Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MAʼNAVIY TARBIYANING OʻRNI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MAʼNAVIY TARBIYANING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
uzluksiz taʼlim / manaviyat / maʼnaviy tarbiya / yuksak maʼnaviyat / axloqiy tarbiya / taʼlim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Inomova.N.L

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maʼnaviy tarbiyani amalga oshirish bosqichlari haqida soʻz yuritilib, bu borada yurtimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati yoritib berilgan. Bundan tashqari mahnaviy tarbiyani amalga oshirish borasida sharq mutafakkurlarining fikrlari ham keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA MAʼNAVIY TARBIYANING OʻRNI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MA'NAVIY

TARBIYANING ORNI

Inomova.N.L

Quvasoy shahar 24-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11294641

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy tarbiyani amalga oshirish bosqichlari haqida so'z yuritilib, bu borada yurtimizda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati yoritib berilgan. Bundan tashqari mahnaviy tarbiyani amalga oshirish borasida sharq mutafakkurlarining fikrlari ham keltiriladi.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim,manaviyat, ma'naviy tarbiya, yuksak ma'naviyat, axloqiy tarbiya, ta'lim-tarbiya.

Keying yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ma'naviyatga berilayotgan e'tibor yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Ma'naviy tarbiya inson va jamiyatning barqarorligini ta'minlaydi. Ma'naviy tarbiya yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, guruh, jamiyat, millatda jismoniy barqarorlik, ruhiy, axloqiy, ma'naviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim-tarbiya jarayoni hisoblanadi. Yuksak ma'naviyat va axloqiy barkamollik har qanday xalq, har qanday jamiyat rivojining bosh mezoni bo'lib xizmat qilgan. Bu borada sharq mutafakkurlari tarbiya qancha erta boshlansa, shuncha samarali bo'lishini ta'kidlaganlar. Uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bo'g'ini sifatida maktabgacha ta'lim tizimida olib borilgan ma'naviy tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tizimini o'rni beqiyosdir. Darhaqiqat inson umri davomida oladigan axborotlarning 70 foizini 5-6 yoshgacha bo'lgan davrda olishi to'g'risidagi ilmiy xulosalardan kelib chiqib, bola tarbiyasida maktabgacha ta'lim tizimini o'rni va ahamiyatini chuqurroq anglab olish mumkin bo'ladi.

Shu ma'noda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PQ4312-son qarori maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan muhum huquqiy hujjat bo'ldi. Konsepsiyada O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'limni rivojlantirishning maqsadlari, vazifalari, ustivor yo'nalishlari, o'rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlari belgilab berilgan. Shu bilan birga maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish ko'rsatildi. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorana munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratish lozimligi belgilangan.

Bu boradagi ishlarni tizimli ravishda tashkil qilish maqsadida mamlakatimizda yoshlarda Vatanga sadoqot, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr oqibatlilik, ma'suliyatlilik, bag'rikenlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlarni bolalaikdan boshlab bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida 2019-yil 31-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining -"Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror mazmuniga ko'ra ma'naviy tarbiyani dastlab ona qornidan boshlash ko'rsatib o'tilgan. Shu bilan birga qarorda ma'naviy tarbiyani shakllantirishda maktabgacha ta'lim tashkilotining amalga oshiradigan vazifalarga alohida e'tibor qaratilgan. Maktabgacha ta'lim tarbiya jarayonida bolaning atrof muhit bilan dastlabki aloqaga kirishishlari ta'minlanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar dastlabki bilimlarni o'rganadilar, o'zaro muloqatga kirishadilar natijada bolalar yangi ko'nikmalarni jadal o'zlashtiradilar va yangi bilimlarni egallaydilar. Buyuk sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy o'zining -"Fozil odamlar shahri" asarida inson hayotida ta'lim tarbiyaning o'rniga to'xtalib o'tar ekan -Ta'lim so'z va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish va o'rganish bilan bo'ladi" deb ta'kidlaydi. Demak maktabgacha ta'lim tashkilotlarida biz tarbiyalanuvchilarga ma'naviy tarbiya berishda amaliy faoliyat o'rnak bo'l ish, ko'rsatib berish kabi vositalardan keng foydalanishimiz kerak.

