MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MILLIY O'YINLARI ASOSIDA BOLALARDA ODOB-AXLOQNI
O'RGATISH
Alimova D.J.
Toshkent shahar Yunusobod tumani DMTT-43 direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11234536
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning milliy o'yinlar vositasida ijtimoiy faolligini hamda odob-axloqni o'rgatish haqida yoritilgan.
Kalit so'zlar: o'yin, nutq, qoida, harakat, ijtimoiy ta'sir, munosabat, didaktik o'yin, harakatli o'yin.
Аннотация. В статье описывается социальная деятельность и воспитание манер дошкольников посредством национальных игр.
Ключевые слова: игра, речь, правило, действие, социальное воздействие, отношение, дидактическая игра, игра-действие.
Abstract. The article describes social activity and manners training of preschool children through national games.
Keywords: game, speech, rule, action, social influence, attitude, didactic game, action
game.
O'zbek milly o'yinlarining tarixi uzoq davrlarga borib taqaladi. O'yinlar xalqning o'zi singari qadimiy va boy tarixga ega. Milliy o'yinlarining nomlanishi va ularning o'ynalishi tarkibi to'g'risida turkiy zabon olim Maxmud Qoshqariy o'zini "Devonu lug'otit turk" asarida qimmatli ma'lumotlar keltiradi.Qashqariy keltirgan ma'lumotlar o'yinlarning tarixiy zaminiga va asosga ega ekanligini ko'rsatadi. Darhaqiqat o'yin nomlari va o'yinlarning uynalishi tarkibi avloddan-avlodga o'tib kelgan. Shunday savol tug'iladi qanday o'yinlari bo'lgan? O'zbek halqining shox asari hisoblangan." Devonu lug'atit turk" da o'yinlar to'g'risida muhim ma'lumotlar keltiriladi. Afsuski, qadimiy o'yin nomlari tadbiq etilmagan, o'yinlarning uynalishi tartibi tiklanmagan. Qashqariy lug'atida zikr etilgan o'yinlar nomini va uning tartibini tiklash va tadbiq etish katta ahamiyatga ega. Zero, o'yinlar xalq madaniyatining ajralmas bir bo'lagidir. "Devonu lug'atit turk" da anchagina o'yinlarning nomlari keltirilgan. Ayrim o'yinlarning uynalish tartibi batafsil keltirilgan. Hozirgi kunda bolalar sevib uynayotgan yong'oq, poylamasingari o'yinlar. X-XII asrlarda ham ommaviy bo'lgan. Bu hodisaning hozirgi nomi do'l "Devonu lug'atit turk" da yong'oq o'yini bilan bevosita bog'liq bo'lgan anchagina hodisalarining nomlari qayd etilgan."Chavgon" haqidagi ma'lumotlarni A.Navoiy, Bobur, va boshqa klassiklar asarlarida ham uchratish mumkin. Firdavsiyning "Shoxnomasi" da esa chavgon haqida voqea bayon qilinadi. M.Qashqariy o'yin nomini chavgon to'pini uradigan cho'p nomidan olinganligini ta'kidlaydi. Chavgon cho'pi shu nom bilan atalgan bo'lib fors-tojikcha so'zdir. Uning ma'nosi "uchi egri, uzun tayoq" degani. Qashqariy lug'atidan o'rin olgan bolalarning sevimli o'yinlaridan biri "Ko'chirma o'yini" ya'ni o'n to'rt degan o'yindir. Biz o'zga xalqlar tarixiy, madaniyatini va udumlarini o'rganib hurmatini joyiga qo'yib keldigu, o'zimizning tariximiz fani, madaniyati, urf-odatimizni o'rganmadek. Unga hurmatsizlik qildek. Natijada bugungi kunga kelib tarbiyaviy ishlarga ko'plab kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi. Xalqimiz ko'psohalarda millatchilikda ayblanib urf-odati va an'analari ta'qiqlab kelindi. Masalan: o'zbek milliy o'yinlarining uynalishiga yo'l
