Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1058
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta’lim sifati / axborot texnologiyalari / Elektron oʻquv-metodik majmualar / elektron darslik / multimedia / gipermedia kitoblar / prezentatsiya. / quality of education / information technology / e-learning materials / e-textbooks / multimedia / hypermedia books / presentations

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mafuna Muhidinovna Mamedova

Maqolada boshlang’ich ta’lim jarayonida foydalaniladigan axborot texnologiyalari mazmuni, uning imkoniyatlari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION

The article discusses the content of information technology used in primary education, its capabilities and features.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING

O'RNI

Mafuna Muhidinovna Mamedova

Buxoro davlat universiteti Maktabgacha ta'lim kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada boshlang'ich ta'lim jarayonida foydalaniladigan axborot texnologiyalari mazmuni, uning imkoniyatlari va o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z boradi.

Tayanch so'zlar:ta'lim sifati, axborot texnologiyalari, Elektron o'quv-metodik majmualar, elektron darslik, multimedia, gipermedia kitoblar, prezentatsiya.

THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE

QUALITY OF EDUCATION

ABSTRACT

The article discusses the content of information technology used in primary education, its capabilities and features.

Keywords: quality of education, information technology, e-learning materials, e-textbooks, multimedia, hypermedia books, presentations

Bugungi globollashuv jarayonlarida yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish zamonaviylashib, yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo'lmoqda. Yoshlarimiz sog'lom hamda go'zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'lish, mas'uliyatni o'z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo'l qo'ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta'lim olishni eng asosiy shart sifatida ko'rmoqda.

Ta'lim - inson faolligini belgilaydigan muhim bir tarmoqqa aylanmoqda. Shuning uchun ta'lim tizimida inson faoliyati bilan bog'liq ko'pgina muammolarni hal etish zarur. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, bu vazifalarni ilmiy-texnika jarayonining o'zgarishi bilan bog'liq ta'limning yangi nazariyasini yaratish, ya'ni fanni jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylantirish va amaliy ko'rsatkichlarini rivojlantirish natijasida amalga oshirish mumkin.

Axborot texnologiyasi barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-metodik asosi bo'lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan axborot texnologiyalari bo'yicha tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayon. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda.

Axborot texnologiyasi shaxsga yo'naltirilgan texnologiya bo'lib, o'quvchilarning intellektual va emostional-motivastion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shaklla-nishi, ta'lim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini ta'minlash, faollikni oshirish, o'z-o'zini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.

Hozirgi vaqtda ta'limda quyidagi asosiy axborot texnologiyalardan keng foydalanilmoqda va o'rganilmoqda:

O'qitishning elektron vositalari. O'qitish jarayoni pedagog, ta'lim oluvchi va o'qitish vositalarining o'zaro ta'siridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari o'qitish vositalariga o'qituvchi va ta'lim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi.

Elektron o'quv-metodik majmualar- zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida o'qitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topgan va o'quv materiallarini kompyuter texnologiyalari, audio-video vositalar asosida taqdim etadigan o'quv-metodik majmuasi.

Elektron shakldagi o'quv-uslubiy materiallar- elektron darslik, elektron o'quv qo'llanmalar, elektron ma'ruza materiallari, elektron kutubxonalar, mos(GD, Flesh va h.k.) sig'imdagi audio vizual materiallar, interfaol o'quv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini o'tkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini o'tkazish tizimlari.

Elektron darslik- kompyuter texnologiyasiga asoslangan o'quv uslubini qo'llash, mustaqil ta'lim olish, muayyan fanga oid o'quv materiallari, ilmiy ma'lumotlarni har tomonlama samarali o'zlashtirishga qaratilgan o'quv adabiyoti yoki kompyuter texnologiyalariga asoslangan o'qitish metodlaridan foydalanishga mo'ljallangan o'ish vositasi.

Multimedia- kompyuter uchun mo'ljallangan tovush, video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua. Tovush, video, animatsiyalarni "multimedia elementlari" - deyish mumkin.

Multimedia texnologiyalari axborotning ko'pgina turlarini o'zida integratsiyalaydi. Masalan: skanerdan olingan tasvirlar; yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa; murakkab videoeffektli videolar, turli animatsiyalar

Qolaversa, multimedion vositalarga qo'shimcha qilib, proyektor, interaktiv doskani ham kiritish mumkin. Yana shu narsani ta'kidlash joizki, multimedia orqali olingan bilimlar kishi xotirasiga uzoq saqlanib, kerak paytda amaliyotda qo'llash imkonini beradi. Umuman olganda, multimediani qo'llash orqali quyidagi o'qitish effektivligiga erishiladi:

> bilimlarni o'zlashtirish majburan emas, balki o'quvchi ixtiyori bilan amalga oshadi;

> multimedia o'quvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi, xursandlik esa o'z navbatida uni o'quv faniga munosabatini ijobiy tomonga o'zgartiradi;

> o'quvchini boshqalarga nisbatan o'zini namoyon qilish imkoniyati paydo bo'ladi;

> o'quvchida o'z faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon paydo bo'ladi: kim ko'p bilsa va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa, o'sha yutib chiqadi;

> o'z fantaziyalariga erk berish imkoniyati tug'iladi, qo'rquv hissi, boshqalarga

> jamoada sog'lom raqobat va musobaqa muhiti tashkil topadi;

> fanlararo bog'lanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati tug'iladi.

