Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA AXLOQIY-IRODAVIY JIHATDAN TAYYORLASH'

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA AXLOQIY-IRODAVIY JIHATDAN TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yosh / maktab / tayyorgarlik / axloq / irodaviy sifat / mustaqillik / uyushganlik / intizomlilik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xalkuzieva Dilnoza Baxodirovna

Maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlashning pedagogik va psixologik jihatlari, ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan, pedagog va paixolog olimlar fikrlari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlarni tarbiyalashning ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA AXLOQIY-IRODAVIY JIHATDAN TAYYORLASH»

MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MAKTABGA AXLOQIY-IRODAVIY JIHATDAN

TAYYORLASH

Xalkuzieva Dilnoza Baxodirovna

Qo'qon DPI o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11211944

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlashning pedagogik va psixologik jihatlari, ahamiyati nazariy jihatdan asoslab berilgan, pedagog va paixolog olimlar fikrlari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlarni tarbiyalashning ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yosh, maktab, tayyorgarlik, axloq, irodaviy sifat, mustaqillik, uyushganlik, intizomlilik.

Abstract. The article provides a theoretical substantiation of the pedagogical and psychological aspects of the moral and volitional preparation of preschool children for school, analyzes the views of scientists, teachers and psychologists. It also emphasizes the importance of nurturing such traits as independence, organization and discipline in the personal behavior of a preschooler.

Keywords: preschool institution, school, training, ethics, willpower, independence, organization, discipline.

Kirish. MTTdagi pedagogik jarayon maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalash va rivojlantirish ularni jismoniy, aqliy, ma'naviy va estetik rivojlantirish masalalarini amalga oshirishga yo'llangan. Bu vazifalarni ro'yobga chiqarish pedagogik jarayonda bolalar faoliyatining xilma - xil turlari - o'yin, turmush, mehnat, o'quv, oddiy badiiy va hokazo faoliyatlari orqali ta'minlanadi. Ular maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini shakllantiruvchi vosita xizmatini o'taydi va ayni bir vaqtda bolalar egallaydigan mazmun ham hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PK-4312-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi»da maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini, shuningdek, bolaning rivojlanishi va uning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini kompleks baholashning yangi mexanizmlarini ishlab chiqqish va joriy etish nazarda tutilgan. Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash yo'lida jadal ravishda amaliy faoliyat olib borilmokda. Bu borada maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga oid ilmiy-metodik asoslar ishlab chiqildi, jahon standard darajasida yangi mazmun va yo'nalishda faoliyat yurituvchi maktabgacha ta'lim tizimi takomillashtirildi. Bolalarni maktabda o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga aqliy tayyorlik - bolalar bog'chasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga berilgan ta'lim va tarbiyaning muhim yakunidir. U maktabning bolaga qo'yadigan talablar majmui orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi ijtimoiy- psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim bo'lgan yangi vazifa va burchlardan kelib chiqadi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar. Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan munosabatining o'zgarishiga aloqador muhim davrdir. Bola hayotida birinchi bor markaziy o'rnini ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy

bo'lgan erkin o'yin faoliyatidan farqli o'laroq, endi ta'lim majburiy bo'ladi va birinchi sinf o'quvchisidan 4 ta jiddiy munosabat talab qilinadi. Ta'lim faoliyatining yetakchi turi sifatida bolaning kundalik hayot jarayonini qayta quradi: kun tartibi o'zgaradi, erkin o'yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning ishchanligi va intizomligiga talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha yoshdagi bolalikka nisbatan o'quvchining o'z xatti-harakati, majburiyatlarini bajarishiga shaxsiy ma'suliyati ancha-muncha ortadi.

Shunga ko'ra zamonaviy psixologik va pedagogik adabiyotlarda (A.V. Zaparojets, L.A. Venger, G.M. Lyamina, G.G. Petrochenko, T.V. Taruntaeva va boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsini rivojlantirish sifatida aniqlanadi.

Psixolog Dj.Lokk fikricha, bola psixikasi faqat hayoti davomida shakllanadi. U tarbiyaga alohida ahamiyat qaratadi. Katta odamlardagi bilim va goyalar tayyor holda ularga berilmagan, u tarbiyaning natijasi bo'lib, bolaga katta odamlarning intellektual va ma'naviy munosabati natijasida shakllanadi. Lokk insondagi barcha bilimlar hissiy tajriba asosida yig iladi, degan xulosaga keladi.

