INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original peper
© G.I.Xamrayeva1_
1Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya.
KIRISH: ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim samaradorligini oshirish bo'yicha davlat talablari yoritilgan va ushbu maqsadda pedagogik kollaboratsiyani yo'lga qo'yish ehtiyoji mavjudligi asoslangan. Mavzu doirasidagi ilmiy tadqiqotlar tahlili, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagog xodimlarning hamkorlik yo'nalishlari va bu jarayonda uchraydigan qiyinchiliklar va ularni yechish usullari haqidagi fikrlar yoritilgan. Bulardan tashqari, ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kollaboratsiyani tashkil etishning boshqaruvga ijobiy ta'siri yoritib berilgan.
MAQSAD: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiyani yo'lga qo'yishning tashkiliy jihatlari va metodik mazmuni haqida nazariy malumotlar berish.
MATERIALLAR VA METODLAR: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiyani yo'lga qo'yish bosqichlari, jarayon ishtirokchilari, ularning o'zaro faoliyatdagi ta'siri shuningdek, kollaborativ tashkil etishning shart-sharoitlari keltirib o'tilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bugungi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiya jarayonlarini tashkil etish uchun metodik yordam ehtiyoji mavjud. Aytish kerakki, maktabgacha ta'lim tashkilotidagi pedagoglarning o'zaro hamkorligi doim yakuniy natija olishni ko'zlamaydi. Ya'ni pedagogik hamkorlik tizimlashtirilmagan. Buni shunday izohlash mumkinki, biror bir vazifani bajarish jarayonida pedagoglar o'zaro hamkorlik qilishadi, lekin bu jarayonda ushbu muammoni bartaraf etish bo'yicha tadqiqotimiz davomida o'rganishlar olib borganimizda maktabgacha ta'lim tashkilotidagi ta'limiy faoliyat jarayonida shaxslararo munosabatlar bilan birga pedagogik hamkorlikni rivojlantirishni uzviylikda bog'lab o'rganish kerakligi bo'yicha tavsiyalar berdik.
XULOSA: Hamkorlikni tashkil etish jarayonida pedagoglar kommunikatsiyaning rivojlanmagani, boshqalarga nisbatan murosasizlik, konfliktlarga sabab bo'ladi. Aslida nizolarni bartaraf qilishdan ko'ra pedagoglar o'rtasida zamonaviy kollaboratsiyani yo'lga qo'yish oson va samaralidir. Kollaboratsion faoliyatni pedagogik jamoaning ijodiy birgalikdagi ijobiy hissiy va qulay muloqot o'rnatilgan ish usuli deya shaxsiy ta'rifimizni keltiramiz. Zero pedagoglar o'rtasida o'zaro munosabatlarning korporativ madaniyatini shakllantirish bugungi zamonaviy ta'lim menejmentining talabidir.
Kalit so'zlar: hamkorlik, umumiy maqsad, natija, kollaboratsiya, tushunish, ta'limiy muhit, tashkil etish, boshqaruv.
Iqtibos uchun: Xamrayeva G.I. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida metodik kollaboratsiyani tashkil etish. // Inter education & global study. 2024. №3(2). B. 115-123.
ОРГАНИЗАЦИЯ МЕТОДИЧЕСКОГО КОЛЛАБОРАЦИЯ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ_
© Г.И.Хамраева1Н
1 Институт переподготовки и повышения квалификации руководителей и специалистов дошкольных образовательных организаций, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещены государственные требования к повышению эффективности образования в системе дошкольного образования и необходимость налаживания педагогического сотрудничества с этой целью. Освещены анализ научных исследований по теме, направления сотрудничества педагогических кадров в дошкольных образовательных организациях, трудности, возникающие в этом процессе, и пути их решения. Кроме того, данная статья проливает свет на положительное влияние сотрудничества на управление в дошкольных образовательных организациях.
