Научная статья на тему 'BOLALARNING SHAXS SIFATIDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATINI VA MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING TUTGAN O’RNI'

BOLALARNING SHAXS SIFATIDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATINI VA MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1846
95
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tasviriy faoliyat / shaxs sifati / badiiy-estetik madaniyat / ma’naviyat / bolalar / rasm chizish / maktabgacha ta’lim / Fine arts / personality quality / artistic and aesthetic culture / spirituality / children / painting / preschool education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oltiboyeva Mehribonu Baxrom Qizi

Ushbu maqolada tasviriy faoliyat tushunchasi tub negizi, tasviriy faoliyat turlari mazmun-mohiyati, bolalarning shaxs sifatida shakllanishlarida taniqli pedagogpsixologlarning fikrlari, maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs sifatida badiiy-estetik madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishda tasviriy faoliyatning tutgan o’rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF VISUAL ARTS IN THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC AND AESTHETIC CULTURE AND SPIRITUALITY OF CHILDREN AS INDIVIDUALS

This article provides information on the basics of the concept of visual activity, the content of the types of visual activities, the views of well-known pedagogical psychologists in the formation of children as individuals, the role of visual activities in raising the artistic and aesthetic culture and spirituality of preschool children.

Текст научной работы на тему «BOLALARNING SHAXS SIFATIDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATINI VA MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING TUTGAN O’RNI»

BOLALARNING SHAXS SIFATIDA BADIIY-ESTETIK MADANIYATINI VA MA'NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA TASVIRIY FAOLIYATNING TUTGAN O'RNI

Oltiboyeva Mehribonu Baxrom qizi

Qarshi davlat universiteti Tasvriy san'at va amaliy bezak san'ati mutaxassisligi 2-bosqich

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6545270 Annotatsiya. Ushbu maqolada tasviriy faoliyat tushunchasi tub negizi, tasviriy faoliyat turlari mazmun-mohiyati, bolalarning shaxs sifatida shakllanishlarida taniqli pedagog-psixologlarning fikrlari, maktabgacha yoshdagi bolalarning shaxs sifatida badiiy-estetik madaniyati va ma 'naviyatini yuksaltirishda tasviriy faoliyatning tutgan o'rni haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy faoliyat, shaxs sifati, badiiy-estetik madaniyat, ma'naviyat, bolalar, rasm chizish, maktabgacha ta'lim.

РОЛЬ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В РАЗВИТИИ ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И ДУХОВНОСТИ ДЕТЕЙ КАК ЛИЧНОСТИ. Аннотация. В данной статье представлена информация об основах понятия изобразительной деятельности, содержании видов изобразительной деятельности, взглядах известных педагогов-психологов на формирование детей как личности, роли изобразительной деятельности в воспитании художественно-эстетического культура и духовность дошкольников.

Ключевые слова: Изобразительное искусство, личность, художественно-эстетическая культура, духовность, дети, живопись, дошкольное образование.

THE ROLE OF VISUAL ARTS IN THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC AND AESTHETIC CULTURE AND SPIRITUALITY OF CHILDREN AS INDIVIDUALS Annotation. This article provides information on the basics of the concept of visual activity, the content of the types of visual activities, the views of well-known pedagogical psychologists in the formation of children as individuals, the role of visual activities in raising the artistic and aesthetic culture and spirituality of preschool children.

Key words: Fine arts, personality quality, artistic and aesthetic culture, spirituality, children, painting, preschool education.

Tasviriy faoliyat - bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarning voqelik haqidagi tasawurlarining kengayish va mustahkamlanish vositasi bo'lib xizmat qiladi. Taniqli psixolog V.M.Teplov idrokning alohida xarakterini quyidagi tasvir bilan bog'liq holda ta'kidlab o'tadi: «tasviriy san'atda tasvir masalasi kuchli idrok qilishni talab etadi. Qurilgan narsaning tasvir masalasini yecha turib, bola har doim narsalarni yangicha tomondan anchagina tezroq, kuchliroq va aniqroq qurishni o'rganib boradi». Idrok etishning rivojlanishi tasviriy faoliyatdan kelib chiqib, ikki maqsadni ko'zlaydi. Birinchidan, o 'rab turgan voqelik bilan tanishish jarayo-nida bolaning bilish va estetik malakasi boyiydi, ikkinchidan, turli prcdmetlar haqidagi tasavvurlari aniqlashadi. Predmetlarning xususiyatlari va belgilarini idrok etish shu predmetlarning keyinchalik tasvirlay olishi bolalardan tekshirish vositalari orqali tanishishni talab qiladi. Tasviriy faoliyatning turli ko'rinishlarida tekshiruv maqsadlari turlicha boMadi. Tarbiyachi turli

faoliyat turlarida bolalar diqqatini predmetning shakliga, hajmiga, fazoda joylashishiga qaratadi, keyin rasm chizish mashg'ulotidan oldin predmetning konturi qismlarini alohida ajratib ko'rsatadi, agar berilgan predmet uchun xarakterli rang bo'lsa, uni ham ajratib ko'rsatadi. Loy mashg'ulotining hajmli massasi har tom ondan ko'riladi, uning qo'shilib ketgan va ajralib turgan qismlari ko'rib chiqiladi.

