Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT TURLARI VA MAZMUNI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT TURLARI VA MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
18724
697
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Tasviriy faoliyat / badiiy ijod / rasm chizish / estetik sezgi / san’at asarlari. / Educational program Fine activity / artistic creation / painting / aesthetic intuition / works of art.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. Sadikova, L. Abdusabirova

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlari, ularning mazmuni, tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini rivojlantirish, irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar haqida tushuncha, ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TYPES AND CONTENT OF PICTURE ACTIVITY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS

This article discusses the types of visual activities in pre-school educational institutions, their content, the development of mental, moral, aesthetic education in children in the process of visual activity, the quality of will bringing the work started to the end, and solving problems. purpose and mission. strives to achieve it, overcomes difficulties, demonstrates understanding of characteristics such as helping others.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT TURLARI VA MAZMUNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TASVIRIY FAOLIYAT TURLARI

VA MAZMUNI Sadikova Shoista Akbarovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi, professor

Abdusabirova Laylo Azizjon qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7393420

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat turlari, ularning mazmuni, tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik tarbiya turlarini rivojlantirish, irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar haqida tushuncha, ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: Tasviriy faoliyat, badiiy ijod, rasm chizish, estetik sezgi, san'at asarlari.

ВИДЫ И СОДЕРЖАНИЕ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация. В данной статье рассмотрены виды изобразительной деятельности в дошкольных образовательных организациях, их содержание, развитие умственного, нравственного, эстетического воспитания у детей в процессе изобразительной деятельности, качества воли - довести до конца начатое дело, ставить цель и стремиться к ее достижению, преодолевать трудности, демонстрируется понимание таких особенностей, как помощь ближнему.

Ключевые слова: Изобразительная деятельность, художественное творчество, рисование, эстетическая интуиция, произведения искусства.

TYPES AND CONTENT OF PICTURE ACTIVITY IN PRESCHOOL EDUCATIONAL

ORGANIZATIONS

Abstract. This article discusses the types of visual activities in pre-school educational institutions, their content, the development of mental, moral, aesthetic education in children in the process of visual activity, the quality of will - bringing the work started to the end, and solving problems. purpose and mission. strives to achieve it, overcomes difficulties, demonstrates understanding of characteristics such as helping others.

Keywords: Educational program Fine activity, artistic creation, painting, aesthetic intuition, works of art.

KIRISH

Respublikamizda maktabgacha ta'lim tizimini qaytadan qurish borasida olib borilayotgan tub ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlar, amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar ertangi kunimiz, qolaversa, kelajagimiz egalari bo'lmish yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlikning yorqin ifodasidir. O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30 sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va moddiy-texnik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo'yildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarorining ikkinchi paragrafida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Ushbu konsepsiyasida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko'rib chiqishni hamda maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.

Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi lozim[4].

Tasviriy faoliyat - bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir Maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy tamoyili, bu tasviriy faoliyatni ta'lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo'limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi.

NATIJA

So'ngi yillarida respublikamizda ta'lim tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar nihoyatda kengayib bugungi kunda davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Jumladan uzluksiz talimning dastlabki bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim sohasining ayni paytdagi rivojlanishi buning yorqin isbotidir.

O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'grisidagi qonunining 8-moddasida "Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir" deb belgilab qo'yilgan[3].

Ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.

MUHOKAMA

Maktabgacha ta'limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san'at orqali bolalardagi qobiliyat xamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.

"Maktabgacha ta'lim sohasida ana shunday ulkan islohotlarni hayotga joriy etish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Qanchalik qiyin bo'lmasin, bu tarixiy vazifani amalga oshirishimiz shart va uni barchamiz birgalikda albatta bajaramiz"[1].

Maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini rejalashtirish va hisobga olish zarur. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsa-da, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko'rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat'iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlari - bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg'ulotlaridir. Bu mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, kun tartibi asosida uyushtiriladi. Hamma faoliyatlar uch qismga bo'linadi: - mashg'ulotning boshlanishi-topshiriqni tushuntirish; - mashg'ulotning borishi-topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi; -mashg'ulotning yakuni-bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rasm faoliyatini san'at markazlarida rejalashtiriladi[9].

Tasviriy san'atning o'ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan tarbiyachilarni etishtirib chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o'rni beqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo'lishi, buning uchun muntazzam ravishda o'z ustida ishlashi, o'zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko'tarishi, ilg'or tajribalarga tayanishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rasm chizishga o'rgatish 3 yoshdan boshlanadi. Bu davrda bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu prosessda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta sekin to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin murakkablashadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish, maktabda esa tasviriy san'atning turlari rang tasvir, grafik, xaykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurishyasash mashg'ulotlari xisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida keltirilgan faoliyatlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinflarda ta'lim- tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli xal etilishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasvirlash faoliyatlari bilan uzviy ravishda olib boriladi [7].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyatlarda, qalam hamda mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora etishga o'rganadilar. Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo'lini engil, erkin bir tekisdagi xarakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakl, kattalik, proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga karab yo'nalishni saqlash zarurligiga, predmetning kattaligiga mos ravishda xarakatlanishga o'rganadilar. Maktabgacha ta'lim muassasalarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo'llarini rejalashtirishga o'rganadilar. Bu faoliyatlar bolalarda diqqatni va ko'rish xotirasini rivojlantiradi. Shunday qilib, tasviriy faoliyatlarda bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o'sadi va bu orqali maktabda o'qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi, kattakichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda tasviriy faoliyat maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya -bu tasviriy faoliyat turlari bo'lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni yengish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Shunday qilib, tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o'sadi va bu orqali maktabda o'qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi, katta kichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi. Bolalar ishlarida o'z hayotida, jamiyatda bulayotgan voqea-xodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun bo'ladilar, xayajonlanadilar. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari-boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo'yib, o'shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari ishni baholash jarayonida, ularda o'rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo'lish, to'g'ri baxolash, o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo'lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi

2. Mirziyoyev Sh.M. Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida. 05.04.2018 y. PQ-3651.

3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi Qonuni O'RQ-637-сон 23.09.2020. 8-moddasi

4. "Maktabgacha ta'limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" Xalq so'zi gazetasi 30.09.2020

5. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.T.: "Nihol" nashriyoti, 2013, 2016.

6. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari. Toshkent 2018 yil ( Maktabgacha ta'lim vazirligi)

7. Mamirova Z.U., Niyozova G.B. "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish" Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1

8. .Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika". T.: Tafakkur bo'stoni, 2013

9. Nurmatova M.Sh. Xasanova Sh.T. "Rasm buyum yasash va bolalarni tasviriy faoliyatga o'rgatish metodikasi". "Cho'lpon", T:.2010y.

10. Ilm yo'li" variativ dastur, Toshkent 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.