ЦЕЛЬ: дать теоретическую информацию об организационных аспектах и методическом содержании налаживания педагогического сотрудничества в дошкольных образовательных организациях.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: выделены этапы налаживания педагогического сотрудничества в организациях дошкольного образования, участники процесса, их влияние на совместную деятельность, а также условия организации сотрудничества.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: на сегодняшний день существует потребность в методическом обеспечении организации процессов педагогического сотрудничества в дошкольных образовательных организациях. Следует сказать, что взаимное сотрудничество педагогов в организации дошкольного образования не всегда направлено на получение конечного результата. То есть педагогическое сотрудничество не систематизировано. Это можно объяснить тем, что педагоги сотрудничают друг с другом в процессе выполнения определенной задачи, но в ходе исследования решения этой проблемы мы дали рекомендации о том, что необходимо изучать развитие педагогического сотрудничества вместе с межличностными отношениями в процесс образовательной деятельности в дошкольной образовательной организации.
ВЫВОД: В процессе налаживания сотрудничества у педагогов некоммуникабельность, нетерпимость к другим людям вызывают конфликты. На самом деле наладить современное сотрудничество между педагогами проще и эффективнее, чем решать конфликты. Мы даем свое личное определение
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
совместной деятельности как метода работы, при котором устанавливается творческое совместное положительное эмоциональное и комфортное общение педагогического коллектива. Потому что формирование корпоративной культуры взаимоотношений между педагогами является требованием современного управления образованием.
Ключевые слова: сотрудничество, общая цель, результат, сотрудничество, взаимопонимание, образовательная среда, организация, управление.
Для цитирования: Хамраева Г.И. Организация методического коллаборация в дошкольных образовательных организациях. // Inter education & global study. 2024. №3(2). С.115-123.
ORGANIZING METHODOLOGICAL COLLABORATION IN SCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS_
© Gulnoza I.Khamraeva1®
institute of retraining and professional development of directors and specialists of preschool educational organizations, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article highlights the state requirements for improving the effectiveness of education in the preschool education system and the need to establish pedagogical collaboration for this purpose. The analysis of scientific research within the topic, directions of cooperation of pedagogic staff in preschool educational organizations, difficulties encountered in this process and ways to solve them are highlighted. In addition, this article sheds light on the positive impact of collaboration on management in preschool educational organizations.
AIM: to provide theoretical information about the organizational aspects and methodological content of establishing pedagogical collaboration in preschool educational organizations.
MATERIALS AND METHODS: stages of establishing pedagogical collaboration in preschool education organizations, participants of the process, their influence on mutual activity, as well as the conditions of collaborative organization are mentioned.
DISCUSSION AND RESULTS: today there is a need for methodological support for the organization of pedagogical collaboration processes in preschool educational organizations. It should be said that mutual cooperation of pedagogues in preschool education organization does not always aim at getting the final result. That is, pedagogical cooperation is not systematized. This can be explained in the way that pedagogues cooperate with each other in the process of performing a certain task, but during our research on solving this problem, we made recommendations that it is necessary to study the development of pedagogical cooperation together with interpersonal relations in the process of educational activity in a preschool educational organization.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
CONCLUSION: in the process of establishing cooperation, pedagogues lack of communication, intolerance towards others, cause conflicts. In fact, it is easier and more effective to establish a modern collaboration between pedagogues than to resolve conflicts. We give our personal definition of collaborative activity as a method of work in which creative joint positive emotional and comfortable communication of the pedagogical team is established. Because the formation of a corporate culture of mutual relations between pedagogues is a requirement of today's modern education management.
Key words: cooperation, common goal, result, collaboration, understanding, educational environment, organization, management.
For citation: Gulnoza I. Khamraeva. (2024) 'Organizing methodological collaboration in school educational organizations', Inter education & global study, (3(2)), pp. 115-123. (In Uzbek).
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim samaradorligiga erishishda pedagogik jamoaning o'zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega. Aytish mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida metodik ishlarning mazmunan uzviy ravishda boyib borishi doimiy jamoaviy hamkorlikni talab etadi. Mazkur hamkorlikni namunali tashkil etish bevosita ta'limiy jarayonlarga rahbarlik qilish va boshqarish muvaffaqiyatini ta'minlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi PF-5198-son "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2018-yil 30-sentyabrdagi PQ-3955-son "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi qarorlar hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda maktabgacha ta'lim tashkilotida zamonaviy boshqaruv jarayonlarini tashkil etish va pirovard natijada ta'lim samaradorligiga erishish vazifalari belgilangan.
Shu o'rinda maktabda ta'limda boshqaruv tushunchasiga aniqlik kiritish o'rinli. "O'zbek tilining izohli lug'ati"[111 ; 345]da "boshqarish" - korxona, muassasa, tashkilot va shu kabilar ishini idora qilmoq, yo'lga solib turmoq; xo'jalik obektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yo'naltirish jarayoni ma'nolarida ta'riflanadi.
