Научная статья на тему 'LEKSIK – FRAZEOLOGIK VOSITALARNING LISONIY ONG KATEGORIYASIDA IFODALANISHI'

LEKSIK – FRAZEOLOGIK VOSITALARNING LISONIY ONG KATEGORIYASIDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
151
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lisoniy ong / leksik / frazeologik / etnospetsifik / kategoriya / stereotiplar / milliy-subyektiv / tasavvurlar. / языковое сознание / лексическое / фразеологическое / этноспецифическое / категория / стереотипы / национально-субъективное / воображение.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Mardiyev T.K.

Lisoniy ongni ko‘pincha insonlarning bevosita kundalik tajribasi va ijtimoiy hayotida hukmronlik qiluvchi xususiyatlarga asoslangan tasavvurlar, ko‘rsatmalar va stereotiplar majmuiga tenglashtirishadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Языковое сознание часто отождествляют с совокупностью представлений, установок и стереотипов, основанных на характеристиках, доминирующих в непосредственном повседневном опыте и общественной жизни людей.

Текст научной работы на тему «LEKSIK – FRAZEOLOGIK VOSITALARNING LISONIY ONG KATEGORIYASIDA IFODALANISHI»

LEKSIK - FRAZEOLOGIK VOSITALARNING LISONIY ONG KATEGORIYASIDA IFODALANISHI

Mardiyev T.K.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Tillarni o'qitish" mudiri, dotsent, PhD

Annotatsiya: Lisoniy ongni ko'pincha insonlarning bevosita kundalik tajribasi va ijtimoiy hayotida hukmronlik qiluvchi xususiyatlarga asoslangan tasavvurlar, ko'rsatmalar va stereotiplar majmuiga tenglashtirishadi

Kalit so'lar: Lisoniy ong, leksik, frazeologik, etnospetsifik, kategoriya, stereotiplar, milliy-subyektiv, tasavvurlar.

Аннотация: Языковое сознание часто отождествляют с совокупностью представлений, установок и стереотипов, основанных на характеристиках, доминирующих в непосредственном повседневном опыте и общественной жизни людей.

Ключевые слова: языковое сознание, лексическое, фразеологическое, этноспецифическое, категория, стереотипы, национально-субъективное, воображение.

Abstract: Linguistic consciousness is often identified with a set of ideas, attitudes and stereotypes based on the characteristics that dominate in the direct everyday experience and social life of people.

Key words: linguistic consciousness, lexical, phraseological, ethno-specific, category, stereotypes, national-subjective, imagination.

Kirish. Lisoniy tasavvur yoki dunyoni bilish usuli sifatida lisoniy mentallik tushuniladi. So'zlashuvchi jamoa tomonidan dunyoni etnospetsifik talqin qilayotgan lisoniy mentallik lisoniy ong tushunchasining asosini tashkil etadi, uni bo'laklarga ajratganda odatda "tilda xalqning hayotiy va madaniy xususiyatlarini aks etishi" tushuniladi [9,78]. Lisoniy ong kategoriyasida, leksik - frazeologik vositalarning verballashgan tizimida, ijtimoiy ong kategoriyalarida anglashilgan insonning butun hayoti qayd qilinadi, talqin etiladi va umumlashtiriladi. U yoki bu tilning so'zlari mazmunida shakllanayotgan lisoniy ongda dunyoning milliy-subyektiv obrazi" o'z ifodasini topadi va unga xos bo'lgan "umumxalq stereotip tasavvurlar ham aks etadi. Lisoniy ongni ko'pincha insonlarning bevosita kundalik tajribasi va ijtimoiy hayotida hukmronlik qiluvchi xususiyatlarga asoslangan tasav-vurlar, ko'rsatmalar va stereotiplar majmuiga tenglashtirishadi. Jamiyat-da "kundalik ongni saqlaydigan va yuzaga keltiradigan va asosiy joy til hisoblangan" [10,9].

