Научная статья на тему 'BOLALARDA VATANPARVARLIKTUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH'

BOLALARDA VATANPARVARLIKTUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
662
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARBIYACHI / ISTIQLOL / MILLIY G’OYA / AXLOQ ME’YORLARI / VATAN / ERTAKLAR / PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR / O’YINLAR / RIVOJLANTIRISH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rasulova Z., Qambarova N., Aliyeva R.

Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni yuksak axloqli qilib tarbiyalashda tarbiyachi oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritilgan. Bolalarni ilk yoshdan boshlab mehr-muruvvatli qilib voyaga yetkazish, milliy istiqlol goyasini ular ongiga singdirish masalalari yoritilgan. Tarbiyachi oldida turgan vazifalarni hal etish usul va metodlari ko‘rsatilib, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF PATRIOTIC FEELINGS IN CHILDREN

The article talks about the tasks faced by educators in raising children with high morals in preschool educational organizations. The issues of raising children with kindness from an early age, inculcating the idea of national independence into their minds are covered. Methods and methods of solving the tasks facing the educator are shown and recommendations are given.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA VATANPARVARLIKTUYG‘ULARINI SHAKLLANTIRISH»

Rasulova Z. Qambarova N. Aliyeva R.

Namangan viloyatipedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi professor- o'qituvchisi

BOLALARDA VATANPARVARLIKTUYG'ULARINI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni yuksak axloqli qilib tarbiyalashda tarbiyachi oldida turgan vazifalar haqida so'z yuritilgan. Bolalarni ilk yoshdan boshlab mehr-muruvvatli qilib voyaga yetkazish, milliy istiqlol goyasini ular ongiga singdirish masalalari yoritilgan. Tarbiyachi oldida turgan vazifalarni hal etish usul va metodlari ko'rsatilib, tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: tarbiyachi, istiqlol, milliy g'oya, axloq me'yorlari, Vatan, ertaklar, pedagogik texnologiyalar, o'yinlar, rivojlantirish.

Rasulova Z. professor-teacher Kambarova N. professor-teacher Aliyeva R. professor-teacher Namangan region national center for training pedagogues in new methods

FORMATION OF PATRIOTIC FEELINGS IN CHILDREN

Abstract. The article talks about the tasks faced by educators in raising children with high morals in preschool educational organizations. The issues of raising children with kindness from an early age, inculcating the idea of national independence into their minds are covered. Methods and methods of solving the tasks facing the educator are shown and recommendations are given.

Key words: educator, independence, national idea, moral standards, Motherland, fairy tales, pedagogical technologies, games, development.

Vatanparvarlik, insonparvarlik va mehr-muruvvat his-tuyg'ulari bu qushaloq tuyg'ular bo'lib, ularni bobolarimiz ma'naviy-ahloqiy tarbiyasi tizimida birgalikda singdiriladigan tuyg'ulardir. Yuqoridagi fikrlar asosidabolalarimizga vatanparvarlik, isonparvarlik va mehr-muruvvat his tuyg'ularini bolaning ilkyoshidanavvaligaoilada

vamaktabgachata'limmuassasalarida boshlash yaxshi, ijobiy samaralar beradi. Bu esa ota-onalar va tarbiyachi murabbiylar oldilaridaturuvchidolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Murg'ak qalblarda Vatan tuyg'usi nimadan boshlanadi o'zi?

Jajji yuraklarda Vatan tuyg'usi- bu onalar allasi, bobolar o'giti, oila tarbiyasidan boshlanadi. Vatan tuyg'usi- bu milliy qadriyatlar, urf odatlarni qadrlash, sevish va undan faxrlanish degani.

Vatan tuyg'usi - buyuk siymolarimizdan ibrat olish degani. Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi ota-bobolarimizni tanish, ulardan faxrlanish, ularni doimo eslamoq degani.

Vatan tuyg'usi - bu Vatanga munosib farzand bo'lishni anglash degani.

Vatan tuyg'usi- bu Vatani, xalqi uchun kurashgan millatimiz fidoiylaridan ibrat olish degani. Ular kabi vatanparvar bo'lishni niyat qilib qolish degani. Bolalarga millatimizfidoiylari, askar akalarimizning qahramonliklari haqida so'zlab berish bilan Vatan tuyg'usi singdiriladi. Bayram tadbirlarida askarlar formasida, harbiy musiqaga, harbiycha harakatlarni bajarish ularda faxrlanish va

havas tuyg'usini uyg'otadi. Vatanimizni asrash katta-yu kichik barchaningburchiekanliginianglash hissini shakllantiradi.