Shuningdek, mazkur lug'atda "menejment" so'zi zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to'g'risidagi fan sifatida talqin qilinadi8
"Pedagogik atamalar lug'ati"da ta'lim menejmenti - ilmiy asosda tashkil etilgan, o'ziga xos izchillikka asoslangan boshqaruv; boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga
8 O'zbek tilining izohli lug'ati. M harfi. https://n.ziyouz.com/books/uzbek tilining izohli lugati.pdf.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
oshiruvchi rahbar, pedagogik jamoa va o'quvchilarning o'zaro munosabati9, deya izohlanadi. Akademik S.S.G'ulomov fikricha boshqaruv - tashkilotning o'z rejalariga erishishi uchun yo'naltirilgan jarayon bo'lib, bu boshqaruv faoliyati harakatini ketma-ket bajarishi, firmaning bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarni yechishi va ularni amalga oshirishi uchun zarur ekanligini ta'kidlaydi10.
An'anaviy qarashlarda boshqaruv eng kam xarajat va vaqt evaziga eng yaxshi natijalarga erishish maqsadida ishlab chiqarish jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishga ta'sir qilishning uzluksiz va maqsadli jarayoni sifatida ta'riflanadi. Ta'lim sifatini boshqarish yo'nalishida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan M.Yuldashev boshqaruv uch xil ma'noda: faoliyat, ta'sir etish va bir-biriga ta'sir etuvchi subyektlarning o'zgarishi tushunilishini qayd etadi11.
Sh.Matkarimov, Sh.A.Sharofaddinovlar ta'lim tashkilotlari boshqaruv faoliyati samaradorligini baholash - ta'lim muassasasida mavjud bo'lgan resurslar va vositalardan qay darajada foydalanganlik, ta'lim oluvchilarning jamiyat a'zosi sifatida qay darajada shakllanganligi va davlatning rivojiga hissa qo'sha oladigan bilim va ko'nikmalarni qay darajada egallaganliklarini o'rganuvchi vosita hisoblanishini qayd etadi va boshqaruv samaradorligini baholashda qo'llaniladigan ko'rsatkichlarni o'zaro bog'langan uchta guruhga bo'ladi: tashkilot faoliyati natijalari va boshqaruv sarf-xarajatlarining solishtirma ko'rsatkichlari; boshqaruv jarayonining mazmuni va mehnatining o'zaro mutanosibligi natijalari; ta'lim muassasasi tashkiliy tuzilma darajasining maqsadga muvofiqligini tavsiflovchi ko'rsatkichlar guruhi12.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida boshqaruvning samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlarni tahlil qilar ekanmiz, bir umumiylikni aniqlashtirdik: ta'lim tashkilotida rahbarning boshqaruv samaradorligi bevosita pedagogik jamoaning aralashuvi va hissasiga bog'liq bo'ladi. Bunday qarashlar yurtimiz olimlaridan R.Ahlidinov, R.Djurayev, U.Inoyatov, M.Yuldashev, Sh.Qurbanov, D.Temirovlarning tadqiqotlarida kuzatiladi. MDH olimlaridan P.Anisimov, G.Bordovskiy, M.Potashnik, L.Redko, P.Tretyakov kabi tadqiqotchilar ta'lim muassasalarida boshqaruv jarayonlariga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish bo'yicha izlanishlar olib borishgan. Xorijlik olimlar C.Baume, W.Dennison, S.Gaudreau, L.Harvey, E.Huang, S.Jacqueline, J.Ross, E.Sallis boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish va bunda rahbar xodimlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish bo'yicha tadqiqot olib borishgan.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida boshqaruv jarayonlariga salmoqli ijobiy ta'sir ko'rsatadigan jamoaning o'zaro hamda pedagogik hamkorligi masalasi doimo dolzarb bo'lib kelgan. Sababi, pedagog xodimlar o'rtasida natijaviy kasbiy hamkorlikka erishish
9 Pedagogik atamalar lug'ati. Djurayev R.X., Tolipov O'.Q. va boshq. - Toshkent, Fan, 2008. - 198 b.
10 G'ulomov S.S. Menejment asoslari. - T.: Sharq, 2002. - 370 b.
11 Yuldashev M.A. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish: p.f.d.diss. - T.: O'zPFITI, 2016. - 309 b.
12 Matkarimov J.Sh., Sharofaddinov Sh.A. Ta'lim jarayonida boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashga oid nazariy qarashlar. - T.: Zamonaviy ta'lim, 2015, №3. 11-15 b.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
muvaffaqiyat garovi. Bu jarayonda ham maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori, ham pedagogik jamoaning shaxsiy mas'uliyati talab etiladi.
