Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
628
397
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / tasavvur / tayyorlov guruhi / tasviriy faoliyat / yartuvchanlik / badiiy ijod / rasm chizish / estetik sezgi / san’at asarlari. / воспитание / воображение / подготовительная группа / изобразительная деятельность / творчество / художественное творчество / живопись / эстетическое чувство / произведения искусства.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E.R. Shavqiyev

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oldiga-yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo‘ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlari, ularning mazmuni, tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini rivojlantirish, irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar haqida tushuncha, ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy san’atga o‘rgatish haqida batafsil aytib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TO CHILDREN’S FINE ARTS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS TEACHING

достижение независимости Республики Узбекистан поставило перед дошкольными образовательными организациями важную задачу формирование граждан нового демократического государства. В настоящее время в дошкольных образовательных организациях объясняются виды художественной деятельности, их содержание, развитие в процессе художественной деятельности у детей интеллектуального, нравственного, эстетического воспитания, качества воли доведение начатой работы до конца, стремление к выполнению поставленной цели, преодоление трудностей, помощь товарищам. Также в статье подробно рассказывается об обучении детей изобразительному искусству в дошкольных образовательных учреждениях.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI TASVIRIY FAOLIYATGA O‘RGATISH»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© E.R. Shavqiyev1^_

10'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, Samarqand, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oldiga-yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo'ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlari, ularning mazmuni, tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini rivojlantirish, irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar haqida tushuncha, ko'rsatib berilgan. Shuningdek, ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy san'atga o'rgatish haqida batafsil aytib o'tilgan.

MAQSAD: maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlarini, ularning mazmuni, tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda aqliy, fazoviy tasavvurni, axloqiy, estetik tarbiya turlarini rivojlantirish va yaratuvchanlikni oshirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan faoliyat va texnologiyalarni bolalarda qay darajada o'zlashtira olish va ularni bu faoliyatni o'zlashtirishdagi qulayliklar va qiyinchiliklarni o'rganishdan keyingi ta'sir qilishini tahlil qilish uchun 5 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi barchasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatdan foydalanishning afzalliklari bo'yicha maqolalardir. Yig'ilgan maqolalar 2019-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: to'plangan materiallar o'rganilish natijasida tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanligi afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar bolalarga tasviriy faoliyatni o'rgatishda kelib chiqadigan muammolarga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala o'rganish natijalari bo'yicha mualliflar bolalarga tasviriy faoliyatni o'rgatish jarayonida umumiy bilim va tajribalarga tayangan holda yosh bola bilan muloqot qiladi ammo tasviriy faoliyatini an'anaviy ravishda o'qitishga qaraganda ushbu maqolada qo'llangan metodlardan qo'llash tarbiyachi e'tiborni faol ravishda yo'naltiradi va sharhlar orqali ularga bevosita murojaat qiladi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qo'llagan holda bolalarga tasavvurni kengaytirish, tasviriy faoliyatni va yaratuvchanlikni oshirish oson va qulaydir.

XULOSA: tadqiqot natijalari muhim pedagogik ahamiyatga ega ilmiy maqolalar mualliflari tomonidan juda ko'p murojat qilingan bo'lib, aksariyatida tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarga o'rgatish juda qulay, har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekanligi. Maktabgacha yosh davridagi bolalarga tasviriy faoliyatni tushuntirishdagi qulayliklar tasavvur qilish, chizish va yasashni o'rgatish jarayonida muhim ahamiyati ko'rsatilgan bu esa o'z o'rnida global bilimlarni rivojlantirish va ularni to'g'ri yo'naltirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, tasavvur, tayyorlov guruhi, tasviriy faoliyat, yartuvchanlik, badiiy ijod, rasm chizish, estetik sezgi, san'at asarlari.

ОБУЧЕНИЕ ДЕТСКОМУ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ ИСКУССТВУ В ДОШКОЛЬНЫХ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ_

© Э.Р. Шавкиев1Н

1Узбеко-Финский педагогический институт, Самарканд, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: достижение независимости Республики Узбекистан поставило перед дошкольными образовательными организациями важную задачу -формирование граждан нового демократического государства. В настоящее время в дошкольных образовательных организациях объясняются виды художественной деятельности, их содержание, развитие в процессе художественной деятельности у детей интеллектуального, нравственного, эстетического воспитания, качества воли -доведение начатой работы до конца, стремление к выполнению поставленной цели, преодоление трудностей, помощь товарищам. Также в статье подробно рассказывается об обучении детей изобразительному искусству в дошкольных образовательных учреждениях.

