Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA VATANPARVARLIK, DO‘STLIK, MEXR - MURUVVATTUYG‘ULARINISHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA VATANPARVARLIK, DO‘STLIK, MEXR - MURUVVATTUYG‘ULARINISHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
271
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARBIYACHI / ISTIQLOL / MILLIY G’OYA / AXLOQ ME’YORLARI / VATAN / ERTAKLAR / PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR / O’YINLAR / RIVOJLANTIRISH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rasulova Z.S.

Maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni yuksak axloqli qilib tarbiyalashda tarbiyachi oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritilgan. Bolalarni ilk yoshdan boshlab mehr-muruvvatli qilib voyaga yetkazish, milliy istiqlol goyasini ular ongiga singdirish masalalari yoritilgan. Tarbiyachi oldida turgan vazifalarni hal etish usul va metodlari ko‘rsatilib, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PATRIOTISM, FRIENDSHIP, KINDNESS - FEELINGS OF PATRIOTISM, FRIENDSHIP, KINDNESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL EDUCATORS

The article talks about the tasks of educators in raising children in preschool educational institutions with high morals. The issues of raising children with kindness from an early age, inculcating the idea of national independence into their minds are covered. Methods and methods of solving the tasks facing the educator are shown and recommendations are given.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARIDA VATANPARVARLIK, DO‘STLIK, MEXR - MURUVVATTUYG‘ULARINISHAKLLANTIRISH»

Rasulova Z.S.

Namangan viloyatipedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi katta o'qituvchisi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI

TARBIYALANUVCHILARIDA VATANPARVARLIK, DO'STLIK,

MEXR - MURUVVATTUYG'ULARINISHAKLLANTIRISH

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni yuksak axloqli qilib tarbiyalashda tarbiyachi oldida turgan vazifalar haqida so'z yuritilgan. Bolalarni ilk yoshdan boshlab mehr-muruvvatli qilib voyaga yetkazish, milliy istiqlol goyasini ular ongiga singdirish masalalari yoritilgan. Tarbiyachi oldida turgan vazifalarni hal etish usul va metodlari ko'rsatilib, tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tarbiyachi, istiqlol, milliy g'oya, axloq me'yorlari, Vatan, ertaklar, pedagogik texnologiyalar, o'yinlar, rivojlantirish.

Rasulova Z.S. senior teacher

Namangan Region National Center for Training Teachers in New Methods

DEVELOPMENT OF PATRIOTISM, FRIENDSHIP, KINDNESS -

FEELINGS OF PATRIOTISM, FRIENDSHIP, KINDNESS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL EDUCATORS

Abstract. The article talks about the tasks of educators in raising children in preschool educational institutions with high morals. The issues of raising children with kindness from an early age, inculcating the idea of national independence into their minds are covered. Methods and methods of solving the tasks facing the educator are shown and recommendations are given.

Key words: educator, independence, national idea, moral standards, Motherland, fairy tales, pedagogical technologies, games, development.

Bugungi kunda O'zbekistonda milliy istiqlol sharofati tufayli turli jabhalarda har tomonlama qaror topayotgan imkoniyatlar jamiyatimizda yuz berayotgan tub ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy o'zgarishlar, umuminsoniy qadriyatlar tizimida shaxs omiliga qo'yilayotgan ma'naviy axloqiy, jismoniy va har tomonlama barkamollikni tarbiyalashni taqozo etadi.Darhaqiqat, bugungi kun tarbiyachilari zimmasiga har tomonlama barkamol, fidoiy, komil hamda mehr - muruvvatli insonlarni tarbiyalash vazifasini yuklaydi. Komillikni har bir inson o'zicha tushunadi va turli yo'llar bilan unga erishishga intiladi. Shuning uchun ham inson komillikka yetaklovchi muhim omillarni falsafiy idrok etishi va anglashi nihoyatda muhimdir. Insonlarni komillashib, o'zligini anglashi