Axborot texnologiyasi barkamol insonni shakllantirishni kafolatlovchi jarayonni tashkil qilishning ilmiy-metodik asosi bo'lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan axborot texnologiyalari bo'yicha tahsil oluvchini mustaqil mutolaa qilish, bilim olish, erkin fikrlay olishga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayon. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan-yangi vazifalarni yuklamoqda.

O'z navbatida boshqa boshlang'ich sinf darslarni o'qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari, vositalari, prinsiplarini bilishi lozim. Hozirda ta'limni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo'lib, ta'limda axborot texnologiyalarini qo'llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi:

- axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish;

- fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar;

- axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari;

- o'quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo'llay olish;

- universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarini;

- o'qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi;

- global internet kompyuter tarmog'idan foydalanish;

- mustaqil ishlash, o'zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to'plamini ishlab chiqish;

- bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o'tkazish;

- o'quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash;

- o'qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo'yicha taklif berish;

- nazorat ishlarini o'tkazish.

Aynan axborot texnologiyalaridan foydalanish istiqbolli masalalarni hal etib berar ekan, uning didaktik asosi qanday, shu haqida to'xtaladigan bo'lsak:

Axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik prinsiplari o'zaro bog'liq bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi. Bu prinsiplar asosida o'quv jarayoni tashkil etiladi va o'qitish jarayoni yanada samarali amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 sentyabrdagi "Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to'g'risida"gi PQ-3274-son Qarori. // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017, 38-son, 1031-modda.

2. Saidova M. The methods and importance of using innovative technologies in learning concenter "decimal" at the teaching process of math in Primary Schools). "Eastern European Scientific journal" // AURIS Kommunikations- und Verlagsgesellschaft mbH. Germany. (ISSN 2199-7977) 2017, - 89 - 93 b. (13.00.00, №1).

3. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

4. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

5. Xamidovna R. I. Play as a means of developing the creative abilities of Preschool Children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10.

6. Rajabova I. Ossobennosti organizatsii i provedeniya didakticheskix igr s detmi starshego doshkolnogo vozrasta //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Kamilova G. Maktabgacha talim muassasalarida ekologik tarbiyani tashkil etishda integrativ yondashuv //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

8. Olimovna K. G. The importance of the criteria of pedagogical technologies at training highly qualified personnel //Достижения науки и образования. - 2017. - №. 5 (18).

9. Камилова Г. А., Тураева О. С. ФОРМИРОВАНИЕ ДИАГНОСТИЧЕСКИХ НАВЫКОВ У СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Проблемы науки. - 2021. - С. 50.

10. Хамроева Н. А. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы науки. - 2021. - №. 3 (62). - С. 74-76.

11. Хамроева Н. А., Назарова Д. Ж. Особенности речевого развития детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 37.

12. ХАМРОЕВА Н. А. преподаватель кафедры дошкольного образования, факультет дошкольного и начального обучения //Бухарский государственный университет, Узбекистан.

13. Supkhonovna H. N. Technology for the development of the qualities of pedagogical competence in future teachers //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. - 2021. - Т. 10. - №. 5. - С. 372-382.

14. To'raqulovich J. U., Supxonovna H. N. Ways to shape a healthy lifestyle in the family of preschool children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

15. Хакимова Н. С., Хабибова Г. Г. А. АВЛОНИ-ПРОСВЕТИТЕЛЬ, ПЕДАГОГ И РЕФОРМАТОР ШКОЛЫ //Вопросы науки и образования. - С. 34.

16. Umarova G. Bolalarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg'ulotlarining ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

17. Sharipova I. F., Umarova G. U. Some methods for calculating limits //Journal: JOURNAL OF ADVANCES IN MATHEMATICS. - Т. 10. - №. 7.

18. Nurulloyev F. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarini axloqiy tarbiyalash //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

19. Nurulloyev F. Oilada sog'lom, ma'naviy-axloqiy muhit //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 5. - №. 5.

20. Nurulloyev F. Maktabgacha yoshdagi bolalarda oilaga nisbatan hurmat munosabatini hakllantirish //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

21. Камилова Г. А., Курбанова Г. Р., Джаббарова С. З. Особенности формирования педагогических навыков у воспитателей дошкольно-образовательных учреждений //Academy. - 2020. - №. 5 (56). - С. 25-27.

22. Жабборова С. З. Особенности труда в дошкольном возрасте //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

23. Джаббарова С. З. ЭТИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ ДЕТЕЙ В СЕМЬЕ ЧЕРЕЗ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ //Проблемы науки. - 2021. - С. 61.

24. Jabborova S. Z. Forms, methods and ways of moral education of children in the family by means of national values //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 3. - С. 820-823.

25. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

26. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

27. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

28. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛО^ОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

29. Toirova G., Hamroeva N. THE IMPORTANCE OF LINGUISTIC MODELS IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGE BASES //Sciences of Europe. - 2020. - №. 59-2 (59).

30. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.