Научная статья на тему 'UYGʻONISH DAVRI SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BILISH HAQIDAGI QARASHLARI'

UYGʻONISH DAVRI SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BILISH HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UYGʻONISH DAVRI SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BILISH HAQIDAGI QARASHLARI»

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

UYG'ONISH DAVRI SHARQ MUTAFAKKIRLARINING BILISH HAQIDAGI QARASHLARI

M. Sh. Abdusalomova

O'zR FA Navoiy bo'limi. O'zbekiston.

Xorazmiy, Kindiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyom, Tusiy va ularning izdoshlari qarashlarining muhim xususiyati shundan iborat ediki, mazkur olimlar doimo predmetning qiyofasi inson ongida mavhumlashuvi jarayoniga, mana shu predmetning mohiyati va o'ziga xosligini tushunish sodir bo'lishi hamda shakllanishiga e'tibor berganlar. Ular bilishning predmeti va manbalariga, bilish jarayoni qanday bosqichlardan tarkib topishiga, bilish faoliyati bilan amaliy faoliyat o'rtasidagi munosabatlarga qiziqqanlar [7. 55-b.].

Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850 y.y.) bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilishi haqida fikr bayon etgan: sezgi orqali bilish bu qisman bilish bo'lsa, mantiqiy bilish haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi. Olim bilish nazariyasiga muhim hissa qo'shdi. U birinchilardan bo'lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy obyektlarning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida matematik masalalarning algoritm metodida echishni ishlab chiqdi). U matematik g'oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo'lishini asosladi. Masalan, er ishlari, binolar qurish, kanallar qazish shunday paydo bo'lgan, deydi. U birinchi marta insonlar o'rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi. Alloma ilmiy faoliyatining metodologik jihatlariga katta ahamiyat berdi [6. 80-b.].

Abu Nasr Forobiy (873-950 y.y.) ta'lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta'lim bergan bo'lsa ham, ammo har birining insonni kamolga etqazishda o'z o'rni borligini alohida ta'kidlaydi. Alloma «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida»gi asarida bilimlarni o'rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta'kidlashicha, avval bilish zarur bo'lgan ilm o'rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o'rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o'rganish lozim. Undan so'ng, umuman, jonli tabiat, o'simlik va hayvonlar haqidagi ilm o'rganiladi, deydi [6. 82-b.].

Abu Nasr Forobiy matematika fani misollari asosida o'qitishning ilmiylik, ko'rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayoni va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritgan. Uning fikricha, ana shu jarayonlar qonunlar sifatida shakllanadi va ularga rioya qilish fikrlashni takomillashtiradi hamda

May 15, 2024

461

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

murakkab bilish jarayonida qo'pol xatolarning oldini oladi. Bilish jarayoni fikrlash mantiqi orqali amalga oshadi. Mantiq, obyekti anglashga qaratilgan va aql etadigan mohiyatlar tahlil etiladigan fikrlash jarayonining to'g'riligini belgilashga xizmat qiladi. Mantiq quroldir va u narsalarni aniq bilishga yordam beradi. Olim bilish faoliyatini tashkil etish masalalari bo'yicha ham anchagina mufassal tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning yozishicha, yaxshi nazariyotchi bo'lish uchun nazariya qaysi fanga taalluqli bo'lsada, quyidagi uchta shartga rioya qilishi shart:

1. Mazkur fan asosidagi hamma prinsiplarni to'liq bilish.

2. Mana shu prinsiplardan va mazkur fanga doir ma'lumotlardan tegishli xulosalar chiqara bilish.

3. Noto'g'ri nazariyani rad eta bilish va haqiqatni yolg'ondan farqlash, xatolarni to'g'irlash uchun boshqa mualliflaming fikrlarini tahlil qila bilish [2].

Al-Kindiy (9 asr) ilmiy bilishning uch bosqichli konsepsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va obyekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi. Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, deb hisoblaydi Kindiy.

Alloma substansiyani barcha ilmiy bilimlarning bosh predmeti sifatida ko'rib chiqishda, eng avvalo, miqdor va sifatni hissiy idrok etish zarurligini tasdiqladi. Kimki miqdor va sifatni bilmasa, u substansiyani bilishdan ham mahrumligini uqtirdi. Olim o'zining didaktik g'oyalarida hissiy va ratsional bilishni ifodaladi. Hissiy bilish - yakka narsalarni bilishdan iborat bo'lsa, oqilona bilish - umumiy narsalarni bilish ekanini ta'kidladi. Uning fikricha, hissiy bilish faqat aql uchun material beradi.

Sabablar haqiqatni bilishda va o'zining ana shu haqiqatga muvofiq xatti-harakatlarini anglashda insonning aqliga ko'maklashadi, «Haqiqat, - deb yozgan edi alloma, - har qanday narsani va uning barqarorligini bilishning sababidir, binobarin, hayotdagi mavjud hamma narsa haqiqiyligi bilan mavjuddir. Haqiqatni bilish zarur va shunga ko'ra mavjud narsalarni bilish mumkin» [3].

Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y.y.) fan tarixida qomusiy olim sifatida nom qoldirgan. Buyuk mutaffakkir inson tabiati. fe'l-atvori va jamiyatdagi o'rniga baho berar ekan, bu masalaga ma'rifatparvarlik nuqtai nazaridan yondashadi. Insonning tabiati haqida fikr yuritgan. U inson xatti-harakatining axloqiy asoslarini insonning o'zidan qidirgan, o'zidan oldin o'tgan mutafakkirlar kabi shaxs tabiatidan keltirib chiqargan [5].