bunyodkorlik, fidoyilik ishlarini amalga oshirish, ezgu maqsadlar yo'lida mehr -muruvvat ko'rsatishi jamiyat taraqqiyotini ta'minlashning muhim kafolati hisoblanadi.Yangi davr bolasini tarbiyalovchi zamonaviy tarbiyachi har tomonlama yetuk, bazaviy va zamonaviy bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi, bolalarga mehribon yoki mehr-muruvvat namunalarini ko'rsataoluvchi pedagog bo'lishi darkor. Ayniqsa, bugungi kun bolalari o'ta ziyrak, ijodkor, teran fikrlovchi va har tomonlama rivojlanishda jadal. Tarbiyachi bo'lishning o'zi mashaqqatli va mas'uliyatlidir, chunki bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bunda tarbiyachining o'z faoliyatiga tizimli yondashishi samarali natijaga olib keladi, ya'ni yosh avlodni barkamol bo'lishi garovi bo'ladi. Tarbiyachi, avvalo, ma'naviyatli bo'lishi, o'zining yuksak ma'naviyati bilan nafaqat bolalarga, balki ularning ota-onalariga o'rnak bo'la olishi muhim hisoblanadi. Ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir.Demak, tarbiyachi ruhan pok, irodasi baquvvat, iymon-e'tiqodli, qalbi mehrga to'la bo'lishi, insonlarni yaxshilikka yetaklay oladigan bo'lishi eng muhim talablardan biri. Tarbiyachi qanday axloqiy xususiyatlarga ega ekanligi bolalarda o'z aksini ko'rsatadi. Bolalarni tarbiyalash va ularga bilim berishda, avvalo, ular shaxsini hurmat qilish orqaligina hurmat topish mumkin. Bundan tashqari, buyuk mutafakkir Ya.Raynis aytganidek, "...avvaliga biz bolalarimizga o'rgatamiz. So'ngra o'zimiz ulardan o'rganamiz. Kimki buni xohlamas ekan, o'z davridan orqada qoladi".

Tarbiyachilarningvazifasi ularni mashg'ulot jarayoniga qiziqtirib, bolalarni yuksak axloqli. mehr - shafqatli, mehr - muruvvatli qilib tarbiyalashdir. Buning uchun milliy urf - odat, xalq og'zaki va yozma ijodi, alloma va donishmandlar merosi va ertaklardan foydalanish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr-shafqat hislatlarini shakllantirishda Vatanni, uning insonlarini qadrlash, uni sevish, unga mehr - muruhabbat ko'rsatish, mamlakat barqarorligini, osoyishtaligini saqlash, ona yurt dovrug'ini butun olamga yoyish kabi xususiyatlar kamol toptiriladi. Bundadastur talablariga ko'ra:

-Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning ona Vatan, ona diyor, uning insonlari, turmush tarzi haqidagi bilimlarini kengaytirish;

-Vatanga, ona yurtga, insonlarga mehr - oqibatli, mehr - muruvvatli, mehr - shafqatli bo'lish, boshqa xalqlarga hurmat tuyg'ularini ifodalovchi badiiy adabiyotlardan ko'proq foydalanish;

"Bolalani mehr -muruvvatli qilib tarbiyalshda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rnini ham alohida ta'kidlash mumkin. Tarbiyachi har bir mashg'ulotida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi, audio, video va multimedia vositalariniqo'llashi orqali ham erishish mumkin. Hozirda tarbiyachilar samaralibolgan"Aqliy hujum", "Klaster", "3x4", "Zinama-zina", "Muammo", "Akvarium", "Doira", "Sehrli

xaltacha", "Tangram", "Triz" kabi zamonaviy metodlardan o'rinli qo'llab maqsadga erishib kelmoqdalar. Masalan, «Doira» usuli bunda bolalar doira shaklida o'tirib, turli harakatli mashqlarni bajaradilar, bolalarni qator qilib o'tkazish usulidan qulay tomoni shundaki, hech bir bola o'zini ajratilganligini, ya'ni kimdir orqada, kimdir oldinda ekanligini sezmaydi. Har bir bola tarbiyachi nazari va e'tiboridan chetlanib qolmaydi. Hamma o'zini «teng» his qiladi. Bolalar bir-birlariga qarab mehr va do'stlikni, bir xildagi e'tiborni ko'radi. Bu ham ularda yonidagilarga, atrofdagilarga, tarbiyachilariga, oila-a'zolariga va vataniga bo'lgan mehr kurtaklarini shakllantirib boradi. Mashg'ulotlarda qo'llaniladigan didaktik o'yinlar rang-barang, bir-birini takrorlamaydigan, qiziqarli bo'lishi har tomonlama axborotlar oqimiga ega bo'layotgan farzandlarimizni jalb etish, qiziqtira olish imkonini beradi.Har kimning o'z xonadoni, uy-joyi, o'z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o'zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Vatan ham, vatanga muhabbat to'yg'usi ham ilohiy ne'mat bo'lib, butun qontomirlarida shu tuyg'u jo'sh urgan insonda vatanfurushlik, vatangaxiyonatdekjirkanch yo'l hech qachon bo'lmaydi. Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug' ne'mat, boylik yo'qdir. Shu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongina oilasi, xalqi, atrof muxiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo'ladi. Inson ona uchun kanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun xam shunchalik qayg'uradi, uni ardoklaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo'riqlaydi. Kerakbo'lsa, Ona-Vatan uchun jonini qurbon kiladi. Munis va mo''tabar Ona insonni shu yorug' dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belonchagida o'stiradi, ulg'aytiradi, shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. Shu boisdan inson uchun Ona - Vatandan ulug'roq, mo''tabarroq, qimmatliroq makon yo'q. Xalqichida Ona degonda - Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy mabno bor. Ba'zi bir sabablarga ko'ra, o'zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «Ota-yurtim», «Kindikqonim to'kilgan yurt» deb faxrlanadilar.Bolalarimiz qalbida vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirishni bolaning maktabgacha yosh davridan boshlash ota-onaning, tarbiyachi-murabbiylarning, jamoatchilikningVatan oldidagi