qo'yilmadi.Ta'kidlaganimizdek, har bir halqning sevimli milliy o'yinlari bo'lgani kabi, o'zbek xalqining ham o'yinlari bo'lgan.Ularning yaratilishi tarixi uzoqlarda borib taqaladi. O'zbek xalqi milliy o'yinlarining yaratilishi halqning yashashi, mehnati, o'z-o'zini himoya qilish ehtiyojidan kelib chiqadi.Bu o'yinlar inson tarbiyasiga, sog'ligiga ijobiy ta'sir etib kelgan. O'z zamonasiga kuch va qudrati bilan butun dunyoni qoyil qoldirgan buyuk sarkarda davlat arbobi Amir Temur "Tadbirkor, baquvvat, ishjoatli bir kishi ming kishidan afzal"-deb aytgan edi.Milliy o'yinlarimiz serharakatligi barcha organizm va muskullarni o'stiruvchanligi, chidamlilikka o'rgatuvchi, chiniqtiruvchi harakatlardan tashkil topganligi bilan boshqa xalqlar o'yinlaridan tubdan farq qiladi.Halqimiz orasida har bir faslga mos o'yinlar mavjud bo'lib o'ynalib kelingan. O'zbek milliy o'yinlari hatiyligi, har tomondan yaratilganligi uchun xam katta-yu kichik va hatto xotin-qizlartomonidan sevib uynalgan. Ota-bobolarimiz o'z farzandlarini qiyinchiliklar oldidadovdiramaslik, qurqmaslik ruxida tarbiyalab uni yechishga o'rgatganlar. Ko'p yillar davomida yiqqan malakalariga tayanib o'z farzandlariga badan tarbiya va aqliy o'yinlardan foydalanish yo'l yo'riqlarini ko'rsatganlar Og'ir mehnatdan keyin kishilar bir joyga to'planishib turli milliy o'yinlar bilan mashg'ul bo'lganlar, dam olganlar . Bolalarning o'yinda birlashishlari bir necha bosqichga bo'linadi. Birinchi bosqich bolalarning «yonma-yon» o'yinining shakllanib borishidir. Bu ilk yoshli va kichik guruh bolalariga xosdir. Bunday o'yinda bolalar o'rtog'ining o'yiniga qiziqish bilan qaraydilar, birga o'ynab, «yonma-yon» o'tirganlaridan xursand bo'ladilar. Bu yoshdagi bolalarning o'yini kattalar rahbarligida ularning xulqiga ta'sir etish orqali tashkil etiladi. Ikkinchi bosqichda bolalar o'yin orqali mexanik ravishda birlasha boshlaydilar. Bunday birlashishlar qisqa muddatli bo'ladi. Bu davrga kelib bolalardan kimning qaysi o'yinga qiziqishi aniq bola boshlaydi, bir xil bolalar didaktik o'yinga qiziqsalar, ikkinchilari harakatli o'yinni yoqtiradilar, uchinchilariga ijodiy o'yinlar ma'qulroq bo'ladi va h.k. Tarbiyachining vazifasi bolalarni u yoki bu o'yin bilan uzoqroq o'ynashga o'rgatishdir. Uchinchi bosqichda o'ynovchi bolalar guruhi bir-biriga do'stona munosabat va o'zaro yoqtirish orqali birlashadilar. Birga o'ynovchilar soni ko'p bo'lmasa-da, bolalar qiziqib o'ynaydilar. Bu davrga kelib bir-birlariga baho berish umumiy talabi yuzaga keladi. Bu bosqichda tarbiyachi bolalarning o'yinda birlashishlarining axloqiy asosini yuzaga keltirishi, ularda o'zaro yordam, o'rtoqlik, do'stlik munosabatlarini shakllantirishi lozim. Bolalar bog'chasida bolalarning uyushgan, qiziqarli va mazmunli hayotini ta'minlash uchun yosh guruhlarida rang-barang o'yinlardan foydalanish zarur. Ijodiy o'yinlar qoidalarining ichki, April 25, 2024 263 yashirin tabiati bolaga harakat qilishi uchun katta erkinlik yaratadi; uning o'ynayotgan jamoa oldidagi vazifasi tayyor qoidali o'yinlar mazmuniga nisbatan noaniqroq bo'ladi.