Maktabgacha ta'limtashkilotlardapedagoglar bolalarga Vatanni qalbdan chuqur his qilishlari uchun Vatan nima? Nima uchun biz uni sevamiz? degan savollarga javob topishiga yordam berishi lozim. Masalan, Ona Vatan haqida she'rlar, rivoyatlar o'qib berilib Vatanimizning tabiati, insonlari, tinchlik, do'stlik haqida rasmlar chizdiriladi.Quyida katta, tayyorlov guruhlari uchun" "Vatannimardlar qo'rqlaydi" mavzusida mashg'ulot ishlanmasi tavsiya etilad i.

Mavzu: "Vatannimardlar qo'rqlaydi".

Maqsad: Bolalarda fidoiylik, vatanparvarlik, mehr shafqat, jasurlik hislarini tarbiyalash va shakllantirish.

Mashg'ulotning borishi:

Azizbolajonlarbugunsizlarbilan Vatan haqida suhbatlashamiz. Qani bolalar Vatan deganda kim nimani anglaydi ?

Nilufar:- "Vatan - bu biz tug'ilgan joy".

Malika:- "Vatan - bu, O'zbekiston"

Tarbiyachi barakalla bolajonlar. Vatan - bu biz tug'ilgan, kindik qonimiz to'kilgan joy, ota - bobolarimiz, ajdodlarimizdan meros qolgan zamin. Vatan avvalo oilamiz, mahallamiz, ko'chamiz, shahrimiz, qarindosh urug'larimiz, ularning har biri Vatanimizning uzviy parchasidir. Qani aytinglarchi biz yashab turgan joyning nomi nima ?

Bekzod:- O'zbekiston

Tarbiyachi:To'g'ri bizning vatanimiz O'zbekiston. Bu go'zal yurtimizning tabiati ajoyib manzaralari, dilimizga huzur bag'ishlaydi. Bizning yurtimiz vodiylarga, vohalarga, go'zal bog'u - rog'larga, serhosil va unumdor zamin kengliklariga boydir. O'zbekistonimizning go'zal tabiatini juda ko'p rassomlarimiz go'zal qilib tasvirlashgan. Shoirimiz Hamid Olimjon, O'zbekiston she'rida Vatan g'oyasini ko'tarinki ruhda madh etadi.

Bolajonlar, biz hammamiz o'zbek millatiga mansubmiz. Biz bu bilan doim faxrlanishimiz zarur, unga mehr - shafqatli bo'lishimiz kerak. O'zbek xalqi mehnatkashligi, jafokashligi, g'oyat sabrli, bardoshli, keng fe'lli, mehr -shafqatli, mehmondo'st, bolajon, rahmdil va vatanparvarligi bilan obro' qozongan. Kishi o'z vatanida yayrab - yashnab yashaydi, Vatanni asrab avaylaydi, odamlarga mehr - shafqat ko'rsatadi. Vatanning mehrli fidoiy kishisi bo'lib yashaydi. Bolajonlar endi oldingizdagi oppoq qog'ozga o'z Vatanimiz, ko'chamiz, maktabgacha ta'lim muassasangizni, mahallangizni rasmini tasvirlab berasizlar. Mashg'ulotning yakuni. Tarbiyachi mashg'ulot so'ngida bolalarning ishlarini kuzatib, yaxshi chiqqan rasmlarni bolalarga ko'rsatadi, bolalarni rag'batlantiradi.

Kuzatish shuni ko'rsatadiki, bolalarda mashg'ulot orqali ona yurtga muhabbat hissi kuchaydi. Bolalarda mehr - muhabbat, hissi shakllandi. Mustaqillik sharofati bilan qayta tiklangan, xaq - huquqlarimiz, ozodlik, erkinlik, o'z davlat tiliga ega bo'lish tabiat boyliklaridan xalq baxt saodati,

manfaati yo'lida foydalanish haqida bilimga ega bo'ldilar. Mashg'ulotlarda bolalardan Ona yurtni sevish, uning boyliklarini qadrlash, ota - onalariga, do'st - o'rtoqlariga, mehr - shafqat ko'rsatish, o'z ona tuprog'ini har bir qarich yerini asrab avaylash, uning uchun jonini fido qilish kabi his - tuyg'ularni shakllantirildi. Qisqacha aytganda, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyachilar faoliyati samaradorligini oshirish bir qancha omillarga bog'liq bo'ladi. Har bir omil o'ziga xos samaradorlikka erishish garovidir.Tarbiyachi faoliyati samaradorligini oshirish, takomillashtirish orqali biz yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol, komil inson bo'lib voyaga yetishishlaridek orzuyimizga erishamiz.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. I.A. Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" T. Ma'naviyat2008y.

2.Karimov I "O'zbekiston mustaqillikka erishi ostonasida". Tosh. "O'zbekiston". 2011y.

3.Mahkamov U. Axloq -odobsaboqlari. -T.: Fan, 1994. -134b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.