462

May 15, 2024

Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

Olim talim-tarbiya birligiga barkamol, aqlli va ma'naviyatli insonni tarbiyalash vositasi sifatida qaraydi, mehnat va kasb tanlashda oila tarbiyasi va tarbiya birligini tavsiya etadi, o'z asarlarida mutafakkir insonning ma'naviy boyligini sharaflaydi. Uni madaniyatli va ma'rifatli, aqlli va idrokli qilib tarbiyalashga chaqiradi; xotira. aql, ilhom qobiliyatlari, tajriba va ko'nikmalarga katta ahamiyat beradi. Beruniy fikricha, bilim insonni ulug'laydi, ezgulikka, donolikka chorlaydi. Biroq mutafakkir komillikka yuksak aqliy va ma'naviy xislatlarni tatbiq etish jarayonida erishishi mumkin, deydi. Beruniy bilim insonni to'g'ri yo'lga boshlashiga qat'iy ishongan. «Kishi tabiati bilolmagan narsani bilishga muhabbatlidir, faqat haqiqiy bilimga ega bo'lganda, bilolmagan narsani bilishga ehtiyojli bo'lib axtarganini topadi, bilimini chuqurlashtiradi... Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir» deb ta'kidlagan [4].

Borliqning aks etishi sifatidagi hissiy bilish muammosi va eng asosiy masala -bilishning manbalari masalasi doimo Beruniy nazariy bilish faoliyatining diqqat markazida turdi. Olim bilishning nazariy asosini cheksiz va uzluksiz jarayon sifatida tahlil va talqin qildi. U o'zidan oldingi olimlar ishlab chiqqan bilishning ilmiy metodlarini rivojlantirib, didaktik yo'sinda muhim xulosalar chiqardi - «O'qish va takrorlash orqali,-deb yozgan edi Beruniy, - dunyoning tuzilishini, osmonning va Yerning shakllarini bilish astronomiya fani uchun g'oyatda foydalidir. Binobarin, ana shu tariqa ta'lim oluvchi malaka hosil qiladi va mazkur san'at ahli ishlatadigan so'zlarni o'rganadi, bu so'zlarning ma'nosini anglaydi. Keyinchalik astronomiya fanidagi turli sabablar va isbotlarni o'rganishda ana shunday so'zlar uchrasa, ularni bemalol tushunib boraveradi va u yoki bu narsalarni o'zlashtirishda charchamaydi» degan fikrlarni ilgari surgan [1].

Abu Ali ibn Sinoning (980-1037 y.y.) bilim orqali erishiladigan natijalari haqidagi ta'limoti o'qitish nazariyasida alohida o'rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilishga tashqi ko'rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan. Mushohada bilan idrok qilishning birinchi bosqichi aqliy kategoriyalarni tushuntirishdir. Ikkinchi bosqich ikki xil fikrni idrok etishdir. Aqliy rivojlanishning uchinchi bosqichiga o'zlashtirilgan fikrlarni idrok etish bilan erishiladi. Shunda uni haqiqiy aql deyiladi.

Abu Ali ibn Sino "aql" deganda insonning tug'ma iste'dodini, shuningdek, tajriba asosida va bilish jarayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi. Aqlni insonning birlamchi tug'ma sog'lom fikrlashi, yaxshi va yomon ishlarni vujudga keltiradigan, ularni farqlantiradigan kuch, deb ta'riflaydi. Aql insonning

May 15, 2024

463

Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,

innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects

xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi. Inson aql yordamida narsalar va hodisalarni tahlil qiladi, umumlashtiradi hamda ularning eng yaxshilarini tanlaydi, deb uqtiradi. Shuningdek, aqlni ikki kategoriyaga ajratadi. Ularning biri - nazariy aql bo'lib, borliqdagi umumiy narsalarning mohiyatini idrok etishdir, ikkinchisi esa amaliy aql bo'lib, buyumlarni tanlashda turtki sifatida ko'rinadigan qobiliyatdir deb xisoblagan [7. 57-58-b.].

O'rta sharqda yashab ijod qilgan birinchi renesseans mutafakkir olimlarning komil insonni tarbiyalashda o'qitish va o'rganishning dastlabki yo'nalishlari aniq tushuntirilgan bo'lib, ta'lim va tarbiya berishda hozirga qadar o'zining dolzarbligini yo'qotmagan.

REFERENCES

1. А6у Райхон Беруний Избранные произведения. Т.Х. Част III.-Ташкент.: «Фан», 1973-1976 г.г.

2. Ал-Фаробий. Математические трактаты. - Алматы: «Наука», 1972. -327 с.

3. Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока IX-XIV вв. / Сост. С.Н. Григорян, А.В. Сагадеев. М.: Сосекгиз ИФАН СССР, 1961. - 634 с.

4. Hoshimov K., Ochil S. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild.- Toshkent.: O'qituvchi, 1995. -127 b.

5. Hasanov S. Xorazm ma'naviyati darg'alari. -Toshkent.: Adolat, 2001. -110 b.

6. Hashimov K., Nishonova S. Pedagogika tarixi: Darslik. -Toshkent.: A.Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2005. -304 b.

7. Mavlonova K., Voxidova N., Raxmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. -Toshkent.: «Fan va texnologiya», 2010. -464 b.

464

May 15, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.