National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-97-101
INSON BORLIG'IDA ONG VA TAFAKKUR USLUBI MUTANOSIBLIGI
Temur Bobir o'g'li Abdullayev
O'zbekiston Miliy Universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti tamuurdo@gmail .com
ANNOTATSIYA
Ong va tafakkur uslubi inson bilishining bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ikki jihatidir. Ong insonning o'z tevarak-atrofini bilishi va ma'lumotni qayta ishlash qobiliyati hisoblanadi. Tafakkur uslubi esa insonning muammoni yechish va qaror qabul qilishdagi yondashuvini anglatadi.
Kalit so'zlar: Ong, tafakkur uslubi, idrok, aql, g'oya, inson borlig'i, bilish jarayoni.
АННОТАЦИЯ
Сознание и стиль мышления два тесно взаимосвязанных аспекта человеческого познания. Сознание можно определить как осознание человеком своего окружения и его способность обрабатывать информацию. С другой стороны, стиль рассуждений относится к индивидуальному подходу к решению проблем и принятию решений.
Kлючевые слова: Сознание, стиль мышления, восприятие, человеческое бытие, разум, идея, процесс познания.
ABSTRACT
Consciousness and style of reasoning are two closely interrelated aspects of human cognition. Consciousness can be defined as an individual's awareness of their surroundings and their ability to process information. Style of reasoning, on the other hand, refers to an individual's approach to problem-solving and decision-making.
Keywords: Consciousness, style of reasoning, perception, human being, mind, idea, process of cognition.
Dunyoni bilishga bo'lgan qiziqish insonga xos xususiyat. Inson boriig'ida olamdagi bilimlarni egallashga, voqea-hodisalarni anglashga, tabiatdagi o'zgarishlami idrak etishga intilish kuchli. Mazkur jarayonlar ong, ongga xos bo'lgan bilish, tafakkrn- bilan chambarchas bog'liq. Ong va tafakkrn- uslubi o'rtasidagi munosabatlar
April, 2023
97
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-97-101
murakkab va serqirra jarayon hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ong darajasi yuqori bo'lgan insonlar ochiq fikrli, kreativ g'oyalar va yangi tajribalarni o'zlashtirishga tayyor bo'ladi. Inson ongining xususiyatlari sifatida o'z-o'zini anglash, diqqat, idrok etish, xotira va fikrlash qayd etiladi.
"Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o'z-o'ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta'siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko'ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o'zi ko'rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o'laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go'yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi" [1]
Tafakkur uslubi insonning ong darajasini shakllanishiga ta'sir qiladi. Bu shunda ko'rinadiki, tahliliy va mantiqiy fikrlashga ega bo'lgan shaxslar aniq faktlar va ma'lumotlarga ko'proq e'tibor qaratishlari mumkin, intuitiv fikrlash uslubiga ega bo'lganlar esa o'zlarining ichki sezgilari va his-tuyg'ulariga ko'proq moslashishi mumkin bo'ladi. Fan tarixchisi Alister Krombining fikricha, tafakkur uslubi qadimgi Yunonistonda paydo bo'lgan va doimiy ravishda rivojlanib borgan ilmiy tadqiqot usullari va tabiat haqidagi dastlabki tushunchalar hisoblangan. [2]
Qadimgi yunon falsafasida Suqrot inson bilishi muammosiga e'tibor qaratadi. Uningcha, "insonning ongi turli holatlarda, darajalarda sodir bo'lib, bir necha qatlamlardan iborat bo'ladi. O'sha murakkab ongning sohibi individdir. Individning ongi esa ijtimoiy munosabatlarda namoyon bo'ladi. Ongning mazmunini oliy instantsiya belgilab beradi, oliy instantsiya esa, Suqrotning tushuntirishicha, aqldir".[3]
Yana bir yunon faylasufi Aflotun bilish g'oyalar dunyosiga yaqinlashishdan, mutlaq haqiqatga intilishdan iboratligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, jonning g'oyalar dunyosida bo'lishi va so'ngra tana bilan birga qo'shilishi uning tarkibiy qismlarini belgilab beradi. Jonning asosini tashkil qilgan aql qismi, g'oyalar dunyosidan bo'lib, jonning boshqa ikki qismi hisoblangan iroda bilan hissiyot uning tana bilan qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan deya hisoblagan. Afloton insonlarni uchta toifaga bo'lib o'rganib, ulardan birinchi toifadagi kishilarni aqlli kishilar, ikkinchi toifadagilarni his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifaga mansub odamlarni esa dohiylarga, yo'lboshchilarga sajda qiluvchilar, deb atagan. Odamlarning jonida ana shu uch toifaning qaysi xislatlari ko'p bo'lsa, o'shanga qarab shu uch toifaning biriga mansub bo'ladi, deya tushuntirgan.
