Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASIDA DO‘STONA MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH-DIDAKTIK ZARURIYAT SIFATIDA'

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASIDA DO‘STONA MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH-DIDAKTIK ZARURIYAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy qadriyatlar / do‘stlik / ma‘naviy va moddiy boyliklar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kuranova Ismigul

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimizdan biri hisoblangan do‘stlik munosabatlarining mazmun-mohiyati va insonlar, bolalar hayotida tutgan o‘rni, ularni barkamol yetuk shaxs bo‘lib rivojlanishidagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASIDA DO‘STONA MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH-DIDAKTIK ZARURIYAT SIFATIDA»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR JAMOASIDA

DO'STONA MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH-DIDAKTIK

ZARURIYAT SIFATIDA

Kuranova Ismigul Xolmurod qizi

Andijon davlat univarsiteti 2-bosqich tayanch doktaranti

Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimizdan biri hisoblangan do'stlik munosabatlarining mazmun-mohiyati va insonlar, bolalar hayotida tutgan o'rni, ularni barkamol yetuk shaxs bo'lib rivojlanishidagi ahamiyati haqida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: milliy qadriyatlar, do'stlik, ma'naviy va moddiy boyliklar.

Shiddat bilan kompyuter texnologiyalari nsoniyat hayotining asosiy qismini egallab borayotga zamonda milliy qadriyatlarni inson hayotida muhim o'rin egallashi biroz parda ortida qolib ketayotgandek go'yo. Odamzot hayotda baxtli, barkamol, jamiyat rivojiga xissa qo'sha oladigan shaxs bo'lib yetishishida milliy qadriyatlarning o'rni beqiyos. Milliy qadriyatlar insonni ma'naviy yuksalishi, qalbi orom topishi, o'ziga ishongan shaxs bo'lib kamol topishiga hizmat qiladi. Milliy qadriyatlar insonni ruhini, qalbini poklaydi, mustahkam iroda va kuch beradi. Inson, avvalo, o'zini va boshqalarni hurmat qiladigan, o'zini jamiyat uchun kerakli shaxs sifatida barkamol bólib yuksalishida moddiy va ma'naviy boylikka ehtiyoj sezadi. Ushbu ikki vosita insonning hayoti davomida ruhiy va jismoniy rivojlanishi uchun xizmat qiladigan asosiy tayanchlardir. Moddiy boylik insonning yashash sharoitlarini yaxshilash, kundalik ehtiyojlarini qondirish, va o'z maqsadlariga erishish yo'lida zarur vositalarni ta'minlaydi. Ma'naviy boylik esa uning ichki dunyosini boyitib, hayotga bo'lgan qiziqishini shakllantiradi va oshiradi, unga sabr-toqat, qoniqish va ruhiy barqarorlik bag'ishlaydi. Inson sifatli bilim olishida ham moddiy, ham ma'naviy yordam muhim o'rin tutadi. Bilim olish insonning intellektual rivojlanishida, jamiyatdagi o'rnini topishida, kelajakda muvaffaqiyatli bo'lishida muhim ahamiyatga

ega. Buning uchun, avvalo, unga ta'lim olish uchun zarur sharoitlar yaratilishi lozim. Moliyaviy ko'mak ko'rsatib, o'qish uchun kerakli resurslar va imkoniyatlar taqdim etilishi lozim. Shuningdek, uni ruhiy qo'llab-quvvatlash, motivatsiya berish ham unchalik kam ahamiyatga ega emas. Ayniqsa, inson qiyin vaziyatlarga duch kelganda manaviy ko'mak unga kuch-g'ayrat bag'ishlaydi va yo'ldan adashmaslikka yordam beradi. Bilim olish, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lish uchun kechadigan jarayonda insonga har qanday vaziyatda yonida turadigan sodiq do'st zarur. Sodiq do'st oyna kabidir. U insonni kamchiliklarinini tuzatib turishi kerak. Bunday do'st insonning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini tushunib, unga o'z vaqtida yordam beradi. Sodiq do'st nafaqat insonning orzulariga erishishida qo'llab-quvvatlaydi, balki uning hayotda o'z o'rnini topishida, murakkab vaziyatlardan chiqib ketishida ham yelkadosh bo'ladi. U insonning ma'naviy taraqqiyotiga katta hissa qo'shadi.

Insonni o'zi istagan shaxs bo'lib yetishishida moddiy va ma'naviy boyliklar bir birini to'ldirib turadi. Bularning har ikkalasi ham insonning komillikka intilishida, hayotda o'z o'rnini topishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bulardan biri yetishmasligi inson hayotini muvozatini buzadi. Do'st bu ikki vositani muvozanatga solib turishga yordam beradi. Bu boyliklarni ahamiyatini quyidagicha yoritish mumkin. Moddiy boylikning ahamiyati:

• sifatli ta'lim olish uchun zarur bo'lgan barcha resurslarga ega bo'lishi mkoniyatni yaratadi;

• innovatsion va kompyuter texnologiyalari, yangi g'oyalar, zamonaviy bilim bilan tanishish imkonini beradi;

• yaxshi hayot kechirishda o'z salomatligida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etadi;

• o'z kelajagi uchun moliyaviy mustaqillik va xavfsizlikni ta'minlaydi.