Maktabga qatnaydigan bola yangi turmush tarziga, kishilar bilan o'zaro munosabatning yangi sistemasiga, faol aqliy faoliyatga tayyorlangan bo'lishi kerak. U yangi jiddiy majburiyatlarni uddalashi uchun jismoniy rivojlanishda muayyan darajaga erishgan bo'lishi kerak. Psixologlar L.I. Bojovich, L.S. Slavina, N.G. Morozova, A.A. Lyublinskaya, L.A. Vengerlar ta'kidlaganlaridek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilim olishga ishtiyoqni, qiziqishni, o'qishga va maktab qoidalarini bajarishga istakni tarbiyalash, maktabga ijobiy munosabatni, kitobga qiziqishni tarkib toptirish, o'quvchilarda barqaror o'quv qiziqishlari va maktabdagi o'quv ishiga mas'uliyatli munosabatni hosil qilishning muhim zamini hisoblanadi.

Natijalar. Bolaning maktabda o'qishga umumiy tayyorgarligi mazmunida bir necha o'zaro bog'langan jihatlar mavjud bo'lib, ulardan muhimlari ma'naviy, irodaviy, aqliy, jismoniy tayyorgarlikdir.

Maktabda o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabgacha bolalik oxiriga kelib axloqiy hatti-harakat, iroda, axloqiy hissiyotlar va ong rivojida unga yangi ijtimoiy nuqtai-nazarni faol egallashiga hamda o'zining o'qituvchi va sinfdoshlar bilan o'zaro munosabatlarni axloqiy asosda qorishiga imkon beradigan darajaga erishishida ifodalanadi. Maktabni axloqiy-irodaviy tayyorlik mazmuni o'quvchi tutgan o'rindan kelib chiquvchi bola shaxsi hamda xulqiga qo'yiladigan talablarga ko'ra aniqlanadi. Bu talablar maktabga o'qishning dastlabki kunlaridanoq o'quvchi oldiga o'quv majburiyatlarini mustaqil va ma'suliyatni his etgan holda bajarish tartibli va intizomli bo'lish, o'z xatti-harakati va faoliyatini boshqarish, o'qituvchi va o'quvchilar bilan o'zaro munosabatlarda madaniy xulq qoidalariga rioya qilish, maktab anjomlariga tartibli va ehtiyotlik bilan munosabatda bo'lishni ko'ngdalang qo'yadi. Bu yuksak talablarni bajarishga tayyorlash oldindan bolalar bog'chasi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan davomli, maqsadga yo'llangan tarbiyaviy ish jarayonida amalga oshiriladi.

Axloqiy-irodaviy tayyorlik katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvori rivojining muayyan darajasida namoyon bo'ladi. Bu munosabatda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi davomida, rivojlanadigan o'z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati: qoidani yoki tarbiyachi talablarini ongli bajarish, birdaniga asabiylashib ketishga erk bermaslik, qo'yilgan maqsadga erishishda qat'iyatni namoyon qilish, kerakli ishni o'ziga tortadigan, ammo maqsaddan chalg'itadiganiga qarshi o'laroq oxirigacha bajarish ko'nikmasi va shu kabilar e'tiborga loyiqdir.

Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning qaror topishida, shuningdek, katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsiy xulq-atvoridagi mustaqillik, uyushganlik va intizomlilik kabi xususiyatlar ahamiyatlidir. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar xulq-atvoridagi mazkur

xususiyatlarning mavjudligi maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikni shakllantirishning isboti xizmatini o'taydi.

Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlikning boshqa bir muhim tarkibiy qismi bolaning katta yoshlilar va tengqurlari bilan o'zaro munosabatlarini qoidalarga muvofiq tashkil eta bilishidir. Tajribaning ko'rsatishicha, maktabdagi o'qish sharoitlariga moslashish oldingi yillarda bolalarda "jamoachilik" sifatlari: do'stlarga nisbatan xayrixoh, hurmat bilan munosabatda bo'lish, tashkilotchilik ko'nikmalari, xushmuomalalik, g'amxo'rlik bildirish, o'zaro yordamga hozirlikning qanchalik muvaffaqiyatli shakllantirilganligiga bevosita bog'liqligini ko'rsatdi. Bola xulq-atvorida jamoachilik xislatlarini bunday majmuining mavjudligi uni maktabga axloqiy-irodaviy tayyorligining ko'rsatkichi bo'la oladi va yangi jamoada tengqurlari bilan muomalada ko'tarinki ijobiy ruhni yuzaga keltiradi.