Aflotun olamni bir-biri bilan bog'lanmagan g'oyalar dunyosi va hodisalar dunyosi deb ikkiga bo'lgan bo'lsa, uning
shogirdi Aristotel olamni yaxlit deb bilib, narsalarning g'oyalarini
April, 2023
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-97-101
narealaming o'zidan ajratib bo'lmaydi degan qaгashni ilgaгi suгgan. Aгistotel tashqi olamning realligiga shubha qilmaydi va hissiy tajribani, sezgilarni bilishning asosi deb hisoblaydi. Shuningdek, bilishdagi xatoto noto'g'ri tafakkuгdan, ya'ni hissiy tajribani noto'g'ri talqin qilishdan kelib chiqishini keltiradi. Aristotelning ta'kidlashicha, tana oliy darajali aql uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Aql esa, tanaga bog'liq bo'lmaydi. Oliy darajadagi aql o'zining faoliyat ko^satishi, yaгatuvchanligi bilan faqat qabul qilish xususiyatiga ega bo'lgan passiv aqldan tubdan faTq qiladi. [4]
Ong va tafakkurning hosil bo'lishi dastavval insonlaming moddiy faoliyati bilan biгgalikda ma'naviy-гuhiy faoliyatiga ham bog'liq bo'lgan. Inson boñig'ining vujudga kelishi, kishilaming ma'naviy aloqasi bilan moddiy munosabatining bevosita mahsulidir. Materialist faylasuflar fikricha, ong hech vaqt anglangan borliqdan boshqa narea emas, inson boгlig'i esa ulaT hayotining гeal jaгayonidiг. Insonning ongi ulaming boгlig'ini belgilamaydi, aksincha ulaming ijtimoiy boгlig'i ulaming ongini belgilaydi. Birinchi usulda fikr yurituvchilar ongni asos qilib oladilar, bunda ular ongni go'yoki tirik individ deb biladilar Ikkinchi haqiqiy tuгmushga muvofiq keluvchi usulda muhokama yuгituvchilaг haqiqiy tirik individlaming o'zini asos qilib oladilar va ongni faqat shu individlarning ongi deb biladilar.
Fransuz faylasufi Rene Dekart nomoddiy ruh miyadan alohida mavjud deb taxmin qilgan. His-tuyg'ulaming signallaгi nomoddiy rnhga kiгish eshigi bo'lib xizmat qiluvchi miyaning epifiz beziga boradi, deb ishongan.
Dekart ongning tarkibiy qismi sifatida g'oyalarning uch turini ajratadi:
1. Insonning o'zi tomonidan shakllantirilgan g'oyato; insonning o'zi tomonidan shakllantirilgan g'oya^ asosan insonning o'z malakasi oqibatida shakllantiriladi. Bu malaka va bilimlar induksiya yordamida vujudga keladi va Dekart uni Enumeratsiya deb atagan. Dekart Bekon tomonidan taklif etilgan anglash jarayonini in^ etmaydi. Lekin bu yo'l bilan ta^ib topgan g'oyato insonni obyektiv qonuniyatlarga emas, balki alohida predmetlar borasidagi bilimlarga yetaklaydi deydi.
2. O'zlashtirilgan g'oyalami o'гganish, bilim olish, boshqa^ bilan muloqot va kitoblami o'qish jarayonida oгttiгiladi. Bu tuгdagi g'oyato biг necha shaxslaг malakasiga asoslanganligi bois haqqoniyligi ortadi.
3. Tug'ma g'oyalar Faqatgina tug'ma g'oyalaг inson ongida paydo bo'ladi va insonning asl mohiyatini ochib beradi. Bu bilimlar shunchalik aniqligidan, mantiqiy fikrlar va sezgi xususiyatlari ishtirokini talab etmaydi. [5]
XIX asr oxiri XX asr boshlarida noklassik fan taraqqiyoti
natijasida Yevrapada inson boriig'idan uzoqlashish kuzatildi.
April, 2023
National University of Uzbekistan
Google Scholar indexed
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-97-101
Mazkur o'zgarishlar tufayli psixoanaliz, ekzistensializm, fenomenologiya kabi yangi falsafiy nazariyalarning paydo bo'ldi. Analitik psixologiya asoschilaridan biri Karl Gustav Yung inson borlig'ining mazmuni psixoanalitika va falsafiy qarashlar uyg'unligi asosida tushuntirishga harakat qiladi.
K.Yung onglilik va ongsizlik tavsifining dunyoqarashni shakllantirishdagi o'rnini, kelib chiqishini ilmiy jihatdan ishlab chiqqan. U inson miyasidagi o'xshashlikning universal holatining ruhiy funksiyalanishini jamoaviy ruh deb atab uch darajaga ajratib o'rganadi. Ulardan birinchisi: ong, ikkinchisi esa, individual onglanmaganlik, uchinchisi, jamoaviy onglanmaganlik.