ЦЕЛЬ: в дошкольных образовательных организациях рассмотрены виды изобразительной деятельности, ее содержание, развитие психического, пространственного воображения детей, нравственное, эстетическое воспитание и творчество в процессе изобразительной деятельности.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью анализа того, в какой степени дети могут освоить изучаемые виды деятельности и технологии, а также их влияние на усвоение удобств и трудностей в освоении этих видов деятельности, создан корпус из 5 научных статей. Сборники статей были опубликованы в международных и национальных академических журналах в период 2019-2023 гг. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

Iqtibos uchun: E. R. Shavqiyev. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish // Inter education & global study. 2024. № 3(1). B. 58-64.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №3 (1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате изучения собранных материалов, проведенного по предпочтениям, что изобразительная деятельность имеет большое значение в всестороннем воспитании детей дошкольного возраста, научные статьи, посвященные проблемам, возникающим при обучении детей изобразительной деятельности, опираются на более высокий контингент вовлечения. По результатам обоих исследований авторы опираются на общие знания и опыт в процессе обучения детей изобразительной деятельности, общаются с маленькими детьми, но в отличие от традиционного обучения изобразительной деятельности, применение методов, описанных в этой статье, позволяет активно направлять внимание воспитателя и обращается к ним непосредственно с помощью комментариев.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования неоднократно цитировались авторами научных статей, имеющих важное педагогическое значение, в большинстве своем они указывали на то, что изобразительная деятельность является очень удобной для обучения детей дошкольного возраста, имеет большое значение в всестороннем воспитании. Удобство объяснения художественной деятельности детям дошкольного возраста является важным элементом в процессе обучения воображению, рисованию и созданию, что в свою очередь помогает развивать и направлять глобальные знания.

Ключевые слова: воспитание, воображение, подготовительная группа, изобразительная деятельность, творчество, художественное творчество, живопись, эстетическое чувство, произведения искусства.

Для цитирования: Шавкиев Э.Р. Обучение детскому изобразительному искусству в дошкольных образовательных организациях. // Inter education & global study. 2024. № 3(1). С.58-64.

TO CHILDREN'S FINE ARTS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS TEACHING_

© Shavqiyev R. Elyor1®

1Uzbek-Finnish pedagogical institute, Samarkand_

Annotation

INTRODUCTION: the achievement of independence of the Republic of Uzbekistan placed before preschool educational organizations an important task - to form citizens of a new democratic state. This is currently the types of visual activities in pre-school educational organizations, their content, the development of mental, moral, aesthetic education in children in the process of visual activities, the qualities of the will - to complete the work that has been started, to set a goal in front of it, and strive to achieve it, understanding of such characteristics as overcoming difficulties and helping one's friends is shown. Also, in this

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(1)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

article, it is mentioned in detail about teaching children to visual arts in pre-school educational organizations.

AIM: development of types of pictorial activities, their content, mental, spatial imagination, moral, aesthetic education and creativity in children in the process of pictorial activities in pre-school educational organizations.

MATERIALS AND METHODS: a corpus of 5 scientific articles was created in order to analyze the extent to which children can master the activities and technologies under study and their influence after learning the conveniences and difficulties in mastering these activities. are articles on the benefits. The collected articles were published in international and national academic journals between 2019-2023. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.

DISCUSSION AND RESULTS: as a result of the study of the collected materials, scientific articles analyzed on the merits of the fact that visual activity is of great importance in the comprehensive education of preschool children rely on the contingent of attraction more than the articles focused on the problems that arise in teaching visual activity to children. According to the results of both studies, the authors communicate with a young child, relying on common knowledge and experiences in the process of teaching visual activity to children, but the use of the methods used in this article compared to the traditional teaching of visual activity is more difficult for the educator. actively directs attention and addresses them directly through comments, using modern pedagogical technologies, it is easy and convenient to expand children's imagination, increase visual activity and creativity.