Qurish-yasash mashg'ulotlarida qismlarning proporsional munosobatlari, ularning o'zaro bog'liqligini ko'rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Ko'zdan kechirish jarayonining o'zi 5 bosqichni o'z ichiga oladi:

— predmetni o'z holida idrok etish (tarbiyachi yorqin obrazli shaklda predmetning umumiy xarakteristikasini beradi);

— tahlil bilan birgalikda ko'zdan kechirish (oldin katta qismlar, keyin mayda qismlar ajratiladi, ularning shakllari aniqlanadi);

— predmetning qurilishini aniqlash va katta qismlaming o'zaro bog'liqligi;

— rangning ajratilishi;

— predmetni butun holda qaytadan ko'zdan kechirish;

Idrok etish jarayonining bosqichlariga bunday taqsimlanishi shartli va ular har doim idrok etishda ishtirok etmaydi. Bu bolalarning malakalariga va ular oldida turgan vazifalariga bog'liqdir. Predmetni qayta ko'zdan kechirish talab etilmaydi, kimdir faqat ko'rish orqali predmetni tahlil qilish yoki so'z orqali tasvirlab berish o'tiladi. Bir turdagi predmetlami qismlarga ajratish va o'zaro bog'liq shakllarini topish qobiliyatini tarbiyalash uchun taqqoslashdan foydalanish muhimdir. Masalan, hamma daraxtlarning asosi vertikal holatda joylashgan, shoxlari asosiga nisbatan burchak ostida joylashgan; ko'pgina hayvonlarning tanasi oval shaklida. «Shaklni idrok etish ko'rish orqali hamda his etish yordamida o'tilishi kerak. Bolani ko'z bilan yoki qo'l harakati bilan konturni bir qismdan ikkinchi qismga o'tib, chizib chiqishga o'rgatish lozim. Kichik guruhlarda qo'l harakatlarini, albatta, kiritish kerak, katta gumhlar uchun esa konturni idrok qila olish yetarli, qolgani esa yordamchi organ bo'lib hisoblanadi» (L.A.Lublinskaya). Hajm (velichina)ni idrok etish kichik maktabgacha yoshdagi bolaga tushunarli, agar farq ancha katta bo'lsa (katta-kichkina). Hajmni idrok etish proporsional munosabatlami o'z ichiga oladi va ko'rish ham da his etish kabi tekshirishlarni talab qiladi. Bunda qurish ko'rsatgichlari harakatli yoilar bilan tekshirilib borilishi kerak — bir qismni boshqasidan farqlash orqali. Voqelikdagi munosabatlarni idrok etish tasviriy maqsadi bilan birgalikda juda qiyin masaladir. U katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida o'tiladi va idrok etish jarayoni rasm chizish bilan birgalikda o'tilsa, oson o'zlashtiriladi. Shunday ishning qiziq tadqiqotini L.A.Rayeva «Bolalar bog'chasining katta guruhlarida mazmunli rasm chizish» kitobida yozgan. Rangni idrok etish bolaga katta emotsional ta'sir etadi. Shuning uchun har doim uni alohida ajratib ko'rsatish kerak. Bolalar predmetning hamma xususiyatlarini ko'rib chiqib bo'lganlaridan keyingina ularning diqqatini rangga qaratish kerak. Bolalar bilan tekshirishlarni o'tkazish metodikasi ko'pgina shartlar bilan bog'liq. Avvalo, bolalarning egallagan malakalari bilan egallab olmagan, notanisb idrok etish usullari o'rtasida bogiiqlik bo'lishi lozim. Birinchi bor tanishuv har doim yuzaki bo'ladi. U o'ziga predmet va uni o'rab turgan m uhit haqida umumiy tasawurlarini hosil qilishni kiritadi. Birinchi bor tanishuvda tor maqsadni qo'yish mumkin emas. Idrok etish keng boiishi, turli munosabat va bogiiqlikni kiritish kerak. Dastlabki tekshiruvlar ba'zida juda yorqin, lekin tasvirlash uchun yetarli boim agan umumiy tasaw urlam i

