Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMI XODIMLARINING MAʼNAVIY-AXLOQIY FAZILATLARI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMI XODIMLARINING MAʼNAVIY-AXLOQIY FAZILATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maʼnaviyat / axloqiy fazilat / yuksak eʼtiqod / axloqiy tarbiya / vatanparvarlik / tafakkur / insoniy fazilat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — V.R. Yarullina

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining maʼnaviy-axloqiy fazilatlari haqida soʻz yuritilib, ularining maʼnaviy-axloqiy fazilatlariga madaniyatlilik, insonparvarlik, fidoyilik, xushmuomalalik, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, masʼuliyatlilik, qatʼiyatlilik, intizomlilik, olijanoblik xislatlari kirishi taʼkidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMI XODIMLARINING MAʼNAVIY-AXLOQIY FAZILATLARI»

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI XODIMLARINING MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARI

V.R. Yarullina

Shaxrisabz shahri, 19-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11354618

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ma'naviy-axloqiy fazilatlari haqida so'z yuritilib, ularining ma'naviy-axloqiy fazilatlariga madaniyatlilik, insonparvarlik, fidoyilik, xushmuomalalik, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas'uliyatlilik, qat'iyatlilik, intizomlilik, olijanoblikxislatlari kirishi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, axloqiy fazilat, yuksak e 'tiqod, axloqiy tarbiya, vatanparvarlik, tafakkur, insoniy fazilat.

Kelajak avlodni yetuk avlod etib tarbiyalashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan har qaysi jamiyat, avvalo maktabgacha ta'lim tizimini, jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini zamon talablari darajida jihozlash va ta'lim-tarbiyani tubdan takomillashtirish zarur. Bunday vazifani hisobga olgan holda maktabgacha ta'lim tizimida dunyoning rivojlangan mamlakatlarining tajribalaridan unumli foydalangan holda ta'lim-tarbiya va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ma'naviy muhitni yanada oshirishirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bundan asosiy maqsad farzandlarimizni har tomonlama barkamol, aqlan va jismonan yetuk avlod etib taribiyalashdan iboratdir. Ushbularni amalga oshirishda avvalo, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan soha xodimlarining mustahkam irodasi va fidoyiligi, ona yurtga mehr-muhabbat va sadoqatiga so'zsiz bog'liqdir. Shu ma'noda, bugungi maktabgacha ta'lim tizimida sog'lom ma'naviy muhitni yaratishda ta'lim-tarbiya ishlariga alohida e'tibor berish, ushbu jarayonni ilg'or texnik va texnologik vositalar, yangicha usul-uslublar asosida tashkil etish, eng asosiysi, maktabgacha ta'lim sohasida olib borilayotgan ta'lim xizmatlarini zamon talablari darajasida tashkil etgan holda tarbiyalanuvchi bolalarni ma'naviy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalash ishlarini izchil davom ettirish shart. Bugungi kunda yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash, maktabgacha ta'lim sohasida borilayotgan islohotlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Sohada faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog xodimlarining ma'naviy-axloqiy fazilatlariga - madaniyatlilik, insonparvarlik, fidoyilik, xushmuomalalik, halollik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mas'uliyatlilik, qat'iyatlilik, intizomlilik, olijanoblikni kiritish mumkin. Maktabgacha ta'lim tizimi mehnat faoliyatini olib borayotgan soha xodimlarida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish uchun, avvalo, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sog'lom ma'naviy-axloqiy muhitni qaror toptirish va mustahkamlash zarur. Bu, o'z navbatida, rahbarlar mahoratiga alohida e'tibor qaratishni talab etadi.

Rahbarlar yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lishi uchun quyidagi fazilatlarga ega bo'lishlari shart: - ko'ngli ochiq, aql-zakovat sohibi, ma'naviy shakllangan bo'lishi kerak; - u o'zini tarbiya qilgan, halol, zimmasidagi mas'uliyatni his etib yashamog'i lozim; - aqlli, tajribali, o'z ishining bilimdoni bo'lmog'i shart; - uning barcha ishlari va xatti-harakatlari shaxsiy tarkibga ijobiy ta'sir ko'rsatmog'i kerak; - u fidoyi, tashabbuskor, qat'iyatli va talabchan bo'lishi shart; -o'z shaxsiy hayoti va xizmat faoliyati bilan qo'l ostidagilarga namuna bo'lmog'i lozim; - nafs balosiga qarshi turmog'i, o'zidan kichik rahbarlarni ham bu balodan asramog'i kerak; -adolatsizlikka aslo yo'l qo'ymasligi lozim; - uning barcha ishlari ochiq va oshkora bo'lishi lozim;