Inson va jamiyatning mavjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar ma'naviy tarbiya tufayli ajdodlardan avlodlarga o'tadi. Ma'naviy tarbiya muayyan shaxsning ma'naviy rivoji, dunyoqarashi, axloqiy qiyofasi, estetik didini o'stirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Inson yoshlikdan azaliy an'analar, urf odatlar og'ushida kamolga yetadi. Bunda oila, mahalla va ta'lim tarbiya dargohlari mikro, mezon va makro muhitdagi uyg'unlik va izchillik katta o'rin tutadi. Chunki qadriyatlarni tarkib topib borish sharoitida odamlarning axloqiy ongini umummilliylik prinsipi asosida shakllantirib borish zaruriyat hisoblanadi. Aks holda jamiyatning axloqiy muhitida axloqiy ong darajasi susayib ketadi. Tarbiya haqida shayx Sadiy o'zining -Guliston asarida shunday deb yozgan - Kimda-kim yoshlikda tarbiya olmasa, katta bo'lgach, baxtli bo'la olmaydi. Ho'l novdani istagancha bukish mumkin. Quruq novdani esa faqat olovda toblab to'g'irlash mumkin degan fikrlarni bildirib o'tadi. Tarbiya haqidagi bu g'oya avlodajdodlarimizdan bizga yetib kelgan buyuk meros bo'lib, u komil insonni voyaga yetkazishda muhim hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy tarbiyaning asosi tarbiyalanuvchilarda umuminsoniy va millatga xos ma'naviy, madaniy an'analar, qadriyatlar haqidagi dastlabgi ta'savurlarni shakllantirishdir. Ma'naviy fazilatlarni shakllantirish katta guruhlarda eng qulay davr hisoblanadi.

Bu davrda bola qiziqishlarining to'planishi, qiziquvchanlikni ortishi bilan xarakterlanadi. Bolaning xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma'naviy mezonlar va qarashlar yaxshilik va ezgulik, mehr-oqibat, andisha, axloq normalari kabi muqaddas tushunchalarni poydevorini shakllantirish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kechadi. - Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasida Vatanga sadoqat, burch va mas'ulyat, tashabbuskorlik va boshqa fazilatlar yoshlar ongida nazariy tushunchalar sifatida qolib ketgani holda uning tabiatida amaliy odatlarga aylanmayotganligi aytib o'tilgan. Bu fazilatlarni amaliy faoliyatga aylantirishda esa ma'naviy tarbiyani maktabgacha ta'lim tashkilotlarida chuqur olib borish shart. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ma'naviyatining shakllantirishning mazmuni, samarali shakl, metod va usullarini aniqlash, uning mazmunini takomillashtirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni modernizatsiya qilish MTTlar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirish bosqichlarini ishlab chiqish zarur bo'lib, bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi maqsadga muofiq: - tarbiyalanuvchilar ma'naviyatining shakllanganlik darajasini o'rganish; - tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirish muammosining mazmunini aniqlash, shakl va metodlarini tanlash; -tarbiyalanuvchilar ma'naviyatini shakllantirish bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan pedagogik jarayonni amalga oshirish.

Xulosa qilib aytganda bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy

rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bulardan kelib chiqib maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ma'naviy

fazilatlarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratib milliy ma'naviyatimiz namunalaridan keng

foydalanishimiz lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori.

4. N. Jo'raev "Ma'naviyat-odam va olam xaloskori" T. 2018-yil.

5. F.R. Valiyeva, Sh.Kurbonov Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

6. Kalmuratov T.N. Boshqaruv funksiyalari asosida davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish mexanizmi. Xalq ta'limi ilmiy jurnal, №3 sonli. 2023 yil.

7. Mavlonov N.Sh. , Ne'matova Z.F., Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyatida aktdan foydalanish, INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) - Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9- 189p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.