Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2
educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
TASVIRIY FAOLIYAT MASHG'ULOTLARINI OLIB BORISH SHAKLLARI
VA USULLARI
Omonov Davronbek Alisher o'g'li
Farg'ona Davlat Universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi E-mail:[email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada maktabgacha ta 'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlari imkoniyatlari tahlil qilingan.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning har tomonlama rivojlanishi va guruhda rivojlantiruvchi muhitning tarkib topishi izchil asoslangan.
Kalit so'zlar; tasviriy faoliyat, estetik tarbiya, integral faoliyat, rasm, aplikatsiya, loy ishi.
АННОТАЦИЯ
В статье прозналированы возможности занятий изобразителной деятельности в дошкольных образовательных организациях.Доказано комплекснос развитие детей и формирование среды развития в процессе изобразительной деятелности.
Ключевые слова: изобразителная деятельность, эстетическое воспитание, картина, аппликация, глиняное изделие.
ABSTRACT
The article analyzes the possibilities of pictorial activaties in preschool education organizations.The comprehensive development of children in the process ofpictorial activity and the formation of a development environment in the group has also been proven.
Key words: pictural activity, aestethic nurture,integral activity,picture,cut-out,product from clay.
KIRISH
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o'rni beqiyos.U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo'lishi, buning uchun muntazam rvishda o'z ustida ishlashi, ilmiy-nazariy saviyasini tinimsiz ko'tarishi, ilg'or tajribalarga tayanishi kerak.
Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi bolalarda tevarak atrofga nisbatan qiziqishni uyg'otish estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va tasvirlashni rivojlantirishni ko'zda tutadi.Maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarida bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishi uchun zarur bo'lgan
195
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
vazifalar hal etiladi.Rasm,applikatsiya loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning analiz sintez, takrorlash,konkretlashtirish kabi ko'nikmalari shakllanadi.Shuningdek bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o'z harakatini o'rtoqlarining harakatiga moslashtirishga o'rganadilar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Tasviriy faoliyat bo'yicha ta'limiy faoliyat bolalarga beriladigan estetik tarbiya masalalarini yechishda katta ahamiyatga ega.Chunki tasviriy faoliyat o'z xususiyatiga ko'ra badiiy faoliyat hisoblanadi.Badiiy faoliyat mashg'ulotlarining barcha turlari bolalarda go'zallikni bilish uchun borliqqa emotsional-estetik munosabatni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarni ochib beradi.
Tasviriy faoliyat mashg'ulotlari jarayonida:
Badiiy didni tarbiyalash;
Amaliy badiiy faoliyat va malakalarni rivojlantirish;
Fantaziya,ijodiy fikrlash va tasavvur qilish, idrok qilishni rivojlantirish;
Kasbiy badiiy-ijodiy faoliyat kurtaklari namoyon bo'lishi uchun imkon yaratish kabi ta'limiy va tarbiyaviy masalalari hal etilib boriladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ishlab chiqilgan ''Ilk qadam''davlat dasturining tuzilishi va mazmunining tahlilidan ayonki,kichik guruhlardan boshlab eng ko'p vaqt tasviriy faoliyatga ajratilgan.
Agar tasviriy faoliyatning rasm, aplikatsiya, loy ishi turlarini qo'shib hisoblasak, unga qanchalik e'tibor qaratilganiga amin bo;lamiz.Demak tasviriy faoliyat integrativ mazmun kasb etuvchi eng katta bo;lim hisoblanadi va faoliyatning boshqa turlari bilan mantiqiy va didaktik bog'liqlikda amalga oshiriladi.Bu omil tasviriy faoliyat mashg'ulotlari mazmunini va metodikasini faoliyatning boshqa turlariga hamohang tarzda takomillashtirib boorish lozimligini anglatadi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar,san'at asarlari, xususan rasmga qarab hikoya qilish boshqa faoliyatlar bilan integral ravishda olib boriladi.
Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida, qalam hamda moyqalamdan erkin foydalanishda o'z harakterini va qo'l kuchini idora etishga o;rganadilar.Bu esa malakani egallash ,bolalarda qo'lini yengil ,erkin bir tekisdagi harakat qilish hususisyatini rivojlantiradi.
Umumiy tatqiqotlarimiz natijasida bolalar turli shakl ,proporsiyadagi predmedlarni chizish jarayonida predmetning ish hususiyatiga qarab yo'nalishni saqlash zarurligiga predmetning kattaligiga mos ravishda harakatlanishga yordam beradigan metodikalarni tadqiq etdik.Bundan kelib chiqdiki, maktabgacha ta'lim
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar materialdan tartibli foydalanishga, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo'llarini rejalashtirishga o'rganadilar.Bu mashg'ulotlar bolalarda diqqatni va ko'rish xotirasini rivojlantiradi.