Bu o'ynovchiga suyujetni osonlik bilan o'zgartirish, qo'shimcha rollar kiritish imkonini beradi. Ijodiy o'yinlar bolalarda katta qiziqish uyg'otadi va ularga ulkan ta'sir ko'rsatadi, biroq bolalar hayotini tashkil qilishda faqat shu o'yinlardan foydalanish xato bo'lur edi. Bolalarning qoidali o'yinlarni egallashlari katta tashkiliy ahamiyatga ega. Qoidalar harakatlarning muayyan normalarini so'ng esa bolalarning bir-biriga bo'lgan munosabatini belgilaydi, bolaga o'zini va o'zi bilan birga o'ynayotganlarni nazorat qilish imkonini beradi. Qoidalami bajarishdagi mustaqillik o'yinda bolalarni maqsadga muvofiq tarbiyalash jarayonida shakllantiriladi. Bola o'ynayotganda bolalar jamoasi bilan muayyan munosabatda bo'ladi. O'yinning ijtimoiy O'yin tanlay bilish ham muhim ahamiyatga ega. O'yin bilan ta'lim o'rtasidagi bog'liqlik bola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning asosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta'limning roli ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga ishtiyoq uyg'onib qoladi. Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi,
balki mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, sport tarzidagi (musobaqa jihatlari bor) o'yinlar qiziqtira boshlaydi. Bolalar tabiat xodisalari, jonivorlar hayoti va xarakatlariga taqlid qilib, o'ynar ekan, shu qatorda ularning ma'nosini anglay boshlaydi. Asta-sekin hayotiy tajriba ortiradi. Qiyinchiliklarni еngishga o'rganadi. Unda harakat ko'nikmalariga hosil bo'ladi va tasavvuri tobora boyib boradi. Bundan tashqari, o'yinlar bolalarning jismoniy barkamol bo'lishi uchun uchungina emas, balki ularga, aqliy, ma'naviy va ahloqiy jihatdan tarbiyalashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko'plashib o'ynaladigan o'yinlarda bolalar maqsadga erishi uchun farosati va tadbirkorligini, qat'iyatini ko'rsatish, jamiyat oldida faqat o'zining emas, balqi o'rtoqlarining hatti harakatlari uchun ham javobgralik hissini seza olishni o'zida shakllantirib borishi zarur.
Xulosa: Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar hayotida o'yinlar katta ahamiyatga ega. Ma'lumki, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning o'yinlari taklid qilish tabiatida bo'ladi. Bola tevarak atrofidagi borliqni boshqalardan o'zgacharoq faxmlaydi, kuzatiladi. O'yindagi ba'zi narsalarni o'yiniga kiritadi va shu o'yin vositasida o'zini qurshab turgan olam haqida muayyan axborotga ega bo'ladi. Shuning barobarida unda xodisalarga nisbatan muayyan munosabat paydo bo'ladi.
REFERENCES
1. F.Xo'jayev. "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'tkaziladigan harakatli o'yinkar". TOSHKENT - 2022
2. Qodirova R.M. Qodirova F.R. Bolalar nutqini rivojlantirish. O'zbekiston Respublikasi Oliy va orta- maxsus ta'lim muassasalari uchun darslik. T.:, "Istiqlol", 2006 y.
3. Imomova SH.M., Norova F.F. Учебные методы организации спортивнооздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
4. Soliyev I. et al. The role of aesthetic education in introducing children to the environment //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 3. - С. 801-804. International scientific and practical conference"current issues of special pedagogy and pre-school education: problems, solutions and development prospects" April 25, 2024 264
5. Sobirovich S. I. et al. Socio-personal and mental development of a preschooler //Ijodkor o'qituvchi. - 2022. - Т. 2. - №. 23. - С. 50-54.
6. Soliyev I. et al. Tarbiyalanuvchilar ijtimoiy faolligini oshirishda foydalaniladigan milliy o'yinlar //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 3. - С. 83-86.
7. Tursunaliyeva D. et al. Maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotida o'yin faoliyatining o'rni //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №.5 Part 2. - С. 129-131.
8. Fozilova O., Omonova M. Mashg'ulotlar jarayonida o'yin faoliyatini tashkil etishning o'ziga xosligi //Бюллетень студентов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 5 Part 2. - С. 98101.
9. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet
10. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD)
Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021 11. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)