Jumladan, o'zbek mutafakkiri Alisher Navoiy tilga yuksak baho berganda "Tilga e'tiborsiz - elga e'tiborsiz" degan paremialogik fikrni aytgan. U til orqali ifodalangan har bir nutq so'z bashariyotida, ya'ni jamiyatda, dunyoni lisoniy tasavvur etish muhim vosita ekanligini qayd etadi. Chunonchi, "Ko'ngil durji ichra guhar so'zdurur, Bashar gulsha-nida samar so'zduruf kabi misralarida esa lisoniy shaklda

gavdalangan dunyoning kishi tomonidan tushunishida, ongda tasavvur etishda va yuzaga chiqarishda so'z yoki til asosiy o'rin egallaydi [1,165].

Lisoniy ong til kabi insongagina xosdir. Xo'sh, til deganda o'zi nima tushiniladi? Til - bu eng avvalo, muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini shu bilangina cheklash mumkin emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham xos. Ular yordamida jonzotlar o'rtasida muayyan axborot almashinuvi sodir bo'ladi. Lekin jiddiy e'tibor beriladigan bo'lsa, hayvonot va parrandalar dunyosidagi belgi-signallar uzoq davom etgan evolutsiya davomida hosil qilingan reflekslar ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Xatti-harakat yoki boshqa belgilar yordamida uzatilayotgan axborotning mazmuni muayyan vaziyatdagi holat bilan belgilangan bo'ladi. Bundan farqli o'laroq, inson nutqi, tili, konkret vaziyat, makon va zamondan xoli bo'lishi, unga bog'liq bo'lmasligi ham mumkin. Boshqacha aytganda, u o'zida o'tmishni, mavjud (hozirgi) holatni va istiqbolni ham ifodalashi mumkin. Bu inson tilining belgilari tizimi sifatida hayvonot dunyosida amal qiladigan belgilardan tub farqini ko'rsatuvchi muhim xususiyat sanaladi. Shu kabi inson tili ong va dili bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. Masalan, Tilni bilish dilni bilishga yo 'l ochadi,Til yurakning kaliti [2,199] kabilarda yuqoridagi fikrlarimizni anglashimiz mumkin.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Lisoniy shaklda gavdalangan dunyoning xalq tomonidan tushunilishi sifatida qabul qilingan lisoniy ong lisoniy shaxsning asosiy belgisi sifatida qaraladi. Shu bois sohaga doir qator ilmiy ishlarga maqolani yozishda foydalandik. Jumladan, S.Ye. Nikitina G.G. Pochepsov, N.F. Alifirenko, Ya.V. Zubkova, Sh Safarov, S.G. Vorkachev, Yu.N.Karaulov kabi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida zaruriy ma'lumotlar berilgan. Lisoniy shaxs tushunchasi falsafiy, sotsiologik va psixologik qarashlarning "insonning jismoniy va ma'naviy fazilatlari ijtimoiy mazmundagi majmuiga o'zgartirilishi natijasida paydo bo'ladi, bularning hammasi insonning sifat jihatdan aniqligini namoyon qiladi" [4,65]. Lisoniy shaxs ko'pincha nutqni yuzaga keltirish va qabul qilishga qodir bo'lgan til sohibi sifatida talqin qilinadi, unda verbal muomalalarning o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'ladi [3,64]. Lisoniy shaxs strukturasida uchta sath ajratib ko'rsatiladi: verbal - semantik (yoki tabiiy tilni egallash), kognitiv (yoki tushuncha, g'oyalar konseptlar), pragmatik (yoki maqsadlar, motivlar, qiziqishlar, ko'rsat-malar va intensionallik) kabi [5,37]. Shaxsning lisoniy ongi uning nutqiy muomalasida amalga oshadi, uning o'ziga xos xususiyatlari strukturasidagi sathlar mazmunining boyligiga bog'liqdir.

