , A.F.Xakimov , G.T.Yulchieva , O.X.Azamatov , U.A.Otajanov. Axborot tizimlari. Toshkent 2013.

2. Xodiev.B.Yu , va boshqalar. ''Informatika'' Oliy o'quv yurtlari uchun dasrlik. Toshkent. TDIU , 2010

3. G'ulomov C.C , Alimov R.X , va boshqalar . Axborot tizimlari va texnologiyalari. Sharq. Toshkent 2000

4. www.ictcouncil.gov.uz

5. tami.uz/kitob.php

6. uz.denemetr.com/docs/769/index-317671-1.html

7. znanio.ru/media/multimediyaning tushunchalari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.