Научная статья на тему 'BUYUK MUTAFAKKIR ABU ALI IBN SINONING PEDAGOGIK QARASHLARI ( 980–1037)'

BUYUK MUTAFAKKIR ABU ALI IBN SINONING PEDAGOGIK QARASHLARI ( 980–1037) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / tabobat / johillik / olim / sahiylik / mantiq / falsafa / donolik / qanoat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sultanova Dilnura Abdurashidovna

Ushbu maqolada ulug‘ mutafakkir Abu Ali ibn Sinoni yoshlar tarbiyasi, pedagogika fani bilan bog‘liq ilmiy merosi va uning qarashlari o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUYUK MUTAFAKKIR ABU ALI IBN SINONING PEDAGOGIK QARASHLARI ( 980–1037)»

BUYUK MUTAFAKKIR ABU ALI IBN SINONING PEDAGOGIK

QARASHLARI ( 980-1037)

Sultanova Dilnura Abdurashidovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti "Maktab menejmenti" kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213975

Annotatsiya. Ushbu maqolada ulug' mutafakkir Abu Ali ibn Sinoni yoshlar tarbiyasi, pedagogika fani bilan bog'liq ilmiy merosi va uning qarashlari o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, tabobat, johillik, olim, sahiylik, mantiq, falsafa, donolik,

qanoat.

Аннотация. В данной статье отражено научное наследие и взгляды великого мыслителя Абу Али ибн Сино на образование и педагогику молодежи.

Ключевые слова: oбразование, обучение, медицина, невежество, ученый, щедрость, логика, философия, мудрость, довольство.

Annotation. In this article, the great thinker Abu Ali ibn Sinoni's scientific legacy and views on youth education and pedagogy are reflected.

Key words: education, training, medicine, ignorance, scientist, generosity, logic, philosophy, wisdom, contentment.

Abu Ali ibn Sino dunyo ilm taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan, O'rta Osiyo tuprog'idan etishib chiqqan buyuk allomalarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk allomaning fanlar olamida tajriba o'tkazmagan va qalam tebratmagan sohasi yo'q desa ham bo'ladi, ayniqsa tibbiyot xazinasiga qo'shgan ulkan hissasi bebahodir. Ibn Sino ko'p qirrali ilm sohibi bo'lgan buyuk siymodir.

Sharqda «Shayx ar-Rayis» nomi bilan mashhur bo'lgan allomalardan biri, o'rta asrning buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino O'rta Osiyo madaniyati va ilm-fanining rivojiga beqiyos hissa qo'shgan allomadir.

Ma'lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o'zining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog'liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma'rifatni egallashga da'vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo'rqmasligi zarur, deydi. "Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo'rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo'rqog'idir". Zero, ma'rifatli kishi jasur, o'limdan ham qo'rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo'ladi, deydi u fikrini davom ettirib. Bilimsiz kishilar johil bo'ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk bo'lmagan kishilar qatoriga qo'shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta'kidlaydi. U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo'lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o'z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini o'qtiradi. Ibn Sinoning ta'lim metodlari haqidagi ta'limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g'oya yotadi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o'qitish zarurligini qayd etar ekan, ta'limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta'kidlaydi:

- bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo'ymaslik;

- ta'limda engildan og'irga borish orqali bilim berish;

- olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo'lishi;

- o'qitishda jamoa bo'lib maktabda o'qitishga e'tibor berish;

- bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;

- o'qitishni jismoniy mashqlar bilan qo'shib olib borish.

Bu talablar hozirgi davr ta'lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o'zining "Tadbiri manzil" asarida maxsus bo'lim bag'ishlaydi. "Bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash" ("Omuzish va parvarishi farzand dar madrasa") bo'limida ta'lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni engil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishga yordam beradi. Talabaga bilim berish o'qituvchining mas'uliyatli burchidir. Shunga ko'ra Ibn Sino o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo'l-yo'riqlar beradi. Bular quyidagilardan iboratdir:

- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish;

- berilayotgan bilimning talabalar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;

- ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;

- talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;

- fanga qiziqtira olish;

- berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;

- bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;

- har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga erishish zarur, deydi olim [3].

Ibn Sino ta'limotida bilimda qaysi metodlardan foydalanilmasin - u og'zaki ifodali, bilimlarni tushuntirishmi, jonli ko'rinishlardagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo'lgan. Uning nomi ham shunga ishora qiladi: "Hay ibn Yaqzon" (uyg'oq o'g'li tirik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinoning o'zi ham ta'kidlaydi. Olim bu asarida ilm-ma'rifatni o'rganishga kirishishi natijasida ko'zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn Yaqzon) ko'ziga ko'ringani va ilm ham unga o'z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o'lim bilmaydigan uyg'oq, qarimaydigan, yoki beli bukilmaydigan - barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo'lgan va bilishi mumkin bo'lgan narsalarni o'qishga kirishgani, bu yo'lda aqlni ishga solib, o'zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarni bilib olganligini qayd etadi.