Zamonaviy maktabgacha ta'limda pedagogik kollaboratsiya jarayonlarini tashkil etish omillari turlichadir. Sh o'rinda pedagogik hamkorlikning keng ma'noda qo'llanilish shakli -pedagogik kollaboratsiya tushunchasini izohlaymiz. Lotin tilida "laboro" fe'li "ishlamoq" ma'nosini bildirgan holida uning hosilasi sifatida "collaboro" - "hamkorlik qilmoq, birga ishlamoq" ma'nolarini bildirgan so'z hosil bo'lgan va "kollaboratsiya" so'zi frantsuz tiliga o'zlashtirilgan. Pedagogikada kollaboratsiya - umumiy maqsadlar yo'lida birgalikda hamkorlik qilishi, tajriba almashishi, o'rganishi, maslahatlashishini anglatadi. Bunda pedagogik jarayon ishtirokchilari kengqamrovli hamkorlik jarayonlari ob'yekti hisoblanadi. Keng ma'noda kollaboratsiya jarayonlari ta'lim tashkilotidagi muammoni hal qilish, vazifani bajarish yoki qo'yilgan ta'limiy maqsadga erishish uchun jamoaviy ishlarni tashkil qilish imkonini beradigan pedagogik strategiyani anglatadi. Ya'ni, hamkorlik umumiy maqsadga erishish uchun birgalikdagi faoliyat jarayonini o'z ichiga oladi.
Pedagogik kollaboratsiyaning ob'yekti ta'lim jarayoni hisoblanib, faoliyatning predmeti esa tarbiyachining rivojlanish muhiti hisoblanadi, qaysikim uning dunyo bilan, atrofdagi insonlar va o'z-o'zi bilan munosabat shakllari bunda o'z aksini topadi. Bunda kollaboratsiya jarayoni pedagogik va psixologik faktorlarni umumlashgan holda o'zida da mujassam etadi. Quyidagi 1-rasmda pedagogik hamda psixologik kollaboratsiyaning uzviyligi va farqlarini keltirildi.
Pedagogik kollaboratsiyaning tarkibiy qismini ko'rib chiqamiz: yordam -pedagoglarning o'zaro bir-biriga ko'maklashishi; tajriba - pedagoglarning o'zaro tajriba almashishi; tushunish - ta'limiy jarayonda murakkab vaziyatlarda o'zaro bir-birini tushunish; qo'llab-quvvatlash - pedagogik jarayon va muammoli holatlarda o'zaro bir-birini qo'llab-quvvatlash.
Pedagogik kollaboratsiyani maktabgacha ta'lim tashkilotida yo'lga qo'yish orqali qanday natijaga erishish mumkin? Natija: pedagogik-psixologik kolloboratsiya orqali tarbiyachilarni yangi shakldagi intellektual va kreativ faoliyatini rivojlantirishga qiziqtirish, iqtidorlilarini aniqlash, ularni qo'llab-quvvatlashga erishish mumkin.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiyani tashkil etish tushunchasi tizimli jarayon sifatida ko'rib chiqildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiyaning tashkiliy faoliyati subektlari quyidagilar: direktor; tashkilotning pedagog xodimlari; tarbiyalanuvchilar; ota-onalar.
Ushbu subekt a'zolarining barchasi tashkilot maqsadi, vazifalari, ish rejasiga ko'ra faoliyatini muvofiqlashtiradi. Pedagogik kollaboratsiyani tashkil etish funksiyasi ta'lim amaliyotida quyidagi algoritm bo'yicha ishlaydi: faoliyat mazmuni, shakllari va turlarini tanlash, zaruriy tashkiliy shart-sharoitlarni yaratish, vazifalarga mos mas'ullarni tayinlash, jamoada ijobiy muhitni shakllantirish, tashkil etishning oraliq va yakuniy natijalarini tahlil qilish. Mazkur jarayonda rahbar vazifalarni bajarish uchun mas'ullarni tanlashda ularning
saohiyati va imkoniyatlarini to'g'ri baholashi, tizimdagi barcha subektlarning ishini muvofiqlashtirishi zarur.