Maktabga axloqiy-irodaviy tayyorlik, shuningdek, axloqiy hissiyot bola ongi rivojining muayyan darajasi bilan ham ifodalanadi. Bu o'rinda eng ibratlisi bolalarning axloqiy xulq-atvorining ijtimoiy ahamiyatini tushunishlari, ularda o'z xatti-harakatlarini mustaqil baholash qobiliyatini rivojlantirish, ma'suliyat, haqgo'ylik, insoniylik va fuqarolik hissiyotlari elementlarini shakllantirishdir. Bular o'quvchilarda keyinchalik o'z o'quv mehnatlari uchun o'z yaqinlari va butun mamlakat oldida shaxsiy ma'suliyat hissiyotini uyg'otishda asos bo'ladi.

Munozara . Axloqiy-irodaviy tayyorlik tarkibiga maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning mehnatga munosabatini ifodalovchi sifatlar majmui ham kiradi. Bu mehnat qilish ishtiyoqi, yaxshi va tartibli bajarilgan ishdan qoniqish hissiyoti, atrofdagilar mehnatiga hurmat, zarur mehnat malakalarini egallashdir. Bo'lajak o'quvchi uchun o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish mehnati malakalari tartibli mustaqil kiyinish, o'z narsalari, o'quv anjomlari holatini kuzatib borish, kiyim, poyabzaldagi ayrim nosozlikni chetdan ogohlantirishsiz bartaraf qilish ko'nikmasi (tugmachani tikish, dastro'molni yuvish, oyoq kiyimni tozalash va shu kabilar) alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha tarbiya yoshida tarbiyalangan mehnatga hurmatni, o'quv ishi va tengqurlari ishiga hurmatni, ularga yordam ko'rsatish hamda ularni qo'llab-quvatlashga intilishni shaklantirish uchun asos bo'ladi.

XULOSA. Shunday qilib, bolaning maktabga o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi uni maktabgacha yillarda axloqiy-irodaviy rivojlantirishning muayyan yakuni sifatida namoyon bo'ladi. U maktab ta'limi nuqtai nazaridan bola shaxsi va xulq- atvorining o'z majmuiga ko'ra bolaning maktab sharoitlariga moslashishi o'z majburiyatlarini ma'suliyatli bajarish, o'qituvchi va o'quvchilarga nisbatan axloqiy munosabatni shakllantirish uchun zarur zaminni tashkil qiluvchi eng muhim xislatlari qamrab oladi. Axloqiy-irodaviy tayyorlik bolaning maktabda o'qishda aqliy va jismoniy tayyorligi bilan uzviy aloqadordir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni. 2019-yil 16-dekabr. O'RQ-595-son. (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 17.12.2019 y., 03/19/595/4160-son)

2. Alvested M. Pedagogy and interdisciplinarity: Research on the reformed kindergarten teacher education (KTE) in Norway

3. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ: FxGoFyzp5QC

4. G Nazirova. MaKTa6ra4a катта ёшдаги болаларда халк OF3am ижоди воситасида миллий Fvpvp хиссини шакллантириш-ижтимоий педагогик зарурият сифатида. Science and innovation 1 (B8), 2067-2077

5. GM Nazirova. CONTENT AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES-EDUCATORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS/ International Academic Research Journal Impact Factor 7 (1), 6

6. NG Malikovna, MM Nurmatovna, Basic principles of technology for teaching methodological subjects in preschool education, ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact.

7. SN Anvarovna, H Mertol, Comparative Analysis of the Education Systems of Uzbekistan and Turkey: Generalization of the Study Experience // American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (2993)2024

8. Nurkhon Sultonova, Development Centers of Preschool Organizations and Children's Play Activities/American Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education (29932769) 2023/10/25 p428-431

9. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:Se3iqnhoufwC

10. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:IjCSPb-OGe4C

11. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:WF5omc3nYNoC

12. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=ru&user=ozrGWXoAAAA J&citation for view=ozrGWXoAAAAJ:zYLM7Y9cAGgC

13. https://scholar.google.com/scholar7oi=bibs&cluster=18036205887568494610&btnI=1&hl=r u

14. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=ru&user=Rh71JaMAAAA J&citation for view=Rh71JaMAAAAJ:MXK kJrjxJIC

15. SA Albertovich - INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & ..., 2022 -gejournal.net Issues of the formation of the professional component of future teachers (on the example of the science of physical culture)

16. Albertovich S. A. Jismoniy tarbiya mashgulotlarida katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin mashqlaridan foydalanib chaqqonlik va epchillikni rivojlantirish //FAN, TA'LIM VA AMALIYOTNING INTEGRASIYASI. - 2022. - T. 3. - №. 6. - C. 56-60.

17. Albertovich S. A. Social factors of organization and management of sports training in higher education //ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603. - 2022. - T. 11. - №. 12. - C. 28-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.