Ibn Sino insonning kamolga etishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi. Olim axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta'riflaydi. Dunyoda mavjud bo'lgan jami narsalar tabiatiga ko'ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o'zi esa mohiyat e'tibori bilan yaxshilikdir...". Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham tahlil etadi va har biriga ta'rif beradi. Masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo'ladi, yomon illatlardan o'zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy axloqiy xislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgimuhabbat, mu'tadillik, aqllilik, ehtiyotkorlik, qat'iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi. Ibn Sino har bir axloqiy xislatning ta'rifini beradi:

Mo'tadillik - tan uchun zaruriy oziq va xulq me'yorlariga to'g'ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;

Saxiylik - yordamga muhtoj kishilarga ko'maklashuvchi insoniy quvvat;

G'azab - biror ishni bajarishda shoshma-shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi.

Ziyraklikni narsalar va xattu-harakatlarning haqiqiy ma'nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob-uqubatga duchor bo'lganda, ular bilan xushmuomalada bo'luvchi insoniy quvvat.

Kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug'ullanishdan to'xtatuvchi kuch sifatida ta'rif beradi. Ibn Sino insonning kamolotga etishida to'sqinlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko'rsatib o'tadi.

Johillikni - ilmga, nodonlikni - zehni o'tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni - sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta'riflaydi.

Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do'st bo'lib yashashi, hamkorlik qilishni ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do'stona yashashga intiladi. Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo'shnichilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o'zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o'zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgimuhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli, do'st muhim rol o'ynaydi, deydi.

Olim do'stlikni shunday ta'riflaydi:

Har qanday qiyinchiliklarga qaramay o'z do'stini xavf-xatarda yolg'iz qoldirmaydigan do'stlik;

Manfaatlari o'xshash va g'oyaviy yaqin do'stlik;

O'z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do'stlik.

Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do'stlikni haqiqiy do'stlik deb e'tirof etadi. Olim haqiqiy do'stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo'lishi mumkinligini aytadi. U "Risolai ishq" asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko'rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma'naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg'usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida namoyon bo'ladi, lekin inson o'z tuyg'ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan haqiqiy sevgini hirs tuyg'usidan, ehtiros kuchidan ajrata bilishi zarur deydi. Shundagina inson haqiqiy kamolotga erisha oladi. Chunki haqiqiy sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, haquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko'rsatadi. Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o'rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko'proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta'lim berdi. Inson hissiy va ma'naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe'l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Olim insonning shakllanishida uning atrofini o'rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida muhim rol o'ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insoning atrof dunyoni bilishinigina emas, balki uning xulqini yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham ta'sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo'lish kerakligini, bola yomon odamlarga o'rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.

Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o'rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolga etadi. Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e'tibor beradi. Oila munosabatlariga to'xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada

mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o'rgatish borasida muhim fikrlar bayon etadi.

Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o'z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug'ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo'lsa ham, zamonlar o'tishi bilan ularning ko'pi yo'qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi etib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan ilmiy yozishmalarga bag'ishlangan.

Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va ulug'vor kitoblaridan biri «Kitob al -qonun fit-tib» hisoblanadi. Bu asar o'z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog'lig'i va kasalliklarga oid bo'lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to'la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e'zozlaydi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Maktab menejmenti" kafedrasi professor-o'qituvchilari Sharqning buyuk allomalariga atab tashkil etiladigan tadbirlari talabalar uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lmoqda. Yoshlarni milliy qariyatlar ruhida tarbiyalash, millatning o'tmishi va ular tomonidan qoldirilgan boy ma'naviy merosdan bahramand bo'lishga imkon yaratmoqda. Milliy g'urur, vatanparvarlik, faxr-iftixor tuyg'ularini shakllanishida dasturamal bo'lib xizmat qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. K.Xoshimov, S.Nishonova, M.Inomova va boshqalar. Pedagogika tarixi. T.: «O'qituvchi», 1996. - 90-91 b.

2. Rahimov S. Abu Ali ibn Sino ta'lim va tarbiya haqida.T.,«O'qituvchi»,1967,-75

3. Р.Мусурмонов Взгляды восточных мыслителей на воспитание ребёнка и семейные отношения в узбекских семях / Вестник науки и образования 2020. № 4 (82). Част 1 Российский импакт-фактор: 3,58 Научно-методический журнал.

4. Irisov.A. Ibn Sino adib va ma'rifatparvar, Toshkent, 1960

5. Toshboeva Uljomol Abdurasulovna. ABU ALI IBN SINONING PEDAGOGIK G'OYALARI Zamonaviy dunyoda ilmiy tadqiqotlar: nazariya va amaliyot/ ilmiy anjuman materiallari.

6. Abdurashidovna, S. D. (2023). Sohibqiron amir temur merosini o 'rganish-milliy taraqqiyotimiz omili. ijodkor o'qituvchi, 3(28), 341-344.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.