Ma'naviy boylikning ahamiyati:

• motivatsiya va o'ziga ishonch manbai bo'ladi. Hayoti davomida uchraydigan

qiyinchiliklardan qo'rqmaydi, irodasi mustahkam bo'ladi, axloqiy me'yorlarga

amal qilishda qiynalmaydi, halol va adolatli bo'ladi;

•jamiyatga foydasi tegadigan kerakli shaxs bo'lishga harakat qiladi va bundan

xursand bo'ladi, insonni muvaffaqiyatli va hurmatli insonga aylantiradi.

Har bir insonni bolalik paytlaridan do'stona munosabatlarni o'matishga o'гgatish muhimdir. Chunki bolaligidan singdirib borilgan bu tuyg'u kelajakda sodiq do'stga ega bo'lishda zamin bo'ldi. Bog'cha yosh davrida vujudga kelgan do'stlik bolalarni guruhda o'zini erkin tutish, yangi muhitga tez ko'nikish, hotirjamlik, mehr ulashishga yordam beradi. Bola har doim ota-onasi yoki boshqa bir inson tomonidan ruhiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashga muhtoj. Bolani fikrlari bilan kimdur qiziqishi, uni tinglashi, birga sevimli o'yinini o'ynashi o'zini qabul qilingan xis qiladi va guruhda erkin bo'ladi, o'ziga bo'lgan ishonchi kuchayadi. Bolalarda do'stlik ularga dunyoni kashf qilish, o^ganish va o'sish jarayonida katta yordam beradi. Bolalar orasidagi do'stlik nafaqat o'yin-kulgu, balki muhim axloqiy qadriyatlarni shakllantirishning asosi hamdir. Bolalar do'stligi ko'pincha oddiy va samimiy bo'ladi. Ular bir-biriga mehr va ishonch ko'reatib, to'siqlaraz aloqa o'matadilar. Masalan, bolalar birgalikda o'yin o'ynab, o'гganishga yordam beradi, muammolarni birgalikda hal qilishga urinadilar. Shu tariqa ular o'zlarida jamoa bo'lish tuyg'usini rivojlantiradi.

Bolalarda do'stlikni rivojlanishida bir nechta asosiy omillar bor:

• Hissiy intilish: Bolalar tabiatan yaqin insonlar bilan vaqt o'tkazishni xohlaydi.

Ular o'zining hissiyotlarini tushungan va hamdardlik bildirganlarga ijobiy

munosabatda bo'ladi.

• Birgalikdagi tajriba: Bolalar vaqtini ko'p qismini birga o'tkazganliklari sababli, barcha jarayonlarda birga bo'lish ularda tajribalarga ega bo'lish imkonini beradi.

• O'rganish va yordam: Do'stlik orqali bolalar bir-birlariga qiyinchilik tug'dngan faoliyat turlarida yordam beradi va o^gatadi. Bunda bolalarda bir-biriga bo'lgan hurmat rivojlanishiga zamin bo'ladi.

Bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoniga qiynalmay moslashishi, tartib va intizomga rioya qilishi, yangi muhitga ko'nikishi, u uchun yangi qoidalarga bo'ysunishi va berilgan vazifalarni o'z vatida bajarishida unga do'st yordamga keladi. Bolalar o'yin jarayonida hamkorlik qiladilar va bir-birilarini harakatlarini kuzatib navbatda turish, yordamlashish, bolalar o'rtasida

uchrab turadiga nizolarni bartaraf etish, hurmat qilish kabilarni o^ganadi. Shu bilan birga boshqalar bilan muloqot qilish jarayonida o'z his-tuyg'ularini boshqarishda qiynalmaydi. Bolalar birgalikdagi faoliyati jarayonida o'zlaridagi bor qobiliyatlarni yuzaga chiqarishadi. Masalan, bir do'sti to'siqdan sakrab o'tsa, boshqasi ham uning harakatini takrorlashga o'zida kuch topadi. U uchun murakkab tuyulgan ishlar do'sti tomonidan bajarilishi uning ham qo'lidan kelishiga ishonch shakllantiradi. Shu bilan bir qatorda bolalar o'rtasidagi musobaqalarda ham ularga do'stlarining qo'llab quvvatlashi energiya beradi va yaxshi natijalar ko'reatish uchun o'zida kuch topadi. Bolalar bog'chada har tomonlama rivojlantiriladi va berkinib yotgan qirralari tarbiyachi, do'stlari orqali kashf etiladi. Bolani bog'chaga moslashishi va mashg'ulot jarayoniga aktiv qatnashishi, o'zini erkin xis qilishida birinchi o'rinda tarbiyachi yordam beradi, keyingi o'rinda o'zi uchun tanlagan do'stlari ko'maklashadi. Bola uchun bog'chada yaqin odam bo'lishi kerak. Chunki bola bog'chada o'zini boshqalar tomonidan qabul qilinmagan va ortiqcha xis qilishi uni bu maskanga kelishiga to'sqinlik qiladi, ya'ni u bu yerda ruhan qiynaladi. Ushbu holatda tarbiyachi avvalo do'st bo'lib muloqot qiladi va boshqa bolalar bilan munosabat o'matib, o'zi uchun do'st tanlashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Tadjiyeva M.X., Xusanxodjayeva S.I. Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. - Toshkent: "Iqtisod-moliya", 2017.

2. Sodiqova Sh Maktabgacha pedagogika. - Toshkent: "Tafakkrn- bo'stoni", 2013.

3. "ShaxslaT aro munosabatlar psixologiyasi" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. Toshkent pedagogika universiteti. 2018

4. Maktabgacha pedagogika. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo'latova. Darslik. Toshkent-2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.