Maktabgacha ta'limtashkilotlari tayyorlov muhitida naturaga qarab rasm chizish yoki tasvirlashga nisbatan talablar oshishi ma'lum bo'ldi.Naturaga qarab tasvirlashda ishning ketma-ketligini ko'rsatib, bolalar tayyorlov va katta guruhida o'rganishning boshlang'ich bosqichidagina amalga oshiriladi.Bolalar naturani analiz qilishga butun umumiy shaklni xomaki qog'ozga tushirib olishga,rasmni naturaga solishtirishga,xato va kamchiliklarini to'g'rilashga,naturaga o'xshatishga urinadilar.
Qurish-yasash markazida materiallardan foydalanish bolalarda ko'z bilan chamalashni shakllantiradi va bolalarini maktabdagi texnik darslarni egallashga yoki o'zlashtirishga yordam beradi.
Shunday qilib tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o'sadi va bu orqli maktabda o'qishga tayyorlanib boradi.Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar,ularning o'ziga xos sifatlari,shakli, rangi,katta kichikligi bilan tanishadilar,ularning farqini,o'xshashligini aniqlaydilar bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga,ko'rgazmali,obrazli fikr yuritishga imkon beradi.
Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy tarbiyalaydi.Bolalar ishlarida o'z hayotida,jamiyatda bo'layotgan voqea hodisalarni aks ettiradilar,ulardan mamnun bo'ladilar,hayajonlanadilar.Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari boshlangan ishning oxiriga yetkazish,oldiga maqsad qo'yib ,o'shani bajarishga intilish qiyinchiliklarni yengish,o'rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi.Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam,kelishib ishlash kabi sifatlari,ishni baholash jaryonida ularda o'rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo'lish,to'g'ri baholash,o'z ishidan va o'rtoqlarining ishidan xursand bo'lish kabi axloqiy sifatlar shakllanadi.
Tasviriy faoliyat-bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovhi faoliyatdir.Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi.Bolalarda estetik sezgining rivojanishi-rangi,ritmi,proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir.Bola rangni shaklni,uning xilma xilligini sezsa shunchalik aralashmasining xilma-xilligini sezsa, shunchalik ranglar aralashmasining xilma xilligidan zavq oladi,bahramand bo'ladi.Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi ularda predmetlarga va uning bazi sifatlariga nisbatan estetik baho berishni rivojlantiradi.Ularda tasviriy san'at asarlarini tushunishga,ularga nisbatan his-tuyg'uni,munosabatni tarbiyalaydi.Tasviriy faoliyat bolalarning badiiy
197
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ijodiy o'sishida muhim o'rin egallaydi.Bolalarning badiiy ijodiy o'sishi -bu obrazli fikr yuritish,estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo'lgan malaka ko'nikmalarni egallash hisoblanadi.Masalan, tabiatga yoki istirohat bog'iga sayr,bahor faslida ekskursiya uyushtirish va tabiatdagi o'zgarishlarni kuzatish.Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak atrofini kuzatishda kelib chiquvhi estetik his-tuyg'u orqali tevarak atrofga kishilar mehnatiga to'g'ri baho berish,vatanga muhabbat kabi sifatlarini tarbiyalashi mumkin.
Bolalarni o'z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish,boshqalarga yoqadigan,ular ko'rganda quvonadigan qilib yaratish -bu badiiy,axloqiy tarbiyalashning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta ahamiyat kasb etadi.Rasm,loy,qurish materiallari bo'yicha bilim,malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo'ladi.Ularni o'quv faoliyatiga tayyorlaydi:pedagogni tinglashga,uning ko'rsatmalarini bajarishga o'rgatadi.Oldiga qo'yilgan vazifani hal etishda,uning asosiy va muhim hal etish yo'llarini izlab topishbu o'quv faoliyatning asosiy sababchilaridan biridir.Tasviriy faoliyat jarayonida o'z ishini nazorat qilib boorish,maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o'ynaydi.Shuningdek,bola tasviriy faoliyat jarayonida psixologik jihatdan ham tayyorlanib boradi.
REFERENCES
1. "Ilk qadam" davlat dasturi T:2018.
2. Maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari.T.2019.
3. Amirova G.A.Sulaymonov A.P. Djurayeva B.R. Maktabgacha ta'lim muassasalarida applikatsiya mashg'ulotlari.T.2014
4. D.T.Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodhonlik elementlarini shakllantirish.(13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo'yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati) T.2007
5. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
0
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
7. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.
8. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
9. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.
10. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.
11. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.
12. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.
13. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
14. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
15. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.