Fransuz faylasufi Anri Bergson tafakkurning bilish jarayonidagi o'rnini tanqid qilgan holda, dunyoni bilishning asosiy usuli sifatida instinkt va uning oliy shakli intuitsiya deb isbotlashga uringan. "Instinkt, deb uqtiradi u, hayotning o'zidan tug'iladi, undan kelib chiqadi. Agar intellekt hamma narsalarni mexanik tarzda talqin etsa, unda instinkt organik tarzda bilishga harakat qiladi. Instinkt hayotning eng sirli tomonlarini ham ochishga qodir. Ammo, intellekt instinktni payqashi mumkin emas, chunki instinktning muhim jihatlari aqliy terminlarda ifodalanmaydi. Demak, aql instinktni tahlil qila olmaydi". [6]
XX asr davomida inson ongi tushunchasi turli-tuman ko'rinishlarda talqin qilindi. Bir tomonda reduksionistik talqin mavjud bo'lib, uni rus fiziologi Ivan Pavlov va undan keyingi olimlar ilgari surishgan. Boshqa tomonda diskursiv psixologiya mavjud bo'lib, unda inson tafakkuri turli-tuman timsolli tizimlar bilan ish olib borish qobiliyati sifatida ko'rgan hamda bu tizimlar muayyan madaniyatlar uchun xos ekani, turli malaka va tajribalarning shakllanishi bilan o'zlashtirilishi ilgari surilgan. Bu talqin egalari sifatida Lev Vigotskiy, Jerom Bruner va Lyudvig Vitgenshteyn kabilarni keltirish mumkin. Ularning asarlarida nomoddiy substansiya sifatida ko'riluvchi ong va onglilik tushunchalarini uchratmaymiz. Lekin bunday qarash ko'plab asrlar davomida falsafada hukmron mavqega ega bo'lib keldi va undan qutulish zamonaviy ong falsafasini rivojlantirishda dastlabki qadamga aylandi.
Mazkur yo'nalishda bir qator diqqatga sazovor ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan. Masalan, Lyudvik Flekning "tafakkur uslubi", Mishel Fukoning "epistema", Tomas Kunning "paradigmasi" va Imre Lakatosning "ilmiy tadqiqot dasturi" shular jumlasidandir. XX asrning 80-yillarida faylasuf Yan Xaking A.Krombiga ergashib, insoniyat tarixining muayyan nuqtalarida paydo bo'lgan turli xil ilmiy bilish usullari mavjudligini ilgari suradi.
Xulosa o'rnida, insonning dunyoga nisbatan bilish munosabati uning dunyoga nisbatan amaliy munosabatidan
April, 2023
100
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-97-101
shunisi bilan farq qiladiki, unda dunyo emas, balki inson borlig'ining o'zi o'zgaradi. Uning ongi dunyo haqidagi yangi tasavvurlar bilan boyitiladi. Inson ongini ham olamning bir qismi sifatida ko'rish orqali unda bilim ham subyektiv jihatdan ongdagi obrazlar sifatida, ham obyektiv jihatdan matnlar sifatida olamda yo'qlikdan mavjud qilingan yangi narsa, inson ongli faoliyatisiz mavjud bo'lishi mumkin bo'lmagan olamning yangi tarkibiy qismi sifatida ko'rilishi mumkin bo'ladi. Shu ma'noda insonning olamga nisbatan bilish munosabati ham olamni o'zgartirish qobiliyatiga ega bo'lgan faoliyatdir.
REFERENCES
1. Shermuhamedova N.A. Gnoseologiya - bilish nazariyasi. -Toshkent: Noshir, 2011. - B.6.
2. Crombie A.C. Styles of Scientific Thinking in the European Tradition. -London. Duckworth, 1994. - P. 277-314.
3. Choriyev A. Inson falsafasi. -Toshkent: O'zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007. -B.47.
4. Choriyev A. Inson falsafasi. -Toshkent: O'zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati, 2007. - B.51.
5. Jo'rayev N.S., Saliyeva D.A., Sultonova N.A. Psixologiya tarixi. - Toshkent: NOSHIR, 2019. -B.61-62.
6. Hotamov A. Ekzistensializm falsafasi. - Toshkent: Istiqlol, 2013. -B.17.
7. Aesthetic ideal and aesthetic criterion. DS Kadirova 2021 ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research 11 3 1748-1760 South Asian Academic Research Journals.
8. Кадырова Дильбар Солиховна, Зарина Абдуазимова Амировна. (2023). НЕИСКУССТВЕННЫЕ ОБЪЕКТЫ — ФИЛОСОФИЯ ИЗЫСКАННОСТИ. ЭСТЕТИКА ПРИРОДЫ. Всемирный бюллетень социальных наук , 20 , 94-97. Получено с https : //www.scholarexpress. net/index.php/wbss/article/view/2364.
9. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). AMALIY ETIKA VA ESTETIKA O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489
April, 2023