- rahbar o'z g'oyasi, fikri, harakat dasturiga ega bo'lish bilan birga, barcha buysunuvchilarni yurt taraqqiyoti, xalqning tinchligi va farovonligi yo'lida yagona g'oya atrofida jipslashtirishi shart. O'z navbatida, rahbarlik faoliyatining samaradorligi uning tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita bog'liq. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkonini beradi. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi, deyish mumkin. Bundan tashqari, maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib boruvchi xodimlarning ma'naviy-axloqiy qiyofasi masalasiga ham alohida e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Chunki usiz inson insonlik martabasiga ko'tarila olmaydi. Shunday ekan, soha xodimlari ma'naviy-axloqiy qiyofasini belgilaydigan asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: - intellektual salohiyat; - mustahkam iroda; - axloqiy-ruhiy poklik; - yuksak e'tiqod. -soha xodimlarining ichki va tashqi intilishlari, imkoniyat va salohiyatini maqsad yo'lida safarbar etish, qat'iyat bilan harakat qilish, sinov va mashaqqatlarni yengib o'tishga, har qanday sharoitda ham ruhiy muvozanatni saqlashga asos bo'ladigan ma'naviy fazilatlardir.

Insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan ma'naviy xususiyatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat sifatidagi mohiyatini ta'minlaydigan qadimiy va abadiy qadriyatdir. Axloqiy tarbiya esa jamiyat ma'naviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa bo'lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarni zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shaklidir. Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikkita muhim masalaga javob izlaydi: biri - qanday yashamoq kerak, ikkinchisi - nima qilish keragu nima qilmaslik lozim. Bugungi kunning dolzarb masalalaridan yana biri - soha xodimlarining yot g'oyalarga qarshi tura olishidir. Bunda xodimlarning ma'naviy yetuklik, e'tiqodi darajasini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, ma'naviy-mafkuraviy yetuklik ko'rsatkichlarini belgilash va ularning rivojlanganlik darajasini aniqlash zarurati tug'iladi. Maxsus o'rganishlar asosida maktabgacha ta'lim tizimi xodimlarining ma'naviy bilimlarining quyidagi jihatlari ma'naviy mafkuraviy yetuklik ko'rsatkichlari sifatida taklif etiladi: - soha xodimlari bilimlarining to'laligi - o'z yoshi, mavqei va bugungi kun talabi doirasida ma'naviy va axloqiy tushunchalarga ega bo'lish, ularning mazmun-mohiyatini tushunish va mustaqil tarzda talqin eta olish; - ma'naviy bilim va qarashlarning mantiqiy asoslangani - kundalik hayotdagi xulq shakllari turli muammoli vasiyatlarda to'g'ri xulosa chiqara olish va muammoni to'g'ri tahlil qila olish; - ulardagi ma'naviy bilim va qarashlarning mustahkamligi. Bu jihatning namunadagi ko'rsatkichi bo'lib, ularda mavjud ma'naviy xislatlarini e'tiqod darajasiga yuksalganligi; - MTT rahbar va pedagog xodimlarning ma'naviy bilimlarni amaliyligi, o'z axloqiy va ma'naviy jihatlarini nafaqat og'zaki ravishda, balki xulqida ham namoyon etishi. Xullas, maktabgacha ta'lim tizimi xodimlaridagi mavjud yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlar, mustahkam iroda, Vatan taqdiri uchun mas'uliyat hissini kamol toptirish, jamoada sog'lom axloqiy-ruhiy muhitni shakllantirishga qaratilgan ishlar tizimini tubdan yaxshilash va takomillashtirish maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan har bir rahbar va xodimlarning muhim vazifasidir

Shu o'rinda ma'naviy va axloqiy tarbiya tushunchalarining mohiyati haqida to'xtalib o'tishni joiz deb bilamiz. Ma'naviy tarbiya - yuksak ma'naviyatni tarbiyalash vositasi, muayyan shaxs, jamoa, guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma'naviy yetuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta'lim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha. Insonningjamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan ma'naviy xususiyatlarni tarbiyalash uning eng asosiy qadriyat sifatidagi mohiyatini ta'minlaydigan qadimiy va abadiy qadriyatdir. Axloqiy tarbiya esa jamiyat ma'naviy hayotidagi muhim ijtimoiy hodisa bo'lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarni zamon talablari asosida har qaysi avlod ongiga singdirish shaklidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya" to'g'risidagi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son Qarori.

6. Olimov Q.T, Mavlonov N.Sh., O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini pedagog kadirlar bilan ta'minlash va ularning kompetentsiyasini oshirish jarayonining rivojlanish tendensiyasi va istiqbollari, Glaballashuv davrida yangi avlodni tarbiyalash: undagi qiyinchilik va istiqbollari. mavzusidagi Xalqaro ilmiy konferensiya 2022-yil 1-aprel, 21-23

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

8. Kalmuratov T.N. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining boshqaruv faoliyatini boshqarish. "Maktabgacha ta'lim xalqaro tajriba va rivojlanish istiqbollari" Xalqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari 2021, Bet 167-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.