Ong in'ikos shakllarining uzoq davom etgan evolyutsiyasining tabiiy hosilasi bo'lganidek, u bilan uzviy bog'liq bo'lgan inson nutqi ham axborot uzatishga xizmat qiladigan belgilarning murakkablashib borishi jarayonining zaruriy natijasidir. Sh.Safarovning fikricha, botiniy nutq jarayonida konsept birinchidan, ma'lum mazmun shaklini olsa, ikkinchidan, lisoniy belgi tanlovi bosqichiga tayyorgarlik ko'radi. Xuddi shu hozirlik lisoniy moddiylashuvdan oldingi harakatlar vositasida nominativ birlikning denotativ asosi mazmunini boyitadi. Bu bilan lisoniy tanlov imkoniyati ham kengayadi. Lisoniy tanlov esa alohida ko'rinishdagi lisoniy tafakkur faoliyati natijasidir. Bu faoliyatning qochishi til o'zlashtirilishi va nutqiy qobiliyat

hosil bo'lishi jarayonlariga mos ravishda kechadi. Ma'lumki, inson til va moddiy olamni bir xil usulda hamda bir xil yo'nalishda o'zlashtiradi. Moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet - hodisalar haqida tushuncha tug'ilishini, keyinchalik, ushbu tushuncha mental namuna - konsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishni taqozo qiladi. Bu xildagi ko'p bosqichli lingvopsixik faoliyatning natijali kechishida asosiy rolni lisoniy xotira o'ynaydi [7,24-25].

Tahlil va natijalar: Demak, til belgilar tizimi sifatida kelib chiqishdan qat'i nazar faqat insongagina xos bo'lib, u ong bilan uzviy bog'liqdir. Negaki, tilda ong gavdalanadi. Til yordamidagina ong kishining o'zi va boshqalar uchun voqelikka aylanadi. Tilda ifodalanayotgan ma'no-mazmunning anglashilishi insonning umumiy bilim darajasi, qiziqishi, qobiliyati, konkret sharoitdagi kayfiyati kabi omillarga ham bog'liq bo'ladi. Til fikrlash quroli, muloqot vositasi sifatida doimiy takomillashadi. Ayni paytda insoniyat (kundalik hayotda qo'llaydigan tabiiy til bilan bir qatorda muloqotning rang-barangligini ta'minlaydigan fikrni ifodalashga xizmat qiladigan) o'ziga xos imo-ishoralar, raqs, musiqa "tiliga" ham ega. Shunday bo'lsa-da, ular so'zga ko'chgandagina aniq anglashiladi, undagi mazmun tushunarli bo'ladi. Chunonchi, ijodkor Abulbarokat Qodiriy shunday deb yozadi: Bir kuni buzrug Mehridindan; - "So'zlash yaxshimi yoki sukutmi?" deb so'radilar. U esa: "So'zlash!" -deb javob berdi. Undan: "Nega bo'lmasa o'tmish hakimlari doimo aksini aytib keldilar? " -deb so 'rashdi. Buzrug mehri: "So 'zlash afzal deganimning ma 'nosi shuki, agar bu vosita bo 'Imaganda edi, sukutdagi beqiyos xislatlar ochilmay qolardi!" -deb javob berdi [8,175]. Demak, raqs, musiqa va boshqa ko'rinishdagi "til" so'zga (tilga) ko'chmasa ulardagi beqiyos xislatlar yoki mazmun yuzaga chiqmay qoladi.

Bunday sathli model ko'plab aniq lisoniy shaxslarni ifodalaydigan umumlashgan tur sifatida namoyon bo'ladi. Ular shaxs tarkibidagi har bir sathning mazmuni, variativligi bilan farqlanadi. Lisoniy shaxs tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:

1. Dunyoqarash yoki qadriyatlar, ya'ni hayotiy tasavvurlar tizimi;

2. Madaniyatni o'zlashtirish darajasi;

3. Shaxsiy - har bir kishida mavjud bo'lgan individuallik [6,119].

Shunday qilib, lisoniy shaxs bir necha tarkibiy qismlarni aks ettirgan ko'p o'lchovli tuzilmadir. Lisoniy shaxsning turlari masalani o'rganishga, unga qanday yondashishga bog'liq bo'ladi. Bu narsa yo shaxs pozitsiyasida (etnokulturologik, sotsiologik va psixologik shaxs turlari), yoki bo'lmasa til pozitsiyasida (nutq madaniyati turlari, til normalari) amalga oshiriladi. Har bir kishi xuddi lisoniy shaxs kabi dunyoni anglashning noyob usuliga egadir. Lekin insonda ongning noyobligini e'tirof etgan holda, unda kishilikning xilma-xil sotsial, professional yoki etnik uyushmalariga xos bo'lgan, atrofda borliqning u yoki bu aspektlariga tegishli bo'lgan kategoriyalashning umumiy strukturalari ham borligini aytib o'tish lozim.