CONCLUSION: the results of the research have been widely cited by the authors of scientific articles of important pedagogical value, and in most of them, visual activity is very convenient to teach to preschool children, and it is of great importance in all-round education. Ease of explaining visual activities to children of preschool age is shown to be of great importance in the process of teaching imagination, drawing and making, which in turn helps to develop global knowledge and direct them correctly.

Key words: education, imagination, preparatory group, visual activity, creativity, artistic creativity, painting, aesthetic sense, works of art.

Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimini qaytadan qurish borasida olib borilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar, amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar ertangi kunimiz, qolaversa, kelajagimiz egalari bo'lmish yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin ifodasidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarorining ikkinchi paragrafida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

For citation: Shavqiyev R. Elyor. (2024) 'To children's fine arts in preschool educational organizations teaching', Inter education & global study, (3(1)), pp. 58-64. (in Uzbek).

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ushbu konsepsiyasida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko'rib chiqishni hamda maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.

So'ngi yillarda respublikamizda ta'lim tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar nihoyatda kengayib bugungi kunda davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Jumladan uzluksiz ta'limning dastlabki bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim sohasining ayni paytdagi rivojlanishi buning yorqin isbotidir.

Bunda bolalarda vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi lozim.

Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan qiziqishni uyg'otish estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va tasvirlashni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir .

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o'rni beqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo'lishi, buning uchun muntazam ravishda o'z ustida ishlashi, ilmiy-nazariy saviyasini tinimsiz ko'tarishi, ilg'or tajribalarga tayanishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini rejalashtirish va hisobga olish zarur. Tasviriy san'at bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy san'at bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy san'at mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsada, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko'rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy san'at bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat'iy rioya qilishi lozim. Tasviriy san'at bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlari - bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg'ulotlaridir. Bu mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, kun tartibi asosida uyushtiriladi. Hamma faoliyatlar uch qismga bo'linadi:-mashg'ulotning boshlanishi-topshiriqni tushuntirish; - mashg'ulotning borishi-topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi; - mashg'ulotning yakuni-bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rasm faoliyatini san'at markazlarida rejalashtiriladi.

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tasviriy san'atning o'ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan tarbiyachilarni etishtirib chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o'rni beqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo'lishi, buning uchun muntazzam ravishda o'z ustida ishlashi, o'zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko'tarishi, ilg'or tajribalarga tayanishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rasm chizishga o'rgatish 3 yoshdan boshlanadi. Bu davrda bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu prosessda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta sekin to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin murakkablashadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish, maktabda esa tasviriy san'atning turlari rang tasvir, grafik, xaykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurishyasash mashg'ulotlari xisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida keltirilgan faoliyatlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli xal etilishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasvirlash faoliyatlari bilan uzviy ravishda olib boriladi.

Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyatlarda, qalam hamda mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora etishga o'rganadilar. Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo'lini yengil, erkin bir tekisdagi xarakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakl, kattalik, proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga qarab yo'nalishni saqlash zarurligiga, predmetning kattaligiga mos ravishda xarakatlanishga o'rganadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo'llarini rejalashtirishga o'rganadilar. Bu faoliyatlar bolalarda diqqatni va ko'rish xotirasini rivojlantiradi. Shunday qilib, tasviriy faoliyatlarda bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o'sadi va bu orqali maktabda o'qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning oziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi.

Xulosa qilib aytganda tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o'sadi va bu orqali maktabda o'qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi

2. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida. 05.04.2018 y. PQ-3651.

3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni O'RQ-637-сон 23.09.2020. 8-moddasi

4. "Maktabgacha ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" Xalq so'zi gazetasi 30.09.2020

5. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: "Nihol" nashriyoti, 2013, 2016.

6. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. Toshkent 2018 yil (Maktabgacha ta"lim vazirligi)

7. Mamirova Z.U., Niyozova G.B. "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish" Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Shavqiyev Elyor Raxmonberdiyevich, PhD, dotsent [Шав^в Элер Рахмонбердиeвич, PhD, доцент], [Shavkiev R. Elyor PhD, Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, 117036, Samarqand, Mavorounnaxr ko'chasi 40/49 uy [адреа Узбекистан, 117036, Самарканд, улица Мавороуннахр дом 40/49], [address: 40/49 Mavorounnaxr street, 117036 Samarkand, Uzbekustan]; ORCID: https://orcid.org/0000-0002-7250-4588; e-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.