2G22 № 2

hosil qiladilar. Takroriy tekshiruvlar natijasida idrok etish yetarlicha yorqin, aniq boiishi mumkin. Takrorlanish idrok etishni, esda olib qolishni va esga tushirishni murakkablashtiradi. Idrok etishda eng kerakli bo'lib qolgan estetik hislarning kiritilishi ham m uhim hisoblanadi. Chunki estetik hisning rivojlanishi ham mashq qilishni talab qiladi. Masalan, daraxtlarning tasviridan oldin bolalar daraxtlar, gullar, o'tlarni ko'rishlari, ulardan zavq olishlari kerak. Bolalar diqqatini soya joylarga va daraxt barglarida quyosh nurlarining o 'yiniga qaratish kerak. Bolalar oldida ancha tor maqsad qo'yilgan vaqtda, qayta kelish vaqtida daraxtlarning tuzilishi bilan tanishtirish, ularni ko'zdan kechirayotganda qanchalik chiroyliligini, yashil fonda uning oppoq asosi yaqqol ajrab turganiga qaratish kerak. Shu vaqtda she'riy misralardan misollar keltirib o'tish ham yaxshi natijalar beradi. Idrok etishni umumlashtirishda unga bolalarning turli analizatorlar bilan birgalikdagi faol faoliyatlarini kiritish katta ahamiyatga ega, gullab yotgan qirni idrok etishda uzoqdan uni ko'rish yetarli emas. Bolalar qirda yugurishlari, gullar uzishlari, ularni hidlab ko'rishlari, guldasta yasashlari, ashula aytishlari lozim. Bularning hammasi mashg'ulot davomida hisobga olinadi. Kuzatishlarni o'tishda tarbiyachining so'zi va bolalarning roli katta aham iyatga ega. Har qanday tushuntirish, savol, ko'rsatma, bolani fikrlashga majbur qilish kerak. Idrok etishning aniqlashuviga, uning emotsionalligiga estetik fikrlashni kengaytiradigan taqqoslashlar yordam beradigan badiiy obrazlardan foydalanish muhimdir. Tarbiyachi so'zining o'm i va roli bolalarning yoshiga bog'liqdir. Diqqati tarqoq boiadigan kichik yoshda idrok etish momenti bilan so'z birgalikda kelish kerak. Katta yoshda tarbiyachi bolalarga kuzatilayotgan obyektga o'zlari xarakteristika berishlariga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga atrofdagi hayotni va predmetlarni kuzatish vaqtida hayajon tez vujudga keladi. Bu hayajonda endi yuzaga kelayotgan estetik tuyg'u rivojlanib boradi. Bolalardagi estetik tuyg'ular yosh o'tgan sari ancha chuqurroq va anglaganroq bo'ladi. Bevosita estetik tuyg'u chiroyli predmetni idrok etishda yuzaga keladi va turli tashkiliy elementlarni o'z ichiga qamrab oladi. Shunday usul bilan rang hissini estetik tuyg'uning chiroyli ranglar birlashmasini idrok etishdan kelib chiqishini: to'q osmonni yorqin yulduzlar, to 'q palto va yorqin qalpoqchani ajratish mumkin. Ritm hissi predmetning ritmik kelishganligi, qismlarning ritmik joylashuvini, masalan, daraxtning shoxlarini idrok etilayotgan vaqtda kelib chiqadi. Proporsiya hissi, konstruktiv butunlik turli qurilishlami idrok etish orqali kelib chiqadi. Bola qanchalik atrofni bilib idrok eta olsa, uning estetik tuyg'usi shunchalik chuqur, murakkab bo'lib boradi. Asta-sekin bolalar elementar estetik fikrlash qobiliyatini egallab boradilar. Ularda estetik tuyg'ularning rivojlanishi predmetning va uning xususiyatlarini estetik tom ondan baholay olishlariga olib keladi. Sekinlik bilan bolalarda estetik did rivojlanib boradi.

Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, proportsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir. Bola rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa, shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligidan zavq qoladi, bahramand bo'ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba'zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishni rivojlantiradi. Ularda tasviriy san'at asarlarini tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg'uni, munosabatni tarbiyalaydi. Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy ijodiy o'sishida muxim o'rin egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o'sishi - bu obrazli fikr yuritish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo'lgan malaka, ko'nikmalarni egallash hisoblanadi. Masalan: tabiatga yoki

istirohat bog'iga sayr, kuz faslida ekskursiya uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofini kuzatishda kelib chiquvchi estetik his-tuyg'u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to'g'ri baho berish, Vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin.

Tasviriy faoliyat bilan shug'ullanish bolalarni ijodiy qobiliyatlarini va badiiy-estetik didini o'stirishda va har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada faoliayatni ta'lim tizimining maktabgacha ta'lim bosqichidan boshlash yanada maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o'z hayotida, jamiyatda bo'layotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, hayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlaganishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari ishni baholash jarayonida, ularda o'rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo'lish, to'g'ri baxolash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo'lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Комарова T.C. Методика обучения изобразителной деятельности и конструированию. М.: Просвещение, 1991.

2. Сакулина Н.П. Рисунок, аппликация, работа с глиной в децком саду. М.: Просвещение, 1993

3. O.Jamollidinova. «Katta bog'cha bolalarini xalq hunarmandchiligiga o'rgatish bo'yicha ish dasturi» Т.: 1996.

4. Hasanboyeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Т.: «Ilm ziyo».

2006

5. Hasanboyeva O.U. va boshq. Oilada barkamol avlod tarbiyasi. Т.: «Fan va texnologiya», 2010

6. M.Sh.Nurmatova, Sh.T.Hasanova "Rasm, buyum yasash va tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi" Toshkent-2012.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.