Amaliyotni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, pedagogik kollaboratsiyani ta'lim-tarbiya jarayoniga, boshqaruvni tashkil etish masalalariga keng jalb qilish ota-onalarning mavjud va kelajakdagi ehtiyojlari asosida o'z imkoniyatlarini tahlil qilish hamda uzoq muddatli maqsadlarni belgilash asosida faoliyatni tashkil etish tashkilot raqobatbardoshligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagogik kollaboratsiyani tashkil etish jarayonida tashkilotning mavjud moliyaviy, tashkiliy, pedagog kadrlar, ta'lim dasturlari, uslubiy, moddiy-texnika bazasi yaratiladi. Kamchiliklar monitoring natijalarini tahlil qilish jarayonida aniqlanadi, ularni bartaraf etish imkoniyatlari, manbalari izlanadi. Ushbu harakatlar ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan maqsadlar majmuini tashkil qiladi.
Pedagogik-psixologik kolloboratsiya
Psixolpsiogik kolloboratsiya
Г
чг
Psixologik moslashuvchanlik
Psixologik bilim
• Faoliyatning muvaffaqqiyatli va muvaffaqqiyatsiz sabablarini munosib baholash
kompetensiyalarini oshirish;
• Shaxsiy va psixofizik fazilatlar kolloboratsiyasini rivojlantirish
• Tarbiyachining psixologik kompetensiyalarini oshirishga turtki beradigan, ularda o'z o'zini rivojlantirishga motivatsiya uyg'otadigan mashqlar va metodikalarni ishlab chiqish
Pedagogik kolloboratsiya
T
• Kasbiy bilimlarni birgalikda qo'llash kompetensiyalarini shakllantirish;
• Yakuniy natijalarni kafolatlaydigan kolloboratsiya muhitini yaratish.
Pedagogik bilim
• Kasbiy bilimlarni shakllantirish;
• Innovatsion muhitda kasbga oid ko'nikma, malaka va kompetensiyalarni oshirishga qaratilgan bilimlar
kolloboratsiyasini rivojlantirish.
1-rasm. Pedagogik-psixologik kolloboratsiya
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiyani tashkil etish funksiyasini amalga oshirish murakkab jarayon bo'lib, rahbardan tashkil etish bo'yicha zamonaviy boshqaruv nazariyasining umumiy qoidalarini bilishni talab qiladi. Ushbu qoidalar quyidagilardan iborat: maktabgacha ta'lim tashkilotining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishi uchun ta'lim jarayoni ishtirokchilariga har tomonlama qulay muhit yaratish; boshqaruv bo'g'inlari (direktor, pedagog xodimlar) o'rtasida vazifa va burchlar, huquq va
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 3(2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
vakolatlarni, majburiyat va javobgarlikni taqsimlash; boshqaruvning quyi pog'onalarida ham boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish jarayonida tashabbus ko'rsatish huquqining mavjudligi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiya (zaruriylik va yetarlilik), vaqt va resurslarni tejash, vazifalarning aniq va individualligi, jamoaviylik, nazariya va amaliyotning birligi kabi tamoyillar asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kollaboratsiyani yo'lga qo'yish bo'yicha direktorlarga faoliyatni tashkil etishning quyidagi jihatlari: tarbiyalanuvchilar va pedagog xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsiz rivojlanish muhitining mavjudligi, ta'lim dasturlarining iste'molchilar talablariga muvofiqligi, tashkilot moddiy-texnik ta'minotining tarbiyalanuvchilar soniga mosligi, sog'lom ovqatlantirish jarayonlarining to'g'ri yo'lga qo'yilganligi, tomonlar o'rtasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish va boshqarish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. Toshkent. 2020 y.
2. "Ilk qadam" davlat dasturi. Toshkent 2020 y.