burchlaridir.Shunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg'usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo'shish har bir fukaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vatanparvar bo'la oladi.Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvatlilikni shakllantirish tarbiyaning eng muhim qismlaridan biridir. Shuning uchun ham maktabgacha yoщdaga bolalar tarbiyasida eng avvalo ularning ruhiy jarayonlarini o'stirish, rivojlantirish va takomillashtirib borishga yordam beruvchi omillarni hisobga olish katta ahamiyatga ega. Vatan, vatanparvarlik, insonparvarlik va insonda mehr tuyg'ularining naqadar yuqori tuyg'u ekanligi va unga sodiq bo'lib qolish, islom diniga e'tiqod qiluvchi har bir mo'min — musulmon hayotining mazmuni ekanligining alomalarimiz asarlarida qayd etilgan.O'zbeklarning urf-odatlari

bo'yicha, o'zi yashab turgan joy muqaddas hisoblanadi. Bu muqaddas tuproqqa nisbatan yovuz niyat, yomon so'z aytilmaydi.Vatan, yurt, millat tushunchalari ulug'vor tushunchalar bo'lib, hamisha mehr-muxabbatdan quvvat oladi. Shu jihatdan qaraganda bu tuyg'ular egizak - qondoshu jondoshdurlar.Bu his tuyg'ularni yosh murg'ak yuragida uyg'atish, uni rivojlantirish va takomillashtirib borish barcha maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari faoliyatlarida, ota-ona, maxalla fuqarolari va xokazolarning muqaddas burchlari hisoblanadi.

Shunday ekan, ilk mehr saboqlari bolalar qalbiga eng avvalo oila, so'ngra maktabgacha ta'lim maskanlarida singdiriladi. Ta'lim-

tarbiyaningmaqsadihamharj ihatdananashunday shaxsni shakllantirishdaniborat.

Mehr-muruvvat va insonparvarlik hislari tarixan tarkib topgan tushuncha bo'lib, xalqimizning dunyoqarashi, ongu-tafakkuri va fe'l-atvorining uyg'unligidir. Qadim-qadimdan xalqimiz hayotida mehr-muruvvat his-tuyg'ular uning turli ko'rinishlari yuzaga kelgan va rivojlangan. Xalqning diniy qadriyatlari bilan mustakkamlangan urf-odatlari va an'analari zamirida rahm-shafqat ko'rsatishning turlishakllarimujassam topgan.Bolalarni Vatan, millat, xalq, mahalla, oila, ota-ona, aka-uka, yor-do'st, qo'ni-qo'shniga, qolaversa har bir insonga, tabiat va tabobatning har bir bo'lagiga nisbatan mehrli qilib tarbiyalash uchun ularda vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg'ularini shakllantirish maqsadga muvofiq bo'ladiyu Shuning uchun ham bu yuqori darajadagi bebaho his-tuyg'ularni bolaning maktabgacha yoshidan boshlab singdirmoqni, ayniqsa, bugungi hayotimiz taqozo etmoqda.Bolalarimizning ilk yoshlik paytlaridan boshlaboq bu yuqori his-tuyg'ularini shakllantirib, o'stirib borish-ularni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib boruvchi kelajakdagi barkamol shaxsni taribiyasi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatini beradi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. I.A. Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" T. Ma'naviyat2008y.

2. MahkamovU. Axloq -odobsaboqlari. -T.: Fan, 1994. -134b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.