Lisoniy shaxs tilda turli sathlar(ilmiy, kundalik va boshqalar)dagi ijtimoiy ong shaklida, axloqiy stereotip va normalarda, moddiy madaniyat predmetlarida aks ettirilgan madaniy makonda harakatda bo'ladi. Inson o'zining etnosga yaqinligini

ongi va ona tili orqali anglab yetadi. Ongga gnoseologik jihatdan yondashish uning faoliyatidagi omilni bilish vositasi ekanligini e'tirof etish demakdir. Ongning muhim belgilaridan biri shuki, u tushunib yetilgan hissiy tuyg'u yoki hayotiy bilimdir. Inson miya yordamida olamni idrok etadi.

Chunonchi, ong - inson miyasining funksiyasi bo'lib, bu funksiyaning mohiyati esa real dunyoni in'ikos ettirishdan iboratdir deb tushuntiriladi.

Bunday anglash lisoniy ong va kommunikativ muomalada qayd qilinadi. Lisoniy ong o'z navbatida, verbal ifoda - lingvomadaniy konseptga ega bo'lgan borliqni tasavvur etishning relevant qismlariga bo'linadi, kommunikativ muomala matnlarda o'z ifodasini topadi, ular muloqot vaziyatlarida sodir bo'ladi va muloqot ishtirokchilarini etnoma-daniy va sotsiomadaniy umumiylikka va individiumga tegishli ekanli-gini xarakterlaydi. Muomalaning tipik vaziyatlari tafakkur etilayotgan borliqning qismlariga mos keladi. Lisoniy ongning sohibi lisoniy shaxs, ya'ni tilda, til birliklari ma'nolarida va matnlar mazmunida qayd qilingan muomlada, stereotip aloqada - lisoniy makonda mavjud bo'lgan inson hisoblanadi.

Xullas, lisoniy shaxsni lisoniy ong va nutqiy muloqot, ya'ni lingvistik konseptologiya va muloqot (diskurs) nazariyasi pozitsiyasidan turib, tavsiflash mumkin. Lisoniy shaxs uning xilma-xil ko'rinishlarida va o'rganilish aspektlarida yaxlitdir: shaxsni o'rganib turib, biz ushbu shaxs uchun o'ziga xos bo'lgan konseptlarni va muloqot tiplarini aniqlashimiz lozim. Konseptlarni modellashtirgan holda, biz shaxs va muloqotning xususiyatlarini aniqlaymiz: muloqotni tiplarga ajratib, biz boshqacha pozitsiyada shaxs xususiyatlarini belgilaymiz va u yoki bu diskursni tashkil etadigan konseptlarni aniqlaymiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Абдуроззокова Ш. Тафаккур гулшани. Т.: Г.Гулом, 1989, 462 б.

2. Бердиёров Х., Расулов Р. Узбек тилининг паремиологик лугати. - Т.: Укитувчи 1984, 288 б.

3. Богин Г.Е. Типология понимания текста. - Калинин: Изд-во Калининск. гос. ун-та. 1986, 86 с.

4. Воркачев С.Г. Лингвокультурология, языковая личность, концент: становление антропоцентрической парадигмы в языкознании // ФН. 2001, № 1.

5. Караулов Ю.Н. Русский язык и языковая личность. М.: Наука, 1987, 261 с.

6. Маслова В.А. Лингвокультурология: Учеб. пособие для студ. высш. уч. Заведений. - М.: Издат. Центр "Академия", 2001, 208 с.

7. Сафаров Ш. Когнитив тилшунослик. - Жиззах: Сангзор, 2006.-91б

8. Хдмиджон Хрмидий Махмуд Хдсаний. Машрик замин хдкмат бустони. -Т: Шарк. 1997, 440 с.

9. Почепцов Г.Г. Языковая ментальность: Способ представления мира // Вопр. Языкознания. 1990, № 6.

10. Улыбина Е.В. Психология обыденного сознания. М.: Смысл, 2001, 263 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.