3. O'zbek tilining izohli lug'ati. M harfi. https://n.ziyouz.com/books/ uzbek tilining izohli lugati.pdf.
4. Pedagogik atamalar lug'ati. Djurayev R.X., Tolipov O'.Q.va boshq.- .:2008.— 198 b.
5. G'ulomov S.S. Menejment asoslari. — T.: Sharq, 2002. — 370 b.
6. Yuldashev M.A. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish: p.f.d.diss. — T.: O'zPFITI, 2016. — 309 b.
7. Matkarimov J.Sh., Sharofaddinov Sh.A. Ta'lim jarayonida boshqaruv faoliyati samaradorligini baholashga oid nazariy qarashlar.—T.:Zamonaviy ta'lim,2015,№3. 11-15 b.
8. Бордовская Н.В. Педагогика [Текст]: учебник для вузов / Н.В. Бордовская, А.А. Реан. — СПб.: Питер, 2006. — 305 с.
9. Виноградова Н.А. Методическая работа в ДОУ. Эффективные формы и методы [Текст] / Н.А. Виноградова, Н. В. Микляева, Ю. Н.Родионова. - М.: Айрис-пресс, 2008. - 192 с.
10. Вольвач Л.Н. Развитие педагогического коллектива общеобразовательной школы на основе педагогики индивидуальности [Текст]: дис. ... канд. пед. наук: 13.00.01 / Л. Н. Вольвач; Рос. гос. ун-т. — Калининград, 2009. — 256 с.
11. Конаржевский, Ю. А. Формирование педагогического коллектива [Текст] / Ю. А. Конаржевский. - М.: Педагогика, 1998. — 35 с.
12. Коротаева, Е. В. Педагогика взаимодействий: теория и практика [Текст]: учеб. пособие / Е. В. Коротаева. — М.-Берлин: Директ-Медиа, 2014. — 171 с.
13. Пятаева, С. А. Методическая поддержка профессионального саморазвития
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
воспитателя дошкольного образовательного учреждения [Текст]: дис. канд. пед. наук: 13.00.08 / С. А. Пятаева; Волгоград. гос. пед. ун-т. - Волгоград: 2005. - 151 с.
14. Yadgarov, N. J. "Methods using the 3ds max package in teaching projection drawing in school." Euro-Asia Conferences. Vol. 1. No. 1. 2021.
15. N. Dj. Yadgarov, Ph. D. , Associate Professor Bukhara - open-air museum // Oriental Art and Culture. 2019. №IV (1). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bu
16. Ядгаров Нодир Джалолович Моделирование трехмерных геометрических фигур при помощи пакета 3ds мах // Вестник науки и образования. 2020. №212 (99). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/modelirovanie-trehmernyh-geometricheskih-figur-pri-pomoschi-paketa-3ds-mah
17. Nodir D. Yadgarov, Taner A§gi, Ihsan Tokta§ BiR SANAT VE ZANAAT MUZESi OLARAK OZBEKiSTAN ORTAQAG BUHARA MiMARiSiNDEN YAZLIK SITORA-I MOKHI-KHOSSA SARAYI // Inter education & global study. 2024. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bir-sanat-ve-zanaat-m-zesi-olarak-zbekistan-orta-a-buhara-mimarisinden-yazlik-sitora-i-mokhi-khossa-sarayi .
18. Jalalovich, Yadgarov Nodir. "Methods of formation of professional skills of future teachers of drawing through teaching spatially-visual 3d images." International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).
19. Yodgorov, N. J. (2022). Methods of Using "Ar" (Additional Reality) Technology in the Formation of Professional Skills in Future Drawing Teachers. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(5), 262-266. Retrieved from https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/896
20. Yadgarov, Nodir. "Methods of Building Visual 3D Models Based on Descriptive Geometry." Middle European Scientific Bulletin 18 (2021): 242-246.
21. N. Dj. Yadgarov, Ph. D. , Associate Professor Bukhara - open-air museum // Oriental Art and Culture. 2019. №IV (1). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bukhara-open-air-museum (дата обращения: 29.04.2024).
MUALLIF HAQIDA MA LUMOT [ИНФОРМАЦИА ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HXamrayeva Gulnoz Israilovna, PhD, mustaqil tadqiqitchi [Хамраева Гулноз Исраиловна, PhD исследователь], [Gulnoza I.Khamraeva, PhD, researcher]; manzil: Buxoro viloyati, Gijduvon shahar; [адрес: Бухарская область, г. Гиждуван], [address: Bukhara region, Gijduvan] [email protected]
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)